Duosi mustajob bola
Bir kuni amirul mo’minin Hazrati Umar (r.a) Madina ko’chalarining birida chopqillab yurgan yosh bolani ko’rib qoldilar. Shu ondayoq unga o’girilib:
-Ey bola! Haqqimizga bir duo qilgin,Alloh taolo bizga rahm etsin,-dedilar.Shunda sahobalar:
-Ey mo’minlar amiri, Alloh taolo rahm qilsin, deb go’dakdan duo so’rayapsizmi? Axir siz jannat bashorat qilingan o’n kishidan birisiz-ku!-deya ajablanishdi.Shunda Hazrati Umar:
-Ha, men undan duo qilishini so’rayapman,chunki u balog’at yoshiga etmagan.Hali uning a’mol kitobiga qalam yurgizilmagan.Shuning uchun duosi mustajob. Ammo biz mukallaf yoshdamiz,bizning ustimizdan qalam yurgizilgan,-deb javob qildilar.
/Saodat quchganlar ibrati "œHidoyat" kutubxonasi/ 2001 yil.