Birodarlar yordam kerak.
Yarim yil oldin Ucelldan telefon olgandik, boshqa kompaniya sim kartalari tushmaydi. Toshkentda ucell durustgina ishlayotgandi, Andijonda juda yomon ishlayapti. Boshqa kompaniya sim kartalarini tushirish uchun proshivka qilish yetarlimi?
Proshivka qilish taxminan necha so'mga tushadi?
Hozir Android 2.2 froyo (GEN2)da.
Aslida bu funktsya proshivka deyilmasa kere, telefonizdan *#06# kodini terib IMEI aniqlanadi va shu IMEIga internetdagi qaysidir bir saytdan kod olinadi, shu kod terilgandan keyin telefon bir o'chib-yonib boshqa sim kartalarni ham qabul qiladigon bo'ladi. (razblokirovka deyilsa kere)
Bu xizmat narhi telefon rusumiga qarab har xil bo'lishi mumkin. O'tgan yili bizga Huawei U1280 modeli 10 000 so'mga tushgandi, ZTE MF 631 usb-modemni ham 10 000 so'mga to'g'irlattirgandim.
Internetda bir qidiruv qilib ko'ring, ko'pincha bu yerda ham pullik saytlar chiqadi, lekin yaxshilab qidirilsa shu kodni bepulga topsa bo'ladi. (google.ga kirib razblokirovka yoki unlock code va telefon modelini yozasiz)
Yana bir ma'lumot, bu xizmat bajarilgandan keyin ham telefon yoqilgandagi UCELL yozuvi o'zgarmaydi..