Chustiy, sizga Do'nerning tarifini jo'natyabman. Umrimda birinchi marta ovqat tarifi yozishim, kamchiliklar bo'lsa uzr:)
Qulay do’ner ta’rifi
Masalliqlar:
1. 4 Parcha ezilgan biftek
2. 250 gr qiyma
3. 1 dona piyoz
4. 1 qoshiq tuz
5. 0.5 qoshiq murch
6. 0.5 qoshiq zira
7. Saryog’
Tayyorlanishi:
Piyozni qiymaning ustiga randalang, ichiga tuzning yarimini va zira, murchni solib yaxshilab aralashtiring. Biftekka tuzning qolgan qismini seping va yonma yon qo’ying. Ustiga aralashtirilgan qiymani ingichka qilib yoying va rulet holiga keltiring. Yog’langan maxsus qog’oz yoki aluminyum qog’ozga o’rab muzlatgichning muzxonasida qotiring.
Pishirishdan 5 daqiqa oldin muzxonadan chiqarib ruletni o’tkir pichoq bilan ingichka qilib kesing. Tovada saryog’ni eriting. İchiga kesilgan go’sht parchalarini otib baland olovda pishiring.
Yoniga pomidor, tuzlanganlar qo’yib lavash noni bilan servis qilishingiz mumkin.