O’G’UZNOMA  ( 44460 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 4 5 6 7 8 9 10 B


Abdullоh  23 May 2009, 11:44:25

XXXV
1. Qayg‘ular topdi. O’g‘uz qog‘on uni yengdi.
2. Son-sanoqsiz boyliklar, yilqilar oldi.
3. Yurtiga-uyiga tortib ketdi.
4. Yana nazardan chetda qolmasinkim,
5. Ma’lum bo‘lsinkim, O’g‘uz qog‘onning
6. Yonida oq sallali, oq sochli,
7. Uzun soqolli bir qari kishi bo‘lar edi.
8. U akdli, olijanob kishi bo‘lib, rosa chaqqon kishi edi.
9. Uning oti Ulug‘ Turuk edi.

Qayd etilgan


Abdullоh  23 May 2009, 11:45:43

XXXVI
1. Kunlardan bir kun u uyquda bir oltin yoy ko‘rdi.
2. Yana uch kumush o‘q ko‘rdi. Bu oltin
3. Yoy kunchiqardan to kun botargacha
4. Cho‘zilgan edi. Yana o‘sha uch o‘q-
5. Kumush o‘q zulmat (shimol)tomonga ketayotgan edi.
6. Uyqudan turgandan so‘ng tushida ko‘rganini
7. O’g‘uz qog‘onga bildirdi.
8. Yana aytdikim: «Ey, qog‘onim, sening
9. Umring uzun bo‘lg‘ay, ey qog‘onim,

Qayd etilgan


Abdullоh  23 May 2009, 11:46:20

XXXVII
1. Senga mustahkam hokimiyat nasib etgay.
2. Menga Ko‘k Tangri tushimda (ayon) berdi, o‘ngimdan keltirsin.
3. Ummonday cheksiz yerlar avlodlaringga buyurgay» dedi
4. O’g‘uz qog‘on Ulug‘ Turukning
5. So‘zlarini yaxshi ko‘rdi. O’gitiga quloq soldi,
6. Uning o‘gitiga ko‘ra ish tutdi. Undan so‘ng
7. Tong otgach og‘a-inilarini
8. Chorlab keltirdi. Yana dedikim: «Ey! Mening
9. Ko‘nglim ov istaydi.

Qayd etilgan


Abdullоh  23 May 2009, 11:48:06

XXXVIII
1. (Ammo)Qariligim bois g‘ayratim yo‘qdir
2. Kun. Oy, Yulduz! Sizlar tong sariga boringlar!
3. Ko‘k, Tog‘, Tengiz! Sizlar tun sariga boring!» — dedi.
4. Shundan so‘ng uchovlon
5. Tong sari ketdi. Boshqa uchisi esa
6. Tun sari ketdilar. Kun, Oy.
7. Yulduz juda ko‘p kiyik, ko‘p qush ovlab
8. So‘ng yo‘lda bir oltin yoyni
9. Topdilar, oldilar (keltirib) otasiga berdilar.

Qayd etilgan


Abdullоh  23 May 2009, 11:49:19

XXXIX
1. O’g‘uz qog‘on sevindi, kuldi. Keyin uni(yoyni)
2. Uch bo‘lak qildi. Tag‘in aytdikim: «Ey og‘alari,
3. Yoy senlarga bo‘lsin, yoydek
4. O’qlarni ko‘kka qarab oting» — dedi.
5. Yana shundan so‘ng Ko‘k, Tog‘.
6. Tengiz ko‘p kiyiklar, ko‘p qushlar ovlagach,
7. So‘ng yo‘lda uch kumush o‘qni
8. Topdilar. Olib otasiga keltirdilar.
9. O’g‘uz kog‘on sevindi, kuldi so‘ng o‘qlarni,

Qayd etilgan


Abdullоh  23 May 2009, 11:50:11

XL
1. Uchalasiga ulashtirdi va dedikim:
2. «Ey inilar! O’qlar senlarga bo‘lsin
3. Yoy o‘qni otadi.
4. Senlar o‘klardek bo‘ling» — dedi. Yana shundan so‘ng
5. O’g‘uz qog‘on buyuk bir qurultoy chaqirdi.
6. Askarlarni, el-yurtni chorlab chaqirdi.
7. Kelishdi, kengashib o‘tirishdi. O’g‘uz
8. Qog‘on ulug‘ o‘rdada ...
9. ... So‘l yog‘ida uch o‘qlar, o‘ng tomonida o‘tirdi.

Qayd etilgan


Abdullоh  23 May 2009, 11:51:25

XLI
1. Qirq quloch yog‘ochni o‘rnatib, uning
2. Uchiga bir oltin tovuq yasatti.
3. Quyiga bir oq qo‘yni bog‘latdi. So‘l
4. Tomonda ham qirq quloch yog‘och o‘rnatib,
5. Uning uchiga bir kumush tovuq yasattirdi.
6. Quyisiga esa bir qora qo‘yni bog‘latdi.
7. O’ng yoqda buzo‘qlar o‘tirdi.
8. So‘l yoqda ucho‘qlar o‘tirdi.
9. Qirq kun, qirq kecha oshadilar.

Qayd etilgan


Abdullоh  23 May 2009, 11:51:58

XLII
1. Ichdilar, xursandchilik qildilar. Shundan so‘ng O’g‘uz qog‘on,
2. O’g‘illariga yurtini ulashib berdi. Yana dedikim:
3. «Ey o‘g‘illar! Men ko‘p yashadim, ko‘p urushlar ko‘rdim,
4. Nayzani o‘q qilib otdim, ayg‘ir minib ko‘p yo‘rtdim.
5. Dushmanlarni yig‘latdim, do‘stlarimni kuldirdim
6. Ko‘k Tangri oldida burchimni o‘tadim.
7. Yurtimni sizlarga qoldiraman, dedi...
8. ...
9. ...

Qayd etilgan


Abdullоh  23 May 2009, 11:54:05

LUG’AT

—A—
adaq — 1. oyoq, 2. etak(tog‘ning)
adug‘ — ayiq
ayan — ravshan, aniq
al — olovrang
amirak — do‘st
angag‘u — nishon, alomat, belgi
atashluq — olovli(rang)
atlamaq — otlanmoq, qo‘zg‘almoq
atlag‘u — urush, jang
achqich — ochqich, kalit
ashamaq — yemoq
ashtum — muayyan yoshni yashadim, yoshimni yashab, oshimni oshadim
aqa — aka, og‘a
ag‘iz — lab, dudoq
ag‘izumga baq — bo‘yinsunmoq, tobe bo‘lmoq

Qayd etilgan


Abdullоh  23 May 2009, 11:56:57

— B —
baliq — shahar, kent
barg‘u — o‘lja, boylik
barg‘ulug‘ — boy, badavlat
bashmaq(bashdi) — g‘alaba qozonmoq, yengmoq
bash chalinmoq — bo‘yinsunmoq
begu — sovg‘a, tortiq
beduk — buyuk, katta, ulkan
beduklamoq — ulg‘aymoq, buyuklanmoq
bendang‘ — stul, o‘rindiq
berik — mustahkam, berk
billug — ma’lum, belgili
birladi — birlashtirdi, qo‘shib oldi
budamoq — ko‘paymoq, bo‘linmoq
buzg‘ulug‘ — bo‘lak, parcha
buyan — olijanob, marhamatli
bulun — 1. burchak; 2. tomon
bulung — tomon, taraf
buluni — egallamoq, qo‘lga kiritmoq, topmoq

Qayd etilgan