Ikki og’iz so’zingiz kim uchundir HIDOYAT bo’lishi mumkin!  ( 27157 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 B


Muhammad Amin  05 Sentyabr 2009, 06:39:47

Qabr azobi!

Toshkent shahri imomlardan biri hikoya qiladi: Har doimgidek peshin namozini o'z vaqtida o'qib bo'lgach janoza namozini o'qishga tayorgarlik ko'rildi.
 Mayit mening yaqin insonlarimdan birini farzanddi bo'lganligi bois, uni ko'mish marosimida ham qatnashdim. Mayitni qabr tepasiga olib kelishdi.
 SHu payt go'rkov meni bir chetga chaqirib qoldi. Kechirasiz, men sizga hozir bir narsa aytaman faqat buni mayitning otasi eshitmasin. U shunday dediyu men pastga lahat ichiga tushishimni taklif qildi. O'lik qo'yiladigan qil honaga tushdim u yerda 2 ta katta ilon o'rmalab yurardi.
 Shunda gap nima haqda ketayotganini anglab yetdim. Yuqoriga chiqdim o'likning otasini bir chetga chaqirib o'g'lini qabrga o'zim qo'yishimga ruhsat oldim. Bolasining vafotidan hali o'ziga kela olmagan ota rozi bo'ldi. Lekin hali nima voqea bo'lganini bilmasdi.
Qabr ichiga tushdim va ilonlarga qarata shunday dedim: "Bilaman sizlar Alloh taoloning amri bilan kelgansiz, bilaman hozir sizlar mayitni azoblaysizlar, bilaman bunga hech kim va hech qachon to'sqinlik qila olmaydi va yana shuni bilamanki sizlar Alloh nomini o'rtaga qo'yib so'ralgan narsaga to'sqinlik qilmaysizlar. Iltimos dedim ilonlarga qarata men hozir mayitni qabrga qo'ymoqchiman uni yerga qo'yganimdan keyin nima qilselayam o'zinggiz bilasiz. Lekin iltimos qo'yib olgunumcha bu yerni bo'shatib tursangizlar". Shu payt qiziq hodisa yuz berdi. Ilonlar mening ko'zim ilg'amagan oyog'im yonida turgan bir teshikga kira boshlashdi. Oyog'imni biroz buyoqroqga tortmoqchi edim.
 Kutilmaganda teshikka butunlay kirishga ulgurmagan ikkinchi ilonni dumi oyoq kiyimmimga tegib ketti. Daxshat garchi ozgina silab qo'ygan bo'lsa hamki, bu ilonning dumi butun badanimga og'riq sochib yubordi. Biroz turib qoldim chunki oyog'im birdaniga muzlab qolgandi. Joyidan ko'tarilmasdi, Subhanalloh azob beruvchi mahluqotlarninh silab o'tib ketganlari shu bo'sa, birozdan so'ng qabrga qo'yiladigan yigitning ahvoli qanday bo'ladi. Hayolimga kelgan fikrdan seskanib kettim. Oyog'imni bir ammalab ko'tarib tashqariga chiqdim.
 O'likning yoniga keldim ko'zimning yoshini otadan oyog'im og'riyotganini to'planganlardan bekitishga urundim. Eng daxshatli tomoni hozirgina bu dunyoga tegishli bo'lmagan azobni tortganim uchun qabr ichiga tushgim yo'q edi. Ammo mayitning otasiga vada berib qo'yganim bois noiloj o'likni yerga qo'yib chiqdim. Chiqayotganimda yurak betlab qabr ichiga bir qaradim. Ilon shaklida kelgan azob farishtalari o'z joylariga chiqishga ulgurib bo'lgandi. 35 yoshli yigitni ko'mdik. Keyin uning tanishlaridan amallab surishtirdimki malum bo'lishicha yigit tirikligida odamlarni aldab pullarni talon taroj qilishni kasb qilib olgan ekan.

Qayd etilgan


Mahdiyah  05 Sentyabr 2009, 07:43:34

Musulmonlar taqvim kitobchasi bo'lardi oldin.
Shuniyam ko'p ko'rishdi...

Endigina namoz, hijobni tushungan vaqtlarim edi...
Shu taqvimchada bir hikoyani o'qigandim.
Keyinchalik adashmasam Hayrulloh Hamidov ham o'z dasturlarida bu hikoyani gapirgandilar.
Manga juda ta'sir qilgan.

Bo'lgan voqea.
Bir qiz avtohalokat sababli olamdan ko'z yumadi.
Mayyitni yuvmoqchi bo'lganlarida undan judayam shirin mushk hididi taralib butun xonani egallaydi.
Keyin surishtirishsa shu qiz 14 yoshidan beri Allohga itoatda yurib, namozlarini o'z vaqtida o'qir, har dushanba payshanba kunlari nafl ro'za tutar, hammaga go'zal muomilada bo'larkan.
Sinfdoshlari ham u haqida ijobiy fikr bildirishibdi.

Yana bir qiz ham avtohlokatda bu olamdan ko'z yumadi.
Yuqoridagi voqeadagidan tamoman aksi, bu qiz tez orada, ko'karib ko'zlari olayib qoladi.
Juda hunuk xolatda bo'ladi.
Shu voqega guvoh bo'lgan inson aytadi: "Men bu qizning hayotini yaqinlaridan so'rashga qo'rqdim.
Bu holatni yaqinlari ko'rsa chiday olmaydi.
Allohdan hammaga hayrli oqibat tilayman".

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  06 Sentyabr 2009, 07:33:10

Musulmonlar taqvim kitobchasi bo'lardi oldin.
Shuniyam ko'p ko'rishdi...

Endigina namoz, hijobni tushungan vaqtlarim edi...
Shu taqvimchada bir hikoyani o'qigandim.
Keyinchalik adashmasam Hayrulloh Hamidov ham o'z dasturlarida bu hikoyani gapirgandilar.
Manga juda ta'sir qilgan.

Bo'lgan voqea.
Bir qiz avtohalokat sababli olamdan ko'z yumadi.
Mayyitni yuvmoqchi bo'lganlarida undan judayam shirin mushk hididi taralib butun xonani egallaydi.
Keyin surishtirishsa shu qiz 14 yoshidan beri Allohga itoatda yurib, namozlarini o'z vaqtida o'qir, har dushanba payshanba kunlari nafl ro'za tutar, hammaga go'zal muomilada bo'larkan.
Sinfdoshlari ham u haqida ijobiy fikr bildirishibdi.

Yana bir qiz ham avtohlokatda bu olamdan ko'z yumadi.
Yuqoridagi voqeadagidan tamoman aksi, bu qiz tez orada, ko'karib ko'zlari olayib qoladi.
Juda hunuk xolatda bo'ladi.
Shu voqega guvoh bo'lgan inson aytadi: "Men bu qizning hayotini yaqinlaridan so'rashga qo'rqdim.
Bu holatni yaqinlari ko'rsa chiday olmaydi.
Allohdan hammaga hayrli oqibat tilayman".


Nimaga musulmonlar taqvim kitobchasi bo'lardi deyabsiz hoziram boru musulmonlar taqvim kitobchasi faqat nomi boshqa holos

Qayd etilgan


IXLOS  06 Sentyabr 2009, 14:18:22

                                                       HAYRAT.

"Ey Odam farzandi! Kishi o'limga iymon keltirib, yana qanday xursand bo'layotganidan
ajablandim. Hisob-kitob bo'lishiga iymon keltirib, mol-dunyo to'playotganiga ajablandim.
Oxiratga iymon keltirib, nechuk rohatlanayotganiga ajablandim. Dunyo va uning zavoliga
ishonib, nechuk unga xotirjam bo'layotganiga ajablandim. Tilida olim, qalbda johil kishidan
ajablandim. Suv bilan o'zini poklasa ham, qalbi poklanmagan kishidan ajablandim.
Odamlarning ayblari bilan mashg'ul bo'lib, o'zining ayblaridan g'ofil qolgan kishidan
ajablandim. Alloh taolo kuzatib turganini bilgan holda yana qanday Unga osiylik qilayotgan
kishiga ajablandim. O'zining yakka holda o'lishini, yakka holda qabrga kirishini, yakka holda
hisob-kitob qilinishini bilaturib, (nechuk Parvardigoridan o'zgani do'st tutgan kishidan
ajablandim). Haqiqatan Mendan o'zga iloh yo'q. Albatta Muhammad (alayhissalom) Mening
bandam va rasulimdir".

Qayd etilgan


IXLOS  06 Sentyabr 2009, 14:24:23

                                          QATTIQ QALBGA NASIHAT BEKOR.

"Ey Odam farzandi! Maxluqlarni la'natlamang, la'nat o'zingizga qaytadi.
Ey Odam farzandi! Osmon Ismlarimdan biri sababli havoda ustunsiz tik turibdi. Ammo
qalblaringiz esa Kitobimdagi mingta va'z-nasihatim bilan ham to'g'ri emas! Ey insonlar! Tosh
suvda yumshamaganidek, va'z ham qattiq qalbga ta'sirini o'tkaza olmaydi.
Ey Odam farzandi! Sizlar Allohning bandasi ekaningizga guvohlik berib, keyin yana
qanday Unga osiylik qilasiz? Ulimni haq deb gumon qilasiz-u, yana uni qanday yomon ko'rasiz?
Bilmagan narsangizni tillaringiz bilan gapirasiz, Allohning nazdida ulug' bo'lgan narsani
arzimas sanaysiz".



HADISI QUDSIYDAN

Qayd etilgan


Mahdiyah  06 Sentyabr 2009, 17:09:20


Nimaga musulmonlar taqvim kitobchasi bo'lardi deyabsiz hoziram boru musulmonlar taqvim kitobchasi faqat nomi boshqa holos

Qaysi taqvimni nazarda tutayabsiz bilmadimu?,

lekin nomiyam boshqa, ichi ham boshqa bo'b ketgan xozirgi taqvimlarni.

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  06 Sentyabr 2009, 17:12:06


Nimaga musulmonlar taqvim kitobchasi bo'lardi deyabsiz hoziram boru musulmonlar taqvim kitobchasi faqat nomi boshqa holos

Qaysi taqvimni nazarda tutayabsiz bilmadimu?,

lekin nomiyam boshqa, ichi ham boshqa bo'b ketgan xozirgi taqvimlarni.


buni bilaman o'zim ham ko'p solishtirganman ilgaritdan uyga musulmonlar taqvim kitobini olib kelardim keyin yo'q bo'lib ketibdi. Hozirda man olib turgan taqvim IRFON taqvimi musulmonlar taqvim kitobidan hech qanaqa farqi yo'q

Qayd etilgan


Mahdiyah  06 Sentyabr 2009, 17:24:22

Adashtiz juda farqi kooooooooooooooottttaaaaaaaa.

Endi kimga qanaqa? yana bilmadim...
Lekin eski taqvimni rosa sog'indim.

Qayd etilgan


Hadija  07 Sentyabr 2009, 14:16:11

SO’NGGI O’G’RILIK
Ixlos — Xalqning rioyasini qilishdan saqlanish. 
                                                                             Rostgo’ylik esa nafsga itoat etishdan omonda bo’lishdir.
                                                                             Ixlosli kishida riyo bo’lmaydi, rostgo’yda mag’rurlanish.
                                                                                                     
Abu Ali Daxqoq

Mirolim bilan tanishuvim juda qiziq bo’lgan. Qanday tanishganimizni ikkimizdan boshqa hech kim bilmasdi. Lekin endi men hamma bilishini istayman. Garchi bu bilan o’zimning gunoh ishlarim ochilsa-da, uyalmayman. Chunki hozir hammasi ortda qoldi"¦
***
Navbatdagi mo’ljalim — Mirobod tumanidagi "œbankovskiy dom"lardan biri edi. Boshqalardan farqim — men "œov"ga kunduzi chiqaman. Qulay tomoni ko’p. Birinchidan, kunduz kuni odatda shaharliklarning hammasi ishda bo’ladi. Ayni peshin paytlari "œdom"larning oldida odam tugul pashsha ham bo’lmaydi. Keyin aksariyat kasbdoshlarim kechqurun "œishlagani" uchun kunduzi odamlar hushyorligini yo’qotadi. Shuning uchun men hamkasblarimga zid ravishda kunduzi "œishlayman". Hali biror marta ishkal qilganim yo’q. Balki mana shu voqeani sabab qilib, Alloh meni omon saqlab kelgandir"¦
Xullas, o’sha kuni hamma havas bilan boqadigan "œdom"ga keldim. Qaysi uyda kim yashashi, shart-sharoiti, foyda-zarari"¦ hammasini o’rganganman. O’zim ko’zlagan uyga yaqinlashdim. Eshikni ochishim qiyin bo’lmadi. Tashqaridan o’rnatilgan temir eshikning faqat bitta "œzamog"i qulflangan ekan. Ichkaridagi naqshinkor taxta eshik ochiq. Ajablanmadim. Chunki ko’pchilik ishga shoshayotib eshigining hamma qulfini yopib o’tirmaydi. Bemalol ichkariladim. Keng, hashamatli yo’lakdan o’tib, to’g’ridagi xonaga kirdim. Kirdim-u"¦
To’g’risi, o’g’rilikka kirgan odamni hamma narsa kutishi mumkin. Ammo bunaqasi"¦ Ko’z oldimga besh yil oldin, o’lim to’shagida yotgan dadam keldi. Xona to’ridagi karavotda rangi sap-sariq, ozg’in, ammo qorni do’mbiraday shishib ketgan yoshgina yigit yotardi. U yonidagi xontaxtaga cho’zilar, qorni xalaqit berib, piyolani olomasdi. Yuragim orqaga tortib ketdi"¦
Dadam jigar sirrozi bilan og’rib, bir oyda o’lib qolgandi. O’shanda u kishining ham ko’rinishi shunday edi. Oilada to’ng’ich farzand bo’lganim uchun hamma yuk mening zimmamda, onam sho’rlik o’zini yo’qotib qo’ygandi. Shular yodimga tushib, xayolim qochdimi yoki o’ta rahimdilligim sababmi, yugurib borib, piyolani yigitning qo’liga tutqazdim. U yuzimga ajablanib qaradi. Shundan so’ng o’zim ham taxtadek qotdim. Nima deyman, axir? Biror tashkilotdan keldim, desam, eshikni o’zimning kalitim bilan ochdim. Eshik ochiq ekan, desam, qo’limda rezina qo’lqop! Bir lahzada hamma ko’chaga kirib chiqdim: "œyigitni o’ldirib gunohga botdim, qo’lga tushib, qamaldim, onam o’g’riligimni bilib, hushini yo’qotdi"¦"
Yaxshisi, tan olaman, deb turgandim, yigit meni hayron qoldirdi.
-   rahmat, o’tiring! Rosa chanqab ketdim"¦ - u shunday deya piyoladagi suvni og’ziga olib, yonidagi idishga qaytarib tufladi.
-   Suv ichish mumkinmasmi? — o’zim bilmagan holda savol berdim.
-   Ro’zadorman"¦ Chanqoqqa chidolmay, og’zimni chaydim. Qurib ketyapti"¦
Battar hayratga tushdim. Men gumroh Ramazon oyi kirib kelganini ham unutib yuborgan ekanman.
-   shu holingda ro’za tutishga balo bormi? — tilimdan beixtiyor shu so’z uchdi.
-   Shifo toparman, degan umidda tutayapman. Uydagilar qarshi"¦ Ammo men oyoq tirab turib oldim. Dori-ukollarni ham kechqurun, iftordan keyin olyapman. Jigarni yuvadigan, tozalaydigan, baquvvat qiladigan o’t-o’lan-u, meva-sabzavotlarni yeyapman"¦
-   Sen parhez qilib, tez hazm bo’ladigan ovqat yeyishing kerak, - negadir uni "œsen"lab gapirdim. —Menimcha, och o’tirish senga mumkin emas"¦
-   Do’xtirmisiz, desam"¦
-   Uning ovozi ohangida "œo’g’riligingiz ma’lum-u, buni qayerdan bilasiz", degan ma’no zohir edi.
-   Ko’rmayapsanmi? — qo’llarimdagi rezina qo’lqopga ishora qildim. —Xirurgman. Bir "œoperasiya"ni amalgam oshirgani kelgandim"¦
-   Ha-a-a, men xalaqit berdim, to’g’rimi? "œOperasiya"ngizni davom ettiravering, indamayman. Sizni ko’rganim yo’q. uxlayotganimda kirib-chiqqansiz"¦ -u endi jiddiy gapirayotgandi.
-   Qo’ysang-chi! Hammasini rasvo qilding-ku! — dedim kulib. Keyin piyolaga ishora qildim. — Yaxshisi, suvdan ich! O’zingni qiynab nima qilasan? Joning shundoq ham azobda-ku!
-   Hech qayerim og’riyotgani yo’q"¦
-   Jigaringmi?
-   Ha, sirroz! Uch kun bo’ldi, uyga javob berib yuborishdi. Menimcha, ota-onamga umid yo’q, deyishgan, - uning ko’zlariga yosh to’ldi. — Ammo men yengilmoqchi emasman! Yashagim kelyapti"¦ O’sha kuni keliboq internet titkiladim. Qiziq ma’lumotlar to’pdim. Amerikalik Pol Bregg o’zining ellik yillik shaxsiy tajribasidan kelib chiqib, "œMo’jizakor ochlik" degan kitob yozibdi. Unda yozilishicha, inson sog’-salomat bo’lay desa, ro’za tutishi zarur ekan. Yana payg’ambarimiz ham "œRo’za tutinglar, salomat bo’lasizlar", degan ekanlar. Eng ajablanarlisi, mutaxasislarning aytishicha, kishi sog’-salomat yurishi uchun yiliga 28-32 kun ixtiyoriy och qolishi lozim ekan. Alloh taolo esa bu muddatning o’rtachasi 30 kun — Ramazonni biz musulmonlarga bundan XV asr ilgari farz ibodati qilib qo’ygan.
-   Uka, bularni kasal bo’lmasdan oldin qilish kerakdir-da! — dedim achinib.
-   Yo’q. Ibn Sino ham kasallarni ochlik bilan davolagan. Yana Suriya bosh muftiysi Shayx Ahmad Kuftaru ham ro’za bilan davolab dong taratgan. Mashhur bokschi Muhammad Ali ham shu kishining qo’lida shifo topibdi. U o’zini davolatish uchun 30 million dollar sarflagan, ammo biror natijaga erishmagan. Yigirma kunlik ochlikdan so’ng shifo topgan. Shuning uchun ham kechadan buyon ro’za tutyapman.
-   Mening dadam ham shu kasal bilan og’rigandi"¦
-   Davomini aytmay qo’ya qoling"¦ Yaxshisi, menga yordamlashing, vannaga kirishim kerak

Qayd etilgan


Hadija  07 Sentyabr 2009, 14:20:46

Uni suyab, zo’rg’a turg’azdim. Vannaga yetguncha toliqib, tik turgancha menga osilib qoldi. Og’irligidan yerga kirib ketsam kerak, deb o’yladim. Nazarimda qornida qat-qat tosh yig’ilgandek"¦
-   bu azobga chidagandan ko’ra, o’lib qo’ya qolgani yaxshi"¦ - dedi u hars-hars nafas olarkan. — lekin odamzotning o’lgisi kelmas ekan-da! Mening ham o’lgim kelmayapti. Axir endigina yigirmaga kirdim. Hali birorta qizning qo’lini ham ushlaganim yo’q. darding qiz bo’lmay o’l, deng! Hazil-da"¦
Unga rahmim keldi. Dast ko’tarib, vannaga olib kirdim peshanasidagi qatra-qatra ter qoshi bo’ylab, ko’ziga tusha boshlagandi. O’sha yerdagi sochiqni olib artdim.
-   Rahmat! Suvni "œnormalniy" qilib ochib bering. Ketib qolmang. Shu yerda turing"¦
-   Shu holingda cho’milmoqchimisan? Men seni cho’miltirishga kelganim yo’q! — o’zimcha ko’nglini ko’tarmoqchi bo’lib hazil qildim.
-   Zato, sizni menga Xudo yuborgan. Peshin namozini o’qishni niyat qilib o’tirgan edim. Biror kimning yordamisiz o’qiy olmayman. Shunday ekan, qolishga majbursiz"¦
-   Ja-a-a, qiziq ekansan-ku! Zo’rg’a yuribsan-u, namoz o’qiganingga o’laymi?
-   E-e-e, aka"¦ mening o’rnimda bo’lganingizda, o’limingiz naqd bo’lganda qay holga tushardingiz? Odamzotga umid degan bir tuyg’u berilganki, joningiz bo’g’zingizda tursa ham sizni tark etmaydi. Tuzalin ketarman, deb umid qilasiz. Ko’p emas, Alloh menga uch-to’rt yil umr bersin, uylanay, bola-chaqa ko’ray"¦ Umr bermasa ham mayli, dinsiz ketmasam bo’ldi"¦
Gaplaridan larzaga tushdim. Tahorat olishida yordamlashi, yana karavotiga olib keldim.
-   Joynamozimiz ham yo’q. O’zi namozni ham shifoxonada bir chol o’rgatdi. Savobga qoldi, lekin"¦ Shu paytgacha qunt qilmadim. Bugun negadir o’qisammi, deb o’tirgandim. Mana bu uyga kiring, choyshablar bor. Birortasini olib chiqsangiz joynamoz qilamiz"¦
Men so’zsiz unga itoat etayotgandim. Indamay u ko’rsatgan xonaga yo’naldim. U ortimdan baqirdi:
-   Atrofga yaxshilab qarang, balki siz "œoperasiya" qilishga arzigulik narsa chiqib qolar"¦ Men namoz o’qiyotganimda bekor o’tirmaysiz"¦
-   Bugungi "œoperasiya"m sen ekansan, - dedim men ham bo’sh kelmay.
-   Birinchi namoz o’qishim. Adashsam, kulmang yana"¦ - dedi u choyshabni erga to’shayotganimda. — Harakatlarini yaxshi bilaman. Siz yonimda turing, ruku, sajda qilayotganimda yordamlashasiz"¦
Uni tirsagidan ushlab endi turg’azayotgandim, eshik ochilib, o’rta yoshli chiroyli ayol kirib keldi. Shoshib qoldim. Erga qarab salom berdim. Ayol alik olgach, o’g’liga yuzlandi:
-   Doring bu o’rtadagi "œapteka"larda yo’q ekan. Izlab-izlab ikki bekat nariga ketib qolibman, - ayol shunday deya qo’lidagi kalitga ishora qildi. — Eshik ochiq qolgan ekanmi?
Yuragim "œshuv" etdi. Yaxshiyam boya qo’lqopimni yechib qo’ygan ekanman.
-   O’rtog’imning kelganini sezgan ekansiz-da, oyi. Siz ketdingiz, u keldi, - u bor og’irligini menga tashlab, onasiga qaradi. — Kasalligimni eshitib kelibdi.
-   Voy, o’zim aylanay sizdan. Ilgari ko’rmagan ekanman-da, tanimadim. O’g’limni siylab kelibsiz, rahmat! Ismingiz nima, o’g’lim?
Nima deyishni bilmay qoldim. U o’rnimga javob berdi:
-   Ismi — o’g’ri!
Dahshatga tushdim. Yuragim dukullab ura boshladi. Ablah! Kasal bo’lsa ham pishiq ekan. Yaramas! Ana, endi qo’lga tushdim. Igna olmay turib, qamalaman! Kallasini ishlaganini qarang! Mening rahmimni keltirib, onasi kelguncha ushlab turdi-ya, ayyor! Boya o’zi oladiganimni olib, ketishim kerak edi"¦ Shu o’yda uni itara solib qochmoqchi bo’ldim. Ammo"¦
-   Hazillashdim, oyi"¦ Laqabi — O’g’ri! Ismingizni ayting, oyim siz bilan tanishmoqchi, - meni turtdi.
***
O’sha kuni ularnikida kechgacha qolib ketdim. Mirolim oilada katta farzand ekan. Biznes bilan shug’ullanib, kasalini o’tkazib yuboribdi. Otasining yordami bilan beshta do’konni yurg’izayotgan ekan.
-   Vaqtingiz bo’lsa ertaga ham keling. Oyim to’yga ketadi. Ikkalamiz o’tiribmizda! — dedi u ketayotganimda.
Qaytib qadamimni ham bosmoqchi emasdim. Lekin uning iltijoli nigohi ko’z oldimdan ketmadi. Onasi menga ishonib to’yga ketgan bo’lsa, qiynalib yotgandir? Shuni o’ylab yana uyiga bordim. To’g’rirog’i, Ramazon oyi o’tguncha borib turdim. Chunki, meni bu yerga hayrat va qiziqish boshlab kelardi. U ko’z o’ngimda sog’ayib borardi. Rost! Ro’za oxirida uning qornidagi shish ancha qaytdi. O’zi turib-o’tiradigan bo’ldi"¦ Xursandchiligidan o’zini qo’yarga joy topolmasdim.
-   Qara-ya, qizlarning qo’lini ushlaydigan bo’lding, - dedim hazillashib.
-   XXXudoga shukr! Alloh ikkalamizni bir-birimizga sababchi qildi, - dedi u quvonchini yashirolmay. — Nega "œoperasiya" bilan shug’ullanishingizni, qanday qilib bu yo’lga kirib qolganingizni surishtirmayman. Buni ikkalamiz ham unutamiz. Yotib qolishimdan oldin bitta do’konimizni "œremont" qilishga topshirgandim. O’shani sizga beraman. Birga ishlaymiz. Nima dedingiz?
Men jon-jon deb rozi bo’ldim"¦
                                                           
Yaxshi narsa haqida tafakkur etish unga amal qilishga undaydi,
                                                                            narsa haqida o’ylash undan qochishga undaydi. /i]
 
                                                                                                 
Abdulloh ibn Abu Tolib
Oisha IYMON yozdi.
"œDarakchi" gazetasidan.

Qayd etilgan