Bolajonlar va ularni sevuvchilar uchun!  ( 365762 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 ... 72 B


AbdulAziz  01 Sentyabr 2009, 04:29:12

BOLALAR TILI

Faqatgina bolalarga xos bo’lgan til mavjud bo’lib, unda bola predmetlarning holati, ovoziga taqlid qilgan holda turli so’zlarni kashf qiladi. Odatda u so’zlar biz ishlatadigan so’zlarga to’g’eri kelmaydi. Masalan, bola mashina motorining ovoziga taqlid qilib, uni "œdidiit" yoki "œpipiip" deb nomlaydi. Quyida ana shunday so’zlardan ba’zilarini keltirdim. Siz ham davom ettirasiz degan umiddaman.

Nanna — non
Ashsha — ovqat
Chu, imma — suv
Kaka, qaqa — konfet
Ishsha — go’sht
Opoq — yaxshi, toza
Qha — yomon
Cho’m-cho’m — yuvinish
Didiit — mashina
Uh-pish — uxlash
Lalla — sut
Lalo — yangi kiyimlar
Jiji — chaqaloq
Yalo-yalo — o’yinga tushish
Ollo — namoz o’qish

Yangi topilmalar:

Kuku, ququ - qush
Bo'bo' - it
Mo'mo' - mol, sigir
Baba - qo'y
Miyov - mushuk
G'ug'u - g'oz
Attata - urish
Hutta - uzoqroq joy
Vava - yara
Alla - uxlash, uyqu
Cho'cho' - ot; mindirish
Shaqqi - shiqildoq, o'yinchoq
Chusha - kichik hojat
Chaqqi - bodom, yong'oq
Papa, pash - issiq, qaynoq
Tatak - oyoq kiyim
Achom - quchoq

Qayd etilgan


Ansora  01 Sentyabr 2009, 04:34:15

Mashallah:) Huddi Eski Turkiychaga o'hshaydiya :)

Qayd etilgan


Muhammad Amin  01 Sentyabr 2009, 06:41:54

Eng zo'r Ramazon

Nilufar  bilan ukasi Ahmad yaqinlashib kelayotgan Ramazonni hayajon bilan kutayotgan edilar. Chunki Ramazon – bu ularda bor narsalar uchun shukr qilish va bunday narsalari yo’q bolalar haqida o’ylash oyi.

Ular bir yil davomida pullarini yig’ishdi. 7 yoshli Nilufar barcha yiqqan pullarini yotog’inig ustiga to’kdi. Tangalar ko’rpasinig ustiga yoyilib ketdi.
“Bu juda ham ko’p pul. Oyim biz kimgadur yordam berishimiz kerak deydilar. Ular bizda bor bo’lib, lekin boshqa bolalarda bo’lmagan narsalar haqida o’ylashimiz, hamda shunday bolalarga yordam berishimiz kerak deb o’ylaydilar”, dedi Nilufar pullarini bir joyga to’plar ekan.
“Sen ham o’z pul yig’adigan idishingni bo’shatgin, Ahmad”, dedi u ukasiga. Idishdagi pullar yotoqqa sochilib ketdi.

“Voybu, biz bu pullar bilan kim uchundir ko’p narsa qilishimiz mumkin”, dedi Ahmad jilmayib.
“Bu yilning juda muhim oyidir va biz boshqalarga yordam bera olishimiz mumkinligidan xursandaman. Lekin Ahmad esda tut, biz bu ishni yashirincha qilishimiz kerak. Kimnidur tanlashimiz va unga o’zimizni bildirmasdan yaxshilik qilishimiz kerak. Kimni tanlasak bo’ladi”, so’radi Nilufar.
“Keling qo’shnilarimiz Fotima va Rashidni tanlaymiz. Ularni eski oyoq kiyimlarda yurganini ko’rgan edim”, dedi Ahmad.
“Juda ham yaxshi fikr. Biz ular uchun oyoq kiyim sotib olsak bo’ladi. Ularda bizchalik ko’p oyoq kiyim yo’q, shunday emasmi?”, so’radi ukasidan Nilufar.
“Menda uch juft bor, sizda esa undan ham ko’proq. Keling ularga bu Ramazon uchun yangi oyoq kiyim sotib olamiz”, dedi Ahmad jilmayib.

Nilufar bilan Ahmad xurmo yuvish bilan band bo’lgan onalarining oldiga borishdi.
Ularni ko’rgan onasi:“Bugun sizlarga chak-chak pishirib beraman”, dedi. Chunki Ramazon oyida ular bu shirinlikni yeyishni juda yaxshi ko’rar edilar.
“Dadangiz hozir masjidda, namoz o’qishga ketgan. Quyosh botgach, uyga kelganlaridan keyin birgalashib yeymiz. Siz ikkingiz nimalar bilan bandsiz?”
“Biz kambag’allarga yordam bermoqchimiz. Ahmad va men pullarimizni yil davomida yig’ib kelayotgan edik. Endi esa Rashid bilan Fotimaga yordam bermoqchimiz” deya gapni boshladi Nilufar.
“Biz ularga yangi oyoq kiyim sovg’a qilmoqchimiz” deya opasinig gapini hayajon bilan bo’ldi Ahmad.
Ularning onasi farzandlariga qarab faxr bilan jilmaydi. “Qorniz ochmasmi, oyi”, deb so’radi Ahmad. Chunki u onasining ro’za tufayli ertalabdan beri hech narsa yemaganligini bilardi.
“Biroz, lekin bu men uchun foydali. Mendan xavotirlanma. Sen ham kattaroq bo’lsang ko’p narsani tushunasan va ro’za ham tuta olasan”, dedi onasi.

“Sizlarni oyoq kiyim sotib olishga olib boraymi?”, so’radi onasi ulardan. “Olib borasizmi, oyi? Maylimi?”, so’radi Nilufar. “Albatta, qani ketdik”, dedi u. Hammalari birgalashib oyoq kiyimlar sotiladigan do’konga borishdi.
Nilufar Fotima uchun, Ahmad esa Rashid uchun oyoq kiyim tanladilar. Ular yiqqan pullarini yordam uchun ishlatayotganlaridan faxrlanib xursand bo’ldilar. Uyga kelgach, ular oyoq kiyimlarni jigar rang qog’ozga o’radilar. Ular kech kirishini sabrsizlik bilan kutdilar. Chunki ular sovg’alarni bo’lishi bilan o’z egalariga bera olardilar.Quyosh botgach, bolalar va onalari o’ralgan qutilarni olib, ustlariga kamzullarini kiyib Fotima va Rashidlarning uyi tomon yura boshladilar. Onalari: “Bolalarim, biz jim va tez harakat qilishimiz kerak. Ahmad, sen eshikni taqillatib, Nilufar bilan men berkinib turgan butaning orqasiga yugurib kel. Biz ularning uydan chiqib’ o’z sovg’alarini olishlarini kuzatib turamiz.”Nilufar va Ahmad xursand bo’lib kuldilar.
Nilufar va onasi berkindilar, Ahmad eshikning oldiga borib, sovg’alarni qo’ydida, butaning orqasiga yugurib keldi.
“Shshsh”, pichirladi onalari, “Kimdir eshikni ochdi.” Ular Rashid va Fotimaning ostonaga chiqqanini ko’rdilar.
“Qarang, biz uchun sovg’alar. Kimdur ularni bu yerda qoldiribdi”, deya baqirdi hayajon bilan Rashid. U va Fotima yon-atrofga qaradilar. Qorong’uligi uchun hech kimni ko’ra olmadilar. Ular sovg’alarini olib, uylariga kirib ketdilar. Ularni hech kim ko’rib qolmasligi uchun bir necha daqiqa kutib, so’ng uylariga qaytib ketdilar.
“Dada, dada, biz ularga ko’rinmasdan sovg’alarini tashlab keldik”, deya baqirdi Ahmad.
“Ular bizni ko’rmadilar. Sovg’alarni tashlab ketgan bizligimizni ham bilmadilar”, qo’shib qo’ydi Nilufar kulib.
Ularning onasi bilan otasi farzandlariga qarab, ular bilan faxrlandilar. Ular farzandlarinig ehson qilishning haqiqiy ma’nosini tushunishini bilardilar. Ertasi kun ertalab hammalari shaharni aylanishga bordilar. Yo’lda Rashid bilan Fotimaning o’ynayotganini ko’rdilar. Ular yangi oyoq kiyimlaini kiyib olgan edilar. Hech kim hech narsa demadi. Nilufar bilan Ahmad faqatgina jilmaydilar, chunki bu ular uchun eng zo’r Ramazonlardan biri edi.

Manba: http://www.bolajon.com/index.php

Qayd etilgan


Muhammad Amin  01 Sentyabr 2009, 06:46:03

Men ham ro'za tutaman.

Yetti yashar Bilol nonushta qilishdan bosh tortardi: - Lekin, oyijon,  ovqat yeyishni xohlamayman. Men endi katta bo’ldim,ro’za tuta olaman,- dedi Bilol oyisiga.- Sen ro’za tutayapsanku, Bilol. Yetti yoshli bolalar ertalab ovqat yeyishadi, kichkinalar esa tushlikda ham yeyishadi, keyin kechgacha hech narsa yeyishmaydi.- Lekin siz unday ro’za tutmaysizku,oyijon,- bolakay tixirlik qildi.- Men kattaman, kattalar shunday tutishadi.Bolakay chuqur o’yga tolib:- Oyijon, biz nima uchun ro’za tutamiz?- Yaxshi savol,- deb oyisi o’rnidan turdi va oshxona tomon yo’l oldi. Shkafdan bir nima olib so’radi:- Bolajonim, buning nimaligini bilasanmi?- Bu blender( sharbatsiqqich).- Nima uchun qo’llanilishini ham bilasanmi?- U mevalarni sharbatini siqib chiqaradi.Oyisi jilmayib:- Barakalla. Bizning tanamiz ham xuddi shunday. Biz yegan ovqatni maydalab, keragini olib qoladi,  qolganini esa chiqarib yuboradi. U buni har kuni to’xtamasdan qiladi.- Tanamiz charchamaydimi, oyijon?- Charchaydi. Blender ham xuddi shunday. Agarbiz uzoq vaqt sharbat siqsak, u buziladi, keyin esa tuzatishga to’g’ri keladi. Shunday ekan, biz ham tanamizga bizga yaxshi xizmat qilishi uchun dam berishimiz kerak. Shuning uchun biz Ramazon oyi va yilning ayrim kunlarida ro’za tutamiz.- Hamma ham ro’za tutadimi, oyijon?- Hamma emas. Bemorlar, farzand kutayotganlarva 7 yoshdan kichik bo’lganlar, shuningdek Solihning buvasi kabi ro’za tutishga kuchi etmaydiganlar tutmaydilar.

Bolakay o’ylanib qoldi.Oyisi biroz avval keltirgan ovqatni ortiqcha xarxashasiz yedi.- Agar ro’za tutishni xohlamasak-chi?- Opang Sumayyaning sevimli rangi qaysi?- Pushti.- Uning maktab formasining rangi qanaqa?- Ko’k. Lekin ular maktabga pushti hijobini o’rab borishni xohlaydilar.- Unda nega unday qilmaydi?- O’qituvchilari jazolashidan qo’rqadilar.- Ko’rdingmi, u o’qituvchisining jazolashidan qo’rqadi. Ustozi esa pushti kiyib maktab qoidasini buzgani uchun uni jazolaydi. Shunday ekan, Alloh biz uchun nima yaxshiyu nima yomonligini biladi. Shuning uchun biz Uni sevamiz, Undan qo’rqamiz va U bizdan rozi bo’lishini istaymiz. Biz Allohning buyruqlariga bo'ysunishimiz kerak, aks holda biz ham jazolanishimiz mumkin.- Ammo, oyijon, qorningiz ochib qolmaydimi- Albatta ochadi.Lekin biz ovqatni o’ylamaslik uchun oshqa zarur ishlar bilan mashg’ul bo’lamiz. Qur’on o’qiymiz, bemorlarni ziyorat qilamiz, masjidga boramiz. Ko’ryapsanmi, qilinadigan qancha ishlar bor.- Musulmonlar ro’za tutishlari uchun yana boshqa sabab bormi?- Ha. Sen baxtlisan, Bilol, chunki seni har kuni yeyishga ovqating bor. Hammada ham unday emas.- Televizorda ko’rsatishadiku, ba’zi davlatlardagi nochor kishilardakmi?- Ha,shunday. Agar biz ular kabi och qolsak, ularyordamga qanchalik muxtoj ekanliklarini tushunibyetamiz.Bolakay oyisi bergan javoblardan qoniqqanday ko’rinardi.- Oyijon, men ham siz va dadam bilan kambag’al-larga yordam berishga borsam maylimi?- Albatta, bolajonim. Alloh sendan rozi bo’lsin.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  01 Sentyabr 2009, 06:48:30

Hamzaning Ramazoni

1-Qism. Hamzaning hayajoni.

Ahmad amaki juda hushchaqchaq, biroz qorin qo’ygan bir bog’bondir. Ishlaydigan bog’larida qizil atirgullar, hushbo’y rayhonlar o’sadi. Gullar o’z go’zalligi bilan bog’ni bezaib turishadi. Turli-tuman mevalar daraht shohlaridan osilib turadi. Bog’ning har tarafi xushbo’y hidlaru ko’zni quvontiradigan manzalar bilan boy edi. Ahmad amaki shu boqqa qarash bilan kun kechirar edi.

Ahmad amakining bog’ning ichida kichik bir uychasi bor edi. Uychasining har tomoni chiroylik gullar bilan o’ralgan edi. Uyning ichkarisida yotoq, javon, xontaxta hamda bir kursi bor edi halos. Ahmad amaki kursida o’tirgandalarida kurslari ovoz chiqarar edi. Ular har kuni kechqurun kursisida o’tirib kitob o’qir edilar. Uychada ulardan boshqa xech kim yashamas edi.f. Ammo atrofdagilarni barchasini o’zining do’stlari deb bilar edilar. Eng sevimli do’stilari, uy egasining o’g’li Hamza edi. Ahmad amaki Hamzaning do’sti bo’lmish Robiyani ham u juda yahshi ko’rar edi.

Hamza hamda Robiya bog’da o’yinlar o’ynar, Ahmad amaki bilan suhbat qurishar edi. Bolalarning quvonch ila kulishlari Ahmad amakini juda quvontirar edi. Bog’da qushalar va kapalaklar mavjud edi. Bir kuni Ahmad amaki boqda yangi gullar ekayotgan vaqtlarida yonlariga Hamza kelib so’radi:
-Ahmad amaki sizga yordam bersam maylimi?
-Albatta. Tuproqni qazib, tayyorlab qo’ygan joylarimga gullarni joylashtirib chiqishing mumkin.- dedi Ahmad amaki.

Gullarni birma bir tuproqqa joylashtirib chiqishdi. Keyin birgalashib gullarga suv quyishdi. Uyning mushugi Momiq ularning yonidan ayrilmayotgan edi. Momiq pahta kabi yumshoq edi.
Quyosh ham bota boshladi.
Ahmad amaki Hamzaga:
-Hamza hohlasang ozgina o’tiraylik. Juda charchadik, lekin sening yordaming bilan barcha gullarni ekib chiqdik.- dedi.

Momiq kelib Ahmad amakining oyoq ostisiga yotib oldi. Nimalar haqida gap ketayatganini tushunganday ularni tinglay boshladi.
- Voy Ahmad amaki osmonga qareng. Oy naqadar ingichka va chiroyli.
Ahmad amaki jilmayib javob berdilar:
-Ha, yangi oy chiqdi. Uning nomi Hilol deyiladi. Senga muborak Ramazon oyi kelganidan habar beryapti. Yaxshiyamki osmonda bulutlar yo’q. Bo’lmasa oyni hilolni   ko’ra olmas edik.

Hamza hayajon bilan so’radi:
- Ahmad amaki Ramazon kim?
- Ramazon odamlar saharlikka turib, ro’za tutadigan oydir. Hohlasang Ramazon oyida qilinadigan narsalarni senga birma bir tushuntirib beraman.
- Ha, juda, juda hohlayman — dedi Hamza.
- Ramazon oyida o’ttiz kun davomida kechalari turiladi. Bomdod namoziga azon aytilmasdan ovqat yeyiladi. Bunga saharlik deyiladi. Kun davomida esa ochlikka, hamda chanqoqqa chidab, sabr qilinadi. Shom azonidan keyin esa ovqat yeyiladi. Bunday ibodatga ro’za tutish deb ataladi. Ramazon oyi davomida masjidlarda har kecha tarovih namozi o’qiladi. Yordamga muhtoj bo’lganlarga yordam qilinadi. Bu oyda qilingan har bir ibod uchun ko’p ko’p savob yoziladi.Oyning ohirida esa Ramazon Hayiti nishonlanadi. Eng muhim narslardan biri Ramazon oyida ko’p, ko’p Qur’on o’qiladi. Qur’on o’qib bo’lingandan so’ng hatm duosi qilinadi.Payg’ambarimiz s.a.v shunday qilgan edilar. Hohlasang sen bilan Robiyaga ham Qur’on o’qishni o’rgataman.

Hamza hayajonlanib ketdi:
- Juda, juda hohlayman. Robiya ham Qur’on o’qishni o’rganmoqchi ekanligini aytgan edi. Ammo sizga bir savolim bor Ahmad amaki. Nimaga ro’za tutayatganda kun bo’yi ovqat yeyilmaydi?
- Hamza bolam, odamlar sabr qilishni o’rganadilar. Alloh bergan ne’matlarining qiymatini yanada yahshiroq anglay boshlaydilar.

Hamza Ramazon nima ekanligini tushuna boshladi, hamda Ramazon oyi kelganligidan yuragida quvonch paydo bo’ldi.
- Ahmad amaki, men ham ham ro’za tuta olamanmi? - dedi Hamza.
- Hamza sen hali juda kichiksan. Ammo oilang bilan birga saharlikka turishing mumkin.
- URA! Uyga borib, ota-onamga saharlikka turmoqchi ekanligimni aytaman. Sizga kattakon rahmat, Ahmad amaki, - deb, uy tomon yugurib ketdi.

Momiq ham oyoqqa turar ekan miyovlay boshaldi. Ahmad amaki egilib mushukni siladi.. Momiq kayfiyati chog’ edi. Zavqlanib erkalanardi. Ahmad amakining tushuntirganlarini u ham anglaganday edi.
Ahmad amaki juda hursand bo’lib, duo qildilar:
- Allohim senga shukrlar bo’lsin. Hamza ham Ramazon oyining shirin bir hayajonini his qildi. Hush kelibsan Ramazon, bizga hursandchilik olib kelding, Ramazon - deb o’z uychasi tomon qarab ketdi.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  01 Sentyabr 2009, 06:51:38

2. Ramazonning birinchi kuni.

U kecha Hamzaning uyi hayajonga to’la edi. Hamzaning onasi somsalar, shirinliklar pishirar edi, otasi hontahtani bezataytgan edi. Hamza esa haligacha uhlayatgan edi. Uzoq tayyorgarliklardan so’ng barcha narsa hozir bo’ldi. Saharlik vaqti kelganda onasi Hamzani uyg’ottilar hamda Hamzaga jilmayib:
- Ichkarida barchamiz yahshi ko’radigan bir mehmonimiz bor.- dedi
Hamza juda mamnun ekanligini bildirib, ichkariga kirdi. Hontahta boshida juda sevimlik bo’lgan Ahmad amaki o’tirgan edi.
-Voy Ahmad amaki hush kelibsiz.
- Hush ko’rdik Hamza . Otang meni saharlikka taklif qildilar.
- Ahmad amaki yahshi keldingiz. - dedi Hamza.
Tayyarlangan ovqatlarni ishtaha bilan yeyishdi. Eng so’ngida Ahmad amaki suv ichdilar hamda:
Navaytu an asuma sovma shahri romazona minal fajri ilal mag‘ribi, xolisan lillahi ta’ala. Allohu akbar.- dedi
Hamza qiziqish bilan Ahmad amakini tingladi hamda so’radi:
Ahmad amaki qilgan duoyingizning ma’nosi nima?
Bu duoning ma’nosi : “Ramazon oyining ro‘zasini subhdan to kun botguncha tutmoqni niyat qildim. Xolis Alloh uchun. Alloh Buyukdir.” Ro’za tutadiganlarning barchasi shunday duo qilishadi.
Shunday qilib saharlik ham tugadi. Ahmad amaki minnatdorchilik bildirib o’z uychasiga ketdi.
Ertalab Hamza qushlarning sayrashidan uyg’ondi. Oynadan tashqariga qaradi. Bog’ bugun juda chiroylik ko’rinar edi. Kapalaklar gullarning ustida uchib yurardi. Yengil shabada ila gullarning hushbo’y hidlari atrofga yoyilar edi.
- Yashasin! Qanday go’zal kun. - dedi
Shu payt darahtlarni paypaslab yurgan Ahmad amakini ko’rdi.
Assalamu alaikum Ahmad amaki!
- Vaalaikum assalom Hamza.
- Ahmad amaki qushlar ham ro’za tutadilarmi?
- Ular ro’za tutmaydilar. Ammo bergan ne’matlari uchun Allohga ko’p shukur qilishadi.
- Ahmad amaki, onam menga yarim kun ro’za tutishimga ruhsat berdilar. Ammo men kechqurungacha tutmoqchiman
- Hamza bolam, onang haqlidir. Sen hali kichiksan. Kechqurungacha ro’za tutsang kasal bo’lib qolishing mumkin. O’zingni qiynashingga hojat yo’qdir. Bugun iftor paytida Robiya bilan menikiga mehmonga kelishingiz mumkin. Ro’zamni sizlar bilan birga ochishni juda ham hohlayman.
Hamza bu taklifga juda hursand bo’ldi.
- Robiyaga borib buni aytishim kerak. - dedi va u yerdan ketdi.
Ahmad amaki ham bog’dagi ishlarni bitirdi. Keyinroq esa og’iz ocharga non olish uchun ketdi.
Vaqt oqshomga yaqinlashishga boshladi. Hamza va Robiya bog’da arqon sakrshayatgan edi.Bir payt Robiya to’htab qoldi:
Hamza atrof qanchalik jim-jit. Qushlarning ovozi hamda darahtlarning qimirlashi eshitilyapti holos.
Ularning suhbatini eshitgan Ahmad amaki:
- Bolalar birozdan so’ng shom azoni aytiladi. Hamma og’iz ochishga tayyargarlik bilan band. - dedi hamda ularni uyga taklif qildi. Shom azoni aytilguncha Qur’on harflarini o’rganishga boshladilar.
- Hamza ko’ryapsanmi, qushlar ham iftorga kelishdi.
- Ha, kel ularga azgina nonimizdan beraylik, dedi
Ikkalovligi nonligidan kichik bo’lakchalar bo’lib, qusharni boqishdi. Qushlar ishtaha bilan nonlarni cho’qalashdi.
Hamza Ahmad amakiga:
- Ahmad amaki qareng qushalr ham biz bilan birgalashib ro’zalarini ochishdi.
Ahmad amaki kulimsirab:
- Qushlar ham bizning ro’za tutganimizni his qilishyapti.- dedi va iftorlik duosini o’qidilar - Allohumma laka sumtu va bika amantu va ‘alayka tavakkaltu va ‘ala rizqika aftartu, fag‘firli ya g‘offaruma qoddamtu va ma axxortu.
Hamza va Robiya duoni qunt bilan tinglashdi, so’ngra:
- Ahmad amaki, bu duoning ma’nosi nima? – deb so’radi Hamza
- Hamza bolam, bu iftorlik, og’iz ochish duosidir, uning ma’nosi : “Ey Alloh, ushbu ro‘zamni Sen uchun tutdim va Senga iymon keltirdim va Senga tavakkal qildim va bergan rizqing bilan iftor qildim. Ey gunohlarni afv qiluvchi Zot, mening avvalgi va keyingi gunohlarimni mag‘firat qilgil.”
Shundan so’ng barchaligi birgalashib issiqina sho’rvalarni ichishdi.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  01 Sentyabr 2009, 06:56:41

3. Ko’rkam masjid.

Ramazonning ikinchi kuni edi. Iftorlik qilinib bo’lgan , hamma ro’zasini ochib bo’lgan. Hamza televizor ko’rib o’tirardi. Televizorda ko’rsatilayatgan yangi dastur Hamzaning diqqatini o’ziga jalb qildi. Qiziqib ketgan Hamza ko’zlarini katta katta ochib tomosha qilardi hamda televizorni ovozini balandroq qildi.
- Voy do’stim bugun boshimga nimalar kelganini bilsang edi.
- Gapir, gapir. Nimalar bo’ldi ?

Gaplarni eshitib Hamza juda hayajonlanib ketdi:
- Voy qo’g’irchoqlar gapiryapti.

Shu payt onasi Hamzaning oldiga keldi va tushuntirishni boshladi :
- Pardaning orqasida qo’g’irchoqlarni harakat qildirayatgan odamlar bordir. Ular qog’irchoqlarga ovoz ham berishyapti. Qo’g’irchoqlar bilan sahna ko’rinishlar azal azaldan bolalarni zavqlantirib keladi.
- Onajon, biz ham qo’g’irchoqlarni ko’rgani boramizmi?
- Inshaallah albatta boramiz.

Shu payt honaga Hamzaning otasi hayajonlanib kirib keldi.
- Hamza o’g’lim, bugun biz masjidga tarovih namozini o’qigani ketyapmiz.
- Tarovih namozi nima degani otajon?
- Tarovih namozi Ramazon oyi bo’yicha o’qiladigan namozdir. Tarovih namozini o’qish juda katta savobdir. Masjidga sen ham bormoqchimisan?
- Ha, albatta.
- Unday bo’lsa tezroq tahorat qilib ol, dedi otasi.

Hamza otasi bilan birgalikda uylariga yaqin bo’lgan bir masjidga yo’l olishdi. Uydan chiqishdan oldin Hamzaning otasi unga namoz do’ppisini sovg’a qildi. Do’ppida yashil ranglik naqshlar bor edi. Hamzaga olgan sovg’asi judayam yoqdi va u darrov kiyib oldi.
Bog’da Ahmad amakini ko’rishdi. Uning ham boshida do’ppi hamda qo’lida tasbeh bor edi. Ahmad amaki jilmayib :
- Namoz do’ppisi senga juda yarashibdi, Hamza. Masjidga biz bilan birga ketayatganingga juda hursandman. - dedi.

Bunga javoban Hamza:
- Katta rahmat. Sizga ham juda yarashipti. - dedi.
Barchaligi birga masjidga qarab yo’l olishdi. Uzoqdan masjidning chiroqlari yongan bezaklari tovlanib turar edi.
- Voy qanday go’zal, Ramazon oyida masjidlar ham yanada chiroyliroq bo’lib ketar ekan-a!. - dedi Hamza.

Masjidga kirishda odamlar juda ko’p edi. Hamma oyoq kiyimlarini yechib, tahlashtirar edi. Hamza ham oyoq kiyimini yechayatgan paytida Robiya bilan uning oilasini ko’rib qoldi.
- Assalamu alaykum Robiya, qaleysan?
- Waalaikum assalom Hamza, yahshiman alhamdulillah. Onam bilan birga tarovih namozini o’qimoqchiman. Agarda charchasam jim o’tirib namoz o’qiyatganlarni tomosha qilsam bo’lar ekan.
- Otamlar ham menga shunday dedilar. Masjidda namoz o’qilayatgan paytda baland ovoz bilan gaplashib bo’lmas ekan. Yana masjidda namoz paytida yugurmaslikni uqtirdilar.

Ahmad amakining ovozlari eshitildi:
- Hamza, Robiya tezroq kelinglar, otalaringiz sizlarni kutib qolishdi.
Ichkarida odamlar juda ko’p edi. Ayollar masjidning ikkinchi qavatiga chiqishdi. Masjidning imomi "œAllohu Akbar" deb, namozni boshladi. Hamza otasi hamda Ahmad amakiga qarab, ular qilayatgan harakatlarni qaytardi. Hech qiynalmasdan namozlarini o’qib oldi. Namoz tugagandan keyin bolalarga shirinliklar tarqatishdi. Robiya va Hamza masjidning tashqarisida uchrashishdi, og’izlari shirinliklarga to’la edi. Bir-birilariga qarab kulishdi. Ikkalovligi Ahmad amakining qo’lidan ushlab yurishga boshlashdi. Hamza shira og’zini artib qo’yib :
- Ahmad amaki masjidda namoz o’qish menga juda yoqdi.
- Menga ham , menga ham. - dedi hayajonlanib Robiya.
- Ertagayam masjidga boramizmi? , deb so’radi Hamza.

Ahmad amaki :
- Ota-onangiz ruhsat bersa, inshaallah albatta borasizlar.
Hamza va Robiyaning ota-onasi orqadan kelishayatgna edi. Bolalarning Ahmad amakini yahshi ko’rishlari ularni juda sevintirar edi. Birdan mushukni miyovlagani eshitildi. Hamza to’htab orqasiga qarasa miyovlagan mushuk Momiq ekan
-Robiya qaragin Momiq ham masjiddan kelyapti. U ham tarovih namozini o’qigandir..

Ahmad Ahmad amaki kuldilar:
- Momiq bizga ergashgan ko’rinadi. Momiq qani oldimga yaqinroq kelchi. - deb Momiqni siladilar.
- Demak biz bilan birga bo’lmoqchi. Momiq, unda sen biz namozga kirib ketganimizda masjidning oldida bizni kutib turgin.
Momiq "œmyayu myayu" deb javob beribdi. Momiqning bunday javobiga bolalar kuldilar..
Ramazon hayajoni o’sha kecha bolalar shirin uyquga ketishiga qadar ularni tark etmadi.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  01 Sentyabr 2009, 07:00:44

4. Hamzaning duosi.

Bir kun Ahmad amaki bog’dagi o’t-o’lanlarni yulib, tozalayatgan edi. Hamza esa  
Momiq bilan to’p o’ynayatgan edi. Momiq to’pni kichik panjalari bilan ushlab olmoqchi bo’lar edi. Birdan Hamza Ahmad amkini kayfiyati yo’qligini sezib qoldi.  Shunda Hamza Ahmad amakiga yaqinlashib so’radi:
- Ahmad amaki nimaga hafa ko’rinyapsiz?
- Hamza, bolam, Ramazonning ohiriga yaqinlashib qoldik. Kunlar juda tez o’tib ketyapti. Ramazonni kelishini keyin yana bir yil kutib yashaymiz.
Hamza o’ylanib qolib :
- Bir yildan keyin men bir yoshga kattaroq bo’laman. Unda ro’za tuta olaman. Keyingi Ramazonni sabrsizlik bilan kutaman.
- Inshaallah, Hamza!
- Ahmad amaki bugun otamlar uyga vaqtlik kelaman dedilar. Bayram uchun narsalar olgani chiqamiz. Menga bir sovg’alari ham bor ekan.
Ahmad amaki kulib :
- Oooo, inshaallah sen uchun juda zo’r bir kun bo’lar ekanda. - dedi
Shu payt bir ovoz eshitildi:
- Hamza, bog’da briga o’ynaymizmi?
Hamza Robiyani ovozidan tanidi. Yugurib borib,Robiyaga bog’ning eshigini ochib berdi.
- Assalamu alaikum Robiya
- Waalaikum assalom Hamza. Men arqon olib keldim, arqon o’ynaymizmi?
Hamza hayajonlanib:
- Yur o’ynaymiz, dedi.

Bog’da bolalar o’ynasa bo’ladigan joyda arqon sakrashga boshlashdi. Bolalar uchun bunday o’yinlar juda zavqlik edi, mazza qilib sakrashdi. Hamzaning otasi ham ishdan qaytib keldilar. Hamza va Robiyaning boshidan silab qo’ydilar. Ahmad amakining oldilariga borib :
- Assalamu alaikum Ahmad amaki. Biz bilan uyning ichiga kiring. Hatm duosini birga qilaylik.
Ahmad amaki hayajonlanib:
- Waalaikum assalom, ha albatta inshaallab hatm duosini birga qilamiz.
Uydagi barcha tahoratini qilib, indamasdan kutib o’tirishgan edi.
Ahmad amaki Quro’ni Karimni ochib o’qishga boshladilar. Uy boshqacha bir fayz bilan to’lib ketdi. Qanday go’zal bir so’zlar. Qur’ondan o’qib bo’lib, Ahmad amaki Hamzaga Qur’on alifbosidan o’qitdi. Hamzaning ota-onasi uchun bu sovg’a edi, ular juda hursand bo’lishdi. Ahmad amaki ham hursand bo’lib :
 - Inshaallah Hamza yaqinda Qur’onni o’qishga boshlaydi. - dedi.
Duo qilishga ham navbat yetib keldi. Ahmad amaki hatm duosini o’qib:
- Allahim Qur’onni o’qiganimizni qabul etgin. - deb tugatdilar.
Hamza hayajonlanib:
- Ahmad amaki, men ham duo qila olamanmi?
- Albatta, bemalol qilishing mumkin.
- Allahim, Robiyaga hamda menga Qur’onu Karimni o’rganishga yordam bergin. -  dedi. Barcha bu duoga "œomeen "dedi.

"œDuo qilish naqadar yahshi bir tuyg’u" deb o’yladi Hamza. Hatm duosini qilib bo’lgandan so’ng Hamza va oilasi bayram uchun bozor qilgani ketishdi. Birinchi shirinliklar, qasir-qusurlar olishdi. Keyin kiyim sotiladigan joylarga o’tishdi.
Onasi:
- Hamza kel, senga bayramlik kiyim olaylik..
Katta bir do’konga kirishdi, ichida kiyimlar juda ko’p edi. Barchasining ranglari hamda bichimlari har hil edi. Hamzaga cho’ntaklik shim hamda ko’k ko’ylak olishdi. Hamza:
- Katta rahmat, menga kiyimlar juda yoqdi.- dedi.
Otasi:
- Kattalar bolalarga nima yoqishini juda yahshi biladilar. Asl sovg’ani endi ko’rasan. - dedi.
Hamza juda hayajonlanib ketdi. Ichidagi hayajondan osmonlarga uchib ketayatgan edi. Kech tusha boshladi. Katta bir masjidning oldiga kelishdi. Masjidning oldida chodirlar bor edi. Bir chodirga kirib ro’zaligini ochishdi. Masjidga kirib shom namozini o’qib olishdi. Keyin masjidning tashqarisiga chiqib katta bir maydondagi bsohqa bir katta chodirga kirishdi. U yerda ko’p kursilar qo’yilgan, chodirning eng ohirida esa parda tortilgan edi. Birdan ovozlar eshitildi:
- Voy do’stim bugun boshimga nimalar kelganini bilseng edi.
Hamza ko’zlarini katta katta ochib:
- Voooy, televizorda ko’rgan qo’g’irchoqlar-ku, dedi va maroq bilan qog’irchoq teatrini tomosha qildi.
Teatrdan tashqariga chiqishganda shirin pahtalar sotib yurgan pahtachi Hamzaning diqqatini o’ziga tortdi. Atrofdagi bolalarning barchasi shirin pahta yeb yurgan edi.
Onasi:
- Hamza shirin pahta yemoqchimisan?
- Ha onajon, dedi. Shirin pahta Hamzaga juda yoqib tushdi.
Keyin yana bir boshqa do’konga ham kirib chiqishdi. Unda, kitoblar, tasbehlar, namoz do’ppilari sotilar edi. Sovg’a uchun Ahmad amakiga tasbeh, Robiyaga esa kitob olishdi.
Vaqt ancha kech bo’lib qolgan edi. Hamza juda charchagandi, lekin juda hursand edi. Hamza uy tomonga qaytar ekan yangi kiyimlrini kiyadigan kun haqida o’ylab ketdi. U qanday kun bilasizlarmi?

Qayd etilgan


Muhammad Amin  01 Sentyabr 2009, 07:05:19

5. Ramazon Hayiti.

Ramazon oyining ohirgi kuni edi. Uyda bayromona bir kayfiyat bor edi, chunki ertaga Ramazon Hayiti. Hamzaning onasi shirinliklar pishirardi. Ahmad amaki bog’ni yanada go’zallashtirish uchun harakat qilayatgan edi.
Hamza atrofda ko’rinmayatgan edi. Otasi “Honasida bo’lsa kerak.” deb o’yladi. Hamzaning honasini eshigini sekin ochdi.
Hamza hayajon bilan honasini yig’ishtirayatgan edi. Otasini honaga kirganini bilmay qoldi. Otasini ovozini balandroq ko’tarib:
- Ofarin o’g’lim. Honangni juda yahshi yig’ishtiryapsan.
- Ha otajon. Ertaga bayram. Bobom hamda buvimlar ham kelishayatgan ekan.
- To’g’ri aytasan Hamza. Hohlasang hozir kutib olgani birga borishimiz mumkin. Sal turib kelishadi inshaallah.
- Hop bo’ladi, otajon.
Hamza hamda otasi mashinaga o’tirib, avto bekatga kettilar. Hamza moshinadan tushgani bilan bobosi hamda buvisini qidira boshladi. Ular avtobusdan eng ohirigi bo’lib tushdilar. Hamza yugurib borib, ularni bo’yinlariga osildi.
- Buvijonim, bobojonim sizlarni judayam sog’indim.
Ular ham:
- Biz ham seni juda sog’indik Hamza. - dedilar

Yuklarini mashinaga joylashtirishdi. Otasi yuklarni zo’rg’a ko’tara oldi. “Ichida nimalar bor ekan-a”, deb qiziqdi Hamza.
Bir pastdan so’ng uyga ham yetib kelishdi. Uyda birdan harakatlar tezlashib ketdi. Onasi stolga narsalar tayarlar, otasi yuklarni honaga joylashtirayatgan edi. Momiq bunday yugur yugurdan hayron qolib atrofni tomosha qilib o’tirar edi.
Buvisi o’tirgan joyidan jilmayib:
- Sizlarga sovg’alar olib kelgan edik. Birinchi bo’lib Momiqning sovg’asini beraylik. - dedi.

Hamza haltani ochdi hamda buvisi tikkan choyshabni ko’rdi. Buvisi bilan birgalikda Momiqning savatini olib kelishdi hamda unga choyshabni joylashtirishdi. Ko’k ranglik choyshabning chetlariga qizil koptokchalar tikilgan edi. Momiq savatining ichiga o’tirdi. Qizil koptokchalarni o’ynashga boshladi. Navbat Hamzaning sovg’asiga yetib keldi. Haltaning ichidan nimcha chiqdi. Yashil nimchada ranglik rasmlar tikilgan edi. Buvisi bu nimchani o’z qo’llari bilan tikkan edi.
Hamza:
- Qo’llaringiz dard ko’rmasin buvijon. - dedi
Bobosi ham hursand bo’ldi hamda :
- Men senga sovg’amni bayram kuni ertalab beraman inshaallah. - dedi.
U kun Ramazonnin eng ohirgi iftorligi bo’ldi. Hamzaning bobosi taomlanish duosini o’qidi va ketidan barcha “omin” deb, Allohga shukrlar bildirishdi. U kun bobosi, otasi hamda Hamza Ahmad amakining kulbasiga choy ichishga borishdi. Hamza Ahmad amakining kursisiga o’tirib, uhlab qoldi. Qandaydir shirin tushlar ko’rib, jilmayib uhlir edi. Otasi Hamzani qo’liga ko’tarib olib, uyga olib bordi.
Ertasi kuni hamma vaqtlik turdi. Hamza yangi kiyimlarini kiydi. Uydan tashqariga chiqqanda Ahmad amakini ko’rishdi.
Hamza hayratlanib :
- Voy Ahmad amaki bog’ni ertalabdan tozalab bo’ldingizmi?
- Albatta. Bayram kuni vaqtlik turiladi. Barcha ishlar tugatiladi. Endi bo’lsa Hayit namoziga bormoqchiman inshaallah, dedi.
Birgalashib masjidga borishdi. Hayit namozi o’qildi. Masjiddagi barcha odamlar bir biri bilan quchoqlashib, bir birini bayram bilan tabriklashdi. Uyga qaytishganda Hamzaning buvisi hamda onasi ularni kutib oldi. Hursandchilik bilan choy ichishdi. Hamza barchani Hayit Bayrami bilan tabriklab chiqdi.
Shunda bobosi hayajonlanib:
- Endi Hamzaga sovg’asini berish vaqti ham keldi. - dedi

Qo’lida chiroylik qog’ozga o’ralgan sovg’a bor edi. Sovg’ani sekin sekin ochishga boshladi. Hamzaning qiziqishi brogan sari oshib ketayatgan edi. Bobosi sovg’ani ochganda ichida bir samolyot bor edi. Tugmasini bossa harakat qilar edi. Chiroqlari o’chib yonar edi.
- Yashasin. Qanday zo’r o’yinchoq. - deb bobosining bo’yniga osildi.
Shu payt eshik taqilladi. Bu kelganlar Ramazon Hayitining birinchi mehmonlari edi. Hamza yugurib borib, eshikni ochdi.
Robiya hamda uning oilasi kelishgan edi. Robiya chiroylik pushti ko’ylak kiyib olgan edi.
Hamza:
- Robiya ko’ynaging juda yarashibdi. Yahshi kunlarda kiyib yurgin. - dedi
- Katta rahmat Hamza, sening ham yangi liboslaring juda chiroylik ekan. - dedi.

Hamza Robiyaga olgan kitobligini sovg’a qildi. Birozdan keyin Hamza hamda Robiya Ahmad amakining yoniga ketishdi. Hamza tasbehni hamda Robiya bilan tayarlashgan otritkani sovg’a qildi. Ahmad amaki bu sovg’alarga juda hursand bo’ldilar. Ko’zlaridan yoshlar tomochilab ketdi. Hamza bilan Robiya hayron qolib:
- Ahmad amaki nega yig’layapsiz?. - deb so’radilar.
- Yahshiyamki sizlardek do’stlarim bor. Bu yilgi Ramazonim juda yahshi o’tdi. Inshaallah keyingi Ramazonni ham birgalikda shunday yahshi o’tkazib olish nasib qilsin. - dedi.

Bolalar ham “Inshaallah” deyishdi.

Hamza va Robiyaning ham ko’zlari yoshga to’ldi. Ikkalasi Ahmad amakining bo’yniga osilishdi. Bu ko’z yoshlar Ramazon tugaganligining qayg’usi hamda bayram hursandchiligi ko’z yoshlari edi.
Yuklarini mashinaga joylashtirishdi. Otasi yuklarni zo’rg’a ko’tara oldi. “Ichida nimalar bor ekan-a”, deb qiziqdi Hamza.
Bir pastdan so’ng uyga ham yetib kelishdi. Uyda birdan harakatlar tezlashib ketdi. Onasi stolga narsalar tayarlar, otasi yuklarni honaga joylashtirayatgan edi. Momiq bunday yugur yugurdan hayron qolib atrofni tomosha qilib o’tirar edi.
Buvisi o’tirgan joyidan jilmayib:
- Sizlarga sovg’alar olib kelgan edik. Birinchi bo’lib Momiqning sovg’asini beraylik. - dedi.

Hamza haltani ochdi hamda buvisi tikkan choyshabni ko’rdi. Buvisi bilan birgalikda Momiqning savatini olib kelishdi hamda unga choyshabni joylashtirishdi. Ko’k ranglik choyshabning chetlariga qizil koptokchalar tikilgan edi. Momiq savatining ichiga o’tirdi. Qizil koptokchalarni o’ynashga boshladi. Navbat Hamzaning sovg’asiga yetib keldi. Haltaning ichidan nimcha chiqdi. Yashil nimchada ranglik rasmlar tikilgan edi. Buvisi bu nimchani o’z qo’llari bilan tikkan edi.
Hamza:
- Qo’llaringiz dard ko’rmasin buvijon. - dedi
Bobosi ham hursand bo’ldi hamda :
- Men senga sovg’amni bayram kuni ertalab beraman inshaallah. - dedi.
U kun Ramazonnin eng ohirgi iftorligi bo’ldi. Hamzaning bobosi taomlanish duosini o’qidi va ketidan barcha “omin” deb, Allohga shukrlar bildirishdi. U kun bobosi, otasi hamda Hamza Ahmad amakining kulbasiga choy ichishga borishdi. Hamza Ahmad amakining kursisiga o’tirib, uhlab qoldi. Qandaydir shirin tushlar ko’rib, jilmayib uhlir edi. Otasi Hamzani qo’liga ko’tarib olib, uyga olib bordi.
Ertasi kuni hamma vaqtlik turdi. Hamza yangi kiyimlarini kiydi. Uydan tashqariga chiqqanda Ahmad amakini ko’rishdi.
Hamza hayratlanib :
- Voy Ahmad amaki bog’ni ertalabdan tozalab bo’ldingizmi?
- Albatta. Bayram kuni vaqtlik turiladi. Barcha ishlar tugatiladi. Endi bo’lsa Hayit namoziga bormoqchiman inshaallah, dedi.
Birgalashib masjidga borishdi. Hayit namozi o’qildi. Masjiddagi barcha odamlar bir biri bilan quchoqlashib, bir birini bayram bilan tabriklashdi. Uyga qaytishganda Hamzaning buvisi hamda onasi ularni kutib oldi. Hursandchilik bilan choy ichishdi. Hamza barchani Hayit Bayrami bilan tabriklab chiqdi.
Shunda bobosi hayajonlanib:
- Endi Hamzaga sovg’asini berish vaqti ham keldi. - dedi

Qo’lida chiroylik qog’ozga o’ralgan sovg’a bor edi. Sovg’ani sekin sekin ochishga boshladi. Hamzaning qiziqishi brogan sari oshib ketayatgan edi. Bobosi sovg’ani ochganda ichida bir samolyot bor edi. Tugmasini bossa harakat qilar edi. Chiroqlari o’chib yonar edi.
- Yashasin. Qanday zo’r o’yinchoq. - deb bobosining bo’yniga osildi.
Shu payt eshik taqilladi. Bu kelganlar Ramazon Hayitining birinchi mehmonlari edi. Hamza yugurib borib, eshikni ochdi.
Robiya hamda uning oilasi kelishgan edi. Robiya chiroylik pushti ko’ylak kiyib olgan edi.
Hamza:
- Robiya ko’ynaging juda yarashibdi. Yahshi kunlarda kiyib yurgin. - dedi
- Katta rahmat Hamza, sening ham yangi liboslaring juda chiroylik ekan. - dedi.

Hamza Robiyaga olgan kitobligini sovg’a qildi. Birozdan keyin Hamza hamda Robiya Ahmad amakining yoniga ketishdi. Hamza tasbehni hamda Robiya bilan tayarlashgan otritkani sovg’a qildi. Ahmad amaki bu sovg’alarga juda hursand bo’ldilar. Ko’zlaridan yoshlar tomochilab ketdi. Hamza bilan Robiya hayron qolib:
- Ahmad amaki nega yig’layapsiz?. - deb so’radilar.
- Yahshiyamki sizlardek do’stlarim bor. Bu yilgi Ramazonim juda yahshi o’tdi. Inshaallah keyingi Ramazonni ham birgalikda shunday yahshi o’tkazib olish nasib qilsin. - dedi.

Bolalar ham “Inshaallah” deyishdi.

Hamza va Robiyaning ham ko’zlari yoshga to’ldi. Ikkalasi Ahmad amakining bo’yniga osilishdi. Bu ko’z yoshlar Ramazon tugaganligining qayg’usi hamda bayram hursandchiligi ko’z yoshlari edi.

Manba: http://www.bolajon.com/index.php

Qayd etilgan


Abdulhafiz  08 Sentyabr 2009, 11:11:26


Qayd etilgan