
InshaAlloh, oz emas, ko'p emas atiga 3 oydan so'ng sog'inib kutsyotgan Ramazon oyimiz ham kirib keladi. Shu o'rinda eng kichik ammo 2 marta miriqib o'qigan bir bola tilidan yozilgan RAMAZONNI sevuvchi qizaloqning gaplarini joylashni lozim topdim, o'qib ko'ring balki sizlarga ham manzur kelar...
Ramazonning 1-kuniBugun uyumiz boshqacha.
Hamma jimgina o'qishga, ishga otlandi.
Oyim: "Dildora kel, senga nonushta tayyorlayapman" dedilar.
Hech kim ovqat emadi, su ham ichmadi.
Hattoki opam ham.
Ramazonning 5-kuniOldiniga parhez qilishyapdi deb o'yladim.
Hammaligini tamosha qildim.
Kechga borib hammaligi jim bo'lib qolishadi.
Dasturxonni bezab azon aytilishini kutishadi.
Ularni bunday ko'rib xursand bo'laman.
Boshqa payt og'zi tinmaydigan opamning bu holi meni ich-ichimdan kulduryapdi.
Ammo kulishga jasorat qilolmayman.
Ramazonning 9-kuni'Nega bunday qilishyapdi' deb opamdan so'radim, 'Katta bo'lsang tushunasan' dedilar.
Boshqa nima ham derdi.
Oyimdan so'radim, Ramazon dedilar.
Dadamdan so'radim, Ro'za dedilar.
Ramazonning 11-kuniBu Ramazon amaki va Ro'za xola degan kishilar bizanikilarga eyish-ichishni man qilgan bo'lsa kerak.
Dugonam Nilufardan so'radim.
Uning oilasi kunduz kunlari ovqat emas,suv ichmas ekan.
Ramazonning 14-kuniKechasi qoshiq-vilka ovozlarini, kimningdir gaplashganini eshitdim.
O'rnimdan turdim.
Dadamga habar berish uchun yugurdim, dadam yotog'ida yo'qlar!
Chorasiz qolganimdan opamning xonasiga yugurdim.
U ham yo'q!
Qo'rqmadim, Man bu o'g'rilarni ta'zirini beraman dedim.
Qo'limga "Shvabra"ni olib, to'satdan oshxona eshigini ochdim.
Shvabrani yuqori ko'targan holda qotib qoldim.
Bizanikilar ovqat eyishyapdi!
Voy ayyorlar-e.
Kunduzu Ro'za xola va Ramazon amakidan qo'rqib kechasi ovqat eyishyapdi.
Bu ham etmaganidek, ustimdan kulishyapdi...
Qo'rqoqlar.
Ramazonning 17-kuniOldiniga Ramazon amaki va Ro'za xolani topib shikoyat qilishni o'yladim.
Faqat opamni ovqat emagani sari, pahtadek yumshaganini sezdim.
Dadam va oyim ham endi tortishmayapdilar.
Bunday bo'lsa davom etaversin.
Demak Ramazon amaki bilan Ro'za xolalar yaxshi ko'ngilli odamlar.
Ramazonning 19-kuniHarkuni bizanikiga oq hijobli xolalar kelishyabdi.
O'tirib birgalashib Quron o'qishyapdi.
Har doimgidek mebel, qaynona, kelin haqida gaplashmayapdilar.
Qo'llarini fotihaga ochib hammani duo qilishyapdi.
Sevara xola ham ro'mol o'rabdilar.
Ularga juda yarashibdi.
Ramazonning 22-kuniHamma narsa bir hilda davom etyapdi.
Televizorlar ham Ramazon amaki va Ro'za xola haqida gapirishyapdi.
Hamma kanallar shom a'zonini aytishyapdi.
Iftor Iftor deb, butun shaxar ovqat eyishni boshlayapdi.
Naqadar yoqimli.
Ramazonning 24-kuniRo'za xola qanaqa ekanlar deb juda qiziqyapman.
Anu kuni Karima xolam Oyim bilan gaplashyotgandi.
Bunday bunday qilsang Ro'zaga to'g'ri kelmaydi.
Shunday bo'lsa Ro'zaga zarar etadi.
Demak, Ro'za xola xassos inson.
Insonlar yomon narsa qilsa hafa bo'ladi.
Yomonlikni ko'rsalar ularga zarar etadi.
Endi Ro'za xola va Ramazon amakilarga juda qiziqdim.
Qaniydi ular bilan tezda tanishsam.
Ramazonning 25-kuniBu kunlarda hamma Qadr kechasi haqida gapiryapdi.
Shu paytgacha kechasi bo'lgan odam ko'rmadim.
Bu Qadr deganlari kim bo'ldikin?
Uning ming oydan hayrliroq kechasi bor ekan.
U kechada uxlamaslik , namoz o'qish va Quron o'qish muhim ekan.
Ramazonning 26-kuniIftor menga juda yoqdi.
Kechqurun ovqat eyishni Iftor deydilar.
Kechasi ovqat eyishning nomi Saharlik
Iftordan keyin aylangani chiqamiz.
Dadam bizani masjidlarga olib boradilar.
Hamma ko'chalarda, masjidlarda xursand xolatda.
Ramazonning 28-kuni Qiziqib kutyotganda uxlab qolibman
Qadr, kechasi bilan kelib ketibdi.
Man ko'rmadim.
Tushunmadim.
Shunga akamni juda sog'indim.
Opamdan savol so'rasam ustibdan qotib-qotib kuladi.
Keyin dugonalariga etib, birgalashib kulishadi.
Jahlim chiqadi.
Akam uzoq shaxarda universitetda o'qiydi.
Akam qachon keladilar deb oyimdan so'rayman.
Hayit kelganda u ham keladi dedilar oyim.
Ro'za xola, Ramazon amaki, Kechasi keladigan Qadr, endi bo'lsa Hayitvoy aka!..
"Hayit" kim deb so'rolmadim.
Nega u kelmasdan , akam kelolmaydi.
Balki akamning do'stidir.
Juda sog'indim akamni.
Hayitvoy akani ham olib kelsin, tanishamiz.
Ramazonning 29-kuni/ ArafaOhirida bir ayol ismini eshitdim.
Arafa mi ey? Arofat bo'lsa kerak.
Nega Arafa?
'Arofat' bo'lishi kerak emasmi?
Kenoyimning ismi kabi..
'Arafa kelyapdi, hali uylarni tozalashga ulgurmadik' deydi Oyim.
Demak Arofat xola juda ozoda.
Yaxshigina hayajonlanishdi.
Bir Hayit deyishadi, Bir Arafa deyishadi, berilib tayyorlanishyabdi.
Tozalik qilinyapdi.
Ovqat , pishiriqlar tayyorlanyapdi.
Oyimga 'Hayit aka qachon keladilar' desam, 'Arafadan keyin' dedilar.
Demak Hayit oka bilan Arofat xola er-xotin emaslar.
Qarindosh ham emaslar.
Boshim qotib qoldi, tushunmadim.
Olim akam kelsaydi, hammasini menga tushunturib berardi.
Va nihoyat Hayit keldiErtalab tursam , hamma nonushta qilyapdi
Ro'za hola o'lib qolganga o'xshaydi deb o'yladim.
Olim akam kechasi kelgan ekanlar.
Sevinchimdan qiyqirdim.
Bir-birimizni juda sog'inibmiz.
Hammasini boshidan-oyog'igacha akamga gapirib berdim
Yuzumga qaraganlarida, miyig'ida kulardilar.
Yaxshi ham opamdan so'ramabman.
Akam ozgina kulgan joylarida, opam qotib kulardilar.
Akam bilan arazlagandek bo'ldim, darrov ko'nglimni oldilar.
Manga hammasini bir boshdan gapirib berdilar, bu safar kulish navbati menda edi.
Akam vada qildilar.
Hech kimga aytmaydilar, ammo gaplashganlarimizni yozish uchun ruhsat so'radilar.
Ruhsat berdim.
Ramazon kundaligi shu usulda dunyoga keldi.
Akamga ishonaman.
Opamga ko'ra 4 yoshdaman,
Oyim 5 yoshdaligimni aytadilar.
Bu mavzuga hali aqlim yetmaydi.
Hayitni juda yoqtirdim.
Ammo opam yana oldingi asabiy holatiga yana qaytadi deb hafa bo'ldim.
Qaniydi, biza uchun har kuni Ramazon bo'lsaydi!..
Zo'r bo'lardi! ...