Ramazonga oid qanday xotiralaringiz bor?  ( 46345 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 8 B


Ansora  20 Avgust 2009, 17:41:13

Assalomu-alaykum azizlar. Ertadan Xudo hohlasa Ramazonga "Hush kelding" deymiz.
Bu munosabat bilan, sizning yoki yaqinlaringizning Ramazon bilan bog'liq hotiralarini eslashga nima deysiz?

Qayd etilgan


Ansora  21 Avgust 2009, 13:32:52

2chi Kursdamiz, yotoqxonada (Turkiyada "yurt" deyishadi, bizda ham yotoqxona'dan boshqa isim qo'yilsa yaxshi bo'lardi:)honadoshim bilan iftor vaqtini kutyapmiz. Aslida ovqat yeyish uchun emas, shunchaki kutyapmiz. Chunki ikkalamizda ham juda oz pul qolgan, hatto 1 buxanka olishga ham pul yetmayapdi. Hozir buxanka bormi, necha pul hech habarim yo'q. Hullas, iftor bo'ldi. Biz ham talabani mashhur ovqati "mastava" qildik. Bazan hazil qilardim, talabani kambag'allashganini qayerdan bilsak bo'ladi, mastava qilganidan, deb javob berardim. Chunki 1 qoshiq yog', 30-40ta guruch donasi, Xudono bergan suvi yetadida:) Hayotimdagi eng faqir iftorlardan birini o'sha kuni o'tkazdim, uyalganimizdan hech kimdan na qarz oldik, na non so'radik. Bu ham bir imtihon dedik, kunlarimiz o'tdi.
Oradan bir necha yil o'tib, allaqachon o'qish tugagan, men ham bir shirkatda ishlay boshlagan edim. Eng yaqin o'rtog'im Alloh qabul qilsin, ishxonada boshqalar bilan birgalashib qurbon so'yishdi. U Turkiyalik bo'lgani uchun sening taniydigan, go'shtga ihtiyoji bo'lgan insonlar bormi, deb so'radi? Meni aqlimga darrov yotoqxona keldi. U bilan darrov yotoqxonaga keldik. Har doimgiday eshikni yonida "vahtyorsha hola" o'tirardilar. U kishi kimga kelding, dedilar, men ham talabalarga go'sht tarqatamiz, desam bu kim o'zi, deb shubhalanmasin, dedim va Vodiylik qizlardan bormi, ulardan bittasini chaqiring iltimos, dedim. Darrov bir qizni chaqirishdi, o'zimni chalama-chatti tanishtirdim, qizga bu yerda shuncha go'sht bor, butun qizlarga 1 kilodan bersangiz hursand bo'lar edim, dedim darrov qochdim. Qiz hayratlangani sari meni yig'lagim kelardi...
Oradan yana yillar o'tdi, ortiq Turkiyada talabaman, Ramazon iftorlarida shunchalik izzat hurmatdamizki, O'zbekistonlik bo'lganimiz uchun bu hurmat ikki barobar ortadi. Voy qardosh o'lka, voy O'zbeklar deb mehr bilan kutib olindik har honadonda. Lekin eng oz 6 hil ovqat, 2-3 hil pishiriq qilingan honadon bo'lsin, hatto mahsus chaqirilganimiz "Chırag'an saroyi bo'lsin, (Çırağan sarayı) ilk luqmamni og'zimga olganimda yillar oldin o'rtog'im bilan och qolganimiz mahzun talabalik iftorim aqlimga kelaveradi...

Qayd etilgan


Ansora  21 Avgust 2009, 13:51:23

Bu voqeani bir o'rtog'im aytib bergandi. Matematika darsida domla hammaga misol beribdi. Hamma yechibdi lekin qizlardan biri masalani yecha olmabdi. Domla qizdan nimaga yecha olmading, juda oddiy masala edi, deb so'rabdi, qiz esa, domla men bugun ro'za tutganman, suv ichmadim, ochman, kallam ishlamayabdi deb javob beribdi. Domla esa, men sening to'q holingni ham bilaman, o'tgan yildan farqing yo'q debbi. Qiz aybni ro'zaga to'nkayman, deb o'ylar ekan, gapini eshitib mulzam bo'libdi:)

Qayd etilgan


Mahdiyah  21 Avgust 2009, 14:54:12

Man ham maktabda o'qib yurgan paytimda (yo 8 yo 9 chi sinf edik), biologiya o'qituvchimiz, ham direktor ham o'qituvchilik qilardi.
Juda qxri qattiq ayol edi.
U payt ro'zani unchalik tushunmasdim.
Shunchaki tutgim kelsa tutardim, bo'masa yo'q.
Bir andijonlik yangi kegan qiz boridi.
Darsda doskaga chiqib mavzuni gapirib turib, sal mazasi qochgandek bo'ldiyu yana o'zini qo'lga oldi.
Shunda o'qituvchimiz: "Ro'zamisan?"  deb qattiq qaradi.
Qiz uyalibgina boshini qimirlatib qo'ydi.
Shu endi natatsiya boshlandi... "Sizlar hali yoshsizlar, o'sayotgan organizmga ro'za tutish kerak emas, vaqti kesa tutarsizlar..." deb ensasini qotirdi.
Hech kim hech nima deyolmadi.
Rus maktabi bo'lganligi uchun o'qituvchilar ham ruslashib ketgan, urflar ham ruslashib ketgan, diyonatlariniyam kere bo'sa ruslashtirvorishganidi...
Alloh hidoyat bersin.

Qayd etilgan


siddiqa  22 Avgust 2009, 05:50:12

 :as:

ko'pincha o'qishdan unda tayorlov kursiga borardik ,kech qaytar edik shom kirishi bn darslar tugardi ,shunda avtobus da ko'pchilik bb o'tirvolib iftor qilardik ,zo'r edi , :7 :D kimdir qaraydimi yo'qmi e'tibor ham bermasdik asosiysi sunnatga muvofiq ro'zani vaqtida ochardik,magiz shunga o'hshagan ne'matlarni 1 donadan qo'llarimizi ochib bo'lvolardik ,ajoyib kunlar edi .

Qayd etilgan


Abdul_Malik  23 Avgust 2009, 16:28:05

      Qaysidir yili mahallamizda odatdagidek taroveh namoziga chiqqandik(masjid emas). Yoshi ulug' otahonlar oldingi safga turishadi, keyingi safda yoshlar va hk. Farz namozi uqilayotgan edi. Imom ikkinchi raka'tdan uchinchi raka'tga turdida "Alhamdulillahi robbil a'lamiiiiyn..."dedida jimib qoldi. Shu payt oldingi safda turgan yoshi ulug' birodarlardan biri "Ar rohmanir rohiiym" dedi...

Qayd etilgan


Munira xonim  23 Avgust 2009, 17:03:18

Assalamu alaykum.
1987 yil edi. Ramazon oyi keldi. Unda ochiq oydin ibodat qilishni ilojisi yo'q edi. Ro'za tutib maktabga chiqdim. Rus tili o'qituvchimiz, ro'za salomatlikka zarar ekani haqida ancha bizlarga "nasihat qildi". Va kim ro'za tutgan deb savol berdi. Hamma qo'rqqanidan jim o'tiribdi. Shu payt o'qituvchimiz tashqaridan suv olib keldida hammaga majburlab bo'lsa  ham ichirishni boshladi. Albatta ro'za tutmaganlar ham bor edi, lekin ro'za tutgan sinfdoshlarimga rahmim kelib qarardim. (U paytda majburan yoki bilmasdan narsa tanavvu qilinsa ro'za ochilmasligini bilmasdim-da) Naqd menga kelganda suv tugan qolgan. Ancha shaddodligim borligi uchun, o'qituvchiga qarab:"Domla, siz ovora bo'lmang, men o'zim tashqariga chiqib ichib kelaman, juda chanqab turgandim", dedim.O"qituvchi:"Baribir sen ro'za tutmagansan, bor chiqaver", dedi.
Chunki meni ota-onam, shu maktabda o'qituvchi bo'lib ishlashardi....

Qayd etilgan


Munira xonim  23 Avgust 2009, 17:08:42

Bundan 4-5 yil oldin, kichik qizim 3-4yoshlarda edi. Ramazon keldi. U ham saharlikka turib olardi. Peshin bo'lgach esa qorni ochib, yeyishga narsa topardi, hech kimga indamasdi va qorong'u xonamiz bo'lardi, shu yerga ustilarini o'rab hech kimga ko'rsatmasdan, berkitib olib ketardi. Biz esa ko'rsak ham ko'rmaganga olardik. Iftor vaqtida esa xuddi ro'za tutgandek o'tirib duo qilib ovqatlanardi. Agar birortamiz, sen ro'za tutmadingku, desak uyni boshiga ko'tarib:"Men ham ro'za tutdimku, nega yolg'on gapirasan", deb yig'lashni boshlardi....
SHu kunlarni eslasam doim kulgim keladi.
Hozir o'ziga aytib bersak ishonmaydi....

Qayd etilgan


Ansora  24 Avgust 2009, 00:09:16

9-10 Yoshlarimda bo'lsam kerak, ayam singillarim va menga namoz o'qishni o'rgatdilar. Agar namoz o'qimasalaring, molxonadagi novvosni yoniga bog'lab qo'yaman,deb qo'rqitdilar. O'sha yili dadam fermerga o'hshab 2 ta novvos olib boqishga boshlagan edilar, bir semirishdi asti qo'yaverasiz. Zanjirlarini shaqirlashi uzoqdan eshitiladi. Boshda ayamga achchiq qilgan edim, nimaga qo'rqitadilar, deb keyinchalik Alloh u kishidan roz bo'lsin, dedim. Hullas namoz bilan birgalikda ro'za ham tuta boshladik. Bir kuni saharlikka ayam go'sh qovurgan edilar. Azgina tuzi ko'proq bo'lganmi deyman, tushda chanqashga tushdim. Peshinni o'qish uchun tahorat oladigan payt keldi. Og'zimni yuvayotganimda qattiq chanqaganim uchun suvni og'zimda uzoooq ushlab turdim, lekin ichimga yutmadim:) Haligacha eslab kulaman, Alloh kechirsin, bolalikda:)

Qayd etilgan


Ansora  24 Avgust 2009, 00:16:36

Ayam ramazonlarda hammamizni uyg'otar edilar. Biz esa nozlanib hech turgimiz kelmas, ohiri ayam bechora, bo'ldi kim tursa tursin, men ovqatimni yeyabman, derdilar. Biz darrov sakrab turardik. İshtahamiz bo'lmagani uchun azgina tashqarilarni aylanib kelgin bolam, ishtahang ochiladi, deb yumshoq gapirar edilar.
O'zim ham talaba bo'lib uydan uzoqlashgan keyin odatda xonadoshlarim mendan kichkina bo'lar edi, hammasini turg'izguncha jonim chiqib ketardi. Zarda qilardim, ularga nima savoblaringdan menga berasanlarmi deb:) O'sha paytlari onaginamning qadriga yana bir bor yetardim. Onaginam, Xudo shu muborak kunlarda barcha onalar qatorida sizga ham sog'lik sihhat bersin iloyim...

Qayd etilgan