Andijon viloyati haqida  ( 61019 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 B


shoir  13 Iyul 2006, 05:07:20

Андижон вилояти Фаргона водийсини шаркий кисмида жойлаш-ган булиб, Шимоли-шаркидан ва жанубдан Киргизистон республикаси билан, Гарбдан Фаргона вилояти ва шимоли-гарбдан Наманган вилояти билан чегарадошдир. Ер майдони 4,2 минг квадрат километр, ахолиси тахминан 2 миллиондан ортик. Вилоят 13 туманларга булиниб улар: Ол-тинкул, Андижон, Баликчи, Буз, Жалолкудук, Улугнор, Кургонтепа, Аса-ка, Мархамат, Шахрихон, Пахтаобод ва Хужаободлар киради. Бундан ташкари вилоятда 8 шахар: Андижон, Охунбобоев, Кургонтепа, Асака, Мархамат , Пахтаобод , Хонобод ; 4 та кишлок посёлкалари: Андижон, Куйганёр, Палванташ, Жанубий Оламушуклар мавжуд булиб вилоят мар-кази Андижон шахри хисобланади.

Вилоятни гарбий томонидан тогликлар, хамда адирликлар коп-лаган булиб, улар Фаргона водийсини совук хаво кириб келишидан сак-лайди. Шунинг учун кишда хаво 18 -23 даражагача совийди, ёзда эса 30-40 даражагача исийди. Иклимни иссиглиги вилоятда субттропик мева-лар, писта, ёнгок, полиз экинлари, богдорчилик махсулотлари етиштири учун кулай шароит яратиб беради. Бундан ташкари вилоятда пахта хамда галла усимликлари хам етиштиради. Андижон вилоятида етиштирлган меваларни донги бутун Дунёга таралган.

Вилоятни асосий сугорадиган дарёси Корадарё булиб, унинг ир-моклари булмиш Майлисув, Окбура, Арвансой ва бошкалар бутун вилоят дала, боглари, полизлари ва бошка ерларини сугоришда асосий уринни эгаллайди.

Андижон вилояти ахолиси Узбекистон республикасининг ер май-донини 1 % дан купрок жойини эгарлайди, ахолии зичлиги 1 километрга 328,5 киши тугри келади. Андижоннинг ахолисини 85 % узбеклар, 3,9 % руслар , 4,2 % киргизлар, 2,8 % татарлар ташкил килади, бундан ташкари вилоятда тожик, уйгур, корейс, арман, озарбайжон ва бошка миллат ва-киллари истикомат килади.

Вилоятнинг асосий ишлаб чикаришига, пахта саноати, богдорчи-лик, галлачилик, машинасозлик саноати, пахтани кайта ишлаш саноати, метални кайта ишлаш, енгил, озик-овкат, ёг-мой ишлаб чикариш саноати ва бошкалар ташкил килади. Ундан ташкари вилоятда 9 нефть ва газ ка-зиб олиш учоклари мавжуд булиб уларга: Андижон, Хужаобод, Бустан, Жанубий Оламушук, Хартум, Полвонтош, Хужаусмон ва бошкалар кира-ди.

Вилоят маркази Андижон вилоятида 5 институт ва 1 Универси-тет, бир-неча унлаб колледж, лицей ва академик-лицейлар, 635 мактаб-гача тарбия муассасалари, 742 мактаб ва бир неча унлаб мактабдан таш-кари муассасалари келажагимиз булмиш болалар учун хизмат килиб уларни тарбиялашда ката хисса кушиб келмокда.

http://andijan.connect.uz/and.htm

Qayd etilgan


shoir  13 Iyul 2006, 05:07:42

Andijan Province (Uzbek: Andijon viloyati / Андижон вилояти) is an administration division, or viloyati of Uzbekistan, located in the eastern part of the Fergana Valley in far eastern Uzbekistan. It borders with Kyrgyzstan, Fergana Province and Namangan Province. It covers an area of 4,200 sq. km. The population is estimated to be around 1,899,000 thus making Andijan Province the most densely populated province of Uzbekistan.

Andijan Province is divided into 14 administrative districts. The capital is the city of Andijan (pop est 350,000 inhabitants). Other major cities include Asaka (Leninsk), Chonobod, Sahrichon (Moscovskij), and Korasuv.

The climate is a typically continental climate with extreme differences between winter and summer temperatures.

Natural resources include deposits of petroleum, natural gas, ozokerite and limestone. As with other regions of Uzbekistan, it is famous for its very sweet melons and watermelons, but cultivation of crops can be accomplished exclusively on irrigated lands. Main agriculture includes cotton, cereal, viticulture, cattle raising and vegetable gardening.

Industry includes metal processing, chemical industry, light industry, food processing. The first automobile assembly plant in Central Asia was opened in Asaka in Andijan Province by the Uzbek-Korean joint venture, UzDAEWOO Auto, which produces Nexia and Tico cars and the Damas minibus.

http://en.wikipedia.org/wiki/Andijan_Province

Qayd etilgan


shoir  13 Iyul 2006, 05:07:56

ANDIJON viloyati

Andijon viloyati Markaziy Osiyoda joylashgan O'zbekiston Respublikasining yirik agrar - sanoat regionidir. Iqlimi keskin mintaqaviy. Viloyat shimoliy sharq va janubdan Qirgiziston respublikasi, g'arbdan Farg'ona viloyati va shimoliy g'arbdan Namangan viloyati bilan chegaradosh. Viloyatning asosiy suv resurslari: "Kampirovot" suv ombori (maydoni 45 kv.km.), Qoradaryo daryosi, uzunligi 143km., Maylisoy- uzunligi 23,2km., Tentaksoy - uzunligi 25km, Shahrixonsoy - uzunligi 11,8 km., Andijonsoy - uzunligi 77,5 km., Aravonsoy - 14,1 km., Qoradaryo - 21,3 km va boshqalar. Viloyat dengiz sathidan 300 dan 1000 metrgacha balandlikda joylashgan. Territoriyasining umumiy maydoni - 4,3 ming kv.km.

Hozirgi Andijon viloyati territoriyasi tarixda turli ma'muriy hududlar tarkibiga kirgan. XX asr boshlarida hozirgi Andijon viloyati territoriyasida 1920 yilda Andijon okrugiga aylantirilgan Andijon uezdi mavjud bo'lgan. 1941 yil shu okrug asosida Andijon viloyati tashkil qilindi. Bugun viloyat tarkibiga viloyat hokimligiga qarashli 3 ta shahar va tumanlar hokimligiga qarashli 8 ta shahar, 14 tuman, 5 ta shahar ko'rinishidagi aholi yashash joyi, 95 ta qishloq fuqarolar yig'ini va 536 ta aholi yashash joylari kiradi.

Viloyatning ma'muriy markazi - Andijon shahri. Andijon O'zbekistonning Toshkent va Samarqanddan keyin turuvchi uchinchi yirik shahri bo'lib, aholisi - 341,5 ming kishi.

http://andijan.gov.uz/general_u.htm

Qayd etilgan


shoir  13 Iyul 2006, 05:08:04

AHOLISI

Viloyat aholisi 01.01.2002 yilga kelib 2 mil. 251 ming 300 kishini yoki Respublika aholisining 9%ni tashkil qiladi. Ulardan 70% yoki 1 mln. 576,4 ming kishi qishloq va 30% yoki 674, 9 ming kishi shahar aholisidir. Bular 102 millat va elat vakillaridir.

Aholining o'rtacha yillik o'sishi - 34,8 ming kishi.

Aholining zichligi 1 kv.km.ga 523 kishi. Andijon viloyati Respublikada aholi zichligi bo'yicha birinchi o'rinda turadi

Qayd etilgan


shoir  13 Iyul 2006, 05:08:14

ANDIJON VILOYATI TARIXIDAN

· 500 ming yillar avval - odamning paydo bo'lishi, ibtidoiy jamoa tuzumining shakllana boshlashi.
· 100-40 ming yillar avval - kremniyni qazib olish va qayta ishlash qurollari qo'lga kiritilgan.
· Eramizdan avvalgi 2 ming yilning o'rtalarida - chorvador dehqon qabilalari paydo bo'ldi.
· Eramizdan avvalgi 8-7 asrlar dehqonchilik, chorvachilik, bronza va qalay metallurgiyasi rivojlandi, keramikaga rasm chizish paydo bo'ldi. Arxeologik qazilmalar devorlar bilan o'rab olingan qal'alarda kichik shaharlar mavjud bo'lganligini ko'rsatadi.
· Eramizdan avvalgi 7 asr - bronza qurollarining temiri bilan almashuvi, ishlab chiqaruvchi kuchlar va sun'iy sug'orishga asoslangan dehkonchilikning o'sishi.
· Eramizdan avvalgi 6 asr boshi - Markaziy Osiyoning qator. Janubiy viloyatlarining Ahmoniylar tomonidan bo'ysundirilishi Farg'ona va Andijon o'z mustaqilligini saqlab qoldi.
· Eramizdan avvalgi 4-1 asrlar Dovon davlatining paydo bo'lishi. Dehqonchilik va chorvadorlikning rivojlanishi.
· Eramizdan avvalgi 2 asr Buyuk ipak yo'lining Farg'ona vodiysi, shu jumladan, hozirgi Andijon viloyati territoriyasidan o'tishi. O'sha davr Xitoy qo'lyozmalarining darak berishicha, Andijon Farg'ona vodiysidagi 70 ta shahardan biridir.
· Eramizdan avvalgi 104-99 yillar - xon qo'shinlarining Dovonga bosqini, vaqtinchalik istilo va mustaqillikning tiklanishi.
· Eramizdan avvalgi 220-419 yillar - Ershi shahri (hozirgi Marhamat tumani) poytaxtligida Dovon davlatining Marhamat madaniyatining rivojlanishi. Aholi sonining o'sishi, kulollik sa'atining keng tarqalishi.
· 5 - asr - Eftalit davlati tarkibiga kirish.
· 6 - asr - 50 yillari - O'rta Osiyoga ko'chmanchi turkiy qabilalarning bostirib kelishi, aholining turkiylashuvi.
· 715-812 yillar - arab sarkardasi Qutayba Ibn Muslim yurishi, aholining islom dinini qabul qilishi. 776 yilda "Oq kiyimlilar"ning Muqanna boshchiligidagi arablarga qarshi qo'zg'oloni. Shaxsan Qutayba Ibn Muslimning ayblanishi va qatl etilishi. Jasad hozirgi Jalaquduq tumaniidagi qishloqqa ko'mildi.
· 9 asr - Poytaxti Buxoro bo'lgan Somoniylar davlati tarkibiga kirish. Fan va san'at, boshqa mamlakatlar bilan savdo - sotiqning rivojlanishi. Andijon Farg'ona vodiysining yirik shaharlaridan biriga aylandi.
· 10 asr - Qoraxoniylar davlatining yuzaga kelishi, shaharlar, iqtisodiyot va madaniyatning rivojlanishi.
· 12 asr - Chingizxonning o'g'li hukmdor bo'lgan Chig'atoy davlati tarkibiga kirishi.
· 14 asr - asr boshida Mo'g'ul hukmdori Tuvaxon o'z davlati poytaxtini Andijonga ko'chirdi, shaharning qal'a devorlarini mustahkamladi. Madaniy taraqqiyotni hisobga olib shahar "Qubbatul Islom" deb atala boshladi. Farg'ona vodiysining yirik savdo markazi bo'lib qoldi.
· Mo'g'ullar davlatining parchalanib ketishi Andijonning Temuriylar davlati tarkibiga kirishiga olib keldi. Irrigatsiya, qishloq xo'jaligi, hunarmandchilik rivojlana boshladi. Aynan shu vaqtda 9 sun'iy daryodan iborat "To'qqiz tarnov" - sug'orish tizimi yaratildi.
· 1470-1494 yillarda Umarshayx Mirzo yana Farg'ona davlatining markaziga aylangan Andijon hukmdori bo'lib qoldi. Uning o'g'li Zahiriddin Muhammad Bobur 12 yoshga to'lganda Umarshayx halok bo'ldi va Bobur uning o'rnini egalladi. (1495 yil).
· Bobur 1504 yil Afg'onistonga yurish qildi, 1526 yili esa Hindistonda keyinchalik Buyuk Mo'g'ullar sulolasi deb atala boshlagan sulolaga asos soldi.
· 15 asr - Shayboniylar davlati tarkibiga kirishi.
· 17-19 asrlar - Qo'qon xonligining tashkil topishi.
· 1876 yil - Farg'ona Vodiysining Chor Rossiyasi tomonidan mustamlakaga aylantirilishi. Shu yilning 8 yanvarida Andijon rus armiyasi tomonidan bosib olindi. Po'latxon boshchiligidagi qo'zg'olonning ayovsiz bostirilishi ularning g'alabasini ta'minlagan edi. Bu qo'zg'olon Namanganning ruslar tomonidan bosib olinishidan boshlangan. Rus armiyasi uch saf tarkibida bostirib keldi. Birinchi safga Miller Zakomelьkiy, ikkinchi safga baron Ashinov, uchunchiga general Skobelev rahbarlik qildi.
· Qo'zg'olonning bostirilishida 20 mingdan ziyod Andijonliklar o'ldirildi.
· Qo'zg'olon rahbari Po'latxon qo'lga olinib, Marg'ilonda dorga osildi. Iso Avliyo, Botir to'ra, Abdurahmon oftobachi kabi qo'zg'olon tashkilotchilari Tomsk va Ekaterinburgga surgun qilindi.
· 1898 yil 17 mayda Madali Eshon ("Dukchi Eshon") boshchiligida milliy- ozodlik qo'zg'oloni boshlandi. Qo'zg'olon bostirilgandan so'ng 800 kishi qamoqqa olinib, 415 kishi sud qilindi va qo'zg'olon rahbarlari Andijonda qatl etildi.
· 1901 yil - Birinchi quduqdan neftь qazish boshlandi. 1904 yilga kelib 130 tonna neftь ishlab chiqarildi.
· 1907 yil - Ishlab chiqarish quvvati 54 tonna chigitni qayta ishlab, 8 tonna paxta yog'i tayyorlashga mo'ljallangan yog' zavodi ish boshladi.
· 1911 yil - Andijonda birinchi paxta tozalash zavodi qurildi. Keyinroq shunday zavodlar (1912y) Asakada, (1915y) Shahrixonda ham ish boshladi va 1924 yilga kelib ularda 25 ming tonna paxta ishlandi.
· 1912 yil - Birinchi bosmaxona tashkil topdi.
· 1914 yil - Armiyaga chaqiriluvchilarning urushga qarshi chiqishlari. (Dehqonlar oilalarini boquvchisiz, och-nahor tashlab ketishga majbur edilar).
· 1916 yil - Podshohnning 1916 yil 25 iyundagi "rus-german harbiy muammolari tufayli frontda va front ortida ishlashga erkaklarni jalb etish to'g'risida"gi farmoniga qarshi qo'zg'olon.
· 1917 yil Sovet hokimiyatining o'rnatilishi.
· 1917-1923 yy. - Sovet hokimiyatining o'rnatilishiga qarshi qurolli chiqishlar. (Ergash qo'rboshi, Xolxo'ja, Muhiddin, Ko'rshermat, Madaminbek boshchiligida "bosmachilik" harakati deb nom olgan) va ularning Qizil Armiya tomonidan ayovsiz bostirilishi.
· 1918 yil - Musiqali drama va komediya teatri tashkil topdi. Unda Abbos Bakirov, Muzaffar Muhammedov, Halima Nosirova, Lutfixonim Sarimsoqova, Tamaraxonim, Soib Xo'jaev kabi buyuk san'atkorlar ijod qildilar.
· 1921-1922 yy. - Er-suv islohoti (yirik feodal xo'jaliklarning yerlari tortib olinib, dehqonlarga bo'linib berildi).
· 1927 yil Andijon uezdi o'rnida Andijon okrugi tuzildi.
· 1927-1928 yy. - Er-suv islohotining ikkinchi bosqichi. Dehqon xo'jaliklarini yalpi kollektivlashtirish. Andijon okrugida 214 kolxoz tuzildi.
· 1931yil - Birinchi Pedagogik Institut tashkil topdi.
· 1934 yil - Viloyat o'lkashunoslik muzeyi o'z faolyatini boshladi.
· 1935-1938y. - Milliy xodimlar o'rtasidagi qatag'on yuzlab mahalliy ziyolilar vakillarining "xalq dushmani", boshqa davlatlar foydasiga xizmat qiluvchi xufyalar sifatida yo'q qilinishiga sabab bo'ldi.
· 1941-1945yy. - Ikkinchi jahon urushida ishtirok etish uchun Sovet Armiyasiga chaqiruv boshlandi. Urush yillarida 87 ming Andijonliklar frontga jo'nagan bo'lsa, shulardan 37 ming kishi halok bo'lib, uylariga qaytmadilar. 13 ming urush qatnashchisi SSSRning orden va medallari bilan mukofotlandilar. Ulardan 5 tasi Shuhrat ordeni kavaleri, 12 tasi Sovet Ittifoqi qahramoni edi.
· Frontoldi, okkupatsiya qilingan hududlardagi ayrim sanoat korxonalari evakuatsiya qilindi.
· 1941 yil - Hozirgi hudud doirasida Andijon viloyatining ma'muriyati tashkil topdi.
· 1955 yil - Andijon meditsina instituti ochildi.
· 1964 yil - Paxtachilik instituti ochildi.
· 1966 yil - Chet tillar pedagogika instituti ochildi.
· 1967yil - Bobur nomli viloyat kutubxonasi ochildi. Kutubxona bir milliondan ortiq kitob jamg'armasiga ega.
· 1968 yil - "Lola" qo'g'irchoq teatri tashkil topdi.
· 1976 yil - Toshkent xalq xo'jaligi institutining filiali ochildi.
· 1981 yil - Andijonda aholiga maishiy xizmat ko'rsatuvchi mutaxassislar tayyorlovchi Toshkent tekstilь institutining filiali ochildi.
· 1991 yil - Sovet Ittifoqining parchalanishi va Mustaqil O'zbekiston Davlatining tashkil topishi.
· 1995 yil - Toshkent xalq xo'jaligi va tekstilь instituti filiallari ochildi.
· 1996 yil May - "O'zDEU avto" zavodida dastlabki o'zbek avtomobili ishlab chiqarildi.

Qayd etilgan


shoir  13 Iyul 2006, 05:08:22

M A O R I F

Andijonda kadrlar tayyorlash milliy dasturi muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Ta'limning yangi tizimi shakllanmoqda. Uch akademik litsey va 34 kollejning qurilishi ta'lim tarmog'idagi o'zgarishlar samarasidir. Maktabgacha tarbiya muassasalari tizimi ham muvaffaqiyatli rivojlanmoqda. Bugun 570 maktabgacha tarbiya o'choqlarida 49,1 ming bolalar tarbiyalanmoqda. Bugungi kunda viloyada 742 ta umumta'lim maktablari faoliyat ko'rsatib, ularda 544 ming o'quvchi ta'lim oladi. Viloyatdagi 5 oliy o'quv yurtida 13023 talaba oliy ma'lumot oladi. Ularda bir yarim ming o'qituvchi ishlaydi.

Qayd etilgan


shoir  13 Iyul 2006, 05:08:29

Andijon Davlat Universtiteti

1939 yil Farg'ona pedagogika instituti filiali sifatida ochilgan edi. 1953 yil Davlat pedagogika instituti maqomini oldi. 1992 yil mart oyidan Davlat universiteti bo'ldi. Bu erda 4988 talaba tahsil oladi. Universitetda 18 ixtisoslik bo'yicha mutaxassis tayyorlanadi: tasviriy sa'nat va muhandislik grafikasi, milliy mustaqillik g'oyasi, ma'naviyat va huquq asoslari, boshlang'ich ta'lim va tarbiyachilik, jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat, filologiya, tarix, pedagog- ekonomist, biologiya, fizika, ximiya, geografiya, matematika, matematika va informatika, ekologiya va tabiatdan foydalanish, yurisprudentsiya. Bugungi kunda viloyatda 742 umumta'lim maktablari faoliyat ko'rsatib, ularda 544 o'quvchi ta'lim oladi. Viloyatdagi 5 oliy o'quv yurtida 13023 talaba oliy ma'lumot oladi. Ularda bir yarim ming o'qituvchi ishlaydi.

Qayd etilgan


shoir  13 Iyul 2006, 05:08:39

Andijon qishloq xo'jaligi instituti

1964 yil Toshkent qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash va irrigatsiyalash injenerlari institutning filliali sifatida tashkil topgan edi. 1992 yil mart oyida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan Andijon qishloq xo'jaligi institutiga aylantirildi. Institutda 2100 talaba tahsil oladi. Shulardan 1200 kunduzi, 900 talaba sirtdan o'qiydi. 170 o'qituvchidan 8 fan doktori, 88 fan nomzodi. Institutda 10 ixtisoslik bo'yicha mutaxassislar tayyorlanadi: profesional ta'lim, iqtisod, buxgalteriya hisobi va audit, agroinjenerlik, melioratsiya va suv xo'jaligi, fermer xo'jaliklar tuzish va ularga texnik xizmat ko'rsatish, agronomiya, o'simliklarni himoya qilish, ishlab chiqarish, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini saqlash texnikasi va birlamchi qayta ishlov, zootexnika. Institut qoshida 250 ga o'quv - ilmiy xo'jaligi bo'lib, talabalar bu erda amaliyot darslarni o'tadilar va tajriba o'tkazadilar.

Qayd etilgan


shoir  13 Iyul 2006, 05:08:47

Andijon tibbiyot instituti

1955 yil tashkil topgan. 30 millatga mansub 2402 talaba tahsil oladi. 465 o'qituvchilardan - 52 fan doktor, 177 fan nomzodi faoliyat ko'rsatadi. Institut 4 ixtisoslik bo'yicha mutaxassis tayyorlaydi: professional ta'lim, davolash ishi, pediatriya, yuqori malakali hamshiralar tayyorlash. Har yili 440 - 450 yosh mutaxassis vrachlar institutni tamomlaydilar. Institut AQShdagi Nьyu-York akademiyasi bilan, Imperial Angliya kolleji bilan, Oksford universiteti bilan, Amerika- Avstriya jamg'armasi bilan, Rossiya meditsina akademiyasi bilan, Sankt -Peterburg meditsina akademiyasi bilan, Vologograd, Novosibirsk meditsina universitetlari bilan, Kiev meditsina akademiyasi va boshqa turli mamlakatlardagi ilmiy markazlar bilan aloqa o'rnatgan. Institut ilmiy xodimlari tomonidan so'nggi 5 yilda 13 monografiya, 20 darslik, 208 o'quv-uslubiy qo'llanma, 21 tadqiqotchilik, 205 ratsionalizatorlik takliflari yaratildi. Bundan tashqari 16 doktorlik, 53 nomzodlik ishlari himoya qilindi. Institut olimlari tomonidan yaratilgan "Gemalin" preparati ular qo'lga kiritgan ulkan yutuqdir. Undan kamqonlik (annemiya)ga qarshi va immunostimulyator sifatida foydalanish mumkin.

Qayd etilgan


shoir  13 Iyul 2006, 05:08:54

Andijon muhandislik - iqtisodiyot instituti

Institut 1995 yil tashkil topgan. Institutda 3195 talaba tahsil oladi. Ularga 224 o'qituvchi, shulardan 14 fan doktori, professor, 70 fan nomzodi ta'lim beradi. Olti fakulьtetda 9 ta asosiy ixtisoslik bo'yicha mutaxassis tayorlanadi, bu - professional ta'lim, iqtisod, menejment, moliya, buxgalteriya hisobi va audit, texnologik mashina va jihozlash, transport vositalaridan foydalanish va ta'mirlash, tekstil sanoati mahsulotlarining texnogiyasi, informatika va axborot texnologiyasi.

Institutda iqtidorli talabalar va yosh olimlar klubi tuzilgan. Ushbu klubning 24 a'zosi "Umid" jamg'armasi grantlari bo'yicha AQSh, Frantsiya, Angliya, Germaniyaning nufuzli oliy o'kuv yurtlarida tahsil oldilar. 15 yosh olim esa "Ustoz" jamg'armasi bo'yicha AQSh, Kanada, Isroil, Italiya va Germaniya universtitetlarida o'qidilar.
   

Qayd etilgan