Hech kimda yangisidan yo'qmi deyman?

Bitta latifa:
Nasriddin maktabda o'qiganda domlasi bolalarga tabiat haqida, yerdagi hayot haqida, yil fasllari, kecha-kunduzning almashib turishi haqida tez-tez hikoya qilarkan. Bir darsda u:
- Mana hozir bahor, - deb so'z boshlabdi. - Kunlar uzayib, kechalari qisqarib qoldi. Bir oydan keyin esa, yoz boshlanib, kun roppa-rosa bir soatga uzayadi...
Oradan oy o'tibdi. Darsda yana yil fasllari haqida gap ketganda o'qituvchi Afandidan so'rabdi:
- Nasriddin, aytib ber-chi, bir kecha-kunduz necha soat?
- Boshqa vaqtlarda bir kecha-kunduz 24soatdan iborat bo'lsada, yoz paytlari bir soatga uzayib, 25 soatga yetadi, - deya dadil javob beribdi Afandi.
********
Quyidagi latifani menimcha eshitgansizlar, ha mayli eshitmaganlar uchun kulish damlari yaqin

Bir kuni bir mamlakat podshohi yoniga bir kishi kelib, davlatingizdagi barcha insonlardan aqlliman, hammasini bilim borasida yiqitaman, debbi. SHunda podshoh vaziriga tezlikda eng bilimdon odamni topishni buyuribdi. Shunda vazir ko'chaga chiqib, eng aqllli odam izlashga tushibdi. Yo'lda ketayotsa, Nasriddin Afandiga duch kelibdi. Qarasa, ikki qo'lida ham ikkita arqonning uchlari. Hayron bo'lib so'rabdi. Afandi aytibdi:
- Bittasini tortsam, tokdagi uzumlarga hujum qilgan qushlarni cho'chitadigan bankalar jiringlaydi, birini tortsam beshikdagi bola tebranadi, xotin boshqa ishlari bilan band-da.
Vazir juda hayratlanibdi, va Afandini podshohning yoniga olib borishni ma'qul ko'ribdi.
Saroyda Afandi bilan o'sha aqlli odam o'rtasida bilim borasida kuch sinashish payti kelibdi. U odam bir varaqqa katta qilib dumaloq chizibdi, Afandi esa o'sha dumaloqning o'rtasidan chiziq o'tkazibdi. U odam esa bir tarafini qoraga bo'yabdi. Afandi dumaloqning yonidan kichkinagina boshqa dumaloq chizib, bir yonboshiga kalta-kalta ipsimon chiziqlat chizibdi. Boyagi o'zini aqlli hisoblagan odam hayratdan yoqa ushlab, tan beribdi. Shunda shox undan so'rabdi:
- Sen nima chizding, nima uchun yutqizding?
U esa:
- Men dastlab Yer planetasini chizdim. U esa ekvator chizig'ini chizdi. Men bir tarafi qora bo'ladi, quyosh tegmaydi, deb qoraga bo'yadim. Raqibim esa sharning ikkinchi tarafiga tegmay, yonidan Quyoshni chizib qo'ydi, - deb, uzr so'rab o'z davlatiga ketibdi.
Endi navbat Afandini so'roq qilishga kelibdi:
- Sen tushuntirib berchi, - so'rabdi podshoh.
- Xo'p bo'ladi shohim. Avval u non chizdi, men yarmi menga dedim, u qora non yer ekan, men oq nonni yoqtirganim uchun bo'yamadim. Keyin men doim nonni piyoz bilan yeyman-da, o'shanga yonidan piyozbosh chizib qo'yaqoldim.