
Yaqinda taqvimda bir maqola o'qib qolgandim,shuni qisman kiritaman...
Bog'chadan maktab yoshiga yetgan bolalarni maktabda so'rov bilan qabul qilishadi, bilasiz. Bir bolaning ham maktab yoshi yetib, boradigan vaqti kelibdi...
Maktabdagi so'rovda o'qituvchilar hali quyon, hali toshbaqaning rasmini ko'rsatishib bu nima, bu nima deb so'rashibdi. Oxirgi savollariga kelganda bola javob bermabdi. O'qituvchilar nega javob bermaysan deyishsa,mendan bularni so'ramang, yaxshisi Muhammad salallohu alayhi vasallam haqlarida, islom dini haqida so'rang aytib beraman degan ekan...
Bolaning aqli yetgan narsaga o'qituvchilarning aqli ojizlik qilganini qarang...
Bu o'rinda bolasiga shunday tarbiya bergan oila boshlig'i hamda muslimasi haqiga duo qilsak, oddiy savollar (aslida bu savol deyishga ham arzimaydi)ga javob izlab, asosiy masalada esa oqsaydigan o'qituvchi uchun ham duo qilamiz:
Allohim, mana shunday komili axloq ila tarbiyalangan dini islomda tolib bo'lgan yoshlar ko'paysin! Ularning ota-onalarini ajrlar ila mukofotlasin!..