Fitna san'ati  ( 18854 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 B


AbdulAziz  17 Iyun 2009, 10:03:50

FITNA SAN'ATI
(Qonli Farg‘ona voqealariga doir ayrim mulohazalar)


Ey, go‘zal Farg‘ona, qonli ko‘ylagingdan  aylanay!..
Cho’lpon

1. PONTIY PILAT BASHORATI

Farg‘ona voqealari matbuotda turlicha talqin etilayotgan kunlarda, 1989 yil iyunining 14-kuni «Izvestiya» ro‘znomasida «Farg‘ona: kulfatning oldini olish mumkinmidi?» sarlavhali maqola chiqdi. Maxsus muxbir V. Ardaevning mazkur maqolasi O’zbekiston SSJ Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Eduard Didorenkoning «avliyoligi», «folbinligi» to‘g‘risida bo‘lib, unda Didorenko Farg‘ona fojiasini uch oy oldin bashorat etgani ta’kidlanadi. Muallif, Didorenkoning «Milliy munosabatlarni keskinlashtirayotganlar boshi berk ko‘chaga boshlamoqdalar» degan musohabasi «Quvasoy shahrida qonli yong‘inning ilk uchqunlari sachragan kundan roppa-rosa uch oy oldin—1989 yil fevralining 23-kuni «Tashkentskaya pravda» ro‘znomasida bosilgan»iga urg‘u beradi.
Ma’lumki, Didorenko musohabasi o‘sha paytdayoq shubha qo‘zg‘ab, qarshi zarbaga uchragan; bu shaxsda munozara madaniyatining yetishmasligi fosh etilgan edi. Aftidan, Didorenkoning aytajak gaplari oldindan tayyorlab qo‘yilgan, bo‘lajak fitna qat’iy rejalashgach, u «folbinlik» qilgan. Muxbir suhbatdoshni emas, suhbatdosh muxbirni chorlagani shubhasiz. Isbot tariqasida, ro‘znomadan ko‘chirma keltiraman: «Tashkentskaya pravda» ning o‘z gazetxonlarini «Musohaba beruvchining javoblari birmuncha katta hajmda bo‘lsa-da, ularni to‘liq bosib chiqarish haqidagi istagi bajarildi», degan ogohlantirishi kishini hushyor torttiradi. Tahririyatning bunday «eslatmasi»dan musohaba beruvchi nimalar demoqchi bo‘lgani oldindan yaqqol ko‘rinib turibdi» («Pravda Vostoka», 1989 yil fevralining 25-kuni).

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  17 Iyun 2009, 10:07:21

"Fitna san'ati"dan iqtiboslar:

"1989 yili uyushtirilgan tartibsizlikdan maqsad yosh avlodni yana bir karra qatag‘on qilish, milliy ruh va milliy an’analar nisbatan tuzukroq saqlangan Farg‘onada ularning ko‘zidan o‘tini olish, ijtimoiy-siyosiy faoliyati jonlanib borayotgan millatning bundan keyingi har qanday haqli talab va harakatlarini bosib qo‘yishdan iborat edi.

Farg‘onada o‘ttiz to‘qqiz oy davomida 394 «aybdor»ga nisbatan 205 ta jinoiy ish ochilgan. Shulardan 370 ga yaqin ayblanuvchiga nisbatan qo‘zg‘otilgan 108 ta jinoiy ish ayblov fikri bilan oliy sudga hamda viloyat sudlariga oshirilgan. «Ommaviy tartibsizliklar, odam o‘ldirganlik, milliy qirg‘in (?), o‘t qo‘yishlar kabi 110 ta jinoyat ishi bo‘yicha 160 dan ortiq aybdor og‘ir jazolarga hukm etilgan. Shuningdek, «ommaviy bezoriliklar uchun sudlanganlar soni juda ko‘p». Endi «jinoyat sodir qilganlarning o‘ziga kelsak, ko‘pchiligi 13—14 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan yoshlardirki, aksariyati jinoyatni mish-mishlar tufayli, ehtirosga berilib, ayrim hollarda boshqalar undovi orqasida sodir etganlar». (A. Otajonov. «Kommuna», 1990 yil mayining 16-kuni). Ko‘rinib turibdiki, eskidan qolgan ayblov turi ko‘p! Tomoshaga chiqqan yosh bolalar ham «jinoyatchi»! Qatag‘on emasmi bu?!

Yovuz fitna tufayli Farg‘onada 112 kishi shahid bo‘ldi, 1000 dan ortiq kishiga tan jarohati yetdi, 400 yigit javobgarlikka tortildi, 700 ga yaqin kishi ma’muriy jazo oldi. Qatag‘on emasmi bu?! Bularning qanchasi gunoh qilgan-u, qanchasi tuhmatga qolgan, qanchasi vahshiyona qiynoqlar ostida qilmagan aybini bo‘yniga olgan»?!

Mamlakat xalqlari bilan birga, musulmon millati boshiga tushgan umumiy kulfatlarni gapirmaylik. «Quloq» qilinganlarni, «bosmachi», «aksilinqilobchi», deb otilganlarni, sun’iy ochlikdan qirilganlarni, xullas, 20-yillar bosqiniyu 30-yillar qatag‘onini qo‘ya turaylik. 40-yillar qirg‘inidan, 50-yillar zulmlaridan so‘zlamaylik! 1920 yildan 1950 yilgacha SSSRda o‘ldirilgan 66 million 800 ming kishidan qanchasi turkiy musulmon xalqi ekanini bilmaganga olaylik! Biroq 70-yillardagi ma’naviy o‘limlar, Afg‘oniston bosqinidagi mislsiz qirg‘inlar, 80-yillardagi asossiz qamashlar — Gdlyan, Ivanov boshchiligidagi 200 kishidan ortiq «tergovchilar guruhi»ning qilmishlari, Olmaota harakatining bostirilishi, minglab yigitlarning surgun qilinishi, Dushanbe va Boku shahridagi, Farg‘ona, Bo‘ka, Parkentdagi xunrezliklar, yigitlarimizning armiyada qirilayotgani... Zaharli zavodlar, ekologik halokatlar, qishloq xo‘jaligidagi ajal urug‘lari... Bu ongli qatag‘on-qirg‘inni (genotsidni) eng kaltafahm zot ham o‘z nomi bilan atashga farosat topadi!.. O’zbekistondagi bugungi ahvol qirg‘inning (genotsidning) rejali ravishda, keng jabha bo‘ylab olib borilayotganini tasdiqlaydi. Bundan tashqari, tinimsiz haqoratlar, tuhmatlar, milliy ayblovlar turkiy xalqlarning ko‘zini ochirmaslik uchun qo‘llanayotgan usullar ekanligi sezilib qolayotir. Insoniyat o‘z tarixida bundan ham ortiqroq zulmni ko‘rganmikan?!

Xalqning muxtor vakilaridan tuzilajak komissiya halol va sotilmas huquqshunoslar bilan birgalikda, Farg‘ona, Bo‘ka, Parkent, Andijon, qolaversa, Boku, Dushanbe, O’sh fitnalarida ayblangan yigitlarning «jinoiy ish»larini sinchiklab tekshirib, haqni nohaqdan ajratishlari shart! Qirg‘in-qatag‘onning bundan ham mudhishroq sirlari o‘shanda ochiladi!"

Qayd etilgan


imlaah  18 Iyun 2009, 07:18:00

Assalamu alaykum.
Allah ajringizni go'zal natija bilan bersin.
Bu "sanatni" o'qib mulohaza qilsam bugungi kunimiz ham tarihimizdan qolishmayotgan ekan.Avvalda boltani sopi o'zga o'rmondan olingan bo'lsa bugunda sop uchun o'zga o'rmonga borishga hojat qolmagan ,chunki soplikka men yarayman deb o'z o'rmonimizdan atrofimizdagilar tayyor turibdilar.
Allah bizlarni isloh qilmasa holimiz juda achinarlik va harob holatdamiz.
Bu mavzuni davomini ham kutib qolaman va birodarlarning ham bu berilayotgan manbaadan hulosalarini o'rtoqlashsalar degan umiddaman..

Qayd etilgan


Kumush  18 Iyun 2009, 14:38:12

Fitna sa'nati...
Bashariyat tarixi asrlar davomida bundayin "sa'nat"larning ko'pini guvohi bo'lgan.Gohida Imperatorlar, jahonga hukmini o'tkazgan podshohlar qilgan fitnalarini:urush ochayotgan elatining iqtisodini izdan chiqaradigan(sohta pullar,qalbaki mollar yordamida va hakozo),yoki o'sha mamlakatga qarshi urush ochish bahonasini topish (turli jinoiy yo'llar bn)kabi nayranglarni o'qib qolamiz.
Lekin "qizillar" o'ylab topgan bunday "sanat"lardan dahshatga tushasan.(Gulag arhipelagi haqida bir eslang)Bu xuddi bizni halqni tili bn aytganda "jonim jonim deb joningni oladi" degan iboraga o'hshaydi...

Farg'ona voqealarini butun tafsilotini o'qib etim junjikib ketti...

         Ich ichimdan ko'zimga yosh kelar qalqib,
         Baliqday gung,qo'ydek yuvosh o'zbek xalqi.
         Sen ham bunday qomat kerib yursang balki,
         Uyingga o't ketmasmidi Farg'onajon.
         Shuncha g'aming yetmasmidi Farg'onajon!

Ha bo'lgan bo'ldi ketdi endi qaytmaydi...
Quyosh sharqdan chiqib g'arbga botishi qanchalik xaqiqat bo'lsa,bu voqeaning ham "pahta ishi o'zbeklar ishi" singari siyosiy nayrang ekanligi,millatni hurkitib tili qisiq qilishni bir yo'li ekanligi ayni xaqiqat.Makkorlikni qarangki ular bir o'q bilan uch to'rtta kerak bo'lsa undan ham ortiq quyonni urvorishibdi.Yana izdan chiqqan agrar sanoatini ishchi kuchi bn ta'minlashni ham o'ylashibdiya!?
Ana sizga siyosat!
Lekin baribir mantiq yo'q. Ahir ikkinchi jahon urushi davrida xech vaqosi yo'q oddiy o'zbek oilasi 14 ta yetimni o'z qaramog'iga olgani xaqiqat emasmi?!Bunday sodda hotamtoylikni yana qaerda uchratish mumkin!Qanchadan qancha yetim oilalarni o'z bag'riga olgan o'zbeklar,nahotki non suvini birga baham ko'rayotgan qondosh turklarni chiqishtirmasa?Xa ya bu voqealar oldin stenariylashtirib qo'yilganku?Lekin "rejisyorl"ar "tomosha" tugaganidan keyin o'z "sa'nat"larini,o'z sirlarini o'zlari oshkor etib qo'yishi judayam kulgili emasmi?..

O'sha kunlarni tasavvurimda jonlantirmoqchi bo'laman...
Qulog'imga halqni dod faryodi  eshitilgandek bo'ladi.Keyin ichimda bir sado bugungi kuningni shukrini qil deydi.
Lekin bugungi kunimda ham gohi gohida notinchroq voqelarni eshitib yuragimda bir nima uzilgandek bo'ladi.Yana kaltak yuvosh halqimning boshiga tushadi...
Ko'chaga qarasam u deydi uyimdagilar bu deydi...
Kimga ishonay?Qayoqqa qaray?
Erkinlik istovdingiz mana sizga erkinlik,
Tor ko'ylaklar o'rniga kebgroqlarini kiydik<<---qabilida bo'lishidan Allohim o'zi asrasin!

P.S:Bilaman bundayin yoshlar aralashmaydigan narsalar haqida tushunib tushunmay fikr yuritib shakkoklik qildim.Lekin shu gaplarni o'zimcha men ham o'ylayman fikr qilaman.Ertangi kunim qanday bo'ladi deyman.Va bu borada fikri ojizimni siz azizlarga ham yozishga jur'at etdim.
Agar noo'rin bo'lsa uzr.




Qayd etilgan


AbdulAziz  21 Iyun 2009, 01:28:10

Shavkat Rahmon

Maxfiya


Bir yuz yigirma besh yildan buyon izchillik bilan mustamlakachilik siyosatini turli shakllarda amalga oshirib kelayotgan ulug‘ rus shovinizmining makkor mexanizmi g‘ildiraklari ostida ming yillik ma'naviy va moddiy qadriyatlari yanchilgan Turkiston zamini yana begunoh fuqarolar qoniga bo‘yaldi. Bir yuz yigirma besh yildan buyon harbiy, siyosiy, iqtisodiy, kimyoviy, ruhiy, ma'naviy zulmlardan ezilgan turkistonliklar qayta qurish, oshkoralik, demokratiya g‘oyalariga ishonib, endigina qaddi-qomatlarini tiklayotgan chog‘larida, beixtiyor, bir-birlari bilan to‘qnashib ketayotganlariga nima deylik?

Qayta qurishning oltinchi yilida, Farg‘ona fojialaridan roppa-rosa bir yil keyin, hali Bo‘kadagi, Parkentdagi qonga bo‘yalgan rasmiy ig‘vogarliklar ta'sirida gangib turgan o‘zbek xalqi boshiga yana bir musibat tushdi. Bu safar O'sh viloyati qirg‘izlari aroqqa qo‘shib berilgan milliy mumtozlik zahrg‘oyasidan bangilardek quturib, qurolsiz o‘zbek qardoshlari qonini to‘kdilar. G'aflatda qolgan o‘zbeklar esa partapparatning mitti dohiylari irodasiga, byurokratizmga qarshi kurash qanday dahshatli fojialarga olib kelishini qalb ko‘zlari, xotira ko‘zlari bilan ko‘rib qo‘ydilar!

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  21 Iyun 2009, 01:43:47

"Maxfiya"dan iqtiboslar:

Ig‘vo to‘la amalga oshdi! Endi qochayotgan o‘zbeklarni «ommaviy tartibsizliklar» keltirib chiqarganlikda ayblab, bemalol qatag‘on qilish mumkin edi. Ko‘p qavatli uylar oralaridan o‘tmoqchi bo‘lganlar «pistirma»ga yo‘liqdilar. Yarador bo‘lib yiqilib qolganlarni qizil peshanabog‘ichli «jazo otryadlari» armatura bo‘laklari bilan urib o‘ldira boshladilar. Qochishdan to‘xtaganlar, orqaga qayrilib qaraganlar izma-iz kelayotgan melisalar o‘qiga uchdilar. «Qirg‘iziston» ko‘chasining har ellik metrida bittadan o‘zbek otildi, deydi bu dahshatni ko‘rganlar. Xuddi shu ko‘chaning besh-olti joyida melisalar muhofazasidagi qurollangan «jazo otryadlari»ning ig‘vogarona hujumlari uyushtirildi.. Boshqa tomonda esa bedapoyadagi qizil peshanabog‘ichli 3 mingga yaqin olomon qo‘zg‘olib, tekstil kombinati atrofidagi o‘zbek mahallalariga, ko‘pqavatli uylardagi ilgaridan shartli belgi qo‘yilgan o‘zbek xonadonlariga «o‘zbekni yo‘qot, o‘zbekni o‘ldir, O'sh qirg‘izlarniki!», degan hayqiriqlar bilan hujum boshlab yubordi. Shaharning boshqa tomonlarida qurolsiz aholi nomersiz mashinalardan o‘qqa tutilgan. 5 iyunga o‘tar kechasi mahallalarga melisa muhofazasidagi talabalar hujumlari uyushtirilgani, 4-5 iyunlarda melisa boshchiligidagi to‘rt tomondan shaharga kirishga harakat qilgan «jazo otryadlari» bir yoqda qolib, qizil vertolyotlar o‘zbeklarni uylaridan chiqarmaslik, biron joyda yig‘ilmasliklari uchun, xonadonlar, mahallalar ustidan shu qadar pastlab uchganki, hayratdan yoqangni ushlaysan. 4 iyunda boshlangan qora qirg‘in (terror) 5 iyun peshingacha davom etgan. Bu paytga kelib, kasalxonadayoq 35 o‘zbek o‘ldi, 363 tasi yaralandi, 31 uy, 7 ob'ekt, 12 mashina yondirildi!

Ikki kun ichida O'zganda 200 ga yaqin o‘zbek o‘ldi, 1200 tasi yarador bo‘ldi, 92 xotin-qiz zo‘rlandi, (bedaraklar to hanuz aytilmaydi). 343 xonadon avval talanib, keyin kuydirildi; jami 503 xonadon, 88 avtomashina, 36 ob'ekt, 212 qora mol yondirildi! Zarar - 4 milyon 587 ming so‘m. Iyun oyidayoq O'zgan shahridagi 5 ming jinoyat bo‘yicha tergov boshlangan. Biz bu ro‘yxatga O'zgan atrofidagi qishloqlarda sodir etilgan jinoyatlarni qo‘shmadik. 4 iyunda O'shda yoqilgan fitna alangasi O'zganni kul qilib, 6-7 iyunlarda viloyatning o‘zbeklar yashaydigan barcha tumanlariga yoyilgancha, chinakamiga millatlararo to‘qnashuvga aylana boshladi. Qirg‘izistonning Masaliev boshliq hukumati qaerga qaradi dersiz?

Nachora, da'volarimizdan ko‘ra, savollarimiz ko‘p! «Qandaydir, ko‘zga ko‘rinmas, qo‘lga tushmas maxfiy guruhlar»ning fitnalaridan tobora mujohidlashayotgan fuqarolar tilida qotib qolgan bu savollarga hech javob topa olamizmi?! Kavkaz musulmonlari diniy boshqarmasi raisi Shayxulislom Olloshukur Poshshozoda 1990 yil 21 yanvarda, Bokudagi qirg‘in munosabati bilan, M. S. Gorbachevga yuborgan murojaatnomasida bunday degan edi: «O'zining mustamlakachilik maqsadlari yo‘lida millatlararo nizolarni bartaraf etish o‘rniga, uni o‘t oldiradigan mamlakat sharmandalikka mustahiqdir. Bunday mamlakat o‘z armiyasini o‘z fuqarolarining qotiliga aylantiradi; bunday mamlakatda inson, haqiqiy hayotdan ko‘ra, ko‘proq o‘limga mahkumdir. Biroq xalq bilan, jumladan, ozar xalqi bilan ham, qurol tilida so‘zlashish mumkin emas. Bu, Afg‘onistondagi kabi, ehtimol, o‘n yil, ehtimol, o‘n kun. davom etar. Ammo ertami, kechmi haqiqat, baribir qaror topadi!..»
Men bu chin musulmon so‘zlarini xayolimning eng yorug‘ yerlariga yozib qo‘ydim...

Shavkat Rahmon

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  25 Iyun 2009, 00:54:00

YO'LDOSH SULAYMON

BAG'RI QON FARG'ONA

Ona Farg‘onam, onajonim, nega yig‘layapsan, nega ingrayapsan, nega titrayapsan? Musibat qaerdan kela qoldi, uni kim olib keldi? Ana shu xunrezlikni, birodarkushlikni boshlab bergan, tinchingni o‘g‘irlagan, seni qon qaqshatgan kim o‘zi? Mehr-muhabbatning, qon-qardoshliknig yuziga oyoq qo‘ygan, o‘ziga yozilgan dasturxonga oyoq uzatgan, boshimizga g‘am toshini otayotgan yuzi qora kim o‘zi? Nahotki, sening suvingni, havongni, mehringni ichib ulg‘ayganlar orasida shunday betavfiqlar bor bo‘lsa?!

Butun Farg‘onaning azador hovliga o‘xshab qolganiga chidolmay hayqirgim kelyapti Bu alamli nido tomog‘imga tiqilib-tiqilib, butun vujudimni ayovsiz og‘ritgani bilan, nega ovozimni chiqara olmayapman? Gapirish navbati kelganda tilim lol bo‘lib, ko‘zlarim yoshga to‘lyapti. Farg‘onada qon, to‘kilganiga, 2 mingdan ortiq hamyurtimiz boshpanasidan ayrilganiga, mingga yaqin uzoq-yaqinlarimizning jarohatlanganiga, ko‘plab kishilarning halok bo‘lganiga, hovli-joylarining kuli ko‘kka sovrilganiga o‘zim shohid bo‘lib turibman-ku! Qani endi bularning barchasi yolg‘on bo‘lsa? Qani, bolalar va onalar faryodini eshitmayotgan bo‘lsam? Bu shafqatsizliklar uchun ich-ichim kuyishga kuyyapti, ammo kimni la'natlay, kimga yalinib-yolvoray? Axir, turk bilan o‘zbek nima uchun, nima talashib, bir-birlariga tajovuz qilishdi? Nahotki, bir hovuch beboshlarning qasdma-qasdi ikki xalqni - tili bir, dini bir, urf-odati bir, hatto qoni bir ikki xalqni bir-biriga yov etib qo‘ysa? Yo‘q, bu hech aqlga sig‘maydi...

davomi...

Qayd etilgan


Muzayyana  25 Iyun 2009, 14:55:05

 :2 :2 :2

"BAG'RI QON FARG'ONA" mana shu maqola juda ta'sirli ekan...

Qayd etilgan


AbdulAziz  26 Iyun 2009, 09:00:43

YOQUBJON XO'JAMBERDIYEV

JAR YOQASIDAGI OLOMON

(O'sh viloyatidagi fojialar izidan)

«AN-2» harbiy tayyora motor kuchidan dirillaydi. Farg‘onalik jurnalist Abdunazar Hudoynazarovning ham tayyoradagi boshqa harbiylarning ham ikki ko‘zi pastda. Tayyora O'shga yaqinlashmoqda edi. Mana, yigirma yildirki, O'sh viloyatiga - ota yurtimga gohi ulovda, gohi piyoda qatnayman.. Shuncha yil yashab, bir kuni o‘z yurtimga hozirgiday harbiylar yordamida boraman, degan o‘y xayolimga kelmagan. Tayyorada boryapmanu vujudimni allaqanday begonalik chulg‘aganini his etaman. Nahot, o‘zim tug‘ilib o‘sgan qishloqning sharqiroq soylari, bahavo qir-adirlari men uchun begonaga aylansa? Nahot, ulug‘ bobom Bobur Mirzo «Farg‘ona viloyatida safo va havoda O'sh chog‘lik qasaba yo‘qdur», deb ta'rif bergan shaharga men endi begonaman? Bunday begonalik qaerdan paydo bo‘ldi? Yuz yillab yonma-yon yashab kelgan ikki xalqning orasiga nizo solgan qanday kimsalar? Ikki xalq o‘rtasida qo‘pgan nizo, nohaq to‘kilgan qonlar uchun kim javob beradi?!

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  05 Iyul 2009, 08:36:31

SA'DULLA SIYOYEV, MUROD ABDULLAYEV

BUYRUQ BERGAN KIM?

(Parkent voqealari xususida)

« O'zbekiston adabiyoti va san'ati» ro‘znomasi tahririyatiga!

1990 yil 3 mart kuni Parkent tumani aholisi bilan ichki qo‘shin askarlari va militsiya xodimlari o‘rtasida qonli to‘qnashuv yuz berdi. Bu haqda markaziy va ayrim jumhuriyat matbuotlari tomonidan berilgan xabarlar biryoqlama va noxolis bo‘lganligi tumanning ko‘p ming sonli va ko‘p millatli aholisini behad g‘azablantirmoqda. Hatto ayrim muxbirlar voqea sodir bo‘lgan joyga kelmasdan, odamlar bilan uchrashmasdan, yolg‘on ma'lumotlarni tarqatishgacha borib yetdilar. Mehnatkash xalq sha'niga malomat yog‘diruvchi bunday kimsalarni sudga berishga qaror qildik.

davomi...

Qayd etilgan