Fitna san'ati  ( 16637 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 B


AbdulAziz  08 Iyul 2009, 01:28:22

SHARIFA SALIMOVA

AYOL JINOYATGA QO'L URDI

O'sha mudhish kunda u, ikki dunyo bir tutam bo‘lib, olamga keltirgan jigarporalarini - Mirodiljonni, Manzuraxonni, Mansurbekni va Nargizani o‘z qo‘li bilan bo‘g‘ib o‘ldirdi.

Xonadagi to‘rt polopon, qafasga tushgan qushdek, najot istab to‘rt tarafga tirqirab qochdi. Ammo sovuq devorlar shafqat qilmadi: Bir oniy jaholatdan telbalangan, hayotning beayov zarbalaridan qalbi nuqul o‘ch hissi bilan to‘lgan ayol qo‘liga gul bo‘yi taralib turgan chechaklarni - uning o‘z bolalarini hech ikkilanmay topshirdi!.. Ona qo‘llaridan yolg‘iz panoh ko‘rib o‘rgangan go‘dak, tanidan sut hidi anqib turgan bir yarim yoshli Nargizaning hech narsadan bexabar munchoq ko‘zlaridagi iltijo yoshlari azobli chinqiriqqa aylandiyu mijjalarida qotib qoldi...

O'sha kun... dunyoning sochlariga oq tushdi.

davomi...

Qayd etilgan


Kumush  11 Iyul 2009, 10:55:04

Astog'furilloh o'qib ko'rib dahshatdan yoqa ushladim.Nahot o'zbek ayoli shu ishga qodir bo'lsa?Ketma ket To'rtta jigargo'shasini o'ldirishlik...Bittasini desa ham ishonsa bo'ladi.Bu ayol yo banggi ...Yo'q bunga ishonish qiyin.Aslida notinch oilada tarbiya topgan xudobehabar....Keyin ham insofga kelishiga ishonamyman bundaylarni.Ming mashaqqatlar cheksa ham dunyoda bolam deb yashaydiku o'zbek.Tag'inam ayol...
 Uhlamaydi tunlari
Oy nurlari taralgan
O'bekning xotinlari
Farzand uchun yaralgan.

Yildan uzun kunlari
Kim ko'nglini so'rolgan
O'zbekning xotinlari
Mehnat uchun yaralgan.

Qirq yil qirg'in bo'lsa ham
O'z ahdida turolgan
O'zbekning hotinlari
Toqat uchun yaralgan.

O'zbekning ayollari
O'zbekning xotinlari
Suvdan halol
Guldan pok
Qo'llari oltinlari...

Endi nima deyin?Yana nima deyin ey o'zbek ayoli.Kim edingu kim bo'lding.?!

Umrida uyidan boshqa joyda tunab qolmagan,uzoq safardagi bolasiga nasibasi deya qozonda bir kapgir bo'lsa ham ovqat qoldiradigan,70 yillik erini ismini bir marta ham aytolmagan musichadek beozor o'zbek enalarimni yuziga qanday qaradim endi...

Alhazar,alhazar ming bor alhazar...


Qayd etilgan


saltanat  11 Iyul 2009, 13:47:36

 :as:ayolning jinoyatga qo'l urishiga u yashayotgan muhitning
ham ta'siri katta bo'lgan.Odamning boshiga bir mushkul ish tushsa atrofdagilar uni tushunish u bilan dildan samimiy suxbatlashish o'rniga darrov g'iybatni boshlashadi, ba'zilari
u odamdan gap olish uchun turli ko'rinishlarda ya'ni bazan uchi
og'rigan bo'lib bazan u odamga dushman sifatida oldidan chiqib
har xil gaplar gapirib dili pora kishini qalbining yarasini o'yadi, battar achishtiradi, shunda haligi bag'ri qon inson hayotdan to'yib ketadi, bazan og'zidan yomon so'zlar chiqadi, atrofidagi kishilar bilan yaxshi muomalada bo'lish uchun o'zini tuta olmaydi
Har qanday vaziyztda ham o'zini tuta bilish ancha-muncha odamni qo'lidan kelmaydi, natijada yo atrofidagilarga yomon gaplar gapirib qo'yishi, yoki biron zarar etkazib qo'yishi mumkin,
Man bu ayolni oqlamoqchi yoki yonini olmoqchi emasman , faqat u yashagan sharoitni tushunishga harakat qilyapman, fahmlashimcha u eridan mehr ko'rmagan vaqtlarda uni kongliga taskin beradigan mehrli inson ham topilmagan, bu hayotning ruhiy azoblaridan to'yib ketgan ayol jinoyatga qo'l urgan lahzada uning ongida faqat alamdan chiqish va shinday qiyin hayotda yashagandan ko'ra olganlari afzal bolalarimning degan o'y ham bo'lishi mumkin,eng odil hukmni Alloh bergusi albat.

Qayd etilgan


AbdulAziz  12 Iyul 2009, 11:25:18

Assalomu alaykum!
Avvalo maqolaning yozilgan payti 1990 yil ekanini unutmaylik. O'sha davrdagi holat bilan hozirgi ham iqtisodiy, ham siyosiy vaziyat tubdan farq qiladi.

Lekin har qanday muhitda ham ayolning bunday mudhish jinoyatga qo'l urishi kechirib bo'lmaydigan, menimcha umuman tushunib bo'lmaydigan holatdir. Bunga eng avvalo uning iymoni sustligi sababchi bo'lgan. Zero, iymoni butun insondan bu kabi qabih jinoyat chiqmaydi. Balki ayolning ham bu holga tushishiga sabab bo'lgan kamchiliklari bordir. Oilada islomiy muhitning mavjud emasligi, ikkala tarafning ham insoniylik chegarasidan chiqqan holatlari ayni shu jinoyatga sabab bo'lgan.

Qayd etilgan


AbdulAziz  12 Iyul 2009, 11:26:27

ASHURALI JO'RAYEV

FALOKAT QO'NG'IROG'I

Mabodo, biz bugun siyosiy jihatdan tinchlikni asrab, ertangi kunda yashash huquqini qo‘lga kiritganimizda ham, indiniga havo, suv va zaminning zaharlanishidan qirilib ketishimiz mumkin.
Valentin RASPUTIN

Navoyga avtobusda borsangiz, Paxtachi nohiyasi Sultonobod posyolkasidan o‘tishingiz bilanoq, achqimtil havo birdan tomog‘ingizni, ko‘zlaringizni achita boshlaydi. Mabodo, poezdda borib, Navoiy shahar vokzaliga tushsangiz, o‘z o‘zidan nafas olishingiz qiyinlashadi, ba'zida ko‘nglingiz ayniydi. Tayyorada borilsa, yuqoridan shaharni turli-tuman tutunlar tumanidan zo‘rg‘a ilg‘aysiz. Sariq, kulrang, qo‘ng‘ir, oqish tutunlar zanjiri shahar osmonini ilondek o‘rab olgan. Men qadrdon shahrim Navoiyga borganimda, har safar shunday og‘ir holatlarga tushib, zaharli havo iskanjasida qiynalayotgan odamlarni, shaharni ko‘rib yuraklarim eziladi.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  16 Iyul 2009, 09:09:07

YOQUBBEK YAKVALXO'JAYEV

YOZIG'IMIZ NE EDI?

1937 yilning kech kuzi bo‘lsa kerak, otamizni kimdir «yo‘ldan urgan». «Ko‘rib turibsanki zamonning avzoyi buzuq, qolaversa, sen ham Fayzulloning dumisan Jaynak, bola-chaqam ko‘chada tentirab qolmasin desang yur biz bilan», deb aytganlarida, u ham ko‘ch-ko‘ronini ko‘tarib, adashgan olomonning orqasidan ergashib, Qashqar viloyatidan boshpana izlaganlar bilan birga vatanni tark etgan.

Vatangadolikning ibtidosi mana shunday boshlangani aniq. Lekin bu qadamning ham umri uzoq bo‘lmagan. 1939 yilga bormay kimdir ushlagan o‘tkir shamshirning tig‘i uning ham aziz boshiga tushgan, onamiz Tojiniso begim bir etak bola - yettita farzand bilan baribir ko‘chada, begona yurtda tentirab qolgan.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Iyul 2009, 08:39:45

ABDUQODIR ERGASHEV

OG'UNING BAHOSI QANCHA?

Biz hayot kechirayotgan atrof-muhitni ifloslantirgan kimyoviy moddalarning turi to‘rt milliondan ortiq. Ular orasida eng yomoni-inson uchun xatarlisi ksenobiotiklar, ya'ni tabiatga yot bo‘lgan zahri-qotil pestitsidlardir. Qishloq xo‘jalik ekinlarini turli kasallik va zararkunandalardan himoya qilish uchun mo‘ljallangan gerbitsidlar, zamburug‘larga, hasharotlarga qarshi ishlatiladigan kimyoviy moddalar shular sirasiga kiradi. Har yili yer yuzining 15 million kvadrat kilometrga yaqin maydoni dorilanadi. Buning natijasida faqatgina rivojlanayotgan mamlakatlarda 375 ming kishi zaharlanib, 10 mingdan ortiq kishi hayotdan ko‘z yummoqda. Bizda bunday ma'lumotlar yo‘q. Ammo ahvol ancha murakkabligi sir emas.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  27 Iyul 2009, 23:27:06

MIRZAALI MUHAMMADJONOV

ASORAT

O'zbekiston, tabiiy shart-sharoitlari, asrlar osha shakllangan dexqonchilik madaniyati bilan, eng boy va farovon jumhuriyat bo‘lishi mumkin edi. Afsuski, bunday bo‘lmadi. Qaytanga xalq turmushida muayyan turg‘unlik, sihat-salomatligida jiddiy boy berishlar, tabiat muvozanatida ulkan talofotlar ro‘y berdi. Biz bugun sovet hokimiyatining 72 yillik tarixiga nazar solayotib, buning sabablari ustida bosh qotirmasligimiz va nihoyat, yangi asr bo‘sag‘asida mehnatkash, xokisor xalqimizni qiynagan jumboqlarga javob izlamasligimiz mumkin emas. Zero, bu nomutanosibliklar xalqimizning milliy o‘z-o‘zini anglash jarayoni bilan chambarchas bog‘liq muammolardir.

davomi...

Qayd etilgan


Ansora  14 Avgust 2009, 02:17:48

S.Alaykum. Formdagi jiddiy mavzularni ichiga olgan bu sahifadan oladigan darslarimiz albatta ko'p. İnsonning vujudidagi yaraday achigan voqealardan biri Farg'ona voqealaridan keyin boshqa yurtlarga ketishga majbur bo'lgan Mesheti-Turk (aslida Ahıska Turklari, Turkiya Jumhuriyat bo'lmasdan oldin, Usmonli paytida Ahıska viloyati Turklarni qo'lida edi) qardoshlarimiz bilan İstanbuldagi Universitetlarda yuzma-yuz kelgan paytlarim ichimdan ezildim. Qo'limdan kelguncha ular bilan yaqindan munosabatda bo'lib, shirin muomala qilishga harakat qildim. Bir paytlar O'zbekistonda ularga qarshi qilingan yomonliklarni kechiringlar, deganday...O'ylab qarang, qarshingizda O'zbekistodan "haydalishlariga" qaramay, O'zbekchamizni haliyam dona-dona gapirayotgan qardoshingiz bor. Afsuski, ularning taqdiri hech ham porloq bo'lmadi, to Amerikagacha urug'-urug' bo'lib ko'chishdi, Alloh hech kimni Vatansiz qo'ymasin ekan. Yana qattiq ta'sir qilgan voqealardan biri: İstanbulda o'qiydigan boshqa mamlakatlardan kelgan talabalar orasida bilim musobaqasi o'tkazildi. Mesheti-Turklarimiz İkkinchilikni qozonishdi. Har bir o'lka o'z bayrog'i bilan chiqar ekan, ularning na bayro'qlari bor edi nada Vatanlari...İchlaridan biri abjrilik bilan sahnani burchagida osig'lik turgan Turkiya bayrog'ini shartta sug'irib oldi va "bizni bayrog'imiz ham bu bo'lsin, biz Turkmiz, dedi. U paytlar (1988) men ham yosh edim, lekin juda yomon voqealar bo'layotganini yuragimdan his qilgandim. Afsuski, dunyoning har yerida asosan Turkiy qavmlar va Musulmonlar ustidan buning kabi "o'yinlar" o'ynaldi va afsus haliyam o'ynalyapdi. Bizning uzoq va yaqin tariximizni o'qib, undan dars chiqarishimiz kerak. Zero:
"Tarixidan ibrat, dars olmagan millatlar chirishga mahkumdir"....
Hurmat bilan,

Qayd etilgan


AbdulAziz  31 Avgust 2009, 05:17:47

ODIL YOQUBOV

KO'KSIMIZGA SHAMOL TEGSIN

SSSR xalq deputatlarining birinchi s'ezdida so‘zlangan nutq

Biz yetmish yil badalida, ha, ha, bir necha asrga tatigulik mana shu davr ichida jon qadar aziz bo‘lgan juda ko‘p qadriyatlarimizdan judo bo‘ldik. Ular ichida shunday bir qadriyat ham borki, ming afsus, uning o‘rnini biron-bir narsa bilan qoplash bag‘oyat mushquldir. Tirikchilikning mushkullashganligi, birida ochin, birida to‘qin yashayotganimiz tufayli, insoniy qadr-qimmatni yer bilan bitta qilguvchi uzundan-uzoq navbatlarda navbat kutishlar tufayli yuz berdi bu. Inson bolasiga xos bo‘lgan eng olijanob fazilat bo‘lmish rahm-shafqatdan, muruvvatdan asar qolmadi bizda.

davomi...

Qayd etilgan