Yaxshi do'st  ( 27430 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 B


Abdumuhaymin  01 May 2009, 23:21:21

 :bsm:
Alloh taolo Quroni Karimda quydagilarni aytadi:
"Bizning zikrimizga orqa o'girgan, hayoti dunyodan boshqani xohlamaydiganlardan yuz o'gir" ("Najm" surasi, 29-oyat).
Pay'gambarimiz Muhammad s.a.v yaxshi hamsuhbat va yomon hamsuhbatni tasvirlab shunday deydilar:
"Yaxshi hamsuhbat xuddi mushku anbar olib yurgan kishiga o'xshaydi. Birga bo'lsang, mushkidan beradi yoki o'zing undan sotib olasan, hech bo'lmaganda esa, uning hush bo'yidan bahramand bo'lasan. Yamon hamsuhbat esa, huddi temirchining bosqoniga o'xshaydi: Yo kiyimingni kuydiradi, yoki uning badbo'y hidi senga ham urib qoladi"
(Iymon. MSMY)

Qayd etilgan


Afruza  05 May 2009, 21:03:06

Yaxshi mavzu ochilibdi. Keling buni davom ettirsak.
Ya'ni bu mavzuga o'z do'stlarimiz haqida yozsak. Og'ir kunlarimizda yolg'iz qoldirmagan yoki aksi bo'lgan holatlar haqida fikrlashsak va..... Alloh yo'lida do'stlashsak.
Agar qarshi bo'lmasangiz.

"Do'stlarning yaxshisi - Allohni zikr etishingga yordam beradigan va yoddan chiqarganingda eslatadigandir".  Hadisdan

Qayd etilgan


Shokir63  06 May 2009, 15:12:43

Kitob eng yaxshi do'stlardan biri. Ikkiyuzlamachilik qilmaydi, xoxlasang gapiradi xoxlamasang jim turadi. Aldamaydi.

Do'st tanlashda juda extiyot bo'lish kerak.


Qayd etilgan


Abdumuhaymin  07 May 2009, 22:11:10

 :bsm:
Inson axloqining go'zal va chiroyli qiladigan narsalardan biri yaxshilar bilan hamsuhbat bo'lishdir. Birovga taqlid qilish inson tabiatidagi bor narsa. O'z atrofidagilarining kiyimlariga o'xshash
kiyim kiyishga uringan inson, albattao'shalarning qiladigan ishlariga va odob-axloqlariga ham taqlid qiladi. Donishmandlardan biri: "Do'sting kim ekanligini menga aytsang, men sening kim ekanligingniaytib beraman" degan ekan.
Hayotda katta muvaffaqiyatlarga erishganlar ko'pincha o'z muvaffaqiyatlarining siri yaxshi do'stlarning maslahatlari bilan yurganlikda, deb biladilar
( Iymon.Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf)

Qayd etilgan


Shokir63  08 May 2009, 14:11:30

Asxobi Kaxf va ularning itlari Qitmir haqida ko'pchiligimiz bilamiz.
Ka'bani buzmoqchi bo'lgan Abraha va uning fili Maxmud haqida ham.

Ya Rasululloh chi boshat chun saki Asxobi kaxf
Doxili jannat shavam dar zumrayi asxobi Tu
O' dar jannat man dar jahannam kay rav ast
O' saki asxobi kaxf, man saki asxobi Tu.
                                                        Hazrati Jomiy (Alloh raxmat qilsin)
(Ya Rasululloh (s.a.v), nima bo'ladi, men ham asxobi kaxfning iti singari jannatga kirsam. (Axir) u asxobi kaxfning, men esa Sening asxobingning itiman.) (ma'nosida)

Itning erishgan mevqeyini qarang, tillarimizda doston, lekin itdan farishtalar hazar qilishadi. Uning yutug'i yaxshilar bilan edi.

Filchi - Maxmud yaxshi edi, Makkaga qarab yurimadi, buzishni xoxlamadi, lekin yomonlar prasida bo'lgani uchun ular bilan birga halok bo'ldi.

Yaxshilar bilan birga bo'lishni Alloh barchamizga nasib etsin.

Qayd etilgan


Abdumuhaymin  30 Mart 2010, 23:45:10

 :bsm:
Ayting: " O'zi rizqlanmay (taomlanmay barchani taomlantirgan) holida osmonlar va yerning yaratguvchisi bo'lgan Allohdan o'zgani do'st tutaymi?! (An'om 14)

Qayd etilgan


JaviK  31 Mart 2010, 00:05:27

Meni eng yaqin do'stim. Bu forum va forumdosh azizlarim, bunday deyishimga sabab men sizlardan dinni o'rgandim, hadis yodladim, iymon etiqod ibodatni o'rgandim, hayot saboqlari, bilimlarim makoni shu yer deb hisoblayman. Kimnidir ko'nglini og'ritgandirman, kimnidir ko'nglidan qoldim, bu uchun barchadan uzr so'rayman. Barchamiz dindosh birodarmiz. Barchamizni olloh panohida saqlasin omin!

Qayd etilgan


Abdulhafiz  31 Mart 2010, 00:08:48

YAXSHI DO'ST TANLASHGA DA'VAT
"O'z parvardigorlariga ertayu kech duo qiladiganlar, faqat Allohni xohlaganlar bilan sabr qilib birga bo'l. Bu dunyo ziynatiga berilib, ulardan o'zingni olib qochma. Bizning zikrimizdan qalbi g'ofil bo'lganlarga va havoi-nafsga ergashganlarga va shariatning chegarasidan chiqqanlarga itoat etmagin" ("Kahf" surasi, 28-oyat). Shu ma'noda Alloh boshqa bir oyatda shunday deydi: "Bizning zikrimizdan qochgan va bu dunyo hayotidan boshqa narsani xohlamaydiganlardan yuz o'gir" ("Najm" surasi, 29-oyat).
     Payg'ambarimiz Muhammad(s.a.v) yaxshi hamsuhbat va yomon hamsuhbatni tasvirlab shunday deydilar: "Yaxshi hamsuhbat xuddi mushki-anbar olib yurgan kishiga o'xshaydi. Birga bo'lsang, mushkidan beradi yoki o'zing undan sotib olasan, hech bo'lmaganda esa, uning xush bo'yidan bahramand bo'lasan. Yomon hamsuhbat esa, xuddi temirchining bosqoniga o'xshaydi: yo kiyimingni kuydiradi, yo bo'lmasa uning badbo'y hidi senga ham urib qoladi".
     Do'st tanlashda Islom ta'limotlari mana shulardan iborat. Ular doimo bizni yaxshilikka yetaklaydi va yomonlikdan saqlaydi.
{Shayx Muhammadsodiq Muhammadyusuf hazratlari "Iymon" kitoblaridan}

Qayd etilgan


BelleQizcha  31 Mart 2010, 03:21:10

Dostsiz odam Toharatsiz odam diyardillla Rahmatli Amakimlaaaaaaaaaaaaa

Qayd etilgan


siddiqa  31 Mart 2010, 06:52:44

 :as:

eslasangiz yuzingiz yorishib ketadigan ,har doim ham yoningizda emas yodingizda bo'ladigan siz bn boyliknimas ,obro'nimas ,eng muhim bahtni iymonni bo'lasha olgan do'stlar do'stdir .
eslaymanu voy hozir tell qilib hol ahvol so'rayman juda sog'indimda shu do'stini deyman ,qayerda bu narsa yana o'z dunyoyim bn bo'lib ketaman ,

og'ir dalda bo'lar payti ,ruhiy evrilishlarda darrov bir birligimizga kerakligimizni anglab qolamiz . :) :) :) :)

Qayd etilgan