Siz Olloh s.t dan nimani suragan bo'lardiz  ( 21337 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 B


ЖАМШИДЖОН  01 Avgust 2009, 17:41:42

All`ohumma inn`i a’`uzu bika min sharri sam’i va min sharri basari va min sharri lis`ani va min sharri qolbi va min sharri niyyati.
Iloho, men Sendan eshitish, ko‘rish va gapirish va dildan o‘tkazish jarayonida uchraydigan yomonliklardan panoh berishingni so‘rayman.

All`ohumma inn`i a’`uzu bika minal barosi val-jun`uni val-juz`ami va sayyi’il-asqom.
All`ohumma inn`i a’`uzu bika minnat-taraddiy va a’`uzu bika minal-g‘aroqi val harfi val-harami va a’`uzu bika an yataxabbatonish-shayt`onu ‘indal-mavt va a’`uzu bika an am`uta f`i sab`ilika mudbiron va a’`uzu bika an am`uta lad`ig‘on.
Iloho, men Sendan yomon kasalliklardan va qattiq bemorliklardan panoh so‘rayman. Iloho, turli ofatlardan va balolardan, og‘ir damda shaytonning vasvasasidan va yomon fojiali o‘limlardan asrashingni so‘rayman.

All`ohumma inn`i as’aluka min xoyri m`a sa’alaka minhu nabiyyuka Muhammadun sollall`ohu ‘alayhi va sallam va na’`uzu bika min sharri m`a ista’azaka minhu nabiyyuka Muhammadun sollall`ohu alayhi va sallam va antal-musta’anu va ‘alaykal-bal`ag‘u va l`a havla va l`a quvvata ill`a bill`ah.
Iloho, payg‘ambaring Muhammad alayhissalom so‘ragan narsalardan men ham so‘rayman, payg‘ambaring panoh tilagan narsalardan men ham panoh tilayman. O‘zing yordam beruvchisan. Sendan o‘zgada kuch-quvvat yo‘q.

All`ohumma solli va sallim ‘al`a Muhammadin va ‘al`a `ali Muhammad.
Iloho, payg‘ambaring Muhammad alayhissalomga salovot va salomlar nozil et.

All`ohumma innaka qulta ud’`uni astajibu lakum va innaka l`a tuxliful-m`i’`ad, va inn`i as’aluka kam`a hadaytan`i lil’isl`ami an l`a tanza’ah`u minn`i, hatta tatavaffan`i va an`a muslim`un.
Ey bor Xudoyo, duo qilinglar menga, ijobat qilaman, deb O‘zing aytding, albatta Sen va’dangga xilof qilmagaysan. Ey bor Xudoyo, hidoyat ne’matini berib meni Islomga musharraf qilding, endi uni mendan judo qilmagin va to o‘lgunimcha Islomda bo‘lishimni nasib et. Iloho, O‘zing bizlarni bu dinda sobitqadam et.

All`ohumma inn`i as’aluka iym`anan d`a’iman va yaq`inan s`odiqon va ‘ilman n`afi’an va qolban x`oshi’an va lis`anan z`akiran va as’aluka ‘afva val-’`afiyata val-ma’`af`atan d`a’imata fid-duny`a val-`axiro.
Iloho, Sendan doimiy imon, mustahkam e’tiqod, foydali ilm, qo‘rquvchi qalb, zikr etuvchi til, afvu ofiyat va dunyoyu oxiratda doimo xotirjamlikni so‘rayman.

All`ohumma y`a muqollibal-qul`ubi sabbit qolbi ‘al`a d`inik.
All`ohumma a’inn`i ‘al`a zikrika va shukrika va husni ‘ib`adatik.
Iloho, Sen dillarni o‘zgartirib turuvchisan, mening dilimni O‘z diningga sobit et.
Iloho, O‘zing Seni zikr etishimga, Senga shukr etishimga va chiroyli ibodat qilishimga yordam qil.

Subh`anall`ohi ‘adada xolqih`i, subh`anall`ohi riz`oa nafsih`i, subh`anall`ohi z`inata ‘arshih`i, subh`anall`ohi mid`ada kalim`atih`i.
Allohga barcha maxluqlarining adadicha tasbih aytamiz va Unga o‘zining rizoligi barobarida va arshining og‘irligi barobarida va so‘zlarining siyohlari barobarida tasbih aytamiz.

Robban`a l`a tu`axizn`a in nas`in`a av axto’n`a.
Robban`a va l`a tahmil ‘alayn`a isron kam`a hamaltah`u ‘alal-laz`ina min qoblin`a.
Robban`a va l`a tuhammiln`a m`a l`a t`oqotalan`a bih, va’fu ‘ann`a vag‘fir lan`a varhamn`a, anta Mavl`an`a fansurn`a ‘alal-qovmil-k`afir`in.
Parvardigoro, agar esimizdan chiqarsak, xatoga yo‘l qo‘ysak, bizlarni javobgar qilma, bizlarning zimmamizga oldingi ummatlarga yuklaganingdek og‘ir yuklarni yuk lama, toqatimiz, imkoniyatimiz yo‘q narsalarni bizlarga qarz qilma, bizlarni kechir, afvu mag‘firat et, rahmatingga ol, Sen bizlarning hojamizsan, kofirlar ustidan bizlarga yordam ber.

All`ohumma inn`i a’`uzu bika minal-qosvati val g‘oflati val-’aylati vaz-zillati val maskanati. Va a’`uzu bika minalkufri val faqri val-fus`uqi vash-shiq`oqi van-nif`aqi, va su’il-axl`aqi, va ziyqil-arz`oqi, vas-sum’ati, var-riy`ai, va a’`uzu bika minas-somami val-bakami val-’am`a val-jun`uni val-juz`ami val-barosi va sayyi’il-asqom.
Iloho, Sendan toshbag‘irlik, g‘aflat, qashshoqlik, xorlik, miskinlik kabi illatlardan panoh so‘rayman. Yana Sendan kufrdan, faqirlikdan, fisqu fujurdan, nizo va ixtilofdan, yomon ruhlardan, rizqi tanglikdan, riyokorlikdan, ko‘ru kar bo‘lishlikdan, jinnilik va yomon kasalliklardan panoh so‘rayman.

Qayd etilgan


Mahdiyah  03 Avgust 2009, 07:52:45

Allohumma ajirni fi musibati vaxful li xoyrom minha

Ey Alloh! Menga musibatimda ajr bergin va uning o'rniga yaxshirog'ini ato etgin

Qayd etilgan


Afruza  03 Avgust 2009, 14:50:45


Allohim! Do'zaxdan panoh qiluvchi, Jannatga munosib solih amallarni nasib etgin!
G'aflatda yashayotgan, adashgan bandalaringga to'g'ri yo'l ko'rsatgin!
Barcha suygan bandalaring qatori meni va yaqinlarimni ikki dunyo saodatiga musharraf etgin!
Gunohlarimizni mag'fitat etishingni so'rayman.

Qayd etilgan


ZUBAIR  03 Avgust 2009, 21:07:18

Iqtibos
Siz Olloh s.t dan nimani suragan bo'lardiz

So'raysiz deyilsa to'g'riroq bo'lardi, vallohu a'lam.

Qayd etilgan


Ansora  14 Avgust 2009, 01:42:12

Assalomu-alaykum aka-uka, opa-singillar:) Barchangizga yaqinlashib kelayotgan Ramazoni Sharif munosabati bilan, bu qutlug' oyni haqiqiy ma'noda his qilib, haqqini ado etgan bandalar bo'lishingizni tilayman.
Mavzuga javob beradigan bo'lsam, Alloh'dan avvalo sog'lik tilayman. Tilak-istaklarimizni cheki-chegarasi yo'q albatta....
Allohdan bir narsa tilab-yolvorgan paytimiz biz qullarning qanchalar ojiz, Yaratganning esa qanchalar Qudratli ekanligini yana bir bor qabul qilgan bo'lamiz... Hurmat bilan,

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  19 Avgust 2009, 18:49:15

Barcha xojat Allox taolodan so`raladi

Rasulullox sollalloxu alayxi va sallam Abdullox ibn Abbos raziyalloxu anxuni va shu orqali barcha mo`minlarni xamisha va faqat Alloxga yuzlanishga buyurdilar. Extiyoj xam, panox xam, madad xam yolg`iz Alloxdan so`raladi. Biz duoyu shukr bilan xech xachon Undan o`zgaga yukinmaymiz. Mag`firat xam faqat Parvardigordan umid qilinadi. Rasulullox sollalloxu alayxi va sallam dedilar: Agar so`ramoxchi bo`lsang, Alloxdan so`ra! Agar ko`mak istasang, Alloxdan ista! (Termiziy rivoyatlari). Rasulullox sollalloxu alayxi va sallam dedilar: Allox taolo aytadi: Duo qiluvchi bormi, Men uning duosini ijobat etaman! So`rovchi bormi, Men uning so`ragan narsasini beraman. Istig`for aytuvchi bormi, Men uni maxfirat qilaman. (Buxoriy va Muslim rivoyatlari).

Qayd etilgan


Afruza  24 Avgust 2009, 05:37:22

Alloh aytgan  "Qo'llarini menga cho'zib duo qilgan kishining qo'llarini bo'sh qaytarishga hayo qilaman"

Qayd etilgan


Ansora  24 Avgust 2009, 07:05:18

Sahih hadislardan birida shunday buyuriladi:
-Rabbingning eng sevgan narsani nima, bilasanmi, deb so'rar Hazrati Payg'ambar, Alloh, qullarining qilgan amallarini ichida eng ko'p tavbasini sevadi.
-Nima uchun?
-Chunki tavba etgan qul jahannamdan halos bo'ladi, shuning uchun. Rabbimiz ham qulining jahannamdan qutqargan amalni sevadi.
Rabbimdan tilagim, bizni shaytonning sharridan qo'risin va hatto tavba etadigan paytimiz ham yana bir bora shaytonning sharridan qo'risin.

Qayd etilgan


Ansora  24 Avgust 2009, 07:26:44

http://www.sorularlaislamiyet.com/subpage.php?s=article&aid=5104
bu saytdan turkcha biladiganlar foydalanishi mumkin. Dinimizni yana ham o'rganishimizda foydali bo'ladi insholloh.

Qayd etilgan


siddiqa  24 Avgust 2009, 08:10:32

Alloh aytgan  "Qo'llarini menga cho'zib duo qilgan kishining qo'llarini bo'sh qaytarishga hayo qilaman"

hayosi o'ta kuchli ,butunla olamlar egasi hodiy sifatiga ega allohdan ahlim uchun hidoyatni so'rayman ,va ancha o'zigagina ayon tilaklarni ham .
uning sattor sifati bn gunohlarimni satr qilishligini so'rayman .Rabbimning
al-Vadud ismi ila ,barcha kattayu kichik ,mahfiyu oshkor gunohlarimizdan kechib yuborishligini so'rayman .
va har ishimda uning hikmatini va nusratini ,uning yo'lida jasur qalb ,u bn yolg'izlikda esa salim va qo'rqguvchi qalb so'rayman .
Rabbim gunohlarimni avf et ..............
bu ummatni kavsar bo'yida rasulingga yo'liqtirganda uyaltirma .......
o'zing bn yo'liqqanga qadar bergan barcha omonatlariga omonatdor qil bizlarni........
shu kunlarda nusrat ber ,nusrat ber .......

Qayd etilgan