Bolajonlar va ularni sevuvchilar uchun!  ( 365651 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 ... 72 B


Muzayyana  03 Avgust 2009, 13:49:12

Yosh bolalarga beriladigan savol 6 yoshlar atrofidagi qizchaga berildi.
-Ko'proq kimni yaxshi ko'rasan, oyingnimi dadangnimi?
Qizcha burro tillari bilan:
-Allohni!, -deya javob qildi.
-Keyinchi, kimni yaxshi ko'rasan?
-Rasululloh  :sw: ni!
-Undan keyinchi?
-Ota-onamni.
-Bu gaplaringdan ota-onang xafa bulishmaydimi?
-Yo'q.
-Nega hafa bulishmaydi?
-Ularni o'zi manga shunday o'rgatganlar!

Qayd etilgan


Shoxjahon12  21 Avgust 2009, 09:31:35

Bolaning tili chiqqani sari yanada shirin bo'larkan. O'g'limning meni ko'rganda "Da-da", deyishi, yuk mashinalarini ko'rganda "Buff",deyishi, telefonimning musiqasiga jilmaygancha raqsga tushishini ko'rsam hamma tashvishlarimni unutgandek bo'laman. Bola baribir aziz.

Qayd etilgan


siddiqa  22 Avgust 2009, 05:59:13

Bolajonlar insonlarga berilgan rahmatdir ,kecha uy ishlari bn bo'lib narsalarni tashiyotgan edik ,o'zi bitta ajoyib jiyanim bor ,to'g'risi quyonchadan ham kichkina 2 kirgan lekin uni gaplari ,uncha muncha katta lektorlardan ham otadi , narsa tashib qoqilib ketay dedim shunda quyonchamiz voy bo'  endi ehtiyot bo'misizmi desa bo'ladimi ,hamma hayron kulib yubordi .

Qayd etilgan


AbdulAziz  26 Avgust 2009, 08:27:39



Muzqaymoq jinnisi

11 avgust, 2009

Qayd etilgan


AbdulAziz  26 Avgust 2009, 08:29:56



Kichkina Professor

11 avgust, 2009

Qayd etilgan


Ziyovuddin  26 Avgust 2009, 14:09:30

O'tgan kuni ishdan chiqib uyga piyoda ketayotgan edim. Bir kungi qilgan ishlarimni sarhisob qilib borardim. Kayfiyat yo'q... "Labzak"dan o'tayotganimda ko'p qavatli uyni (dom) tagida bir to'da bolalar o'ynab yurishgan ekan. Havasim kelib tomosha qilib o'tib ketayotsam 3-4 tasi yugurib kelib ramazonni baland ovoz bilan ayta ketishdi. Kayfiyatim ko'tarildi. Xursand bo'lib ketdim. Tugatishgandan keyin hofizlarga qistir-qistir bo'ldi. Bolalar ham xursand bo'lishdi. Yana yo'lga tushib ketayotsam orqamdan yugurgan mayda qadam tovushlari eshtildi. Ortimga o'girilib qarasam boyagi hofizlarni yonida uyalibgina turgan qizaloq. Oldimga kelib: "Assalom ayekom boyvocha. O'n qo'limda to'pponcha, shaqiy-shuquy otaman 1000 beysez ketaman" deydi :o. Keyin esa majbur bo'ldim. :D

Qayd etilgan


Ansora  26 Avgust 2009, 18:03:04

Bo'lishi mumkin. Bola bo'lsa sho'h bo'lsin, sho'h bo'lmasa yo'q bo'lsin, deyaverib bollarimiz ham shumtaka bo'lsa bo'lgandir:)

Qayd etilgan


AbdulAziz  31 Avgust 2009, 05:58:38

BOLALAR TILI

Faqatgina bolalarga xos bo’lgan til mavjud bo’lib, unda bola predmetlarning holati, ovoziga taqlid qilgan holda turli so’zlarni kashf qiladi. Odatda u so’zlar biz ishlatadigan so’zlarga to’g’eri kelmaydi. Masalan, bola mashina motorining ovoziga taqlid qilib, uni "œdidiit" yoki "œpipiip" deb nomlaydi. Quyida ana shunday so’zlardan ba’zilarini keltirdim. Siz ham davom ettirasiz degan umiddaman.

Nanna — non
Ashsha — ovqat
Chu, imma — suv
Kaka, qaqa — konfet
Ishsha — go’sht
Opoq — yaxshi, toza
Qha — yomon
Cho’m-cho’m — yuvinish
Didiit — mashina
Uh-pish — uxlash
Lalla — sut
Lalo — yangi kiyimlar
Jiji — chaqaloq
Yalo-yalo — o’yinga tushish
Ollo — namoz o’qish

Qayd etilgan


Ziyovuddin  31 Avgust 2009, 16:51:28

Singlim kichkinaligida tuxumni - digidon derdi :D

Qayd etilgan


Ansora  31 Avgust 2009, 18:40:14

Jiyanimni lug'atidan:

Ohoh-muzqaymoq
Qajon-oqqand 

Qayd etilgan