RAQAMLAR HAQIDA NIMA BILASIZ ?
Kundaik turmushimizda har qadamda raqam va sonlarni ishlatamiz. Raqamlar bozor- do’konlarda, pul sanashda, vaqtni aniqlashda, transportga chiqishimizda, telefon qilishimizda va boshqa har qanday narsani o’lchashda bizning eng yaqin yordamchimizdir. Lo’nda qilib aytganda, raqamlarsiz hayotni mutlaqo tasavvurga sig’dirib bo’lmaydi. Ko’zi ojiz kishiga hassa qanchalik asqotsa, raqamlar ham bizga shunchalik ko’mak beradi.
Raqamlar hatto bizning ishlarimizni, maktab yoki oily o’quv yurtlarida qanday o’qiyotganimizni ham ko’rsatib turadi. Fan texnikani raqam va sonlarsiz xayolga keltirib ham bo’lmaydi: Fazoviy kemalar uchishidan tortib, yerdagi qadamimiz ham raqamlar bilan o’lchanadi. Shu jumladan, iqtisodiyot ham raqamlarga tayanadi. Bunga kundalik gazeta va jurnallarni iqtisodiyotga bag’ishlagan satrlarini ko’rib ishonch hosil qilishimiz mumkin. Ular raqamlarga boy: aksiyalar qiymati, valyuta kurslari qiymati, ularning foizi, xarajatlar miqdori va boshqa barcha statistik ma’lumotlarni ko’rishimiz mumkin. Xo’sh, biz raqamlarni shunchalik ko’p ishlatar ekanmiz, ularning tarixi, qayerda va kim tomonida o’ylab topilganini bilamizmi?
Insonlar ibtidoiy davrda qo’l sanog’ bilan ovlarning sonini, kunlarni, oylarni, qurol aslahalar soning salmog’ini hisob kitob qilib bir biriga tushuntirgan. Vaqt o’tgan sari bu raqamlarga nom qo’yib ularni yozuvda ham ifodalashni o’rgangan. Eng birinchi raqamlarni yozuvda ifodalaganlar bu- Bobilliklar va Misrliklar bo’lgan ekan.
Bugungi kunda butun dunyoda arab va rim raqamlari amal qiliadi.
Ular: - 0, 1 ,2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9
Ana shu raqamlar yordamida har qanday katta yoki kichik sonlarni hosil qilishimiz mumkin. Aytaylik, bitta sonning yonida bitta nol bo’lsa, bu o’sha sonni 10 ga ko’paytirish deganidir, ya’ni 0 ning ma’nosi

ga ko’paytirish. Agar ikkita nol bo’lsa, masalan: 100 degani ma’nosi: 1*10*10 Masalan : 250 da 1 ta nol mavjud, buning ma’nosi shu-ki: 25 ni 10 ga ko’paytirish ya’ni 25*10 Masalan: 14000 da 3ta nol bu: 14*10*10*10 deganidir.
1 dan kichik qiymatni ifodalashdayam nolning ma’nosi 1 ni 10 ga taqsimlashdir Masalan: 0,1 degani ma’nosi 10/1 demakdir. 0,03 degani ma’nosi esa (10*10)/3 0,0045 degani esa (10*10*10)/45 demakdir.