Andijon viloyati haqida  ( 61036 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 B


shoir  13 Iyul 2006, 05:09:03

Andijon Chet Tillar Instituti

1966 yil tashkil topgan. Ingliz, roman-german, slavyan fakulьtetlarida 1470 talaba tahsil oladi. Ularga 205 o'qituvchi ta'lim beradi - 7 fan doktori, 42 fan nomzodi. Institut 5 ixtisoslik bo'yicha mutaxassislar tayyorlaydi: Ingliz tili (o'zbek va rus guruhlari), nemis tili, frantsuz tili, rus tili, tarjimon referent. Institut Germaniya (Leyptsig, Bonn), Rossiya, Ukraina, AQSh, Frantsiya, Turkiya universitetlari, Moris Torez nomli horijiy tillar instituti bilan mustaxkam aloqa o'rnatgan. Institutning 24 talabasi AQSh, Germaniya, Turkiya oliy o'quv yurtlarida tahsil oldilar. 18 o'qituvchi va professorlar AQSh, Germaniya va Buyuk Britaniya, Frantsiya, Koreyada malaka oshirdilar.

Qayd etilgan


shoir  13 Iyul 2006, 05:09:11

SPORT

Chim ustida xokkey bo'yicha "Andijanka" jamoasining bir necha bor SSSR chempioni bo'lganligi, Evropa kubogini qo'lga kiritganligi bu yerda sportga jiddiy e'tibor berilishini ko'rsatadi. Viloyatda 26 stadion, 62 sport maktabi, 62 tennis kortlari va 4,2 ming sport inshootlari faoliyat yurgizib, aholiga xizmat ko'rsatmoqda. Dunyo standartlari darajasidagi "Navro'z" o'yingohi, "Xalqlar do'stligi" o'yingohi, "Yambol" sport kompleksi Andijonning faxri sanaladi. "Andijon" tennis korti nafaqat O'zbekiston, balki markaziy Osiyoda ham sanoqlidir.

Andijon sport maktabida tarbiyalangan Svetlana O'lmasova Evropa chempioni bo'ldi. Feliks Pak boks bo'yicha Evropa chempioni, Mels An sambo bo'yicha Evropa chempioni, Muhammadqodir Abdullaev boks bo'yicha jahon va olimpiada chempioni, Ruslan Chagaev boks bo'yicha 2 marta jahon chempioni, O'tkir Haydarov boks bo'yicha jahon chempionatining oltin va kumush medali sovrindori bo'lganligi quvonchli holdir.
   

Qayd etilgan


shoir  13 Iyul 2006, 05:09:18

TURIZM

Andijon viloyati turli mintaqadagi odamlarni o'zining go'zal tabiati, mehmondo'stligi, boy milliy an'analari va tarixiy obidalari bilan maftun etadi. Ular ichida "Jom'e" (maschit, madrasa) arxitektura kompleksi, Bobur uy muzeyi, Jalaquduq tumanidagi Qutayba Ibn Muslim maqbarasi, "Ahmadbekhoji" arxitektura yodgorligi o'ziga xosligi bilan ajralib turadi. Farg'ona vodiysining aholisi "O'zbekiston Shvetsariyasi" deb nomlanangan bog'-shahar Xonobod haqida alohida so'z yuritish lozim. Bu erda Evropa va Osiyodagi noyob daraxtlarni, anvoyi gulzorlarni, Xonobod suv omborini ko'rib zavqlanasiz, hayratga tushasiz. 300 ga maydonni egallagan Bobur nomli milliy bog' Andijonliklarnigina emas, balki Farg'ona vodiysi aholisining ham dam olish maskaniga aylangan. Bu bog'da "Bobur va dunyo madaniyati" nomli muzey joylashgan bo'lib, unda Boburiylar sulolasi va O'rta Osiyo xalqlari tarixi va adabiyotiga oid noyob adbiyotlar bor. Andijon shahri markazida "Hunarmandlar rastasi" ochiq etnografik muzey joylashgan. U erda ajdodlarimizning ko'pasrlik an'alarini davom ettirayotgan sulolalar faoliyat ko'rsatishadi. Kuyganyorda Farg'ona vodiysida yagona sug'orish irrigatsiya va Katta Farg'ona kanali muzeyi bor. Andijonlik ustalar tomonidan yaratilgan Andijon Arki, Xotira va Qadrlash xiyoboni, Bobur nomli markaziy maydon turli mamlakatlardan kelgan sayyohlarning e'tiborini tortmoqda. Markaziy Osiyoda yagona "O'Z Deu Avto", "Anteks" kabi zamonaviy korxonalar ham sayyohlar nazaridan chetda qolmayapti. 2001 yil mobaynida viloyat 22,5 ming sayyohlarni qabul qilib, ularga 70,1mln. so'mlik xizmat ko'rsatildi. Viloyatda bir necha sayyohlik kompaniyalari faoliyat ko'rsatmoqdai. Ulardan eng kattasi "Andijon turist" HJ hisoblanadi.

Qayd etilgan


ikbaljohn  16 Aprel 2007, 08:33:13

Xurmatli Andijonliklar!Man Farg'onalikman.No, Ruslan Chagayevni haqqi-hurmati yuzasidan bu threadga yozaman.Ruslan rulezzzzzz!Ruslan O'zbekistonni faxri.Shunday hamyurtingiz borligidan faxrlaning!Ruslan olg'a!

Qayd etilgan


Xolms  30 Aprel 2007, 19:04:35

Salom Shoir nimaga Andijon shaxri bo'limi ochilmagan? Iltimos Andijon shaxriga ham bitta bo'lim ochib qo'ying

Qayd etilgan


Fallah  29 Oktyabr 2007, 17:42:09

"Bu dunyoga keldingmi? Endi yasha! Tishni tishga qo‘yib-qo‘yib yasha. Mushtni tugib-tugib yasha. Chidab-chidab yasha. Yashashni chidaganga chiqargan! Bu dunyoga keldingmi?Endi chida! Dunyo—chidaganniki! Oxirigacha chida, Xudo bergan kungacha chida! Tog'ay Murod"
- Oddiygina va ojizona tushkun fikr!
Inson bu dunyoga chidab yashash uchun emas, balki darajasini ko'tarib, toki JANNATga yetmoq maqsadida yashaydi. Chunki Insonning vatani - JANNAT!
Bu chidab yashash aqidasi esa noumidlarning umidsizlik girdobidagi ohu nolasi!
Kishan kiyma!
Bo'yin egma!
Ki sen ham XUR
Tug'ilgansan!
O'zbekiston suvi quriyotgan ko'lmakdan farqi qolmayapti. Bunga faqat achinib qaramoq lozim...

Qayd etilgan


AL_laziz87  05 Dekabr 2007, 02:07:25

Farg'ona fodisi Olloxning nazari tushgan diyordir, Andijon esa uning yuragi.

Qayd etilgan


ibrohim  05 Dekabr 2007, 19:59:02

Farg'ona fodisi Olloxning nazari tushgan diyordir, Andijon esa uning yuragi.
  Quvasoy esa uni jigari.

Qayd etilgan


ROCK  26 Yanvar 2008, 16:28:10

Endi Asakani aytmasam ham bilorasilar

Qayd etilgan


Abdullоh  14 Fevral 2008, 17:21:18

Bularning ichida baribir Baliqchining o'rni bo'lak!!!

Qayd etilgan