Siz Olloh s.t dan nimani suragan bo'lardiz  ( 21339 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 B


siddiqa  24 Avgust 2009, 08:12:22

Nabiy sav aytadilar :
"albatta duoning eng tez ijobat bo'ladigani g'oyibning g'oyibga qilgan duosidur "
termiziy & abu dovud.

duoda bo'laylik.......

Qayd etilgan


Ansora  24 Avgust 2009, 08:12:49

Bandalariga berilgan ne'matlarning eng buyugi, duo qila olish ne'mati ekan...
shukurlar bo'lsin.

Qayd etilgan


siddiqa  24 Avgust 2009, 08:16:00

Yunus as duolari ham judayam hikmatli hisoblanadi .
La ilaha illaa anta,subhanaka ,innii kuntu minaz zolimiyn.
(sendan o'zga iloh yo'q ,albatta Allohim sen poksan ,men zolimlardan bo'ldim )

Qayd etilgan


Ansora  24 Avgust 2009, 08:24:03

Ey, yer-ko'kni yaratgan Rabbim. Sen bizlarni ham quling sifatida yaratding. Biz sendan so'ramaymizda kimdan so'raymiz. Sendan tilanmaymizda, kimdan tilanamiz. Rabbim, O'zingdan boshqasiga yolvorishdan, tilanishdan biz ojiz qullaringni qo'ri Yo Rabbim. Bizlardan duo kutgan, yuzlarini ko'rgan ko'rmagan barcha dindoshlarimiz haqlarida eng hayirlisini nasib et Yo Rabbim. Ularning Hastalariga shifo, dartlilariga davo, qarzdorlariga yengillik ber Yo Rabbim. Tilimiz va dilimiz bilan senga yo'nalishni nasib et Yo Rabbim. Sen qanchalar buyuksan, qodirsan, sen "bo'l" dedingmi har narsa bo'lar. Men esa sening yaratgan, hatto ojizgina shamolning uchirishga kuchi yetadigan hafif patdan ham hafifman. Nafasimni olishim, berishim ham senga bog'liq ekan, bu dunyoda sening marhamating bo'lmasdan qanday oyoqlarim ustida turay. Tilim va dilimning iplarini sen yech, toki senga yolvora yolvora duo etay, yer-ko'kning haqiqiy hukumdoridan ojiz quling holida sendan ehtiyojlarimni so'ray...

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  11 Sentyabr 2009, 15:06:51

Alloh taolo o‘z fazli, buyuk ehsoni va yaxshiligi bilan bandasining so‘rashi va duo qilishini ibodatning mag‘zi va negizi qilib qo‘ydi: «Allohga dinni xolis qilganingiz holda duo qilinglar!» (G’ofir: 14).
Hoy mo‘‘minlar, Alloh taolo sizlarga O’zigagina duo qilishga amr va u duolarni ijobat qilishni O’z tarafidan lutf va marhamat qilib, va’da qildi. Alloh taolo: «Robbingiz: Menga duo qilinglar ijobat qilaman»— dedi (G’ofir: 60).
Hoy mo‘‘minlar, Robbingizga Unga duo qilish va undan (ehtiyojlarni) so‘rash bilan ijobat qilingiz! Chunki, Alloh subhonahu va taolo Allohga duo qilishdan voz kechgan kimsalarga alamli va xorlovchi jazolarni va’da qilgan: «Albatta Menga ibodat qilishdan kibr-havo qilgan kimsalar yaqinda bo‘yinlarini eggan hollarda (xorlanib) jahannamga kiradilar» (G’ofir: 60).
Abu Hurayra raziyallohu anhudan marfu’ hadis rivoyat qilingan: «Allohdan so‘ramagan odamga Alloh g‘azab qiladi» (Termiziy, hadis â„– 3373).
Bas, (ehtiyojlaringizni) Allohdangina so‘ranglar! Katta va kichik, uzoq va yaqin ehtiyojlaringizni Allohdangina talab qilinglar! Chunki, har narsa Allohning qo‘lidadir. Alloh bergan narsani qaytarguvchi, qaytargan narsani berguvchi zot yo‘qdir. Alloh taolo aytdi: «Agar Alloh sizga biron ziyon yetkazsa, uni faqat O’zigina ketkaza oladi. Agar sizga biron yaxshilik (etkazishni) iroda qilsa, Uning fazlu marhamatini qaytara olguvchi yo‘qdir» (Yunus: 107).
Mo‘‘minlar onasi Oisha raziyallohu anho: «Allohdan barcha narsani, hatto, poyafzalingizning bog‘ich ipini ham so‘rangiz. Chunki, Alloh muyassar qilmasa u hech qachon qo‘lga kirmaydi»— dedilar.
Hoy Allohning bandalari, Alloh, bandasining Allohdan ehtiyojlarini berishini yalinib-yolborib so‘rashini suyadi. Chunki, Alloh — saxovatli, ikki qo‘li ochiq, xohlaganicha infoq qila oladigan ZOTdir. Egadorlik qo‘lida va barcha narsaga qodir bo‘lgan barcha olamlar Robbisi — Alloh barakotli va ulug‘ bo‘ldi.


Qayd etilgan


BecK_Uz  11 Sentyabr 2009, 21:05:49

OlLoh Taolodan Nima So'ragan Bo'lardiz emas,(To'ri man BU Forumda yangiman NU manimcha mavzu Nomi Ozgina Hatolikka Yo'l Qo'yilgan,)Nimalarni So'reysiz Deyilsa To'ri bo'larmidi,,,Albatta Man doimo O'qigan Namozlariimda Olloh taolodan Ota Onam Doimo Sog' Salomat Bo'lsihlarini So'reyman,Hech Qachon Ko'zlaridan yosh Oqmasligini Iltimos qilaman.Brovga Zor qilmasligini,Mo'min Bandalardan Qilishini n.O'zi Tog'gri Yo'lidan Adashtirmasligni So'reyman..Olloh taolo Barchamizni Qilgan Duolarimizni Ijoba Etsin...

Qayd etilgan


zuhrahon  07 Oktyabr 2009, 12:48:42

.

[вложение удалено Администратором]

Qayd etilgan


zuhrahon  09 Oktyabr 2009, 21:38:32

Duolarim

Bu dunyodan o'tmagum,
Chin mo'min bo'lmaguncha.
Rosulimning tuprog'iga,
Bir bor boshim qo'ymaguncha.

Ibodatning chin lazzatin,
Qalbdan his etmaguncha.
Duoyimni mustajob et,
So'nggi fursat yetmaguncha.

Duolarim takrorlagum,
Arshga borib yetmaguncha.
Duo birla ko'z yoshlarim,
Daryo bo'lib ketmaguncha.

Oqib borib Nil kabi,
Makkani zabt etmaguncha.
Ruhim chiqib tanamdan,
Haq tomonga ketmaguncha.

2008yil, 19-22 Aprel (Umar)



Qayd etilgan


Muzayyana  10 Oktyabr 2009, 10:41:09

Jannatni, jannatni va faqat adadiy rohatni

Qayd etilgan


Ansora  17 Oktyabr 2009, 11:18:03

Rabbim, shaytonni makriga aldanishdan qo'risin. Kuchli iymon bersin insholloh...

Qayd etilgan