LATIFALAR! YANGISIDAN BOR!  ( 283798 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 ... 43 B


Best friend  05 Sentyabr 2011, 09:11:56

 Bir inson eshak sotib olibdi. Yo'lda ketayotib qayoqqadir kirmoqchi bo'lib, bir chekkaga bog'lab qo'yib kirib ketibdi. Tanishlari ko'rib bir boplaylik deb eshakni og'irlab, eshakni egasini mazax qilish uchun bir insonni qo'yib qo'yishibdi. Eshakni egasi kelsa eshak yo'q, eshakning o'rniga bir odam qo'lida arqon bilan turganmish.
 Eshak egasi:
- Eshagimi qani?
- Aslida u men edim, ichaverib eshakka aylanib qolgandim. Sizni qo'liz yengil keldi shekilli qayta odamga aylandim...
 Eshakning egasi o'ylanib turib:
- Mayli unda sen ozodsan, boshqa eshak sotib olarman.
 Shunday qilib ertasiga bozorga borsa haligi eshakni kimdir yetalab ketayotganmish. G'azab bilan kelib haligi eshakni bir tepibdi. Eshakni sotib olgan kishi:
- Bu nima qilganiz? Bekordan bekorga birovni eshagini tepasizmi?
- E siz bilmaysizda birodar! Bu eshak emas, yana ichib olibdi!

Qayd etilgan


Usmon  09 Sentyabr 2011, 17:02:02

Uhimm uhimm... qaytarilgan bo'lsa uzr...

Usta temirchi shogirdiga tushuntiryapti:
   - Hozir olovdan taqani olaman. Boshimni qimirlatishim bilan uni zarb bilan bolg`ada urasan. Tushundingmi?
   - Tushundim.
Usta taqani olovdan oldi va shu zahoti shogird usta temirchiga aylandi-qoldi.

***

Ko`chada bir chiroyli ayol bir erkakni oldiga kelib:
   - Kechirasiz, nazarimda siz bolalarimdan birining otasi bo`lsangiz kerak.
Dahshatdan qotib qolgan erkak:
   - Yo`g`e, bo`lishi mumkinmas. Nahotki?!
   - O`zizi bosing. Nega hovliqasiz... Men o`qituvchiman.

Qayd etilgan


Donishmand  10 Sentyabr 2011, 17:24:01

Bu yangisimi yoki eskisimi - bilmayman. Lekin kapital ta'mirdan chiqarilgani aniq!
Toshkent-Samarqand yo'nalishidagi "Afrosiyob" poyezdiga chiqqan bir soddaroq bola chiroyli qiz bilan yonma-yon o'tirib qolishibdi. Ichda: -"Yaxshi bo'ldi, endi Samarqandgacha suhbatlashib ketaman. Yaxshi qizga o'xshaydi, bahonada tanishib olsam bu yog'i to'yda..."- debdiyu gapni nimadan boshlashni bilmay boshi qotibdi. Bahona izlab ancha vaqt o'tkazibdi, qarasa qizning qo'lida soati bor ekan. Bolaga jon kiribdi:
- Yaxshi qiz, soatiz nechchi bo'ldi?
-8:30 bo'ldi.
Bechora bola bu yog'iga gapni davom ettirolmay yana to'xtalib qolibdi. Tormoz, o'zi endi bahona topuvdi-ya... Ancha vaqt o'tgach yana o'sha savolni beribdi:
-Yaxshi qiz, soatiz nechchi bo'ldi?
-8:35 bo'ldi, yaxshi yigit! (yigitning jur'atsizligidan qiz ham norozi!)
Bola yana tormozlanibdi... Yana soat sorash, yana o'sha javob, yana... Ohiri qizning joniga tegib, qo'lidagi soatni bolaga tutqazib qo'yibdi:
-Mang, ushlang! O'zingiz ko'rib ketavering!
Bechoraga qiyin bo'ldi-yu, o'zi bittagina soat bor edi bahonaga, shu ham yo'q bo'ldi... Endi qiz poyezd derazasidan atrofni tomosha qilib ketayapti, bola esa yangi bahona izlash bilan ovvora. Ohiri bo'lmabdi, bola bor irodasini to'plab, ichida "nima bo'lsa bo'ldi!"-debdiyu, gap qotibdi:
- Yaxshi qiz, soatni aytaymi?!

Qayd etilgan


BelleQizcha  10 Sentyabr 2011, 19:06:07

vuahahahahah

Qayd etilgan


Secret  10 Sentyabr 2011, 20:02:39


vuahahahahah

   :asl3:

 Kelinposhsha hayo-ibo bilan kuling  :D  - hi hi hi hi qilib!!!  ;)

Qayd etilgan


Rabella  11 Sentyabr 2011, 10:12:19


vuahahahahah
   :asl3:
 Kelinposhsha hayo-ibo bilan kuling  :D  - hi hi hi hi qilib!!!  ;)

Latifadanam ko`ra shu gap kulgiliroq chiqibdi : )

Qayd etilgan


Donishmand  11 Sentyabr 2011, 14:23:16

Karlsonning uchish mexanizmi buzilib qolibdi. Ustaga borgan ekan eskisini ta'mirlab bo'lmaydi deb, yangi mexanizm qo'yib beribdi. Yangisi ancha tez, shovqinsiz, yengil uchar ekan. Ayniqsa, eskisidan ko'ra chiroyli ham. Karlson havoga ko'tarilibdi, shunaqangi mazza emishki, uchgan sari uchkisi kelarmish. Hursandligidan uchaveribdi, balandlayveribdi, balandlayveribdi... Ohiri, biror 10km balandlikka ko'tarilgach bir narsa "taraq" etibdiyu, yangi moslama ishdan chiqibdi. Bir zumda, ko'z ochib yumguncha Karlson yerga qulab, parcha-parcha bo'lib, undan nom-nishon qolmabdi. U qulagan joyda faqat uchish moslamasining kichik parrakchasi yotganmish, ustida yozuvi ham bor: "Made in China"

Qayd etilgan


ree7  12 Sentyabr 2011, 17:12:03

Bitta student ikkinchisiga qarab: Agar yana bir matta paypog'imda yong'oq chaqadigan bo'sen choyshabiyni sindirib tashiman!

Qayd etilgan


Музаффар  24 Sentyabr 2011, 12:18:14

Кеча масжидда кимдир пойафзалимни алмаштириб кийиб кетипти. Туппу тузук снги туфлини срнига қуйма калиш қолипти. Шу воқеа сабаб бир снги ғос пайдо бслди: масжидга пойафзал алмаштиргани кирадиганлар учун хам однокалишники.ру деган сайт очиб бериш керак. муваффақистларини мхокама қилиб боришсин.  :) :) :)

Qayd etilgan


AL_laziz87  11 Oktyabr 2011, 16:23:38

— Машинамнинг сигналини баландроқ қилиб бера олмайсизми?
— Аега?
— Тормозим схши ишламаспти...
 

Qayd etilgan