Shaqiq Balxiy rizqini ta'minlash uchun ishlamas, rizq topishga bahona izlamasdi. Bir payt Haj sabab bo'lib, Makkada Ibrohim ibn Adham bilan uchrashib qoldi. Ibrohim ibn Adham undan, rizq topish uchun bunday harakat qilmasligiga sabab nima deb so'radi.
Shaqiq Balxiy:
-Qachonlardir bir payt cho'l sari yo'lga chiqqandim. Cho'l o'rtasida qanoti siniq bir qushni ko'rdim. Harakat qilmas, ucholmas edi. O'zimga-o'zim:"Qani ko'ray-chi, bu qush qaerdan va qanday oziqlantirilarkin!"-dedim va bir oz nariroqda bekinib, kuta boshladim. Tuyqusdan og'zida chigirtkasi bilan bir qush uchub keldi va chigirtkasini qanoti siniq qushning og'ziga soldi. Shundan keyin men ham o'zimga dedim:
-Bu sog'lom qushga, bu qanoti siniq qushni ta'minlatgan Alloh meni ham ta'minlagay!
Keyin ishlashni tashladim, faqat ibodat bilan band bo'la boshladim.
Shunda Ibrohim ibn Adham:
-Nechun sen nogiron qushni
ta'minlovchi sog'lom qush bo'lmaysan?
Harakat qiluvchi qush bo'lsang, yanada fazilatli va yanada sharafliroq bo'larding!
Eshitmaganmisan, Rasulalloh s.a.v:
-
Beruvchi qo'l oluvchi qo'ldan hayrliroqdir! deganlar. Hamda doimo har ishda har narsaning eng yuksak darajasiga tolib bo'lmoq mo'min uchun shon-sharaf hisoblanadi.
Ibrohim ibn Adhamning bu so'zlarini eshitgan Shaqiq Balxiy:
-Siz mening ustozimsiz dedi.
Imom G'azzoliy (takror bo'lsa ...... hechqisi yo'q

)