IYMON ZINALARI  ( 29175 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 B


ЖАМШИДЖОН  09 Sentyabr 2009, 09:07:32

Iymon — g’am-qayg’uni ketkazuvchi, iymon — Ollohni yolg’iz deguvchilarning shodligi, obidlarning tasallisidir. O’tgan narsa o’tib ketdi, o’tmish nihoyasiga yetdi, u haqda o’ylama. Bitilgan qazoyi qadarga, taqsimlangan rizq-ro’zga rozi bo’l, xavotirni tark qil. Ogoh bo’l! Ollohni zikr qilish bilan qalblar orom olib, gunohlar kamayar. G’ayblarni bilguvchi Zot rozi bo’lsa, g’am-qayg’u chekinar.
   
   Birovdan rahmat kutma, barcha hojatlar Undan so’ralguvchi. Hech kimga muhtoj bo’lmagan mangu tirik Zotning savobi senga kifoya. Nonko’r, hasadgo’yning adovati esa senga ziyon qilmas. Tong otgach, tunni kutma, buguning uchun yashab, buguning uchun g’am chek, ertang uchun g’am chekma. Chunki bugunning islohi ertaning islohidir. Qalbingni hasad-adovatdan pok tut, qalbingda nafrat, jirkanishni chiqarib tashla. O’zingni yaxshi odamlarga yaqin tut. Uyingdagi ishlarga mashg’ul bo’l, odamlarga kamroq aralash.
   
  Kitob eng yaxshi do’st, kitoblar bilan hamsuhbat bo’l. Ilmni do’st tut, ma’rifatga hamroh bo’l. Koinot tartib-intizomdan iborat. Uy-joy, kiyim-kechak bilan bog’liq majburiyatlaringda tartibga rioya qil. Badantarbiya bilan shug;ullan, dangasalik, maqsadsiz hayot kechirishdan uzoq bo’l hamda bekorchilik, ishsizlikka nuqta qo’y.
 
   Tarixni o’qi, undagi hodisalar haqida fikr yurit, xulosalar qil. Hayotingni yangila, yashash uslublarini o’zgartir, xurofiy odatlardan kech. Badbinlik, omadsizlik va ma’yuslikni targ’ib qiladigan kitoblarni o’qima. Parvardigoringning mag’firat daryosi keng ekanini, bandalarini
afv etib, tavbalarini qabul qilishini, yomonliklarni yaxshilikka o’zgartirishga qodir Zot ekanini esla"¦
   
   Qur’on bilan yasha, uni yod ol, tilovat qil, tingla, fikr et. Chunki Qur’;on barcha g’am-qayg’ularning eng yaxshi davosidir. Olloh taologa tavakkul qil, ishlarni Unga topshir, Uning hukmiga rozi bo’l, Unga murojaat qil, Ungagina ishon.
   
   Senga zulm qilganni kechir, sendan uzilganga bog’lan, ehson qil, zolimlarga halim bo’l, osuda hayot kechirasan. Kelajakka ishonch bilan qara, noumid bo’lma. Olloh istiyorida ekaningdan xursand bo’l, chunki sen g’am-alam yoki shod-xurramlikning qaysi biri senga foyda ekanini bilmaysan. Balo-ofat seni Olloh taologa yaqinlashtiradi, duoni o’rgatadi, sendan kibr, manmanlik va faxr tuy’gularini ketkazadi.
   
  Gumon-shubhalardan, buzuq fikr-xayollardan uzoq bo’l. Dunyo g’am-anduh, tashvish va xavotir hovlisidir. Olloh taolo senga yetgan g’am-anduh, ochlik, faqirlik, kasallik, musibatlarning barchasiga ajr-mukofot beradi. Musibat ko’zlarni ochib, qalbni uyg’otadi, nafsni tiyadi, qullikni eslatib, savobni oshiradi. Falokatni kutma, mish-mishlarga ishonma, uydirmalarga taslim bo’lma"¦  "Hilol" taqvimi, III chorak

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  16 Sentyabr 2009, 09:59:58

Yana bir holat borki, voqealar bizning ixtiyorimizdan tashqarida sodir bo‘ladi. Yomg‘irning yog‘ishi, daraxtning unib chiqishi, tabiiy ofatlar, qornimiz ochqashi, tug‘ilishimiz, o‘lishimiz, jinsimiz, rizqimiz va hokazolarning barchasi bizning xohishimizsiz amalga oshadi. Bu doiradagi voqea va hodisalar uchun inson ma’suliyatli emas. «Nega qorning ochqadi?» deb birovni ayblamaymiz, yoki «nimaga tug‘ilding?» deb hech kimdan o‘pkalamaymiz. Biz hammamiz Hojiboy Tojiboev aytganidek, hosil yaxshi bo‘lsa «yaxshi ishladik», yomon bo‘lsa ob-havo chatoqligini bahona qiladigan dehqonga o‘xshaymiz. Alloh tomonidan berilgan nasab, husn, boylik bilan maqtanamiz-u, o‘z ixtiyorimizga qoldirilgan iymon va amalga kelganda Allohning taqdiriga ag‘daramiz. Ko‘p kuzatiladiki, inson ixtiyoridan tashqari sodir bo‘lgan voqealarda ham o‘zini ayblashi yoki kibrga berilishi mumkin. Chiroyli qiz o‘zini boshqalardan yuqori tutadi, boyvachcha yigit bu mulkni o‘z aqli va harakati bilan topganman, deb o‘ylaydi. Bilmaydi-ki, undanda aqlliroq va ko‘proq harakat qilgan boshqasi kasodga uchragan. Olim o‘z ilmi bilan keriladi, yuz odamdan Alloh unga shu ilmni munosib ko‘rganini, u esa o‘z navbatida bu omonatni boshqalarga yetkazishi va bundan ta’ma qilmasligi lozimligini kam o‘ylaydi. Alloh taolo hammamizni faqat yaxshi amallarni bajarishda musobaqa qilishga chaqirgan. Qiyomatda biz iymonimiz va amalimiz bilan hisob kitob qilinamizmi, demak aynan shu narsa o‘z ixtiyorimizga qoldirilgan. Shu tufayli inson farishtalardan ham a’lo ko‘rilgan, shu sababli inson qiyomatda hayvonlardan-da ayanchli ahvolga tushib qoladi.


Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  01 Oktyabr 2009, 16:03:16

MUSULMON BIRODARINGIZNI HAQORAT QILMANG

Alloh taolo marhamat qiladi: "œMo‘min va mo‘minalarga ular biron gunoh qilmasliklaridan turib ozor beradigan kimsalar ham bo‘hton va ochiq gunohni o‘z ustlariga olibdilar" (Ahzob surasi, 58).

Ya’ni, iymon ahliga hech bir gunoh-jinoyat qilmasalar-da, ozor beradigan kimsalar o‘z ustlariga yolg‘on, bo‘hton va ulkan gunohni yuklab olgan bo‘ladilar.

"œEy iymon keltirganlar, (sizlardan bo‘lgan) bir qadam, boshqa bir (mo‘min) qavmdan masxara qilib kulmasin, ehtimol (o‘sha masxara qilingan qavm) ulardan yaxshiroq bo‘lsalar. Yana (sizlardan bo‘lgan) ayollar ham (boshqa mo‘mina) ayollar ustidan masxara qilib (kulmasinlar) — ehtimolki, (o‘sha masxara qilingan ayollar) ulardan yaxshiroq bo‘lsalar. O‘zlaringizni (ya’ni, bir-birlaringizni) mazax qilmanglar va bir-birlaringizga laqablar qo‘yib olmanglar. Iymondan keyin fosiqlik bilan nomlanish (ya’ni, mo‘min kishining yuqorida man qilingan fosiqona ishlar bilan nom chiqarishi) naqadar yomondir. Kim tavba qilmasa, bas, ana o‘shalar zolim kimsalardir" (Hujurot surasi, 11).


Ya’ni, kimki masxaralab kulish, mazax qilish va laqab qo‘yishdan tavba qilmas ekan, ana o‘sha kimsalar o‘zlarini azobga giriftor qilganlari sababli haqiqiy zolimlardir.


Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  01 Oktyabr 2009, 16:04:59

Rasululloh (s.a.v.)  aytdilar: "œQiyomat kunida Alloh nazdida eng yomon darajali kimsa — beodobligi-uyatsizligidan saqlanish maqsadida odamlar tark qilgan yoki odamlar o‘z holiga tashlab qo‘ygan kishidir" (Muttafaqun alayh).


Rasululloh (s.a.v.)  aytdilar: "œMusulmonga musulmonning nomusi, moli va qoni haromdir. Taqvo shudir. Musulmon birodarini haqorat qilishi kishining yomonligiga yetarli dalildir" (Termiziy rivoyati).


 Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: "œMusulmon musulmonning birodaridir, unga zulm qilmaydi, uni tahqirlamaydi, yordamsiz tashlab qo‘ymaydi". So‘ng: "œTaqvo mana bu yerdadir", deya ko‘ksilariga uch marta ishora qildilar va: "œMusulmon birodarini haqorat qilishi kishining yomonligiga yetarli dalildir", dedilar (Muslim rivoyati).


Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: "œMusulmonni so‘kish fosiqlik, o‘ldirish esa kufrdir" (Muttafaqun alayh).


Abu Hurayra roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: "œRasululloh (s.a.v.)ga: "œFalonchi ayol kechalari namoz o‘qib, kunduzlari ro‘za tutadi. Biroq tili yomon, qo‘shnilariga behayolik bilan ozor beradi", deyishgan edi, u zot (s.a.v.): "œUnda yaxshilik yo‘q, u do‘zaxda", dedilar (Hokim rivoyati, sahih hadis).




Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  01 Oktyabr 2009, 16:07:29

CHAQIMCHILAR JANNATGA KIRMAYDI

Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œShayton arab yarim orolida o‘ziga namozxonlar ibodat qilishidan umidini uzdi. Biroq ular orasiga nifoq solishdan umidini uzgani yo‘q" (Muslim rivoyati).

Ikki odamga ozor beradigan gaplarni tashiydigan har kimsa shayton guruhidan bo‘lgan chaqimchidir, eng yaramas odamdir. Zero, Payg‘ambar (s.a.v.) aytganlarki: "œSizlarga eng yomon, eng yaramaslaringiz kimlar ekanini xabar qilayinmi?! Ular chaqimchilik qilib yuruvchilar, yor-do‘stlar orasini buzuvchilardir" (Imom Ahmad rivoyati).

Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: "œChaqimchilar jannatga kirmaydi" (Muttafaqun alayh).

Chaqimchi — odamlar orasida, "œfalonchi sen haqingda undoq dedi, "œfalonchi bundoq qildi" kabi gaplarni tashuvchi kimsadir. Biron yomonlikdan ogohlantirish uchun yoki boshqa bir foydani ko‘zlab xabar keltirish bundan mustasno.

Jonivorlarni bir-biriga gijgijlab urishtirish ham haromdir. Xo‘roz, qo‘chqor, it va boshqa barcha jonivorlarni urishtirishdan Rasululloh (s.a.v.) qaytarganlar. Kim bu ishni qilsa, Alloh va rasuliga osiy bo‘ladi. Shuningdek, xotinni eriga, qulni xo‘jayinga qarshi qayrash ham harom.

Rasululloh (s.a.v.) aytganlarki: "œXotinni eriga va qulni xo‘jayiniga qarshi aldab yo‘ldan urgan kimsa bizdan emas" (Abu Dovud, Nasoiy, Ibn Hibbon rivoyati).

Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiyning

"œGunohi kabiralar" kitobidan olindi



Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  02 Oktyabr 2009, 15:13:53

Janobi Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ga salovot keltirish joizligini ta’kidlab o‘tgandik. Bu gal shu mavzu xususida so‘z yuritamiz. Muhammad Mustafo (s.a.v.)ga salovoti sharif keltirish:

— Alloh taolo va Uning Rasuli Muhammad Mustafo sallallohu alayhi va sallamning roziligini qozonishni;

— moddiy va ma’naviy qiyinchiliklarni bartaraf etishni;

— rizq yanada ko‘payishini;

— Alloh taboraka va taolo tomonidan duolar qabul bo‘lishini ta’minlaydi.

Salovot va salom keltirishdan asosiy maqsad Alloh va uning Rasulini mamnun etishdir. Faqatgina shu yo‘l bilan inson o‘zini jahannam azobidan uzoqlashtira oladi. Payg‘ambarimizga salovot keltirish balo-qazolardan asrashi haqida sahobalar tomonidan ko‘plab rivoyatlar keltirilgan. Hadislarda "œJanobi Haq o‘ta marhamatli Zotdir. Ikki salovot o‘rtasidagi duoni rad etmaydi. Ularni ham qabul qilib,  qulining istagini amalga oshiradi", deb yoziladi.


Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  02 Oktyabr 2009, 15:14:22

Shayx Abu Hafs Umar (r.a.)dan shunday rivoyat qilinadi:

"œBir kuni buyuk zotlardan, solihlardan biri Ka’bai muazzamni tavof qilarkan, bir insonning hech qanday duo o‘qimay, qayta-qayta salovoti sharif keltirayotganini eshitib qoldi. Qiziqib uning harakatlarini kuzata boshladi. U odam Arofatda va boshqa ziyorat joylarida ham tinmay salovot o‘qirdi. Ajablangan hazrat undan:

— Ey, ziyoratchi, ma’lumki, har bir maqomning o‘qiydigan duosi bor, lekin sen bularni o‘qimasdan barcha muborak maqomlarda salovoti sharif keltiryapsan. Buning bir hikmati va sababi bormi? — deb so‘radi. 

— Ha, hazratim. Buning bir ibratli hikoyasi bor va u umrimdagi eng hayajonli hodisadir, — deb javob qildi haligi kishi. So‘ng gapida davom etdi: — Otam bilan birgalikda Xurosondan hajga borish niyati bilan yo‘lga chiqdik. Olis safardan so‘ng Kufa shahriga yetib keldik. U yerda otam kutilmaganda vafot etdi. Yuzini yopib, kafan qidirgani tashqariga chiqdim. Qaytib kelganimda otamni yana bir bor ko‘ray, deb yuzini ochdim. Rabbim, bu qanday hol?! Otamning yuzi eshakning yuzi edi. Bunday aziyatdan o‘zimni yo‘qotib qo‘ydim. Soatlarcha ko‘zyosh to‘kib, musofir yurtlarda boshimizga tushgan bu musibatlar sababi ne ekanini o‘ylagan holda uxlab qoldim.

Tushimda yuzidan nur yog‘ilib turgan bir inson keldi. Otamning yuzini ochib, muborak qo‘li bilan mash etdi va: "œNega xafa bo‘lasan? Aslo xafa bo‘lma. Janobi Haq aziyatingni yo‘q etdi", dedi. Hayajon bilan darhol otamning yuzini ochib ko‘rdim. Ne ko‘z bilan ko‘rayki, otamning yuzi oy kabi porlar edi. U Zotdan: "œSiz kimsiz?" deb so‘radim. "œMen Allohning rasuliman", deb javob berdi ul Muborak Zot. Men darhol U Zotning oyoqlariga yiqildim: "œYo, Rasululloh (s.a.v.), boshimizga tushgan bu musibat nimadir?" "œSening otang sudxo‘r edi. Hayotida doimo sudxo‘rlik qilardi. Janobi Haq sudxo‘r insonni qiyomat kuni eshak shaklida tiriltiradi. Lekin otangning bir yaxshi odati bor edi. Hayoti davomida yotishdan avval menga 100 marotaba salovot keltirar edi. Janobi Haq menga keltirilgan salovoti sharif hurmati ibrat uchun uning yuzini o‘zgartirdi hamda mening shafoatimga sazovor qildi", dedilar.

Ana shu kundan buyon farz ibodatlarni qilganimdan so‘ng Rasululloh (s.a.v.)ga salovot keltirish bilan mashg‘ul bo‘laman. Qachon bo‘sh qolsam, U Zotga salovoti sharif keltiraman".

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  02 Oktyabr 2009, 15:19:24

"œYo, rab, duoimni qabul ayla!"


Rivoyat qilishlaricha, Mansuri Ummor (r.a.) minbarda turib va’z aytayotganlarida bir tilanchi kelib:

— Yo, shayx, menga to‘rt dirham topib bering, juda muhtojman, — deb so‘radi.

Mansur (r.a.) xaloyiqqa qarab:

— Kimki shu gadoyga to‘rt dirham bersa, uning haqiga to‘rtta duo qilurman, — dedilar.

Odamlar orasida bir qora tanli qul ham bor edi. U o‘rnidan turib:

— Yo, shayx, men bir g‘ayridinning quliman. Bisotimda to‘rt dirham pulim bor, agar va’dangizga vafo qilib, mening haqimga to‘rtta duo qilsangiz, shu pulni sizga beraman, — dedi.

Ul zot qulga qarata:

— Pulingni gadoyga ber, men va’damga vafo qilaman va sening haqingga to‘rtta duoni aytaman, — deb javob qildilar.

Qul pullarini tilanchiga berib:

— Yo, shayx, men qulman. Avval duo qilingki, men ozod bo‘lay, keyin, mening xojam g‘ayridindur, duo qilingki, u islomga kirsin, yana duo qilingki, Alloh subhonahu va taolo menga boylik bersin va so‘ng yana duo qilingki, Alloh taolo mening gunohlarimni mag‘firat qilsin, — deya qo‘lini duoga ochdi. Shayx uning haqiga to‘rtta duo qildilar. Qul borib voqeani xojasiga aytib berdi. Nasroniy xoja darhol qulni ozod qildi va shahodat kalimasini aytib islomga kirdi: "œBarcha molu dunyomga seni sherik qildim. Shayxning uchta duosi qabul bo‘ldi. Alloh taolo sening gunohlaringni kechirishi mening qo‘limda emas". Shu payt g‘oyibdan ovoz eshitildi: "œAlloh taolo ikkingizning va shayx Mansurning gunohlarini mag‘firat etib, sizlarni do‘zax otashidan xalos qildi". 


Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  02 Oktyabr 2009, 15:19:57

duoning qabul bo‘lishi uchun qilinadigan amallar haqida so‘z ochgan edik. Bu gal esa qay holatda Alloh taolo duoni qabul etmasligi haqida so‘z yuritamiz.


Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.)dan "œDuo ijobatiga nimalar monelik qiladi?" deb so‘raganlarida, Ul Zoti sharif: "œHaromxo‘rlik, g‘aflatda qolish, takabburlik va tavba sindirishlik duo ijobatiga to‘sqinlik qiladi. G‘ofil qalbning duosini Alloh taolo qabul etmaydi. Yana duoingiz ijobat bo‘lishini istasangiz yolg‘on so‘zlamang va harom luqma yemang", deb javob berganlar.

Ibrohim binni Adham (r.a.) aytadilar: "œO‘n xil sabab bilan qalbingiz o‘lik holga kelib, duoingiz Alloh tomonidan mustajob bo‘lmaydi. Ular quyidagi sabablar:

Birinchidan, Alloh taoloni taniysiz, ammo uning buyurganini qilmaysiz, o‘z bilganingizdan qolmaysiz.

Ikkinchidan, Qur’on tilovat qilasiz, lekin unga amal qilmaysiz.

Uchinchidan, Rasululloh (s.a.v.)ga muhabbatni da’vo qilasiz, ammo payg‘ambarimizning sunnatlarini bajo keltirmaysiz.

To‘rtinchidan, shaytonni dushman deb bilasiz, lekin erta-yu kech uning aytganlarini qilasiz.

Beshinchidan, jannatga kirishni istaysiz, ammo kirish uchun tayyorgarlik ko‘rmaysiz.

Oltinchidan, do‘zaxdan xalos bo‘lishni xohlaysiz, biroq o‘zingizni do‘zaxga tashlaysiz.

Yettinchidan, o‘limni haq deb aytasiz, ammo unga hozirlik ko‘rmaysiz.

Sakkizinchidan, o‘z aybingizni ko‘rmaysiz-u, boshqa bir musulmon birodaringizning aybini izlaysiz, g‘iybatini qilasiz.

To‘qqizinchidan, Alloh subhonohu va taoloning ne’matlarini yeysiz-u, shukrini keltirmaysiz.

O‘ninchidan, har kuni qo‘shnilaringiz, qarindoshlaringizning o‘limini ko‘rib turib ham o‘z o‘limingizdan bexabarsiz". 

Azizlar, agar: "œDuo qilyapman-u, Tangrim ijobat etmayapti", degan shubhada yurgan bo‘lsangiz, yuqoridagi sabablardan biri sizda mavjud. O‘zingizni yaxshilab tahlil qilib ko‘ring. Qalbingizni poklagandan so‘ng "œYo, Rabbim, duoimni ijobat etgin", deb iltijo qiling. Agar siz halol, saxiy, qanoatli, mehribon va birovga zarari tegmagan inson bo‘lsangiz, inshoolloh, Yaratgan Egam, albatta, duoingizni qabul aylab, niyatingizga yetkazadi. Har birimizga hamisha faqat yaxshi duolar qilib yurishni nasib aylasin.


Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  02 Oktyabr 2009, 15:47:10

SUDXO'RLIKDAN SAQLANING


Sizu bizni yaratgan Allohga hamdu sanolar bo‘lsin!

Aslida odamzod har bir qilayotgan amali, uning oqibati haqida o‘ylaganida, gunoh qiluvchilar soni kam bo‘larmidi? Bu olamda gunohsiz odamning o‘zi yo‘q. Beayb parvardigor. Biroq qilinayotgan ishning qay darajada xato ekanligi, qanday gunohlar sirasiga kirishi Qur’onu hadislarda bayon etib qo‘yilgan. Afsuski, ba’zi toifa odamlar bu kalomlardan bexabar, g‘aflatda yashashadi.


Sudxo‘rlik. Bu tushuncha haqida yaxshi bilsangiz kerak. Kimgadir qarz berib, ana shu qarzni qo‘shimcha pul bilan qaytarishni talab qiluvchi kimsaga nisbatan sudxo‘r atamasi ishlatiladi. Imkoniyatingiz bo‘lsa-yu, kimdir sizdan qarz so‘rab kelsa... Alloh roziligi uchun ana shu bandaning hojatini ravo qiling, biroq qarzingizni "œFalon so‘m foizi bilan qaytaring", demang


Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: "œKechqurun (tushimda) ikki kishini ko‘rdim. Ular kelib meni muqaddas yerga olib chiqishdi. Yurib-yurib qonli daryoga duch keldik. Daryoda bir kishi bor edi. Sohilda boshqa kishi xarsang tosh ushlab turardi. Daryodagi kishi kelib chiqmoqchi bo‘lgan edi, narigi kishi tosh bilan og‘ziga urib kelgan joyiga qaytarib yubordi. U qachon kelib chiqmoqchi bo‘lsa, tosh bilan og‘ziga urar va u yana oldingi joyiga qaytib ketardi. "œDaryodagi kishi kim?" deb so‘ragan edim, "œSudxo‘r", deb javob berishdi".


Demak, sudxo‘r odam o‘lgan vaqtidan to qiyomat kunigacha qonli daryoda suzib, tosh bilan "œsiylanadi". Bu azob barzax — qabrda bo‘ladi. Bundan tashqari, Rasululloh (s.a.v.) sudxo‘rni (foiz yeyuvchini), oldiruvchini, kotibni va guvoh bo‘luvchini — hammasini gunohda barobar, deganlar.






Qayd etilgan