Marhamat tumaniga marhamat!  ( 28950 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


shoir  13 Iyul 2006, 04:25:31

Assalomu alaykum!

Barchangizning bizning Marhamat tumaniga taklif qilaman.

Marhamat - O'zbekistonning Andijon viloyatidagi tumani. Tuman 1926 yil 29 sentyabrda tashkil etilgan. 1960 yil yanvardan 1963 yil 15 martiga qadar mavjud bo'lgan tyerritorial boshqarmalar tugatilib, tumanlar yiriklashtirildi. Shunda Asaka (sobiq Lenin rag'ni) va Marhamat tumanlari birlashtirilib, tuman Marhamat tumanining markazi hisoblangan "Russkoe selo"ga ko'chirildi. Bu yerda Marhamat ishlab chiqarish boshqarmasi partiya komiteti va Mexnatkashlar deputatlari Soveti ishlay boshladi. Lekin O'zbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumining 1965 yil 15 fevral kunidagi Farmoniga asossan Marhamat tumanining nomi Lenin tumani deb o'zgartirilib, tuman markazi Asaka (Leninsk) shaxriga ko'chirildi. (Xozirgi Asaka tumani). Marhamat tumani to 1970 yil 7 dekabrgacha Asaka tumani nomi bilan atalgan. Marhamat tumani O'zbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumining 1970 yil 7 dekabrdagi Farmoni bilan qayta tashkil etildi.

Ushbu mavzu http://marhamat.freenet.uz sayti ma'lumotlari asosida ochildi.

Qayd etilgan


shoir  13 Iyul 2006, 04:25:49

Geografik o`rni

Tuman shimolda Andijon viloyatining Asaka tumani va Xo'jaobod tumanlari bilan, sharq va janub tomondan Qirg'iziston Respublikasining O'sh viloyati Aravon tumani bilan, g'arbdan Farg'ona viloyatining Quva tumani bilan chegaradoshdir. Tumanning umumiy maydoni 320 kvadrat kilometr. Tumanda 5 ta qishloq fuqarolar yigini, Marhamat, Qorabog'ish, Shukurmyergan, Qoraqo'rg'on va Ko'tarma qishloq fuqarolar yigini hamda Polvontosh ishchilar shaxarchasi, Marhamat shaxri va ikki yuzdan ziyod tarixiy va yangi qishloq mavjud.

Qayd etilgan


shoir  13 Iyul 2006, 04:26:03

Tabiati

Tuman viloyatining janubiy qismida joylashgan. Tumanning rel`efi notekislik va tog' yonbag'irliklardan iborat bo'lib,shimol va shimoliy g'arbiy tekislikdir.Shimol va janub sari tog' yonbag'irliklar tutashib ketadi.Tuman tyeritoriyasida Oloy tog'larining etaklaridagi tog'lar, 1500 metr balandlikdagi Ulug' tog', 920 metrli Tuyamo'yin qirlari bor, Polvontosh, Asaka, Tuyamo'yin adirlari, hullas tumanning atrofi adirlar bilan o'ralgan bo'lib, Oyim-Ho'jabod-Marhamat botig'ini ishg'ol qiladi.

Iqlimi keskin kontinental` bo'lib, yozi juda issiq, qishi esa sovuq bo'ladi. Absolyut tempyeratura plyus 40-26 darajagacha bo'ladi. Tuman tyeritoriyasidan Qoradaryoning quyi irmoqlari Shaxrixonsoy, Janubiy Farg'ona, Karkidon kanallari oqib o'tadi. Tuman yerlari asosan, Qoradaryodan suv oladigan Janubiy Farg'ona kanali va Aravonsoydan sug'oriladi. Janubiy Farg'ona kanalidan suv oladigon Kyerkidon hamda kanalining Marhamat tumani o'ramidagi uzunligi 18.5 kilometr masofadagi Janubiy Farg'ona kanallari o'z suv obuxayotlarini olib o'tadi. Vegetatsiya davri o'rtacha 240 kun. Yillik yog'in 219-320 millimetr, shamolning yo'nalishi asosan sharq tamondan keladi. Vaqtincha bo'ladigan kuchli shamollar janubiy-g'arbiy tamondan keladi. Ekinlari Qirg'izariq va Aravonsoyning irmoqlaridan, Janubiy Farg'ona va Karkidon kanalidan xamda artezian quduq suvlaridan sug'oriladi. Tuproqlari asosan, tipik buz, adir etaklari o'tloqli bo'z, o'tloqi, botqoq o'tloqi tuproqlaridandir. Soylarning eyilmalarida va adirlarning etaklarida shuvoo', sho'ra, paskam joylarida ebalak, tikan bargli va boshoo'li o'simliklar, adirlarning yer bag'irlari va tepaliklarda efemyeriodlar ko'p. Soy bo'ylarida va yer osti suvi yuzaroq joylarda tol, tyerak va turli xil butalar o'sadi. (O'zbekiston Soveti Entsiklopediyasi, 7 tom 23 bet).

Qayd etilgan


shoir  13 Iyul 2006, 04:26:14

Aholisi

Tumanda 20 dan ortiq millat vakillaridan iborat 130 ming kishi yashaydi. O'zbeklar, qirg'izlar, tatarlar, koreeslar, ukrainlar, uyg'urlar, ozarbayjonlar, ruslar va boshqa millat vakillari xalol mehnat qilib, tumanning xalq xo'jaligi rivojiga munosib xissa qo'shyaptilar. Aholining o'rtacha zichligi 1 kv kilometrga 212 kishini (1.1 2002 yil) tashkil qiladi. Tuman o'ramida Marhamat oromgohi va dam olish uylar, lagerlar bor.

Bugungi kunga kelib, tumanimizning umumiy yer maydoni 31902 gektarni tashkil etadi. Shundan 12468 gektari ekin maydonlari, 2500 gektari esa ko'p yillik daraxtzorlardan iborat. 772 gektari bo'z yerlar, 4567 gektari yaylovlar, 50 gektari terakzorlardan iborat, 8477 gektari boshqa inshoat, yo'l, suv yo'llari, zovurlarni tashkil etadi. Oila soni esa 28813 taga etdi.

Qayd etilgan


shoir  13 Iyul 2006, 04:26:27

Marhamat shahri

Marhamat shaxri-1974 yili O'zbekiston SSR Oliy Sovetining 7- avgust kunidagi qarori bilan tashkil topgan. Unga qadar "Ruskiy seloi" nomi bilan yuritilgan. Marhamat shahri viloyat markazi Andijon shahridan 40 km janubda joylashgan. Eng yaqin temir yul stantsiyasi Askada bo'lib, 20 km. Shaharninig yer maydoni 550 gektar bo'lib, 6 ta maxalla fuqarolar yig'inini o'z o'ramiga oladi .

Shahar o'ramida 3973 oila istiqomat qilib, 16470 nafar fuqaro yashaydi. Shaharning yer maydoni xar bir fuqaroga 0,03 sotixdan to'g'ri keladi. Ishga lag'qatli fuqarolar soni 11268 nafarni tashkil etadi.

Shahar aholisining 85 foizi ta'biy gaz, 87 foizi esa ichimlik suvi bilan ta'minlangan bo'lib, uning o'ramida 8 ta bolalar bog'chasi, 5 ta umum ta'lim maktabi, Agrobiznes, qishloq va suv xo'jaligi va komunal xamda qurilish kollejlari mavjud. O'quvchilar soni 3901 nafar, meditsina xodimlari 1050 nafar, shifokorlar soni 133 nafarga etdi. Savdo do'konlari 31 ta, oshxonalar 20 ta, maishiy xizmat ko'rsatish shahobchalari 35 ta, go'sht do'konlari 25 ta, tashkilot va korxonalar soni 72 taga bordi.

Axolining ijtimoiy qatlami quyidagicha:
Jami xo'jaliklar soni 2334 ta bo'lib, shundan yerkaklar 7759 nafarga, ag'llar esa 8711 nafarga bordi. Shulardan mehnatga lag'qatli kishilar 5315 nafarni, faxriylar 1300 nafarni, g'lg'iz qariyalar 40 nafarni, Ulug' Vatan urushi nogironlari 38 nafarni, mehnat nogironlari 201 nafarni, Afg'onchilar 19 nafarni tashkil qiladi.

Shaharda tug'ilib o'sgan yigi-qizlardan 10 nafari fan nomzodlari va fan doktorlari unvoniga sazovor. Ular mamlakatimizning turli joylarida xar-xil soxalarda faoliyat ko'rsatib kelmokdalar.
Shahar o'ramida 125 dan ziyod o'rta biznes korxonalari mavjud. So'ngi ikki yil mabaynida 370 ta yangi ishchi o'rinlari yaratildi.

2000-2002 yilllari shahar xududida yangi Kasb-xunar kolleji, Avtomat gaz taqsimlash stantsiya qurilib, foydalanishga topshirildi. 20 yillik Afg'on inqilob janglarida ishtirok etib, ona tuprog'i Marhamatga etib kelmagan yurtoshdlarimiz ancha bor. Ularning xotirasini abadiylashtirish uchun shaxar markazidagi kichik parkda monument o'rnatilgan.

Qayd etilgan


shoir  13 Iyul 2006, 04:26:44

Tuman tarixidan bir parcha

"Marhamat" tumani Andijon viloyatidagi qishloqlardan biri. Aholining bir qismi 1898 yilgi Andijon qo`zg`olonida ishtirok etgani uchun buzib tashlangan bir necha qishloq o`rniga 1899 yilda "Russkoe selo" qurildi. Mingtepadan ko`chirilib yuborilganlar uchun boshqa joydan bir oz er beriladi. O`sha erda Marhamat (hozirgi Marhamat fuqarolar yig`ini ya`ni To`xtasin Mirzaev nomli shirkat xo`jaligi joylashgan manzil), ("Inom") qishlog`i bunyod etiladi. (V.V. BartolØd)
Marhamat tarixining bilishni biroz oldinroqdan eslasak, Tarjimon va olim Maxmud Hasaniy (u ham Marhamat farzandi)ning quyidagi so`zlari va fikrlarini aytib o`tish kifoya.

"Bu erlar eramizdan avval Farg`ona vodiysining Dovon davlati bo`lgani, so`ng Eron shoxi Qayxisrav bostirib, o`g`li nomiga "Irshi" shaxrini bunyod etgani, shahar yo`qolib, o`rnida Mingtepa bo`lgani yodimga tushib qoldi" (M.X. "Sirli olam" 1991 yil 1-soni).

Qolaversa, Marhamat so`zi hech qanday chetdan kelgan emas, xatto bu so`z orqali ismlar, joylarning nomi, iltifotlar aks ettiriladi. Xitoy manbaalaridagi ma`lumotlarga ko`ra, Dovon (Dovonning Xitoycha "Dav van" shaklida talaffuz qilinib, bu Farg`ona vodiysidagi ya`ni "Kosa" deb atalgan) mamlakatining hamma joyida uzumdan sharob qilingan. Dovon aholisi 60 ming oiladan (hammasi 300 ming jondan) iborat. Askarlari o`q-yoy va nayzalar bilan qurollanib, ot ustida o`tirib, yoy otishga moxir 60 ming kishidan tashkil topgan. 70 ga yaqin katta kichik shaharlar bo`lgan.

Qayd etilgan


shoir  13 Iyul 2006, 04:26:52

Tarixda tilga olingan qal`a devorlari xozirgi Mingtepa vayronasi bo`lib, u to`rt burchak shaklidadir. Mingtepa ichida yakka tepa ham mavjud. Uni Ershi shahri xarobasi taxmin qilinadi.
Tumanimizdagi T. Mirzayev nomli jamoa xo`jaligi xududida joylashgan Lo`mbitepa yodgorligida qazish ishlarini olib borgan qadimshunoslar VI-VII asrga oid qadimiy xumchani topib oladilar. Topilmaning boshqa xumchalardan farqi shundaki, buning bandida ajoyib bitik yozilgan. Unda, olimlarning fikricha, bu bitik xozirgacha turkiy bitiklari ichida eng qadimiysi deb hisoblangan. O`rxun — Enasoy bitiklaridan ham bir-ikki asrga qadimiyroqdir. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, xozirgi Marhamat tumani joylashgan xudud eng qadimiy turkiy davlatlardan birining markazi bo`lgan. Chunki bu xududda Lo`mbitepa yodgorliklaridan tashqari, xali o`rganishga muxtoj turgan Mingtepa, Jingirtepa, Qo`rg`ontepa, Alitepa, Bo`rontepa, Yo`lbars tepa va boshqa yodgorliklarning jug`rofik xolatiga e`tibor berilsa, ular asosan katta karvon hozirgi O`sh-Farg`ona yo`liga joylashgan.

Tuman joylashgan vodiyning tabiati, ayniqsa fasllari har qanday kishini maftun qiladi.
"¦ Qish chiqib, bahor boshlanishi bilan hayot yana o`zgacha xukm suradi. O`sha qiyaliklar o`ziga xos baliq sirtiga o`xshash yassi tekisliklarda er betiga chiqayotgan turli giyoxlar hali issiqlik haroratini olamga to`liq tarata olmayotgan quyoshning zarrin nurlarini intiqlik bilan kutardilar. Qurt-qumursqalarning harakatlari, o`z uyalaridan boshlarini shudakkina chiqarib, biroz turib, yana ichkariga kirib ketishlari ham havoning ancha sovuqligidan dalolat berib turardi. Borki mavjudot tezroq yorug` dunyoni ko`rishdek, sof havodan nafas olib, tirikchiligini boshlashga intilardi. Tabiat esa saxiy. Xar bir jonivor uchun yetarli rizqu-ro`z, nasibasini berishga, xoziru-nazir, faqat mehnatiga qarab ulashadi, xolos. Birovning rizqiga ko`z olaytirgan, yalqovlik qilganlarga esa ozroq, eng yomonini qoldiradi.

Mana bahor xam keldi. U o`zining chechak seplarini borliqqa yoya boshladi. Bolalar mol-qo`ylarni kichik yaylovga olib chiqa boshladilar. Bolalik xech qachon qaytib kelmaydi. Bir dona qurtobimni, sho`rdanak yoki o`rik qoqimni, quyinki bitta kulchani ulashib eyishadi. O`sha kezlari nonni ariqdagi oqayotgan suvga ivitib eyishaverardilar yoki dum tushib, ariqdagi suvni yosh toychoqdek shimirishardi. Bundan xech kimni qorni xam og`rib qo`ymasdi. Chunki ariqdagi suvga xech kim, xech qachon axlat-uxlatni tashlamasdi. Iflos suvlarni ham to`kishmasdi. Xar kimning uyida iflos narsalarning to`kadigan o`ralari bo`lardi-da!
Birovning ustidan birov tekshirmasdi. Xamma o`zining ishini bilib qilardi. Insof, iymon, diyonat degan narsalarga hamma e`tiqod bilan qarardi. Bedilning ta`biri bilan aytganda, «Borliq olamning tojidir». O`sha tojni avaylab, asrab saqlaydigan uning kadriga etadigan mexridaryo kishilar ko`pchilikni tashkil etar edi. Bunga xatto bolalar ham e`tibor qilishgan.

Qayd etilgan


shoir  13 Iyul 2006, 04:27:09

Mingtepa yodgorligi

Keyingi yillarda Farg`ona vodiysida arxeologik ishlariga katta e`tibor berilyapti. Bunda O`zbekiston SSR Fanlar akademiyasi arxeologiya institutining Marhamat otryadi ham ibratli faoliyat yuritgan. Ayniqsa, rayon markazida Mingtepa nomi bil an mashhur bo`lgan qadimgi shahar qoldiqlarini o`rganish borasidagi ishlar diqqatga sazovor.

...40 gektar maydonni 52 ta tepalik o`rab turibdi. Ular go`yo safga tizib qo`yilgandek. Diqqat bilan qarasangiz, to`rt burchakni eslatadi. Bular bir vaqtlar shaharni dushman hujumidan himoya qilishda katta ahamiyat kasb etgan. Mudofaa devorlari hozir o`zlashtirlayotgan erlardan 6-8, ayrimlari 10 metr baland. Mingtepa 50 yildirki arxeologiya fanida dunyoga mashhur bo`lib kelayapti. U Farg`ona vodiysida YuNESKO ro`yxatiga kirgan yagona yodgorlik.
U ilk bor 1939 yilda Katta Farg`ona kanali qurilishi munosabati bilan professor M. E. Masson rahbarligida tuzilgan arxeologik ekspeditsiya jalb qilgan edi. 1946 yilda Leningradlik professor A.N Bernshtam Mingtepa bilan jiddiy shug`ullanishga kirishdi. Uning shogirdi, tarix fanlari doktori Yu. A. Zadneprovskiyning ta`kidlashicha, bu yodgorlik ekspeditsiya qatnashchilarida butun vodiy bo`yicha maydon jihatidan eng katta qadimiy inshoot sifatida katta taasurot qoldirgan edi.

Keyinchalik u vodiydan topilgan arxeologik yodgorliklarni qadimiy Farg`ona tarixiga doir ma`lumotlarni o`rganish jarayonida Mintepani yozma manbalarda Dovon deb atalgan davlatning poytaxti Ershi shahrining vayronasi degan xulosaga keldi va kelajakda maxsus arxeologik tekshirish o`tkazish lozim deb yozib qoldirdi...

Qayd etilgan


shoir  13 Iyul 2006, 04:27:17

Professorning fikri tasdiqlangach, tarix sahifalaridan keng o`rin oldi. Biroq urushdan keyingi yillarda ilmiy kadrlar etishmasligi sababli bu ish vaqtincha orqaga surildi. Nihoyatda yodgorlik kompleksi O`zbekiston SSSR Fanlar akademiyasi arxeologiya institutining 1986-1990 yillarga mo`ljallangan ilmiy ishlar planiga kiritilgach, maxsus arxeologik tekshirishlar boshlanadi. Asosiy vazifa Mingtepaning qurilish davri bu inshoot bilan bog`liq moddiy-madaniy ashyolar hamda aylana mudofaa devorlari tarkibini o`rganish edi.

Dastlabki ilmiy tekshirish katta maydonni egallagan tepalikni qazishdan boshlandi. Bu bejiz emasdi. Negaki shu vaqtgacha bu joyni qadimiy shahar hokimi o`rdasining qoldig`i, deb taxmin qilishardi. Endi esa asrlar pardasini osib ko`rish vaqti kelgandi. Shuningdek, mudofaa devorining g`arb tomonidagi katta tepalik ko`ksi yorib ko`rilmoqda. Avvalo ustki qatlam tuproqlari olib tashlandi, so`ngra o`rdaning dastlabki qurilish davriga oid qatlamlari ochildi. Qazish ishlari jarayonida ma`lum bo`ldiki, avvalo katta xom g`ishtdan hashamatli qalin poydevor bunyod etilgan. Poydevordagi xom g`ishlarda o`yilgan turli belgilar ko`p uchraydi. Ayniqsa "F" harfiga o`xshash shakllar. Bu ¢anday belgi? Nima uchun o`yib solingan? Bu savollar hozircha javobsiz turibdi. Ular kelgusi izlanishlarda aniqlanishi tabiiy.

O`rda qal`asining poydevori mukammal va puxta ishlangan. Qalinligi 4 metrga boradi. Xom g`ishtlarning uzunligi 40-46, eni 26-30, qalinligi 8-10 santimetr. Bu o`z navbatida baland va hashamatli bino barpo etish uchun yetarli asos bo`lgan. Afsuski bu binolar ko`p yillik silkinishlar tufayldi yo`¢ bo`lib ketgan. Qurilish materiallari, tuproq qatlami ayrim yodgorliklarni dastlabki o`rganishdan keyin Mingtepa o`rdasi eramizdan ilgari III asrlarda barpo qilingan, degan xulosaga kelish mumkin.
   

Qayd etilgan


shoir  13 Iyul 2006, 04:27:36

1986 yilda bajarilgan muhum ishlardan yana biri qadimiy mudofaa devorining g`arb qismidagi tekshirishlardir. Hozirgacha mavjud 18 ta qator tepalikning o`n uchinchisi ikki tomon va yuqorisidan ochilib, ustki tuproq qatlamlari olib tashlanadi. Bu tepalik mudofaa devorining kuzatuv minorasi bo`lib chiqdi. Uzunligi 18, eni 9 metr ekan. hozirgacha saqlangan balandligi 8 metrni tashkil etadi. Minoraning o`rta qismida xona ochildi. Aniqlanishicha, u soqchilar almashib turishiga, kuzatuv ishlari olib borilishiga mo`ljallangan. Devorlari to`rt tomondan tozalangach, o`q otish uchun qilingan tuynukchalarga duch kelindi. To`rt burchakli tomonlari barobar simmetriya bilan ishlanib, o`ziga xos amrazura rolini o`tagan. Bunday qurilmalar Mingtepadagi boshqa minoralarda ham bo`lishi shubhasiz.

O`sha vaqtgacha Farg`ona vodiysida olib borilgan arxeologik izlanishlarda bunday mahobatli kuzatuv minorasi birinchi marta uchradi. Bizningcha u uch marta qayta qurilgan. Umuman bu erdagi ishlar hajmi keng. Jumladan, Mingtepa ostki qismining bir necha joyidan kovlab qurilgan vaqti, qachon va nima sababli vayron bo`lganligini aniqlash mumkin.

B. Matboboev.
O`zbekiston SSR Fanlar akademiyasi arxeologiya instituti Marhamat otryadi
boshlig`i, tarix fanlari kandidati.

S. Jalilov.
Andijon Davlat pedagogika instituti dotsenti

 
"Qishloq xaqiqati" gazetasi

Qayd etilgan