IYMON ZINALARI  ( 29133 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 B


ЖАМШИДЖОН  02 Oktyabr 2009, 15:47:46

Alloh taolo aytadi: "œEy, mo‘minlar, (bergan qarzlaringizni) bir necha barobar qilib (olish bilan) sudxo‘rlik qilmangiz! Allohdan qo‘rqingiz! (Shunda) shoyad najot topgaysiz!" (Oli Imron surasi 130-oyat)

Yana Qur’onning "œBaqara" surasi 275-oyatida "œSudxo‘r bo‘lgan kimsalar (qiyomat kunida qabrlaridan) turmaydilar, magar jin chalgan majnun kabi turadilar. Bunga sabab ularning: "œBay’ (oldi-sotdi) ham sudxo‘rlikning o‘zi-ku!" deganlaridir". Ya’ni, ular Alloh harom qilgan ish — sudxo‘rlikni halol bildilar. Shu sababli qiyomat qoyim bo‘lib, Alloh odamlarni qayta tiriltirgan vaqtda sudxo‘rlardan tashqari barcha odamlar qabrlaridan tezda turib ketadilar. Sudxo‘rlar esa xuddi tutqanog‘i bor odamdek o‘rinlaridan turishlari bilan yiqiladilar. Ularning dunyoda sudxo‘rlik orqali yegan harom narsalarini Alloh qiyomat kunida qorinlarida ko‘paytirib qo‘yadi va bu ularga og‘irlik qiladi. Ular turmoqchi bo‘ladilar-u, biroq yiqilib tushaveradilar. Qarangki, bu dunyoda sudxo‘rlikdan topgan boyliklar, u dunyoda bandaning oyog‘iga kishan bo‘larkan.

Muhammad (s.a.v.): "œQaysi qavm orasida zino va sudxo‘rlik avj olsa, ular o‘zlariga Allohning azobini olgan bo‘ladilar", deganlar. Yana Ul Zot aytadilar: "œKishining bila turib sudxo‘rlikdan yegan bir dirhami o‘ttiz olti marta zino qilganidan ham og‘irroqdir". Sudxo‘rlik ham katta gunohlar sirasiga kiradi. Ba’zida hayotni kuzatsangiz, qarz olgan odam qarzidan ko‘ra ko‘proq foiz to‘laydi. Axir, bu nohaqlik-ku!

Xabarlarda aytilishicha, sudxo‘rlar it va to‘ng‘iz suratida qayta tiriladilar. Ular ham o‘zlaricha turli hiylalarni ishlatadilar. O‘zlarining ayblarini turli bahonalar bilan oqlamoqchi bo‘ladilar. Biroq hammasini ko‘rguvchi Alloh taolo bor. Yaratganga ularning hiylalari maxfiy emas-ku.

Shunday ekan, aziz yurtdoshim, birovga qarz berib, uni ortig‘i bilan qaytarishni ta’ma qilmang. Zotan, har qanday pulning, boylikning barakasini berguvchi yolg‘iz Allohdir! Har birimiznnig molu dunyomizga Yaratganning o‘zi baraka ato etib, sudxo‘r bo‘lish gunohidan asrasin.


Qayd etilgan


habar  05 Oktyabr 2009, 06:35:13

IYMON ZAIFLIGINI MUOLAJA QILISH.

1.Qur'on ma'nolarini tadabbur qilish.
2.Alloh taoloning buyukligini fikr qilish.
3.Shar'iy ilmlarni talab qilish.
4.Solih amallar qilishga shoshilish.
5.Ezgu ishlarda jiddiyat bilan bardavom bo'lish.
6.Ibodatlar Alloh huzurida qabul bo'lishini umid qilish bilan birga, qabul bo'lmy qolishidan ham havfsirash.
7.Hunuk oqibatdan qo'rqish.
8.O'limni ko'p eslash.
9.Ohirat ishlarini ko'p o'ylash.
10.Allohning oyat-mo'jizalari haqida tafakku qilish.
11. Allohga tavba tazarru qilish.
12.Orzu-havasni kam qilish.
13.Alloh uchun yahshi ko'rish va yomon ko'rish.
14.Tavozu'li bo'lish.
E'tiqodi sustlashib qolgan kishi dastlab bu ishlarni bajarishga qiynaladi.Bajara boshlaganida ham, davomli bo'lish, mahkam turish og'ir kechadi.Ammo sabr matonat bilan, Allohdan tavfiqu hidoyat so'rab jiddu jahd qilsa, inshaalloh, iymon nuri ziyodalashib,haq yo'liga tushib ketadi.

Qayd etilgan


siddiqa  05 Oktyabr 2009, 09:41:48

 :as:

ey ,yaqiyyn ,ey iymon ...................
buncha zinalaring  silliq ,toyib ketdimkuuu,
keng bo'lsa ham bu olam ...sensiz ey iymon ne qilman ,yashab shod yoki hurram ,
baht bormikin sensiz ........sen ila Robbimga yaqinlashishdan boshqa ......
ey.iymon kelib meni qo'yib yuborma ,pechak kabi qalbu jismimni o'ra ,
taqvo libosini ham kiydir ham qalbimga  ......o'zimga ,jonimga ....
ey ......iymon .. :2 :2 :2

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  06 Oktyabr 2009, 14:14:36

HAJ QILDINGIZMI, BIRODAR?

 Shayx Junayd Bag‘dodiy safarga otlangan bir odamdan so‘radilar:

— Qaerga ketayapsiz?

— Hajga.

Junayd hazratlari duoga qo‘l ochib uni kuzatdilar.

O‘sha odam hajdan qaytgach, ul zot bilan yana uchrashdi. Shayx Junayd so‘radilar:

— Haj qildingizmi?

— Qildim.

— Kiyimingizni yechdingizmi?

— Ha.

— Qilgan har bir yomon amallaringizdan ham forig‘ bo‘ldingizmi?

— Yo‘q.

— Siz kiyimingizni yechmabsiz. Poklandingizmi?

— Ha.

— Bu poklanishdan so‘ng o‘zingizdagi barcha illatlarni ketkazdingizmi?

— Yo‘q.

— Siz poklanmabsiz. Haramga kirdingizmi?

— Kirdim.

— Haramga kirganingizda har qanday haromni tark etishga qaror qildingizmi?

— Yo‘q.

— Yo‘q, siz haramga kirmabsiz. Masjidi haramga kirdingizmi?

— Kirdim.

— Allohga yaqinlashishga erishdingizmi?

— Yo‘q.

— Siz masjidga kirmabsiz. Ka’bani ko‘rdingizmi?

— Ha.

— Alloh uchun intilgan g‘oyangizga erishdingizmi?

— Yo‘q.

— Siz Ka’bani ko‘rmabsiz. Safoga chiqdingizmi?

— Ha.

— U yerda nima qildingiz?

— Takbir aytdim.

— Safoga chiqish bilan siringiz soflashdimi? Parvardigoringizni takbir aytib ulug‘lash bilan koinot ko‘z o‘ngingizda kichraydimi?

— Yo‘q.

— Siz safoga chiqmabsiz, takbir ham aytmabsiz. Marvada turdingizmi?

— Ha.

— Marvada ekanligingizda ko‘nglingizni botiniy xotirjamlik tutganini sezdingizmi?

— Yo‘q.

— Siz Marvada turmabsiz. U yerdan Minoraga bordingizmi?

— Ha.

— Tilaganingiz sizga berildimi?

— Yo‘q.

— Siz Minoraga bormabsiz. Hayfa masjidiga kirdingizmi?

— Ha.

— Bu masjidga kirmoqlik ila qo‘rquvlaringiz ketdimi?

— Yo‘q.

— Unda siz hayfa masjidiga kirmabsiz. Arafotga ham chiqdingizmi?

— Ha.

— O‘zingizning yaratilganingizu va borib yetadigan holingizni fikrladingizmi? Parvordigoringizni tanidingizmi? Alloh sizga xos bandalarigagina bildiradigan holni ko‘rsatdimi?

— Yo‘q.

— Siz Arafotga chiqmabsiz. Mash’arga yugurdingizmi?

— Ha.

— U yerga mosuvoni unuttiradigan darajada Allohni zikr qildingizmi?

— Yo‘q.

— Siz Mash’arga chiqmabsiz. Qurbonlik qildingizmi?

— Ha.

— Shahvatlaringizni va o‘z irodangizni Haq rizosi yo‘lida yo‘q qildingizmi?

— Yo‘q.

— Siz qurbonlik qilmabsiz. Shaytonga tosh otdingizmi?

—  Otdim.

— O‘zingizdagi jaholatni otdingizmi? Shu tufayli sizda ilm nishonasi ko‘rindimi?

— Yo‘q.

— Siz shaytonga tosh otmabsiz. Ihlol qildingizmi?

— Ha.

— Halol taomga azm etdingizmi?

— Yo‘q.

— Siz ihlol qilmabsiz. Vido etdingizmi?

— Ha.

— Nafsingizdan va ruhingizdan butunlay forig‘ bo‘loldingizmi?

— Yo‘q.

— Siz vido ham qilmabsiz, hajni ham ado qilmabsiz. Istasangiz, qaytadan haj qiling. Agar takroran hajga borsangiz, shu aytganlarimdek ibodat etishga harakat qiling.

                                    Nargiza  Murodova tayyorladi.

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  07 Oktyabr 2009, 13:32:20

OQPADAR FARZAND HALOKATGA MAHKUM!

Alloh taolo aytadi: "œ(Ey inson), Parvardigoring sizlarga yolg‘iz Uning o‘ziga ibodat qilishlaringizni hamda ota-onaga yaxshilik qilishlaringizni amr etdi. Agar u ikkovidan biri yoki har ikkisi sening qo‘l ostingda keksalik yoshiga yetsalar, ularga qarab "œuf" tortma va ularning (so‘zlarini) qaytarma! Ularga (doimo) yaxshi so‘z ayt! Ular uchun mehribonlik bilan, xorlik qanotini past tut — xokisor bo‘l va: "œParvardigorim, meni (ular) go‘daklik chog‘imdan tarbiyalab-o‘stirganlaridek, Sen ham ularga rahm-shafqat qilgin", deb (haqlariga duo qil)!" (Al-Isro surasi, 23-24).

Farzand hamisha ota-ona xizmatiga tayyor turishi lozim. Chunki ular farzandining xizmatini qoyillatib qilishgan. Shuningdek, ular farzand kamoli, unib-o‘sishi — hayotini umid qilib uning qiliqlariyu ozorlarini ko‘tarishgan. Farzand esa, garchi ular ozoriga sabr qilsa ham, bu ularning o‘limigacha davom etadi, xolos. Qay birining haqi-xizmati ulug‘ ekaniga o‘zingiz baho bering.

"œ(Biz insonga buyurdikki): "œSen Menga va ota-onangga shukr qilgin! Yolg‘iz o‘zimga qaytajaksan!" (Luqmon surasi, 14).




Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  07 Oktyabr 2009, 13:34:50

Ibn Abbos roziyallohu anhumo aytganlar: "œUch oyat uch narsaga bog‘liq bo‘lib tushgan. Ularning biri sherigisiz qabul qilinmaydi.

Birinchisi: "œEy mo‘minlar, Allohga itoat etingiz va Payg‘ambarga itoat etingiz!" (Muhammad surasi, 33).

Kimki Allohga itoat etsa-yu, Rasululloh (s.a.v.)ga itoat etmasa, bu qabul qilinmaydi.

Ikkinchisi: "œNamozni ado qilinglar va zakotni beringlar!" (Baqara surasi, 43).

Kimki namoz o‘qisa-yu, zakot bermasa, qabul qilinmaydi.

Uchinchisi: "œSen Menga va ota-onangga shukr qil!" (Luqmon surasi, 14).

Kimki Allohga shukr qilsa-yu, ota-onasiga shukr qilmasa, qabul qilinmaydi".

Shuning uchun ham Payg‘ambar (s.a.v.): "œParvardigor roziligi ota roziligida. Parvardigor noroziligi ota noroziligida (Ota rozi — Xudo rozi, ota norozi — Xudo norozi)", deganlar (Hokim rivoyati).

Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhu aytadilar: "œBir kishi Payg‘ambar (s.a.v.) huzurlariga kelib jihodga borishga izn so‘radi. U zot (s.a.v.): "œOta-onang hayotmi?" deb so‘radilar. U: "œHa", degan edi, "œUlar yo‘lida jihod qilgin", dedilar" (Muttafaqun alayh).

Payg‘ambar (s.a.v.) ota-onaga yaxshilik qilishni, xizmatlariga shay turishni jihoddan ustun qo‘yganlariga bir e’tibor bering.

Rasululloh (s.a.v.): "œSizlarga gunohi kabiralarning eng kattalari haqida xabar beraymi? (Ular) Allohga shirk keltirish va ota-onaga oq bo‘lish", dedilar (Muttafaqun alayh).


Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  07 Oktyabr 2009, 13:38:00

Ota-onaga yomon munosabatda bo‘lish, ularga yaxshilik qilmaslikni shirkdek eng ulkan gunoh bilan yonma-yon zikr qilganlariga ham bir e’tibor bering.

Rasululloh (s.a.v.): "œUch toifa odamga Alloh qiyomat kunida qaramaydi: ota-onasiga oq bo‘lgan kimsaga; mast qiluvchi narsaga mukkasidan ketgan kimsaga va bergan narsasini minnat qiluvchi kimsaga", dedilar (Nasoiy rivoyati).

Rasululloh (s.a.v.): "œAlloh ota-onasiga oq bo‘lgan kimsani la’natladi", dedilar (Hokim rivoyati).

Rasululloh (s.a.v.): "œKishining o‘z ota-onasini so‘kishi gunohi kabiralardandir", dedilar. "œYo Rasululloh, inson o‘z ota-onasini ham so‘kadimi?" deb so‘rashgan edi, "œHa, — dedilar. — Boshqa kishining otasini so‘kkanda, u buning otasini so‘kadi. Onasini so‘kkanda esa, buning onasini so‘kadi" (Muttafaqun alayh).

Muhtoj bo‘lib qolgan ota-onaga infoq-ehson qilish ham ularga yaxshilik qilish jumlasidandir.

Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhu aytadilar: "œBir kishi: "œYo Rasululloh, mening mol-mulkim va bolalarim bor. Otam esa mol-mulkimni olib qo‘ymoqchi", degan edi, u zot: "œO‘zing ham, moling ham otangnikidir", dedilar" (Ibn Moja rivoyati).

Bir kishi Abu Dardo roziyallohu anhuning huzuriga kelib: "œEy Abu Dardo, men bir ayolga uylandim. Biroq onam uni taloq qilishimni buyurdi", degan edi. Abu Dardo: "œRasululloh (s.a.v)ning: "œOta-ona jannatning eng o‘rta eshigidir", deganlarini eshitganman. Xohlasang shu eshikni buzib tashla, xohlasang saqlab qol", dedilar (Termiziy, Hokim rivoyati).

Amr ibn Murra Juhaniy roziyallohu anhu dedilar: "œBir kishi Payg‘ambar (s.a.v) huzurlariga kelib: "œYo Rasululloh, Allohdan o‘zga iloh yo‘q va siz, shubhasiz, Allohning elchisidirsiz, deb guvohlik berdim, besh vaqt namozni o‘qidim, molimning zakotini berdim va ramazonda ro‘za tutdim. Menga nima (qanday mukofot) beriladi?" — deb so‘ragan edi. Payg‘ambar (s.a.v): "œKim mana shu holatda vafot etsa, qiyomat kunida payg‘ambarlar, siddiqlar va shahidlar bilan mana shunday birga bo‘ladi", deb ikki barmog‘ini tikladilar va: "œModomiki, ota-onasiga oq bo‘lmas ekan", deb qo‘shib qo‘ydilar" (Ahmad, Tabaroniy rivoyati).

Rasululloh (s.a.v) aytdilar: "œUch xil duoning ijobat bo‘lishida shak-shubha yo‘q, (ular): mazlumning duosi, musofirning duosi va ota-onaning farzandi haqiga qilgan duosi" (Termiziy rivoyati).

Rivoyat qilinishicha, Alloh gunohlardan xohlaganini qiyomat kuniga olib qo‘yadi. Biroq ota-onasiga oq bo‘lish bundan mustasno. Alloh ota-onasiga oq bo‘lgan odamni o‘lmasidan oldin shu dunyoning o‘zida jazolaydi.

Ibn Abbos roziyallohu anhumodan: "œA’rof nima? U yerda kimlar bo‘ladi?" deb so‘rashdi. U zot: "œA’rof jannat bilan do‘zax orasidagi tog‘ bo‘lib, jannat va do‘zaxdan balandroq bo‘lgani bois "œA’rof" (tepalik) deb nomlangan. U yerda daraxtlar, mevalar, anhorlar va buloqlar bor. A’rofda ota-onalarining roziligisiz jihodga chiqib, jihodda o‘ldirilgan kishilar bo‘ladi. Alloh yo‘lida qatl qilinganlari ularni do‘zaxga tushishidan to‘ssa, ota-onalariga oq bo‘lganlari ularni jannatga kirishdan man qilib turadi. Alloh ular xususida hukmini chiqarmaguncha, ular A’rofda bo‘lurlar", dedilar.

Ka’bul Ahbor rahmatullohi alayh aytadilar: "œBanda ota-onasiga oq bo‘lsa, Alloh tezroq azob berish uchun uni tezda halok etadi. Banda agar ota-onasiga mehribon bo‘lsa, yanada ko‘proq yaxshilik va mehribonlik qilishi uchun Alloh bu bandaning umrini uzun qilib qo‘yadi".

Vahb ibn Munabbah aytadilar: "œAlloh taolo Muso alayhissalomga: "œEy Muso, ota-onangni ehtirom qil. Zero, kim ota-onasini ehtirom etsa, uning umrini ziyoda qilaman va o‘zini ham hurmat qiladigan farzand beraman. Kimki ota-onasiga oq bo‘lsa, uning umrini qisqa qilaman va o‘ziga ham itoatsizlik qiladigan farzand beraman", deb vahiy qildi.

Abu Bakr ibn Abu Maryam aytadilar: "œTavrotda: "œKimki otasini ursa, o‘ldiriladi", deyilganini o‘qidim".

Vahb aytadi: "œTavrotda: "œKimki ota-onasiga qo‘l ko‘tarsa, toshbo‘ron qilinadi", deyilganini o‘qidim".

Rivoyat qilinishicha, kimki ota-onasini haqorat qilsa, (dafn qilinganidan) so‘ng uning qabriga osmondan yerga tushadigan har bir tomchi miqdoricha qizib turgan cho‘g‘ tushadi.

Rivoyat qilinadiki, ota-onasiga oq bo‘lgan kimsa dafn qilinsa, qabri uni qattiq siqadi. Hattoki, uning qovurg‘alari bir-biriga kirib ketadi. Qiyomat kunida eng qattiq g‘azabga giriftor bo‘ladigan insonlar uch toifa bo‘lib, ular mushrik, zinokor va ota-onasiga oq bo‘lgan kimsadir.

Ka’bul Ahbordan: "œOta-onaga oq bo‘lish nima?" deb so‘rashgan edi, u kishi: "œAgar otasi yoki onasi uning nomidan qasam ichsa, qasamini oqlamaydi. Biror ishga buyursa, buyrug‘iga itoat etmaydi. Biror narsa so‘rasa, bermaydi va omonat qo‘ysa, xiyonat qiladi", deb javob berdilar.

Allohdan bizni O‘zining roziligiga muvaffaq etmog‘ini, g‘azabiga uchrashdan saqlamog‘ini so‘raymiz. Albatta, U marhamatli, mehribon va rahmli zotdir.

Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiyning

"œGunohi kabiralar" kitobidan.

Qayd etilgan


ossiyobinti  07 Oktyabr 2009, 15:07:41

Olloh taolo:

Ayting ey Muhammad alayhissalom Rabbim sizlarni e'tiborga olmaydi,agar iymoniylar bo'lmasa.Olloh taolo:Ey Muhammad s.a.v g'amgin bo'lmanglar,tushkunlikka tushmanglar,bu kofirlardagi narsalarni ko'rib,o'zinglar oliy bo'lgan holatda,agar mo'min bo'lsanglar.Olloh:Biz o'zimizning payg'ambarlarimizga nusrat beramiz va iymon keltirganlarga dedi.Abdulloh ibn Umardan rivoyat qilinadi.Imom Tabaroniy o'zlarining sahih kitoblarida keltiradilar.Abdulloh ibn Umar aytadilarki,ma'lum bir hayotimning davrida yashadim,Rasululloh s.a.v ning huzurlarida bittalarimizga Qur'onni o'rgatilishdan oldin iymon o'rgatilardi.Biz iymon o'rganganimizdan keyin,sura nozil bo'lardi.Halol va harom nima,bu surada darrov o'rganardik.Qayerda bu to'htashimiz kerak va qayerda yurishimiz kerak deb Qur'on bizga ta'lim berardi.Chunki biz avval iymonni o'rgandik.Endi shunday kishilarni ko'rdimki, iymondan avval ularga,Qur'on o'rgatilyapti.Surai Fotihadan ohirgi suragacham o'qilyapti.Qur'on nimaga buyuryapti va nimadan qaytaryapti bilmagan holatda o'qib tugatyapti.Qayerda to'htashligi kerak buni bilmayapti.Go'yoki Qur'onni,yomon hurmonni yeb yahshisini tashlab yuborayotgandek,Qur'on oyatlarini tashlab yuborayapti dedilar.Qur'on,qalbida nifoq marazi,shirk marazi va kufr marazi bo'lsa,Qur'on hidoyat bo'lolmayda.Olloh:Iymon keltirgan kishilarning o'zigagina hidoyat va shifodir.Olloh taolo:Inson bilan Jin toyfasini faqat o'zimgagina ibodat qilishlik uchun yaratdim.Muoz r.a dan Imom Buhoriy rivoyat qiladilarki.Payg'ambarimiz s.a.v aytdilarki:Ollohning bandalar ustidagi haqqi,bandalar yakka Ollohning o'zigagina ibodat qilishlari hech bir narsani sharik qilmagan holatda.Hadis sharifda:Farishtalar nurdan yaratilgan,Jinlar o'tning tutunsiz alangasidan yaratilgan va Odam a.s tuproqdan yaratilgan.Qur'oni Karim,ohirgi Payg'ambarimizga nozil qilindi.Qur'oni Karimni hayotning hukmi deb tushurildi.Qur'oni Karimni Olloh taolo kim mahkam ushlasa,dunyo va ohirat saodatiga erishadi dedi.Qur'oni Karim hamma bashariyatga tushdi.Kim Qur'onni orqaga tashlasa,dunyo va ohiratdagi misli ko'rilmagan badbahtlikka loyiq bo'ladi.Olloh taolo insonni mukarram qildi,ikhtiyor sifati bilan.

Mushriklar bilan Mo'minlar o'rtasidagi farq,Mo'minlar faqat Ollohgagina ibodat qilib,boshqa narsadan voz kechishadi.Mushriklar,ba'zilari Ollohga ibodat qilmay,boshqaga ibodat qiladi.Ba'zilari Ollohga ibodat qilib,boshqa narsaga ham ibodat qiladi.Mushriklarning ba'zilari,Olloh bilan o'zining o'rtasida boshqa narsani vosita qilishadi.Ya'ni yagona Ollohga ibodat qilib va boshqa narsani vosita qilganliklari sababli Mushrik bo'lishdi.Man zaifman deb,ko'ziga ulug'roq ko'ringan tog',oftob,daraht,tosh oyga obodat qilsa,shirkning ayni o'zi bo'ladi.Nima uchun obodat qilyapsizlar deyilganda,u Mushriklar o'zlari yasab olgan butlarini rizq beradi deyishmasdi,foyda yoki zarar yetqazadi deyishmasdi,ular yahshi bilishardi.Lekin biz bilan Ollohning o'rtasida ulug' kishilarning ramzi deyishardi.Olloh taolo bularning Mushrik deb atadi va ularning amallari habata bo'ldi va ular bilan qilingan jihodni islomiy jihod deyildi.Bularni qatl qilganlar rozi bo'ldi.Bularning jangida o'lganlar shahid deb ataldi.Rasululloh s.a.v 23 yil davomida shu shirk bilan kurashdilar.

Musulmonni Islomdan chiqaradigan amallar,shirk amalini qilsa,amali habata bo'lishligida shak-shubha yo'q.Rasululloh s.a.v ning 23 yil asosiy shu shirk bilan kurashdilar.Musulmon odamda shirk amali paydo bo'lsa,amali habata bo'lishligida shak shubha yo'q.Olloh taolo Rasululloh s.a.v ga agar siz shirk keltirsangiz,amalingiz habata bo'lishligida shak-shubha yo'q deyapti.Boshqa odam hech kim Ollohga yaqinligi yo'q,kim bo'lishligidan qat'iy nazar.1.Kim Ollohga shirk keltirsa,Olloh unga Jannatni harom qilgan.Uning joyi Do'zzah.Bunday zolim bo'lgan Mushriklarga hech qanday yordamchi yo'q.2.O'zi bilan Ollohning o'rtasida vosita qilgan,duo qiladi,shafoatni so'raydi va tavakkul qiladi.Agar o'zi bilan Ollohning o'rtasida duo qiladigan,tavakkul qiladigan,shafoat so'raydigan va biror bir narsani nazr qiladigan va biror narsani so'yadigan narsani vosita qilsa,bu odamning Mushrik bo'lishligida shak shubha yo'qdur.3.Mushrik Odamni kofir deya olmasa yoki Mushrikligida shak qilsa,buning ham kofir bo'lishligida shak-shubha yo'qdur.Chunki Olloh s.t kofir bo'ldi dedi.Ollohning so'zida shak qilgan bo'ladi yo'inki inkor qilgan bo'ladi.Bir odam kofir bo'ladigan amal qilsa,shunda shak qilsa,yoinki inkor qilsa,shu odam kofir bo'lishligida shak-shubha yo'qdur.4.Payg'ambar s.a.v ning yo'lidan boshqa yo'lni komilroq desa,yoinki Rasululloh s.a.v ning hukmidan boshqa kishini hukmini yahshiroq desa,Ollohning hukmini Rasulini hukmini,boshqalarning hukmidan past bu balki qoloq va qolib ketgan desa,kofir bo'lishligida shak-shubha yo'qdur.5.Rasululloh s.a.v ning olib kelgan yo'lni yomon ko'rsa,Olloh tushirgan yo'lni karih ko'rsa,buning ham kofir bo'lishligida shak-shubha yo'qdur.Shu vaqtda amali habata bo'ladi.Olloh tushirgan Qur'onni yomon ko'rsa,Rasululloh s.a.v ning olib kelgan yo'lni yomon ko'rsa,bu odamning kofir bo'lishligida shak-shubha yo'qdur.6.Rasululloh s.a.v ning dinidan biror narsani,Olloh s.t Mo'minlarga qilgan savob va'dasini,kofirlarni qo'rqitgan va'id azobini mashara qilsa,Kofir bo'lishligida shak-shubha yo'qdur.Ollohni oyatlarini va Rasulini mashara qilyapsizlarmi,uzr aytmanglar Kofir bo'lishligilarda shak-shubha yo'q.Avval iymonda edinglar,endi Kofir bo'ldinglar.7.Sehr.Sehr qilgan odamning Kofir bo'lishligida shak-shubha yo'qdur.Sehr bu kufr.8.Mushriklarga yordam berish,musulmonning zarariga.Musulmon kishi zararlanadigan suratda,mushrikga,kofirga yordam berishlik bu kufrdir.9.Ba'zi kishilarga,Muhammad alayhissalomning shariatidan chiqish mumkin deb etiqod qilsa,kofir bo'ladi.Ya'ni ba'zi odamlar bir maqomga yetsa,namoz o'qimasa bo'laveradi,yoinki ba'zi bir ro'zani tutmasa bo'laveradi uzrsiz,Rasululloh s.a.v ning shariatodan tashqariga chiqishlik mumkin bo'ladi deb etiqod qilsa,kofir bo'ladi.10.Ollohning dinidan eroz qilishlik,bu Islomga zid.Ollohning dinini esga solsa,bosh tortsa,buni Olloh s.t mujrim deb,ya'ni dinsizlardan deb atayapti.Ollohning oyatini esga solsa,bundan yuz o'girsa,bunday mujrimlardan imtiqon olamiz deyapti.Bu 10 ta narsani hazillashib aytsa,farqi yo'q.Jiddiy gapirganda ham farqi yo'q.Qo'rqib gapirsa ham farqi yo'q.Lekin majburlangan kishi mustasnodir.Rasululloh s.a.v ni mashara qilasan,mashara qilmasa jazolanadi deb zarba berib,ko'p kaltaklar yeb,behush bo'lib,shunday holatga tushgandagina mumkin.Agar kishida iymon bo'lmasa,Qur'on unga hidoyat bo'la olmaydi.Umar ibn Abdulaziz aytgan ekanlar:Bir o'tirishaylik va iymonlashaylik.

Qayd etilgan


ossiyobinti  07 Oktyabr 2009, 15:19:57

Agar bu dunyodagi hayotni boshqa olamsiz nazarga oiladigan bo`lsak, u holda hayot ma`nosiz bo`ladi. Buni  bu dunyoga  embrion dunyosining hech qanday ta`siri yoqdir, degan gapga o`xshatish mumkin. Agar ona qornidagi embrion aql yuritish qudratiga ega bo`lganida edi qiziq savollarni berishi mumkin edi. Masalan, nima uchun men bu tor va qorongi dunyoda mahbus bo`ldim?

 Nima uchun qon va suv ichida qo`l-oyoqlarimni qimirlatib yotishim kerak?

 Umrimning natijasi qanday bo`ladi?

 Qayerdan va nima uchun kelganman? 

Ammo agar unga "œSen katta hayot oldidan tayyorgarlik ko`rishing uchun, qo`l-oyoqlaring mahkam rivojlanishi va o`sihsi uchun ma`lum muddat bu dunyoda yashashing kerak, bu muddat toqqiz oydir, undan keyin bogu-roglarga , gul-daraxtlar to`lgan keng yorug` dunyoga chiqasan "deb tushuntirilsa, u "œnima uchun bu tor dunyoda yashayotganimni endi tushundim"-deydi.

Ammo agar ona qornidagi dunyosini bu keng olam bilan alloqasini uzgan holda qaralsa, u holda u dunyo qorong`i va bema`nidek tuyuladi.

Bizning bu dunyodagi hayotimiz bilan o`limdan keyingi dunyoning orasidagi aloqa ham xuddi shundaydir. Nima uchun bu dunyoda yetmish yil (ko`proq yoki kamroq) qo`l-oyoqlarimizni qimirlatib o`tishimiz kerak? Hom va tajribasiz bu dunyoda yashaymizu, tajribani qo`lga kiritib pishgan paytimizda esa dunyodan o`tamiz. Ilmu- ma`rifatda yetilganimizda qariyalikning oppoq qor uchqunlari boshimizga qo`nadi. Biz yeb-ichish, kiyim kiyish uchun o`nlab yil umr ko`ramizmi?  Tepamizdagi osmonlar, keng olam, atrofimizdagi ustozlar va olimlar hamma-hammasi faqat bizning yeb-ichishimizni ta`minlash uchun, olgan ilmlarimiz ham ana shularni bilish uchun kerakmi? Qayta tirilishga ishonmaydiganlar uchun darhaqiqat hayot bemanidek ko`rinadi. Shuning uchun bunday odamlar orasida o`zini o`ldirish hollari ham tez-tez uchrab turadi. Lekin agar bu dunyodagi umrimizni oxirat uchun ekiladigan dala deb qarasak, unga eng yaxshi urug`larni ekish kerakligini va oxirat uchun zaxira qilish zaruratini tushunamiz. Dunyo oxirat hayotini o`rgatuvchi o`quv muassasi, yoki asl maqsadga eltuvchi bir ko`prikdir, uning ustidan o`tish kerak deb qarasak, hayot bemani tuyulmaydi, aksincha oxiratni obod qilish uchun kurashadigan maydon deb qaraladi. Ha, oxiratga iymon hayotga mazmun beruvchi odamni noumidlikdan qutqaruvchi bir kuchdir.


Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  23 Oktyabr 2009, 13:51:20

Hozirgi kunimizdagi Zamonaviy Munofiqlar

Muhammad Musa Nasrning "œMunofiqlar" nomli kitobida kelgan ba’zi sahih rivoyatlar.
1. Jubayr bin Nufayr rivoyat qiladilar: "œBir kuni Abu Dardoni Himsdagi uyiga ko‘rgani bordim va uni masjidda namoz o‘qiyotgan holda topdim. U kishi tashahhudga o‘tirganida Allohdan nifoq (munofiqlik)dan panoh so‘rab duo qildi. Namozni tugatganidan so‘ng u kishining oldiga borib: "œAlloh seni mag‘firat qilsin Abu Dardo, sen bilan munofiklining qanday aloqasi bor?" deb so‘radim.
U shunday javob qildi: "œAstag‘firulloh (uch marta aytdi). Allohning sinovidan hotirjam bo‘lgan inson bu sinovdan o‘ta olmaydi. Allohning nomi bilan qasamki, kishi bor yo‘g‘i bir soatlik sinov tufayli dinidan voz kechib yuboradi".
2. Abdulloh ibn Amr aytadilar: "œShunday davrlar keladiki, masjidda yig‘ilgan jamoat orasida bitta ham mo‘min banda bo‘lmaydi"
3. al-Hasan aytadilar: "œToki har bir kishining qalbi nifoq bilan to‘lmaguniga qadar qiyomat qoim bo‘lmaydi"
4. Huzayfa aytdilar: "œSizlarning orangizdagi munofiqlar Rasulalloh sallalohu alayhi vasallam davrlaridagi munofiqlardan ko‘ra yomonroqdir". Kishilar so‘rashdi: "œEy Abdulloh, nima uchun shunday?"
U kishi javob qildilar: "œRasulalloh sallalohu alayhi vasallam davrlarida munofiqlar mahfiy edilar. Hozirgilar esa munofiq ekanliklarini berkitmaydilar ham".


Qayd etilgan