Abdulla Oripov. Saylanma  ( 166989 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 ... 31 B


shoir  18 Oktyabr 2007, 17:08:07

* * *

Bir vaqt boshoq edim, qirlarda o‘sdim,
So‘ng yaxlit don bo‘lib qo‘lingga tushdim...
Keyin-chi, tashlading tegirmonga sen,
Taftingda un bo‘lib turibman, do‘stim.
1987

Qayd etilgan


shoir  18 Oktyabr 2007, 17:08:16

BAXTLI ODAM

Tashvishga chulg‘anib qoldi bu yurak,
Tashvishlar ko‘paydi haddan ziyoda.
Beshigida yotgan go‘dakdan bo‘lak,
Tugal baxtli odam yo‘qdir dunyoda.
1987

Qayd etilgan


shoir  18 Oktyabr 2007, 17:08:26

MARD BO’LSANG

Qadimdan bir gapni uqdirar hayot:
Mard bo‘lsang, o‘z to‘g‘ri yo‘lingdan qolma.
O’ladigan bo‘lsang o‘z go‘ringda yot,
Birovning mozorin egallab olma.
1987

Qayd etilgan


shoir  18 Oktyabr 2007, 17:08:45

TAASSUROT

Tabiat kimga ko‘p yo oz beribdi,
Kimgadir xalacho‘p yo soz beribdi,
Vo ajab, mana bu mashshoq gadoyga
Tengi yo‘q shohona ovoz beribdi.
1987

Qayd etilgan


shoir  18 Oktyabr 2007, 17:08:54

* * *

Har gal ayyomlarni aylarman tavob
Garchand biri moddiy, o‘zgasi sarob
Sho‘rlik ona zamin birlikka zor-k
Unga talpinish ham, demak, zo‘r sav
1987

Qayd etilgan


shoir  18 Oktyabr 2007, 17:09:03

* * *

Oqshomdan boshlangay odatda tongl
Sukutdan uzilgay gulduros, bonglar
Boshing egma sira, xoksor banda,
Erta ruhing topgay oliy ohanglar.
1987

Qayd etilgan


shoir  18 Oktyabr 2007, 17:09:14

* * *

May asli pokdomon dilga arzirlik,
Zahmatkash, mehnatkash elga arzirlik
Bayram-ku, har kuni kelavermaydi.
Lekin zavqi qolar yilga arzirlik!
1987

Qayd etilgan


shoir  18 Oktyabr 2007, 17:09:24

UMR

Inson tug‘iladi asli belibos,
Bir parcha et bo‘lib kelar jahonga,
Libosu hashamdan bo‘lgay u xalos,
Ketar chog‘ida ham so‘nggi makonga.

Lekin o‘rtadagi umr-chi, umr...
O’chmas tamg‘a bo‘lib qolgay to abad.
Balki yog‘ar unga rahmat degan nur,
Balki ko‘mar uni malomat, nafrat.
1988

Qayd etilgan


shoir  18 Oktyabr 2007, 17:09:32

O’G‘LIM ILHOMJONGA

Umr o‘tayotir,
Hushyor bo‘l, bolam,
Endi qaqshayotir otang asabi.
Malol kelayotir hatto baytlar ham
Omoch tortayotgan qo‘sh ho‘kiz kabi.
Tashqarida sekin qoraymoqda kuz,
Barglarni zil havo kelmoqda bosib
Tomay-tomay degan tomchiday yulduz
Mening ruhiyamga g‘oyat munosib.
Nimani ko‘rdim men yorug‘ dunyoda,
Nahot shuncha og‘ir tiriklik ishi.
Dardim yetmaganday, undan ziyoda
Jajji opalaring cheksiz tashvishi
Yolg‘izlik, nadomat, og‘riq, xusumat
Umr yo‘llarimni burjga tiqdilar.
Taqirda o‘stirgan edim bir daraxt
Mevamni terdilar, so‘ngra yiqdilar
Charchoq yengayotir, unutma bolam,
Ehtiyot boq endi o‘ngu hushimga.
Orom olsam agar, niyat qil har dam
Yorug‘ kunlar kirsin mening tushimga.
1988

Qayd etilgan


shoir  18 Oktyabr 2007, 17:09:45

MALAK

Nechun o‘g‘irlading o‘yu fikrimni,
Nechun xayolimni aylading sarson.
Endi men bilmasman borar yerimni,
Endi tuyg‘ularim qoldi sargardon.

Seni ko‘rgandayman tushimda faqat,
Uchib o‘tgandaysan misoli yulduz.
Samoviy mo‘’jiza, ilohiy tal’at,
Tengi yo‘q bir malak, qoshlari qunduz.

Nasib etarmikan biror kun visol,
Nasib etarmikan tutmoq qo‘lingni.
Va yo noshud qolgan munajjim misol,
Poylab o‘tarmanmi qaytar yo‘lingni...
1988

Qayd etilgan