O’G’UZNOMA  ( 44454 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 B


Abdullоh  23 May 2009, 11:18:01

V
1. O’zi o‘sha daraxtning tagida kutib turdi.
2. Qiat keldi va boshi bilan O’g‘uzning qalqoniga urildi.
3. O’g‘uz cho‘qmori bilan qiatning boshiga urdi.
4. Uni o‘ldirdi. Qilich bilan boshini kesib olib ketdi.
5. Yana kelib ko‘rdiki, bir shunqor
6. Qiatning ichak-chavog‘ini yemoqda ekan.
7. Yoydan o‘q otib shunqorni o‘ldirdi, boshini kesib oldi.
8. Undan keyin shunqorning nishonasi, mana bu deb ko‘rsatdi.
9. (Qiat) bug‘uni yedi, ayiqni yedi (uni) cho‘qmorim o‘ldirdi.

Qayd etilgan


Abdullоh  23 May 2009, 11:19:33

VI
1. Qiatni esa shunqor yedi. Yoy o‘qim o‘ldirdi.
2. Yeldek yelib yeb ketdi.
3. Qiatning nishonasi mana bu dedi.
4. Yana kunlardan bir kun O’g‘uz qog‘on.
5. Tangriga yolborib turar edi.
6. Qorong‘ulik bosdi.
7. Ko‘kdan bir yorug‘ (nur) tushdi.
8. Kundan ravshanroq oydan yaltiroqroq edi.
9. O’g‘uz qog‘on borib.


Qayd etilgan


Abdullоh  23 May 2009, 11:19:48

VII
1. Ko‘rdikim ushbu yorug‘lik ichida bir qiz bor ekan.
2. Yolg‘iz o‘zi o‘tirar edi. Juda ko‘rkam bir qiz edi.
3. Uning boshida otash nuridan bo‘lgan yorqin.
4. Bir xoli (mengi) bor edi. Xuddi Oltin qoziq yulduzidek edi.
5. Bu qiz shunchalik ko‘rkam edikim.
6. Kulsa Ko‘k Tangri ham kular.
7. Yig‘lasa Ko‘k Tangri ham yig‘lar edi.
8. O’g‘uz qog‘on uni ko‘rib,
9. O’zidan ketdi: qattiq sevib qoldi.

Qayd etilgan


Abdullоh  23 May 2009, 11:20:16

VIII
1. Uning bilan yotdi-tilagiga yetdi (qiz) homilador bo‘ldi.
2. Kunlar o‘tib, tunlar o‘tib ko‘zi yoridi.
3. Uch o‘g‘il bola tug‘di.
4. Birinchisiga Kun deb ot qo‘ydilar.
5. Ikkinchisiga Oy deb ot qo‘ydilar.
6. Uchinchisiga Yulduz deb ot qo‘ydilar.
7. Yana bir kuni O’g‘uz qog‘on ovga ketdi.
8. Bir o‘tloq orasida daraxtni ko‘rdi.
9. Bu yog‘ochning kavagida bir qiz bo‘lib,

Qayd etilgan


Abdullоh  23 May 2009, 11:20:34

IX
1. Yolg‘iz o‘zi o‘tirar edi.
2. Yaxshi, ko‘rkam bir qiz edi.
3. Uning ko‘zi ko‘kdan ham ko‘kroq edi.
4. Sochlari daryo mavjiday,
5. Tishlari injuday edi.
6. Shunchalik chiroyli edikim: uni ko‘rgan yer insonlari.
7. «Hoy-hoy, voh-voh o‘lib qolamiz» der,
8. Va sutdan qimizga aylanar edilar.
9. O’g‘uz qog‘on uni ko‘rgach, o‘zidan ketdi, yuragiga otash tushdi.

Qayd etilgan


Abdullоh  23 May 2009, 11:21:52

X
1. Uni sevib qoldi, oldi. U bilan yotdi
2. Tilagiga yetdi. Bolaga (qiz) homilador bo‘ldi
3. Kunlar, tunlar o‘tib, so‘ng ko‘zi yoridi
4. Uch o‘g‘il bola tug‘di.
5. Birinchisiga Ko‘k deb ot qo‘yishdi
6. Ikkinchisiga Tog‘ deb ot qo‘yishdi
7. Uchinchisiga Tengiz deb ot qo‘yishdi
8. Shundan so‘ng O’g‘uz qog‘on katta to‘y berdi
9. Elu yurtga yorliq yuborib kengashdilar

Qayd etilgan


Abdullоh  23 May 2009, 11:24:25

XI
1. Ular kelishdi. Qirq stol qirq kursi yasatdirdi.
2. Turli ovqatlar, turli sharoblar,
3. Nozu ne’matlar, qimizlar yedilar, ichdilar.
4. To‘ydan so‘ng O’g‘uz qog‘on
5. Beklarga, el-yurtga yorliq berib
6. Dedikim:
7. Men senlarga bo‘ldim qog‘on, Olaylik qo‘lga yoy va qalqon.
8. Tamg‘amiz bo‘lsin bizning-olijanoblik,
9. Ko‘k bo‘ri bo‘lsin bizga o‘ron, Temir cho‘qmor olur darmon,

Qayd etilgan


Abdullоh  23 May 2009, 11:25:08

XII
1. Ovloqda mo‘l bo‘lsin qulon,
2. Daryo-dengiz tinmay oqib tursin, Quyosh-tug‘, Ko‘k bo‘lsin qo‘rg‘on,

3. Dedi. Shundan keyin yana,
4. O’g‘uz qog‘on to‘rt tomonga yorliqlar jo‘natdi.
5. Bayonnoma bitib, elchilar orqali berib yubordi.
6. Bayonnomada quyidagicha bitilmish edi:
7. Men uyg‘urning qog‘onidurmankim,
8. Yer yuzining to‘rt burchagi qog‘oni bo‘lsam kerakdir,
9. Senlardan bo‘yin egishni talab qilaman.

Qayd etilgan


Abdullоh  23 May 2009, 11:25:57

XIII
1. Kimki mening amrimga bo‘yinsunsa,
2. Sovg‘a-salom keltirsa do‘st deb bilaman.
3. Dedi:
4. «Kimki bo‘yinsunishdan bo‘yin tovlasa,
5. G’azab otiga minib, askar tortib, o‘zimga dushman tutaman.
6. Shiddat bilan bostirib borib,
7. Uni osib, yo‘qolsin, deb ish tutaman» dedi.
8. Yana o‘sha zamonda, o‘ng tomonda,
9. Oltun qog‘on degan bir qog‘on hukmron edi.

Qayd etilgan


Abdullоh  23 May 2009, 11:26:32

XIV
1. Ushbu Oltun qog‘on O’g‘uz qog‘onga elchi jo‘natib yubordi.
2. Ko‘p, turli-tuman oltin-kumush hadya qilib,
3. Ko‘plab va turli noyob yoqutlar yuborib,
4. Turli xil qimmatbaho durdonalar sovg‘a takdim etib,
5. O’g‘uz qog‘onga xushomadlar qildi. Uning ra’yiga qaradi, bo‘ysundi.
6. O’g‘uz qog‘on ham yaxshi, chiroyli muomala qildi.
7. U bilan do‘stlashdi.
8. So‘l tomonida Urum degan bir Qog‘on bor edi.
9. Ushbu qog‘onning askarlari ko‘pdan-ko‘p,

Qayd etilgan