O'zga yurtning bog'i bilan bog'chasi o'z yurtingning yantoqicha go'rinmas  ( 8047 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Kumush  25 Iyun 2009, 11:05:22

Assalomu alaykum aziz forumdoshlar.Bu blogimiz Xorazmning uzoq tarihi,Xorazmliklar va ularning ajoyib urf odatlari haqida bo'ladi.Demak..... hush galdingizlar!!!

Qayd etilgan


Kumush  25 Iyun 2009, 14:41:05

Xorazm viloyati O'zbekistonning shimoliy g'arbida joylashgan,yer maydoni 6,1 ming kv kmni tashkil etadi.Xorazm ko'hna sivilizatsion viloyat bo'lib qariiyb 3000 yillik tarixga ega.Markazi Urganch shahri.Viloyatda qishloq ho'jaligi asosiy soha hisoblanadi.O'rta va kichik biznes ham yahshi rivojlangan.Xorazm iqtisodiy jihatdan yetakchi viloyatlar sirasiga kiradi.
Iqlim sharoiti og'irroq bo'lib,sababi Xorazm orolbo'yi hududida joylashganidadir.Asosan qumlik bilan o'ralgani uchun yozda issiq +45 gradusgacha ko'tariladi.Iqlimi quruq namlik kam.Qishda esa sovuq -30gacha pasayib ketadi.
Shunday bo'lsada Xorazmning metin irodali mirishkor bobodehqonlari butun mamlakatga shirin shakar mevalar,qovun tarvuz,guruch yetishtirib berishadi.Amudaryo,viloyatning asosiy ichimlik va qishloq ho'jalik ekinlarini sug'orish manbai hisoblanadi.

[вложение удалено Администратором]

Qayd etilgan


Kumush  25 Iyun 2009, 14:53:35

Xorazmda har bir xonadonda tandir bilan birga o'choq bo'ladi.Bizda buni o'jaq deyishadi qora qumg'onda qaynagan choyni ichmabsiz bu dunyoga kelmabsiz!

Ota bobolarimiz asrlar davomida mana shunday o'choqlardan foydalanishgan.Enam rahmatlikdan doim o'tinning yolqini yoki tezakni hidi kelardi.Gohida o'sha hidni humori tutadi odamni.Lekin haqiqatda choyi juda mazali bo'lardi.


[вложение удалено Администратором]

Qayd etilgan


Kumush  25 Iyul 2009, 17:44:12

Xorazmda dehqonchilik bilan birgalikda misgarlik,kulolchilik,gilamdo'zlik,to'qimachilik kabi qadimiy va zamonaviy hunarmandchilik sohasi ham yahshi rivojlangan.Qariiyb har bir mahallada qo'li gul usta hunarmandlar avlodlari istiqomat qilishadi.


[вложение удалено Администратором]

Qayd etilgan


Ansora  11 Sentyabr 2011, 19:11:48

Xorazmliklar, bu mavzuni davom ettiringlar:)

Qayd etilgan