Assalamu ALaykum va Rahmatullahi va Barakatuh!
BUGUNGU KUNINGIZNI QANDAY O'TKAZDINGIZ??? Mana, kun ham botdi, ishlarimiz ham tugadi, ho'sh kuningizni qanday o'tkazdingiz, qanday amallar qildingiz, dunyoviy yo'ldaku yetarlicha ish qilgandurmiz, din yo'lidachi, qancha ilm oldik, o'rgandik, o'rgatdik!
Qalb shunday bir narsa ekanki, u muhabbatga ehtiyoj sezarkan, doim muhabbati Egasiga talpinar ekan, biz buni sezmasdan siqilamiz, qalbimizga orom qidiramizu lekin topolmaymiz, lekin shu qalbga orom islomiy ilm va tafakkur ekan, birodar, bir kun ilm o'rganib, amal qilib, tafakkur qilib ko'ring, qalbingiz hotirjam bo'ladi, Allohni zikr qilsa qalb yanayam to'q, sokin bo'ladi.
Har kunimizni taqsimlab o'tkazaylik, falon soatda falon qilaman, boshqa soatda buni va hokozo. Birodar bir kunda 1 marta maruza eshitaylik, 10ta hadisni o'qiylik, va unga amalni qo'shaylik.
Ko'pchilik musulmonlar biror amal aytsangiz unga tayyormasman deyishadi, ha haqiqatdan ular tayyormas bo'lishadiki shuni aytishadi, lekin shunga tayyor bo'lishlik uchun harakat, ilm o'rganishlik kerak, odam o'zini 180 gradusga o'zgartira olmaydi, shu sababli har kuni o'rgangan Qur'ondan oyat va 10ta hadisga amal qilib boraversa, inshaAlloh hammasiga tayyor bo'lib, hammasini qilish qo'lidan keladigan bo'ladi, faqat unga harakat kerak!