Bolalarni yaxshi ko'ruvchilar uchun savollar:
1. Bolaligingizda eng sevib o'ynaydigan o'yinchog'ingiz qaysi edi?
2. Bolaligingizda o'rtoqlaringiz biln o'ynaydigan o'yinlaringiz qaysi edi?
1. Ayamni aytishlariga qaraganda qo'g'irchoqlarni juda yaxshi ko'rarkanman. Ularni hilma xil kiyintirib, gaplashtirarkanman

2. O'rtoqlarim bilan vaqtim bo'lishi bilan Yashinmachoq, Jambil o'ynardik. Keyin to'ptoshni ham juda yaxshi o'ynardim. Yerga rasm chizardik, rasm bo'yicha savol berardik bir-birimizga, ohiri nima bo'ladi?, deb.
Akam basketbol o'ynay boshlagach, basket korzinasi o'rnatdik hovliga hammamiz birga basketbol o'ynardik torgina yerda

Qish oylarida sanchiq otib, lanka tepardim akam bilan birga

Yerga kvadratlar chizilib, toshni tepardik, bu o'yinni otini eslolmadim, uniyam juda yaxshi o'ynardim. Sport bilan shug'ullanganimiz uchun mahalladan hech kim bizni oilani yengolmasdi

Mazza davrlar edi-da....