Xoja Ahmad Yassaviy. Devoni hikmat (yangi topilgan namunalar)  ( 75139 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 B


shoir  13 Iyul 2006, 04:09:23

- 31 -

Xilvat kirib, do’stlarim, yod etoluk doimo,
Muhabbatni sharobin no’sh etoluk doimo.
Muhabbatning sharobin hech kishiga bermaslar
Bag'ir qonin oquzub, oshiq ichor doimo.

Muhabbatning sharobin ichgon oshiq nishoni,
Vola bo’lg'on bulbuldek, faryod qilur doimo.
Murid - murda, pir - g'assol, o’qub yurur hasbi hol,
Ko’ray debon ul jamol, javlon qilur doimo.

Muridlarin tarbiyat, kunda yuz ming xosiyat,
O’zlarin cho’pon sifat, cho’pon qilur doimo,
Halqa qurub eranlar, Hu zikrini boshlasa,
Ul Zikriyo payg'ambar hozir bo’lur doimo.

Ondin so’ngra Haq nurin zokirlarga sochorlar,
Maloiklar saf to’lub, arra boshlar doimo.
Muhabbat sharobini qo’lg'a olib Muhammad,
Zokirlarg'a sunubon, soqiy bo’lur doimo.

Muhabbatni sharobin ichgon uchun Xoja Ahmad,
Arsh ustiga qo’nubon, parvoz qilur doimo.

Qayd etilgan


shoir  13 Iyul 2006, 04:09:32

- 32 -

Ma’rifat bo’stoni ichra kirib,
Avval tavhid daraxtini ko’rdum anda.
Ul daraxtning har shoxida mevasi bor,
Subhon Izim ro’zi qildi oldim mano.

Ul daraxtning aslin bilsang, Hudin ermish,
Tafrid, tajrid chashmalari suvdin ermish.
Ul daraxt oshiqlarning yeri ermish,
Mushohada qilduq, do’stlar, hazratinda.

Tekma nodon ul daraxtning yeri ermas,
Nafsim degon ul mevadin hargiz yemas.
Xomtama’lar nafsi uchun nelar demas,
Nafsdin kechgon yaqin bo’lur qurbatinda.

Nafsdin kechdim, jon hijobi o’tru keldi,
Jondin kechtim, jonim jong'a qorshu keldi.
G'aybg'a tushub, g'aybg'a kirib g'oyib bo’ldi,
Hasrat uzra hasrat o’ti g'urbatinda.

Avval himmat maqomig'a kirgil dedi,
Azamatliq podshohlig'im ko’rgil dedi.
Ul tavhid mevasidin yegil dedi,
Lutfi birlan yedurdi ishq ne’matinda.

Kimga baxshish berdi ersa, bo’lsun qutlug',
Sad hazoron jonim bo’lsa, bo’lsun bulug'.
Ul daraxtning sifati(dur), do’stlar, ulug',
Shukrin oytur, qulluq qilsun xizmatinda.

Ul daraxtning soyasinda o’lturgoylar,
Shavq sharobin ichib ruhin qondurgoylar.
Mosuvodin o’zni tamom yig'durgoylar,
Qaror qilmas ishq tilayu himmatinda.

Do’st tilagon ul bo’stonda qaror qilmas,
Haqiqatlik oshiqlari ishqsiz bo’lmas.
Ko’ngul mulkin bersa anga ko’zga ilmas,
Taqvo qilur ichor nabot sharbatinda.

Do’st uchun dunyo uqbo mulkin solib,
Mavt o’ti ichra kirib kuyub-yonib,
Necha quvsa dargohidin qorshu kelib,
"Arini!" deb zor yig'layur hazratinda.

Qul Xoja Ahmad kirdi ko’rung maydon ichra,
Ko’rdi tavhid daraxtini bo’ston ichra.
Ul daraxtning sifati(dur) Qur’on ichra,
Xabar berdi ul Ibrohim surasinda.

Qayd etilgan


shoir  13 Iyul 2006, 04:09:43

- 33 -

Ogohsizin kechti do’stlar essiz umrim,
Vo darig'o, borib anda na oyg'oyman.
Fazli birla hukm qilsa - davlat mango,
Adli birla so’ror bo’lsa, na oyg'oyman?

O’ttuz oshti, qirqg'a yetti yoshim mani,
Bilmasmankim, nechuk kechti umrum mani.
Tongla kuni nechuk bo’lg'oy ishim mani,
Miskin bo’lub qayon sori qoyrilg'oyman?

Ma’siyatni daryosig'a g'ariq bo’lub,
Yurumishman shayton birla rafiq bo’lub.
Tun-kun yig'lab, ko’zda yoshim arig' bo’lub,
Rasvo bo’lub borib anda na oyg'oyman?

Ozuqsiz(in) yo’lg'a kirgon o’lmog'i bor,
Ko’ksiz daraxt chechaklanib so’lmog'i bor.
Mujrim qullar borsa anda so’rmog'i bor,
So’rar bo’lsa, man qul anda na oyg'oyman?

Bu dunyoni mungu yo’qin emdi bildim,
Bu asig' ishlarimdin emdi yondim.
Qul Xoja Ahmad, dargohingg'a sig'nib keldim,
Qo’rqadurman qayu so’zg'a tutulg'oyman.

Qayd etilgan


shoir  13 Iyul 2006, 04:09:52

- 34 -

Saharlarda chorzarb urub Rabbim desam,
Dargohida Xojam qabul qilarmukin?!
Hasratida boshdin ayoq vird aylasam,
Dargohida Xojam qabul qilarmukin?

Tunlar qo’pub dargohig'a sano qilsam,
Boshim qo’yub hazratig'a duo qilsam.
Qon yosh to’kub ko’zlarimdin, bag'rim tilsam.
Dargohida Xojam qabul qilarmukin?

Alloh uchun mardonavor jonim bersam,
Zor ingrayub zokir bo’lub Rabbim desam.
Ahlu iyol, xonumonim yatim qilsam,
Dargohida Xojam qabul qilarmukin?

Mansurdek "Analhaq" deb yig'lab yursam,
Shibliydek oshiq bo’lub samo’ qilsam.
Boyaziddek tun-kun tinmay Ka’ba borsam,
Dargohida Xojam qabul qilarmukin?

Yaxshilarni suhbatida qoim bo’lsam,
Hu-Hu teyu zikrin aytib doim bo’lsam.
Oshiqlardek charx urubon jonim bersam,
Dargohida Xojam qabul qilarmukin?

Ayyub sifat qurt ranjig'a sobir bo’lsam,
Yahyo sifat ko’zlarimdin qon yosh to’ksam.
Muso sifat Tur tog'ida toat qilsam,
Dargohida Xojam qabul qilarmukin?

Yunusdek daryo ichra baliq bo’lsam,
Yusufdek quduq ichra tun-kun qolsam.
Ya’qubdek Yusuf uchun qon yig'lasam,
Dargohida Xojam qabul qilarmukin?

Ayo do’stlar, hech qilmadim yaxshi amal,
Eranlarni izin izlab qilmay jadal.
Bexabarman, sharmandaman ro’zi azal,
Dargohida Xojam qabul qilarmukin?

Men daftari soniy aydim dardga davo,
Tufroq sifat bosib o’tsa mani ravo.
Yig'lab keldim eshigingga man benavo,
Dargohida Xojam qabul qilarmukin?

Tili bilan ummatman deb yalg'on so’zlar,
Va’zin aytib xaloyiqqa, dunyo izlar.
Kishi molin olmog' uchun har yon darlar,
Dargohida Xojam qabul qilarmukin?

Alloh teyu sidqim bilan tavba qilsam,
G'iybat qilg'on tillarimni yuz ming tilsam.
Haqdin qo’rqub dunyo ishin ortqa solsam,
Dargohida Xojam qabul qilarmukin?

Hikmat o’qub ixlos qilib yo’lg'a kirgon,
Yaxshilarni izin izlab duo olg'on.
Bulhavaslar oshiqman deb yo’lda qolg'on,
Dargohida Xojam qabul qilarmukin?

Qul Xoja Ahmad, hikmat oyg'il oshiqlarg'a,
Sidq bilan yo’lg'a kirgon sodiqlarg'a,
Ixlos bilan Haqni degon loyiqlarg'a,
Dargohida Xojam qabul qilarmukin?

Qayd etilgan


shoir  13 Iyul 2006, 04:10:01

- 35 -

Subhon Izim hidoyatni ro’zi qildi,
Telim hijob ko’nglimizdin ketormukin?
Tuni-kuni hazratiga Alloh desam,
Munglug' banda maqsudig'a yetormukin?

Ma’rifatning bo’stonida bulbul bo’lub,
Haq yodida doim mudom mashg'ul bo’lub.
Qulluq qilsam hazratig'a chin qul bo’lub,
Bu holatda rihlat tongi otormukin?

Egri yo’lg'a yurdum, doim xato qildim,
Emdi bildim, o’z jonima jafo qildim.
Dargohinga yaqom tutub yano keldim,
Lutf aylabon tavbam qabul etormukin?

Eranlarni izin izlab yo’lg'a kirsam,
Ostonangda duo qilib yuzum sursam.
G'ariblarni ko’nglin ovlab duo olsam,
Bu ish birlan mani ishim bitormukin?

Nadomatda tuni-kuni yoshim to’ksam,
Xudoyimg'a zori qilib arz aylasam.
Yaxshilarni hazratig'a shafi’ bo’lsam,
Qul niyozi beniyozg'a yetormukin?

Ahmad, sani essiz umrung yeldek o’tti,
Dunyo tilab oxiratni sham’i o’chti.
Ma’siyat(ni) paymonasi to’ldi-toshti,
Rahmon Tangrim gunohimdin o’tormukin?

Qayd etilgan


shoir  13 Iyul 2006, 04:10:11

- 36 -

Qorong'u tun ichinda yo’l adashtim,
Yorug'lig' tongi nogoh otormukin?
Qulovuzsiz yo’lg'a kirib turfa shoshtim,
Sayqal bersam zangorlarim ketarmukin?

Ayo do’stlar, bu yo’llarda hayron bo’ldum,
Boshim qotti, aqlim ozdi, sarson bo’ldum,
Ikki olam barbod urub uryon bo’ldum,
Otqon tongi g'aflat bilan botarmukin?

Eranlar ushbu yo’lda jondin kechti,
Zikrin aytib saharlarda bag'rin teshti,
Jafo tortib bu dunyoning zahrin ichti,
Ondog' oshiq rohat bilan yetarmukin?

Oshiqlari tunlar qo’pub zori qilg'on,
Muhabbatning daryosidin guhar olg'on,
Bulhavaslar oshiqman deb yo’lda qolg'on,
Boyaziddek o’zin bir kun sotarmukin?

Kecha-kunduz samo’ qilib yig'lag'onlar,
Xizmat qilib ishq sirrini anglag'onlar,
Himmat qurin belga mahkam bog'lag'onlar,
Shundog' bo’lmay vahdat maydin totarmukin?

Jafo chekmay, mehnat tortmay vafo yo’qtur,
Jafo tortqon oshiqlarni ko’ngli to’qdur,
Jafo tortmay, mehnat ko’rmay rohat yo’qtur,
G'ofillar(i) hasrat bilan o’tarmukin?

Ayo oshiq, kecha-kunduz tinmay yig'la,
Muhabbatning fo’tasini belga bog'la,
Chor zarb urub saharlarda yurak dog'la,
Oshiqlari rohat bilan yetarmukin?

Vo darig'o, o’tti umrum, to’ymay qoldim,
Bu dunyoning muhabbatin qo’lg'a oldim,
Dunyo izlab din ishini ortqa soldim,
Tavba qilsam Xojam qabul qilarmukin?

Ayo do’stlar, saharlarda nola qilg'il,
Ko’z yoshingni oquzubon jola qilg'il,
Haq zikrini aytib o’zung vola qilg'il,
Vola qilg'on Haq vasliga yetarmukin?

Qul Xoja Ahmad, kechalarda qoim bo’lg'il,
Toat qilib kunduzlari soim bo’lg'il,
Mansur yanglig' "Analhaq" deb doim bo’lg'il,
Oshiq bo’lg'on boshi dorda ketarmukin?

Qayd etilgan


shoir  13 Iyul 2006, 04:10:26

- 37 -

Rabbim Alloh debon ko’zdin yoshim sochsam,
Qulum debon maning holim so’rg'oymukin?
Yuz ming turluk gunohimdin tavba qilsam,
Rahmi kelib tavbam qabul qilg'oymukin?

Tilim bilan Alloh zikrin joriy qilsam,
Sahar vaqtda qo’pub yig'lab zori qilsam.
Himmat qilib kecha-kunduz kori qilsam,
Dargohida Xojam nazar solg'oymukin?

Masjid kirib namoz qilsam zohidlardek,
Ishq o’tig'a kuyub yong'on oshiqlardek.
Yalg'on so’zni tilga olmay sodiqlardek,
Oriflardek Haqqa vosil bo’lg'oymukin?

Pir etogin tutub Haqdin qilg'oy talab,
Har maqsudum bo’lsa pirdin qilsam talab.
Ushbu yo’lda doim pirdin madad tilab,
Madad bo’lsa, ishim ravon bo’lg'oymukin?

Yo Rabbano, yoding bilan bo’lsam mudom,
Bori umrum zikring bilan bo’lsa tamom.
"¦"¦"¦"¦.
Talab qilsam hojat ravo bo’lg'oymukin?

Qo’l ko’torib pirdin duo olsam derman,
Belin bog'lab xizmatida tursam derman.
Himmat qilib rost yo’lig'a kirsam derman,
Ko’ngul borib anda nishon bo’lg'oymukin?

Har kechani qadr bilib uyg'oq tursam,
Xizr bilib kimni ko’rsam, duo olsam.
Quli bo’lub ma’no so’ray, kimni ko’rsam,
Ushbu ishdin murod hosil bo’lormukin.

G'ayrat qilib dargoh sori qadam qo’ysam,
Erta sahar g'aflatdaman yotmay tursam.
Sivo bo’lub barchasidin Haqni so’rsam,
Sivo bo’lsam Haqdin madad bo’lg'oymukin?

Qul Xoja Ahmadni ushbu so’zi orzu erur,
Orzusig'a yetolmayin qayg'u yeyur.
Taqlid qilib Hu zikrini oytib yurur,
Hu-Hu desam sohibdilon bo’lg'oymukin?

Qayd etilgan


shoir  13 Iyul 2006, 04:10:39

- 38 -

Ishq kimyoyi ahmar, olam do’kon emasmu?
Mardi Xudog'a ma’lum, usta do’kon emasmu?
Ko’nglumda ishq Turi, tushti tajalli nuri,
Har bir oting zuhuri, sham’i jahon emasmu?

Sartosari jahong'a, boqsa baloyi to’fon,
Ey qavmi Nuh qo’rqing, Haq kishtibon emasmu?
Eman daraxtidinkim Musog'a o’t ko’rundi,
"Inni analloh" oytur, asrori jon emasmu?

Isoyi ruhparvar, tarki taalluq aylar,
Ko’k sahnida qalandar, yaxshi makon emasmu?
Yahyoni yig'i tutti, Odam o’zin unutti,
Yunusni nahang yutti, bu imtihon emasmu?

Xush har Hayyu Subhon, xush qudrat, xush ilhon,
Jannat ichinda Rizvon, bir bog'bon emasmu?
Oshiq murodi dilbar, zohidni mayli minbar,
Jomi xurramni istar, Haq lomakon emasmu?

Ayni sahardadur gul, oshufta misli bulbul,
Ko’rgoch ani qizil gul, ruxsori qon emasmu?
Zinhor, ey suxan var, behuda to’kma gavhar,
Ko’ngul xazonasig'a til, posbon emasmu?

Maxdumi pokbozi, parvozi shohbozi,
Sohib xuruj g'oziy, chun Arslon emasmu?
Maxmur oldi dilu jon, quydi mayi arg'uvon,
Sulton Sotuq Bug'roxon, piri mug'on emasmu?

Dargohlari kibriyo, islom ochib beriyo,
Sarhalqai avliyo, sohib Qur’on emasmu?
Avlodi anbiyodur, sardori avliyodur,
Mardi rahi Xudodur, oliy nishon emasmu?

Davr davri Ahmad, xoyr ul-bashar Muhammad,
Dunyovu ding'a sarmad, shar’i bayon emasmu?

Qayd etilgan


shoir  13 Iyul 2006, 04:11:00

- 39 -

"Mutu qabla an tamutu" hadisi bor,
Ul olami faxri rasul oytmadimu?
Mustafoning so’zin emdi o’qumading,
Sen uqmasang, burung'ilar uqmadimu?

Uqoy desang, pir etogin mahkam tutqil,
Tavba qilib dunyo molin ortqa solg'il,
Urub nafsni shayxing uchun o’zung sotqil,
Shundog' pirga murid o’zin sotmadimu?

Erga ilging bergil, joning fido qilg'il,
Yurma yiroq, bo’lma nohaq, beri kelgil,
O’lmak haqdur, o’lmas burun tavba qilg'il,
Ko’b kishilar tavbasizin o’tmadimu?

O’lsa, vale nafsi o’lar, ruhi o’lmas,
Sir so’zini nodonlarg'a oytsa bo’lmas.
Sir so’zini nodon, johil qabul qilmas,
Bo’lsa mahal oqil qabul qilmadimu?

Haqiqatliq er so’zini nodon bilmas,
Qilu qoldin so’z so’zlasa, majoz emas.
Yancha chobsang, qilich bo’lsa, toshqa o’tmas,
Loyg'a chobsang, qilich anga o’tmadimu?

Bersa ilig, tutsa etak, so’zga yetor,
Yuz ming aning halovati bekor o’tor.
Pirni suygon dunyo molin toshlab ketor,
Oxiratlig' dunyo toshlab ketmadimu?

Yetgoymukin tirikligim yozu kuzga,
Kelgoy xazon yeli yanglig' ajal bizga.
Jonimizni tanimizdin oyrur o’zga,
Kim ul jonni oyrib tandin ketmadimu?

Tavba bilan tirikligin qilsa bu qul,
Qilsa toat, etsa tavba doim bu qul,
Nafsu havo bu shaytong'a bermasa yo’l,
Tavba yo’lin yaxshi qullar tutmadimu?

Qul Xoja Ahmad, tavba qurin bog'lag'il san,
Nafsu havo dushmanlarni quvlag'il san.
San, Tangrini xos qulidek yig'lag'il san,
Yig'lag'on qul Haq diydorin ko’rmadimu?

Qayd etilgan


shoir  13 Iyul 2006, 04:11:13

- 40 -

Ayo do’stlar, umrum tongi otor bo’ldi,
Emdi izlab, yo Rab, sani toparmanmu?
Jonim tandin oyrilibon yotor bo’ldi,
Emdi izlab, yo Rab, sani toparmanmu?

Beshdin o’ng'a kirdim ersa yoshman dedim,
Yigirmada taxt ustida sulton bo’ldum.
O’ttuz yoshni olib qo’lg'a o’tru turdum,
Emdi izlab, yo Rab, sani toparmanmu?

Qirqqa kirib, qanot qoqib qoyrilmadim,
Gunoh(lar)im to’ldi-toshdi, oyrilmadim.
Isyon qilib o’lorimni man bilmadim,
Emdi izlab, yo Rab, sani toparmanmu?

Ellik yoshab yoshim maning bo’ldi tamom,
G'animatdur, bilsang, ani har xosu om.
Mo’min qulning quloqig'a budur kalom,
Emdi izlab, yo Rab, sani toparmanmu?

Oltmish uchdur payg'ambarning yoshin bilsang,
Farzu sunnat buyrug'ini ado qilsang.
Qazo yetsa, oxiratqa safar qilsang,
Emdi izlab, yo Rab, sani toparmanmu?

Qul Xoja Ahmad, qo’yg'il emdi dunyo fikrin,
Jahd aylagil, tinmay oyg'il Haqni zikrin.
Hozir bo’lub o’loringni emdi bilgin,
Emdi izlab, yo Rab, sani toparmanmu?

Qayd etilgan