Turkiyaning 7 ci kanalida Ramazoni Sharifning so'nggi kuniga oid iftor dasturi berilyabdi. Dastur mehmoni Finlandiyalik bo'lib yaqinlarda Musulmon bo'lgan bir qardoshimiz edi. O'ziga O'mer ismini tanlabdi. Kasbi Bokser ekan. Musulmon bo'lishiga sabab Musulmon hamkasbining unga hadiya etgan Qur'oni Karim bo'libdi. O'merdan bilgan suralarini o'qishlarini iltimos qildilar. Ollohim...Endigina Musulmon bo'lgan va Fin tilida gapirishiga qaramay Arab tilidagi suralarni shunaqangi chiryoli talaffuz bilan o'qidiki, etlarim jimirlab ketdi. Agar O'mer boshqa kasbda bo'lsa edi bunchalik hayron bo'lmasdim, chunki odatda sportsmenlar o'zlarining inonchlarida ko'p bahs etishmaydi. Bu ham bo'lsa Ollohning nasibi. Shu daqiqalarda unga ertagangi Bayram namozini qanday o'qishlarini o'rgatishyabdi.
Rabbim bu yilgi Ramazon oyi ichida qo'ldan kelguncha Ramazonga odi hotiralar bilan o'rtoqlashishni nasib etdi. Tilaymanki, keyingi yilga ham Yaratgan safimizdan kamaytirmasdan, yana ham ortgan holda, bu forumda bir-birimiz bilan halollashib , Ramazon hotiralarini yozishni nasib aylasin.
Assalamu-alaykum va barakatullahu...