Siz Olloh s.t dan nimani suragan bo'lardiz  ( 18111 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 B


Mahdiyah  02 Noyabr 2009, 07:40:45

Go'zal sabr qilguvchilardan qilishini...(har qanday holatda)

Qayd etilgan


Munira xonim  02 Noyabr 2009, 21:29:27

 :as:

men uchun, nafaqat men uchun, barcha musulmon dunyosi uchun so'ragan bo'lardim:
Dini Islomga rivojni;
musulmonlarga shijoat va jasoratni;
barcha musulmonlarni bir joyga jamlashga qodir kishini;
erkaklarga mardlikni, diniy bag'rikenglikni;
ayollarga hayoni, iymon butunligini;
va nihoayt har bir mo'minga buyuk iymon, ilm va amalni tilagan bo'lardim.

PS:Bular barchasi o'zim va farzandlarim, qolaversa barcha uchun Allohdan tilaganlarim.
Alloh duolarimizni ijobat qilsin. Va bu yo'lda bizlarga sabru jamiyl ato qilsin. Amiyn.

Qayd etilgan


Muslimа  02 Noyabr 2009, 23:13:59

 :as:

      "Ey(Muhammad), bandalarim sendan Men haqimda so'rasalar, Men ularga yaqinman. Menga duo qilgan paytlarida, duogo'ylarning duosini ijobat qilaman. ...." Baqara 186-oyat

      Allah taoloning marhamati keng. Biz bandalar duo qilib, so'rab charchashimiz mumkin, lekin Allah subhanahu taolo bizni duolarimizni ijobat qilishdan, so'raganimizni berishdan hech qachon charchamaydi... SubhanAllohi va bihamdihi!

Qayd etilgan


Ansora  03 Noyabr 2009, 14:41:30

Biz hech qachon o'zlarini o'ylamay, doimo "Ummatim, Ummatim", degan Payg'ambarning Ummatimiz (insholloh, Rabbim loyiq ko'rib, nasib etsa va Payg'ambarimiz (S.A.V) ham shafoat etsalar) shunday ekan, duolarda avvalo doimo dunyodagi butun Musulmon qardoshlarimizga, eng ohirida o'zimizga duo qilishdan shayton adashtirmasin insholloh.
Dunyo bo'ylab, bir-biriga duo etayotgan Musulmon qardoshlarimizning duo chambarlarida bizlarning ham duolarimiz qo'shilishi niyyati bilan, bir-biridan go'zal duolaringiz qabul bo'lishini shu azoni Muhammadiy haqqi hurmati Yaratgan Egamdan tilab qolaman....

Qayd etilgan


Hadija  05 Noyabr 2009, 18:50:30

O'zini rizoligi yo'lida butun umrimni O'zi suygan hayirli amallarda Sobit va Qoyim bo'lib, La Ilaha IllaAllah kalimasini so'nggi nafasimda tilim b-n aytib dilim bilan tasdiq etishini. O'zining rizoligiga erishtirishini, Jamiyki musulmonlarga O'zi nusrat ato qilib Rahmat nazari ila boqishini, Hidoyatidan bebahra qolganlariga Hidoyat nurlari ila qalblarini yoritishini tilab so'rab qolaman!...

P.S: Aslida so'raydigan narsalarim kooo'p, ammo bu yerga sig'maydida...

Qayd etilgan


Muvahhid  05 Noyabr 2009, 19:52:37

ALLOH taolo barcha musulmonlarni va shular qatorida ota-onamni,O'zining mehri va rahmatidan benasib qilmasligini surab qolaman !...

Jon taslim qilayotgan vaqtimizda barchamizni tilimiz va dilimizdan "La Ilaha Illalloh" kalimasini ishonch bilan aytilishini surab qolaman!...

Tavhid ilmiga katta hissa qo'shgan buyuk allomalarning Vatani bo'lgan,Vatanim O'zbekistonni Islom va Iymon saltanati bo'lishini tilab qolaman !!!

Qayd etilgan


Mahdiyah  05 Noyabr 2009, 19:57:05

JANNATUL FIRDAVSNI...

Payg’ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam marhamat qiladilar:
"œJannatda yuzta daraja bor.
Har bir darajaning boshqa daraja bilan orasi osmon bilan yer orasi kabi keng.
Firdavs bularning eng yuqorisidagidir.
Uning ustida Arsh bor.
Allohdan Jannatni so’ragagningizda Firdavsni so’ranglar"
"œKutubi sitta", 14/237


Qayd etilgan


Humayro  29 Iyul 2011, 12:05:53

dardimga shifo, ko'nglimga ziyo, iymonimga quvvat, dilimga hikmat, tilimga rostgo'ylik...ota-onamga sog'liq, yaqinlarimga hidoyat, bolalarimga ofiyat, ummatga inoqlik, insoniyatga tinchlik, dunyoga vafo....adog'i yo'q orzularning...

XAYOLIMNI ORZUALRDAN BO'SHATISHINI SO'RARDIM,
ORZU QILMAY YASHASHNI O'RGATISHINI SO'RARDIM

Visoliga yetishni so'radim

Qayd etilgan


Usmon  29 Iyul 2011, 13:06:57

Orzu qilib yashayotganim uchun shukur qilardim. Orzular olami naqadar go'zalligini ko'rsatgani uchun shukur qilardim ))

Haqiqat yo'lini ayon qilishini so'rardim. O'zimga sabr, insof tilardim.

Qayd etilgan


akula  29 Iyul 2011, 13:41:46

Tinchlik osoyishtalikni surgan bulardim  va sog'lik salomatlikni surardim

Qayd etilgan