2. O'rtoqlarim bilan vaqtim bo'lishi bilan Yashinmachoq, Jambil o'ynardik. Keyin to'ptoshni ham juda yaxshi o'ynardim.
Qish oylarida sanchiq otib, lanka tepardim akam bilan birga 
Jambil, to'ptosh, sanchiq, lanka o'yinlari haqida ma'lumot bersangiz.
To'ptosh-asosan 5 toshdan iborat bo'ladi. She'ri ham bor. Masalan bir tosh qo'lingizda qolganlarini yerga otib, 1 chisida 1 dona, 2 chisida 2 dona, vhk toshlar 5 ga chiqquncha yerdan terib olasiz. Bir kam bir omak, ikkam ikomak vhk she'r bilan o'yinga davom etardik

Ohirida qo'lingizni orqadan aylantirib, toshlarni hammasini yerga tushirmasdan ilib olishingiz kerak...
Sanchiq--tol va shunga o'hshash daraxtlarni shohlaridan uchi qalamni uchiga o'hshab uchkirlashtirilgan "asbob" bilan o'ynalardi. Kuzni ohiri va qish oylarini o'yini bo'lishiga sabab, yerga yomg'ir, qor tushishi bilan yerda loy, ko'lmak paydo bo'lib, yer yumshardi. Biz ham bu yerlarni yaxshilab yumshatib sanchiqlarimizni bor kuchimiz bilan yerga qarab otardik : )Bu asosan o'g'il bolalarni o'yini, lekin men akamga qiziqib o'ynardim. Bazan so'rini (supa) tagida, bazan esa yerto'lada ustma-ust sanchiq yig'ilib qolardi. Demak akam ko'proq yutar ekan:) Ayam bazan ularni to'plab tandirga otardilar, akam yig'lamsirab ularni qidirardi...
Har bir oy'inchini albatta "kuzir" aslida kozer sanchig'i bo'lardi. Bular yong'oq yoki gilos daraxtidan yasalgan bo'lardi. Tol esa yumshoqroq bo'lgani uchun tezda sinardi.
Lanka- qo'y, qo'zini terisidan bir burdasini bazan tagiga bazan esa terini ichiga qo'rg'oshin bog'langan o'yinchoqdan iborat edi. Bazan chap, bazan o'ng oyoq bilan lanka yerga tushirmasdan kim ko'p teparga o'ynaladi. Akam bilan juda ko'p marta qo'rg'oshin eritish operatsiyasini bajarganmiz

Lekin juda ehtiyot bo'lish kerak. Juda issiq bo'lgani uchun tekkan joyini yomon kuydiradi bu modda.
Ayam bechorani qancha idishlari "yo'q bo'lgan" bu operatsiyalarni dastidan
Jambilni eslasam yozaman inshalloh. Bazi detallari esimga kelmayabdi, bilganlar yosza yaxshi bo'lardi...
Lekin har bir o'yinimiz bolalarni organlarini yaxshi rivojlanishida katta rol o'ynardi. Lankani yaxshi tepgan bola albatta to'pni yaxshi o'ynardi...