Bismillohir rohmanir rohiym!
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barakatoh!
Xayolimga kelmagan savol. Umuman olganda yomon g'oya emas, lekin hali biroz ertalik qiladi, buni amalga oshirish uchun. Bu yuqorida aytilgani kabi davlat siyoatidir. O'ylashimcha avvalo biz turkiylar o'zligimizni anglab olishimiz kerak. Biz kimmiz? Ushbu savolni har bir kishi o'ziga berishi kerak deb o'ylayman.
Yaqingacha men uyg'ur tilini, turk tilini o'zbekchaga oxshashligi bilmasdim. Bu haqda umuman ma'lumotga ega emasdim. Menga o'xshagan tengxo'rlarim qanchadan qancha. Hali biz o'z ona tilimiz haqida to'liq ma'lumotga ega emasmiz. Tariximiz yaqindan boshlab objektiv o'rganila boshlandi. Akam Amir Temur jallod deb o'rgangan bo'lsa, men Sohibqiron Amir Temur bobomiz deb o'rganman. Ko'rayapsizmi o'rtadagi tafovutni? Har bir turkiy halq bir jon bir tan ekanligini anglab etishi kerak. Tarix bir xatoga yo'l qo'ygan. Bu ham Ollohning irodasi. Amir Temur va Boyazid Yildirim o'rtasidagi jang Evropani juda quvontirgan va buning natijasida turkiy ahillik, birodarlikka darz ketgan. Bu jang tarixning xatosi edi. Davlatlarimiz birlashsin katta bir davlat bo'lsin demayman. Ammo Turkiylar jipslashishini, hamkorlik qilishini, jahon sahnasida bir birini suyashlarini Ollohdan iltijo qilib so'rab qolaman.
Olloh hammaning ezgu niyatlariga etkazsin!
Assalomu alaykum va rahmatullou va barakatoh!