
Yarim kechasi o'g'lim yomon qo'rqitti-da meni

Suv ichadi bazan kechalari, chanqaydi rosa, suv idishini yonimga olmagan ekanman, esimga tushib, oshxonaga keldim, soatga qarasam 04...suv idishiga suvni to'ldirib, bir qadam tashlashimni bilaman, birdan televizordagi bir xotinni ovozi eshitildi, yuragim urishdan to'htadi aniq, dedim...
Mehmonxonaga qarasam televizor ishlayabdi, voy, kim yoqdi, bir qarasam o'g'lim u yerda turibdi so'ppayib....voy eshshak, dedim yuragim chiqib, qachon xonasidan chiqdi, qachon uzuuun koridorni bosib o'tdi va qachon tv ni yoqdi:(
Oldimga tush, dedim tez, shu darajada uyqusi bor ediki, koridorga cho'zilib yotdi, bir tarafdan yomon qo'rqqanman, zo'rg'a ko'tarib yotog'iga yotqizdim...
Yomon qo'rqdimey...