M A T E M A T I K A  ( 43238 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 B


ЖАМШИДЖОН  04 Sentyabr 2009, 13:43:39

QUR’ONDA TAKRORLANGAN SO’ZLAR
O’xshashlik, tenglik, moslik



Qur’oni karimda bir qancha so‘z va tushuncha teng miqdord va bir necha marotaba takrorlanib keladiki, Qur’on tadqi qotchilari bu narsaga ham e’tibor berganlar. Misrlik olsh Abdurazzoq Navfal o‘shanday so‘z va tushunchalarning qatarzda va qanday miqdorda joy olgani haqida "žAl-I’jazu. Qur’oni karim" nomli asarida so‘z yuritib, bizga bu xususd batafsil ma’lumotlar beradi.
Quyida miqdor jihatdan teng bo‘lgan va mazmunan bir-bi riga uzviy bogliq so‘zlardan misollar beramiz:
So‘z Necha marta takrorlangan
Dunyo - oxirat -115
Shayton - farishta - 68
Shaytonlar - farishtalar- 68
Hayot - o‘lim-145
Bunday mutanosibliklar, hayratga soluvchi muqobillik lar bir-biriga mazmunan yaqin yoxud zid so‘zlardagina emas balki nodir va ajoyib masalalarda ham bor.
Masalan: "žAl-Kufr" va "žal-Iymon" so‘zlari Qur’onda 17 martada takrorlangan. "žKufr" va uning turli shakllari hamda zalol (zalolatga tushgan, to‘gri yo‘ldan adashgan)ning soni 697 (kufr va turli shakllari 506 ta, zalol 191 ta), Iymon va turli shakllari ham 697 ta.
Rahmon 57 - Rahim 2 x 57 = 114
Jazo 117 Mag‘firat 2 x 117 - 234
Yomonlar (fujjor) 3 Yaxshilar (abror) 2 x 3 = 6
Oy (shahr) 12
Kun (yavm) 365
Kunlar ("yavm" so‘zining ko‘pligi) Osmon (birlikda) 30 7
Salot (namoz - duo) 99
Bularning barchasi hali tugallanmagan tadkiqotlar natijasidir. Zero, Qur’onning mo‘‘jizalari tugab bitmaydi va unda hali insonning aql darajasi qamrab ololmaydigan ko‘p narsalar bor. Shuning o‘zi Qur’onning Alloh kalomi ekanligani va uni inson zoti yoza olmasligini ko‘rsatib turibdi.
«Ayting: "žQasamki, agar bor insu jin mana shu Qur’onning o‘xshashini keltirish yo‘lida birlashib, bir-birlariga yordamchi bo‘lsalar-da, uning o‘xshashini keltira olmaslar"» (Al-Isro surasi, 88-oyat).
«Axir, ular (Qur’on haqida) fikr yuritmaydilarmi? . Agar u Allohdan boshqa birov tomonidan bo‘lsa edi, unda ko‘p qarama-qarshiliklarni topgan bo‘lar edilar-ku?!» (Niso surasi, 88-oyat).


Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  11 Sentyabr 2009, 14:49:28

Qur’on Karimda:
114 sura;
6236 dan ortiq oyat;
30 pora;
har porada 4 tagacha xizb deb atalgan bo‘lim;
jami 60 hizb bordir.
1 — Qur’on Karimdagi:
nuqtalar soni (taqriban) 1 015 030 ta;
harflar soni (taqriban) 323 670 ta;
so‘z (kalima)lar soni: 77 934 ta.
2 — Har bir sura «oyat» deb atalgan jumlalardan tuzilgan.
3 — Qur’on Karim oyatlaridan 87 tasi «Makkiy», 27 tasi esa «Madaniy» deb ataladi.
4 — «Tavba» surasidan boshqa barcha suralar basmala (Bismillahir rohmanir rohiym) bilan boshlanadi. Muborak «Naml» surasida esa basmala ikki marta zikr qilingan.
5 — Qur’on Karimning 6 surasi 6 ta payg‘ambar ismi bilan atalgan. Ular: Yunus, Hud, Yusuf, Ibrohim, Muhammad va Nuh (ularga Allohning salavotu salomlari yog‘ilsin!).
6 — Eng uzun sura — «Baqara» surasi bo‘lib, 286 oyati bo‘lsa, eng kichik sura «Kavsar» surasi bo‘lib, oyatlari 3 tadir.
7 — Tavhid surasi «Ixlos», basmalani nazarga olmaganda, qaratqich kelishigi bir martagina iste’mol qilingan yagona suradir.
8 — Qur’on Karimning nozil bo‘lish emas, yozilish tartibida muborak «al-Hamdu» surasi Qur’on Karimning birinchi, «Nos» surasi esa oxirgi suradir. Rasululloh sollallohu alayhi va sallamnigg qalbiga nozil bo‘lgan ilk sura «Alaq», oxirgisi esa «Nasr» surasidir.
9 — «Alloh» lafzi Qur’on Karimda 2707 marta, shundan 980 martasi bosh kelishik, 592 martasi tushum kelishik va 1135 tasi qaratqich kelishikda iste’mol qilingan. 
10 — «وَليَتَلَطَّفْ» (Valiyatalattof) so‘zi Qur’onning umumiy so‘zlarining teng yarmida, «te» harfi esa umumiy harflrining qoq o‘rtasida zikr qilingan.
11 — Har bir suraning o‘z nomi bo‘lib, ayrim suralarning birdan oshiq nomlari bor. Hatto, muborak «al-Hamdu» surasining yigirmadan ortiq nomi bor. Ulardan ba’zilari: Fotiha, Ummul-Kitab, Sab’ul-Masaaniy, Kanz, Vaafiya, Kaafiya, Shaafiya va boshqalar.
12 — Ba’zi suralar o‘z nomlarini suralar avvalidagi qisqartirilgan harflardan olgan: Toha, Yosin, Sod va Qof kabi.Makkiy oyat va suralar hijratdan avval Makkada, Madaniy oyat va suralar esa hijratdan so‘ngra Madinada nozil bo‘lgandir. Ayrim ulamolar esa bu suralarning hijratga aloqasi bo‘lmay, nozil bo‘lgan makoniga ta’alluqli ekanini qayd qilganlar.
13 — Eng qisqa oyat «Yosin» surasidagi «Yosin» bo‘lib ... ba’zilar: «ar-Rahmon» surasidagi «Mudhaammataan» oyati, dedilar ..., eng uzun oyatlar «Baqara» surasining ikki yuzinchi oyatidan keyingi oyatlardir.
14 — 29 ta sura qisqartirilgan harflar bilan boshlanadi.
15 — 5 ta sura «Alhamdu li...» bilan boshlanadi. Ular: «Fotiha», «An’om», «Kahf», «Saba’» va «Fotir» suralaridir.
16 — 7 ta sura Xoliqqa tasbih aytish — Uni poklash: «Sabbaha» — «yusabbihu» — «subhona» bilan boshlanadi. Ular: «Isro’», «A’lo», «Tag‘obun», «Jum’a», «Soff», «Hashr» va «Hadid» suralaridir. 
17 — 3 ta: «Ahzob», «Taloq» va «Tahrim» suralari «Yaa Ayyuhann—nabiyyu» jumlasi bilan boshlanadi.
18 — 3 ta sura «Yaa ayyuhallaziyna aamanuv» jumlasi bilan boshlanadi. Ular: «Moida», «Hujurot» va «Mumtahana» suralaridir.
19 — 5 ta sura «Qul» so‘zi bilan boshlanadi. Ular: «Jin», «Ixlos», «Falaq», «Nos» va «Kofirun» suralaridir.
20 — 2 ta sura «Yaa ayyuhan-naas» jumlasi bilan boshlanadi. Ular: «Niso» va «Haj» suralaridir.
21 — 4 ta sura «Innaa» so‘zi bilan boshlanadi. Ular: «Fath», «Nuh», «Qadr» va «Kavsar» suralaridir.
22 — 15 ta sura qasam ichish bilan boshlanadi. Ular: «Zoriyot», «Tur», «Najm», «Mursalaat», «Naazi’aat», «Buruj», «Toriq», «Fajr», «Shams», «Layl», «Zuho», «Tiyn», «Aadiyat», «Asr» va «Sooffaat» suralaridir.   
23 — Quyidagi 15 surada sajda oyati kelgan: «A’rof», «Ha mim, fussilat», «Ha mim, sajda», «Nahl», «Maryam», «Haj» (bu surada ikkita sajda bor), «Naml», «Inshiqoq», «Ra’d», «Isro’», «Furqon», «Sod», «Van-Najm» va «Alaq».
24 — Qur’on Karimning nomlari
Qur’on Karim o‘z ichida o‘zi uchun o‘nlab nomlarni zikr qildi: Furqon, Kitob, Nur, Tanzil, Kalom, Hadis, Mav’iza, Hodiy, Haq, Bayon, Munir, Shifo, Azim, Karim, Majid, Aziz, Ne’mat, Rahmat, Ruh, Habl (Arqon), Qasas (Qissalar), Muhaymin (Qamrovchi), Hakam, Zikr, Siroj (Chiroq), Bashir (Xushxabarchi), Nazir (Ogohlantiruvchi), Tibyon (Bayon), Adl (Adolat), Munodiy (Darg‘achi), Shofiy (Shifo beruvchi), Zikro (Eslatma) va Hakim (Dono).  Ulamolar Qur’on Karimning boshqa nomlarini ham aytib o‘tdilar. Ular: Mezon (Tarozi), Ahsanul-Hadis (Eng Go‘zal So‘z), al-Kitabul-Mutashaabih (Oyatlari balog‘at va fasohatda bir-biriga o‘xshash Kitob), Masoniy, Haqqul-Yaqiyn (Chin Haqiqat), Qoyyim (Sobit), Ablag‘ul-Vu’’oz (Vo’izlarnig Eng Yetugi).


Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  11 Sentyabr 2009, 14:51:05

Ushbu maqola http://www.emanway.com/showmsg.php?cid=7&id=323 bog‘lamadan ba’zi qisqartmalar bilan iqtibos qilindi.
Qur’on oyatlarini tarjima qilishda Alouddin Mansurning «Qur’oni Karim» izohli tarjimasidan ba’zi tuzatishlar bilan foydalanildi.   

Qayd etilgan


NafisaBonu  11 Sentyabr 2009, 17:03:48

(sinx)'=?    sinx  ning  hosilasi  nechi  buladi?

Qayd etilgan


AbdurRohman  13 Sentyabr 2009, 14:09:17

(sinx)'=?    sinx  ning  hosilasi  nechi  buladi?
(sin x)'= cos x

Qayd etilgan


Nurdinboy  13 Sentyabr 2009, 14:22:59

Pifagor teoremasini kim biladi  ???

[вложение удалено Администратором]

Qayd etilgan


AbdurRohman  13 Sentyabr 2009, 15:01:35

Pifagor teoremasini kim biladi  ???

to'g'ri burchakli uchburchak katetlari kvadratlari yig'indisi gipotenuza kvadratiga teng!


Qayd etilgan


NafisaBonu  14 Sentyabr 2009, 19:07:45

(sinx)'=?    sinx  ning  hosilasi  nechi  buladi?
(sin x)'= cos x

  HA juda  tug'ri!

Qayd etilgan


NafisaBonu  14 Sentyabr 2009, 19:10:09

1/3tgx=?   ni  boshlang'ichini   toping.

Qayd etilgan


Fatima  15 Sentyabr 2009, 15:22:46

(sinx)'=?    sinx  ning  hosilasi  nechi  buladi?
(sin x)'= cos x

  HA juda  tug'ri!

Topganga sovg`asiyam bormi, Nafisaxon?

Qayd etilgan