:bsm:assalomu alekum iltimos doner kebabni sousini retseptini ham forumga qo'ysela oldindan raxmat
V.assalom.
Pomidorli sous:
Masalliqlar:
1. 2 tish sarimsoq
2. 1 tutam rayxon
3. 6 qoshiq salat yog'i
4. 3 dona qizil bolgarskiy
5. 4 dona yaxshi ezilib pishgan pomidor (yoki 1 qoshiq tomat)
Tayyorlanishi:
Yog'ni kichkina idishga solib qizdiring. Maydalab to'g'ralgan bolgarskiy va sarimsoqlarni solib, 3 daqida qovuring. Randalangan(qirg'ichdan o'tkazilagan) pomidorlarni yoki tomatni yarim piyola suv bilan birga tovaga soling. Past olovda 10 daqiqa pishiring. Tuz va maydalangan rayxonni aralashmaga qo'shing va yana 5-6 daqiqa pishiring. Hohlagan taomingizga issiq-issiq to'kishingiz mumkin:)
Yoqimli ishtaha