Bolajonlar va ularni sevuvchilar uchun!  ( 365610 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 ... 72 B


registan  12 Dekabr 2009, 13:12:58

Bir tomondan sizzi yosh bolalarni rosa yaxshi ko'radilar deb, ikkinchi tomondan esa umuman yoqtirmaydilar deb o'ylayman, nimaga unaqa ekan-a? ???

Qayd etilgan


Ansora  12 Dekabr 2009, 13:13:47

Akam 6-7 sinflarda edi, eng kichkina ukam Dilmurod esa 1 yoshiga endigina kirgandi. Bir kuni akam ukamni olib maktabdagi "shanbalikka" olib ketdi. Ukam endi bir-ikki so'zni ayta boshlagandi.

Shanbalikdan qaytib kelishdi. Ukam ayamga qarab: "Ayaaa, aka-opa xi-xi-xi", deb kula boshladi. Kimnidir taqlid etgani aniq edi. Hammamiz rosa kulgandik:)

Keyin bilsak akamni sinfdoshlari ukamni rosa o'ynatishibdi va "senga o'hshar ekan", deb xazillashib kulishishibdi.

"Boladan ol xabarni", deb bekorga aytishmaydi-da : )

Qayd etilgan


siddiqa  12 Dekabr 2009, 14:16:20

O'tkir hoshimovning shu ma'nodagi gaplari bor edi , uyingizda qariya bormi bahtli ekansiz ,uyingizda yosh bola bormi siz ikki karra bahtli ekansiz ,siqilganingizda ularni bir quchib keljakni ko'rasiz .
Yosh bolalar masum bo'ladida ,jahlingiz chiqsa ularni ranjitib yig'latib qo'ysangiz 10 daqiqa o'tmasdan yana asalim qiling ,qizim qiling o'glim qiling deb kulib jajji qo'llari bilan yuzlaringizni silaydi ,
yosh bola beg'ubordir ,hech ham kek saqlamaydi ,hafa bo\lishi ham ajoyib ,
ularga qarab menda ham bir paytlar bo'lgan samimiylik ,masumlik va asta yo'qolib borgan begunohlikni eslab qolaman .


Qayd etilgan


AbdulAziz  14 Dekabr 2009, 10:49:33

QIZALOQNING DUOSI

Domla Hindistoniy hikoya qiladilar:
"œYoshligimda Qur’on tahsil olayotgan paytim edi. Takror qilib o’tirardim. Menga yaqin joyda, hovuzning bo’yida yosh bolalar savatda uyda yopilgan non sotishardi. Asr vaqtida hammasi savatini bo’shatib, uylariga ketishardi. Qarasam, bir qizaloq uyiga ketmay, hovuzning bo’yida yig’lab o’tiribdi. Oldiga borib yig’lagani sababini so’radim.
"œSotilgan nonning tangalari solingan hamyonni o’ynab o’tirib hovuzga tushirib yubordim. Endi o’gay onam meni o’ldiradi. Qanday boraman uyga?..." — deb yig’lardi qizaloq.
Men hovuzning qizaloq ko’rsatgan joyiga sho’ng’ib, hamyonni balchiqlar orasidan qidira boshladim. Nafasim yetmagan payt suv ustiga chiqaman, so’ng yana suv ostiga kiraman. Oxir hamyonni topib, olib chiqdim. Yuvib, tozalab qizaloqqa berdim. Uning xursandligi intihosiz edi.
So’ng men unga ta’lim berdim:
"œSenga hamyoningni topib berganim uchun qiblaga qarab, qo’lingni ochgin-da, meni duo qil. Men aytib turaman, sen o’shani qaytarib duo qilasan: Allohim, bandangning menga qilgan bu yaxshiligi sababidan, unga ilm bergin, uni bokamol qilgin, umrini uzoq qilgin!"
Qizaloq meni duo qilgancha, o’ynoqlab uyi tomon yo’l oldi. Yetimni xursand qilganim uchun mening ham dilim rosa yayradi.
Hozirgi holatimni o’sha yetimning duosidan deb bilaman. 50 dan ortiq ustozlarni ko’rdim. Hammasi mendan rozi bo’lib, haqimga duo qilishdi..."
Qizaloqning duosi mustajob bo’lgan edi: Hoji Domla Hindistoniy ilmda yuksak kamolotga erishdilar. Yurtimizning zabardast ulamolariga ustozlik qildilar. Alloh umrilarini ham uzun qildi. 96 (hijriyda 100) yoshlarida vafot etdilar"¦

Qayd etilgan


AbdulAziz  16 Dekabr 2009, 08:27:56

BOLALAR NUTQI. 8-QISM

Yosh bolalar yolg'onni bilmaydi. Ko'ngliga nima kelsa o'shani gapiradi.
Kichkina jiyanim Orifjondan (3 yosh) so'rayman:
- Kimni yaxshi ko'rasiz?
- Ayami.
- Yana-chi?
- Dadami.
- Yana?
- Shiji (sizni), buvami, opoqimi...
- A, kim yomon?
- Hich kim. :)

* * *

Kecha kelishgan ekan. Meni ko'riboq, achom qildi.
- Shchalat (shokolad) opcheldizmi? - dedi.
- Man bilan nomoz o'qib, duo qilsez, beraman - dedim.
Namozni binoyidek o'qirkan, uyda dadasi bilan ayasidan o'rganvolibdi. So'ng duo qildilar. Biram suyundim. Sovg'ani albatta olib cho'ntakka soldi.
Quchog'imda ovqatlandi. Orada achom-achom qilib turadi. Shunda o'sib ketgan soqolim g'ashiga tegdi, shekilli, shunday deyapti:
- Miqmi u?
Orifjonni dadasi kosib, kichkina mixchalarni uyida ko'rgan. O'xshatganini qarang. :)

Qayd etilgan


Ansora  23 Dekabr 2009, 22:04:11





Oila do'stlarimizni o'g'li Kurshat Emin  : )

Qayd etilgan


Ansora  23 Dekabr 2009, 22:05:34




Shu rasmi juda yoqdi-da...

"Nima demoqshisizlar o'ziii" deganday norozi ham bo'lib qo'yibdi bizni Eminjon  : )

Qayd etilgan


Ansora  23 Dekabr 2009, 22:08:24




"Men po'mpoq ayiqchaman"   :7

Qayd etilgan


Ansora  23 Dekabr 2009, 22:09:07





"E aka bo'ynimni qo'yvorsayizchi, og'rib ketti-yuuu"  :7

Qayd etilgan


AbdulAziz  31 Dekabr 2009, 09:42:53

Mening jiyanlarim





Marg'ilon
27.12.2009


Qayd etilgan