Ramazonga oid qanday xotiralaringiz bor?  ( 46328 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 B


BelleQizcha  19 Avgust 2010, 22:16:48

Oyim etadila yoshliklarida  kichkina ukalari va o'zlarni saharlikda turg'izishmasakan kichkinasan kasal bo'b qolasan dib,, osha paytlarda kunlaaa uzun ifotrlik 9 yarim-u 10lada bo'larmush ishqib kechasi bilan uxlmasakanla sahalika turaman dib.. iftorlik paytlarida hamma bir-birga narsa jo'natarmush agar ro'za tutmasala u narsalarni eshik-ma eshik hamma berib anchadan kiyin hamma iftorlikni qib bo'gandan kiyin kelarkanla oshanchun ro'za tutib huddi malikalarde dasturhonga ottirarkanlaa..

Qayd etilgan


yoqutxon  02 Sentyabr 2010, 20:19:36

Assalomu aleykum. Menda ham Uzmuslim bilan bo'gan voqeaga o'xshash bir voqea bo'gandi. Tog'amni qizi bilan yoshimiz teng bo'lgani uchun birga 9 yoshimizda namoz o'qishni boshlaganmiz.Ayni ramazon paytlari edi o'shanda.Hullas bir kuni u bizikiga iftorlikka keldi. Asr namozini birga o'qimiz dedik. Ikkalamiz ham namozda yangimiz.. Namoz o'qiyotganda u ovozini chiqarib o'qirkan,men adashib kettim bir ikkita joylarda, keyin nima qilding deng, Sajdaga ketayotganda " menga halaqit beryapsan, sekin o'qi" dedim. Uyam menga " Hop" deb javob bergandi.Namoz o'qib bo'gandan keyin namozda gapirish mumkinmasligi esimizga tushib qogandi.Hozir shu voqea esimga tushsa biram kulgim keladi :D

Qayd etilgan


siddiqa  03 Sentyabr 2010, 00:56:46

 :as:

Ilk marotaba ro'za tutganimda dunyoda eng totli ne'mat bu suv ekan deb o'ylagandim ,

suvni ichayotganda Rabbimning nechog'lik buyuk sanatiga qoyil qolishdan o'zga iloj yo'q edi,

Rabbimiz unga bo'lgan muhabbatimizni muzdek suvga tashnaligimizdanda suyukliroq qilsin .

Qayd etilgan


Muzayyana  06 Sentyabr 2010, 15:36:00

Yoshligimizdan esliman uyda qari buvim borla...bir yili ko'zlarini operatsiya qilish kere deb qolishdi, 2 kundan ken Ramazon kiradi...xech esimdam chiqmiydi kechasi bilan bu yil Ramazonni ro'zasiz o'tkazamanmi yig'lab chiqqandila, jonlari sog' bo'sin...

Qayd etilgan


UzMuslim  11 Sentyabr 2010, 16:45:09

Bu Yilgi Ramazondan Qolgan Eng YAxshi Hotiram BU Laylatur Qadr Kechasini Jamo'at Bo'lib,Kechdan To sahargacha Toat Ibodatda O'tkazdik...

Qayd etilgan


yoqutxon  11 Sentyabr 2010, 22:05:26

Hali judayam yosh bo'lgan vaqtimda dadam ro'za tutishlik qanday yahshi narsa, bu hudoning bandalariga qilgan amri ekanligini menga tushuntirib birinchi marta ro'za tutkizgandilar. O'sha paytlarda hali kichkina bo'lsam ham dadajonim aytgan  gaplarni eslab, ro'zani rosa fahrlanib tutgandim. Buning uchun hozir padari buzrikvorimga  mingdan ming rahmatlar aytaman.

Qayd etilgan


yoqutxon  12 Sentyabr 2010, 18:11:33

Bu yilgi Ramazonning ohirgi kuni. Iftorlikka palovxon to'ra pishiryapman. Zirvagi qaynayotganda  o'zi tuzi yaxshi chiqibtimikan deb biroz ta'tib ko'rdim, sal kamroq ekan yana biroz tuz qo'shib yana yeb ko'rdim shundayam esimga kelmabdi ro'zadorligim. Keyin osh bilan birga yeyish uchun salat tayyorlayapganda sekin esimga tushishni boshladi. Boya osh yedimmi? diyman o'zimga o'zim.Esimga tushgandan keyin ancha shubhaga borib yurdim ro'za ochildimikan yo yo'qmi deb. Onam yo'q bilmasdan, esidan chiqib yeb qo'ysa ro'za ochilmidi deganlaridan keyin sal hotirjam bo'ldim.

Qayd etilgan


Muzayyana  15 Sentyabr 2010, 14:53:43

Qadr kechasidegi xotiralarni yoshgina bolakaydan eshitdim, ko'zlarida yosh bilan aytib berayapti, ibodatimiz qoq o'rtasida kelganda duoga qo'l ochildi, imom xazratlari shunday va'z qildiki jamoat xo'ngrab yig'layapti, birorta odamni topa olmaysizki yig'lamayotgan busa, chiroq yog'dusida otaxonlarning soqollarini yuvib tushayotgan ko'z yoshlari tovlanib ko'rinayapti, oxiri imom xam piqqilllab yig'lab yubordi...bundanda chiroyli manzara bumasa kere...

Qayd etilgan


ан-Насафий  11 Iyun 2011, 17:19:19

Ассалому алайкум ва раҳматуллоҳ!

     Ашлигимда ота-онамга саҳарлик тайёрлашга ёрдам берардим. Анғоқ, майиз, чой-пой... Хотирамда қолгани, ҳозиргача ссласам бошқача хис пайдо қиладигани бу - саҳардаги ажойиб исломий фильмлар. Ўша пайтларни жуда соғинаман.

     Яқинда А амазон ойида намойиш стилган фильмлар ёзилган диск қслимга тушиб қолди. Маза қилиб тамоша қилган.

     Дискда «Данислик келин», «Ҳасан Басрий», «Бизни кечиринг», «Фузайл», «Ҳасад», «Замин фарзанди», «Бишри Ҳофий хазратлари» каби видеофильмлар бор скан.

Qayd etilgan


Akbarjоn  11 Iyun 2011, 18:22:18

Bundan 2-3 yilcha oldin

Akam qurulish qilgandi, devorlarini ko'tarib bo'lganidan keyin tomni loysuvoq  (lomboz deyiladimi) qiulinadigan vaqt keldi. O'zi ustalar ertaroq ishni tugatishi va sentyabir (ro'za oyi edi) kirmasidan tomni loysuvoq qilishga tushishga kelishgandik

Bilsalariz bu ish ko'pchilik mehnatini talab qiladi. Sentyabir ham keldi, vadaga vafo deb tomni loysuvoq qilishimizga to'g'ri keldi. 

Akam, men va ikkita hasharchi ro'zamiz, ustalar esa ro'za tutishmagan, kun  juda isib ketdi, Kechgacha arang 11-21 metrli hududni loysuvoq qilib chiqdik. Rosa qiyin bo'ldi, tep[adan quyosh qizdiradi, uni ustiga paqirda loyni tomga olib chiqish...

Hammaiz tezroq iftorlik vaqti bolishini kutib turardik, Dasturhon atrofiga yig'ilganimizda hama qo'liga muzdek minirlakani ushlab olgan, og'iz ochish bilan ichamiz deb :)

Ozon ham aytildi, ogizni ham ochdik, ammo
bundan 5 minut oldingi chanqoq, och qolishlikdan asar ha yo'q edi, tushlik vatida shayton ming hil hayolar bilan ro'zani buzishga undagandi, qorini och qoldirgandi, eng yomoni issiq vaqtda rosa susatgandi, endi esa...

Endi go'yo hech narsa bo'lmaganday, hech qanaqa chanqash och qolish bo'lmaganday o'tirgandik, vaholangki ogizni ochish uchun bor yo'g'ri 2-3 dona mayiz yedik halos

Shayton o'ta aqili fitnachi ekanligiga shunda yana bir bor amin bo'ldim, Kishini extiyojidan kelib chiqib qanday hujum qilishni  juda yaxhsi biladi.

Alloh o'sha kungi va jamiiyki ro'zalarimizni kamchilik va nuqsonlarini kechirib to'g'rilar qatorida qabul qilgan bo'lsin

Qayd etilgan