A.alaykum. Alloh Taolo Baqara surasida:
142. Odamlardan aqlsizlari: «Ular (musulmonlar)ni ilgari qaragan qiblalaridan qanday narsa yuz o‘girtirdi?» — deydilar. Ayting: «Mashriq ham, Mag‘rib ham Allohnikidir. U O’zi xohlagan kishilarni haq yo‘lga hidoyat qiladi», buyuradi.
Bu ma'noda Qur'onda ko'p yerda Ollohning faqat istagan qullarigagina hidoyat yo'lini nasib etishi yozilgan. Yuqorida birodarimiz aytib o'tgan bazi shahislar uchun bizlarga faqatgina haqlarida duo etish tushadi, deb o'ylayman. Yaratganni inkor etgan kishilar bilan tortishib o'tirishning hojati yo'q, ularga faqatgina achinaman. Turkiyaning Haber Turk kanalida 1 oydan beri Darvinizm teoriyasi tortishilyabdi. Birinchi bo'lib, Horun Yahyoni taniganlar bo'lsa bilishadi, u kishi va talabalari chiqishdi. Ular olamlarning Rabbi bor ekanligini, dunyo birdaniga o'zidan o'zi, bir tasodif asari sifatida yaratilmagan ekanligini turli hil ilmiy nazariyalar bilan tushintirib berishdi. Meni hayratlangan tarafim Profesorlar telefon bilan bog'lanishib, ularning fiklariga tamoman zid tushunchalarni himoya qila boshladilar. İnson hayratga tushib qoladi. İshongim kelmadi. Yuqoridagi oyat aqlimga keldi. Shu o'rinda sizlarga bu mavzu bilan bog'liq bir hikoyani aytib beray. Juda eski zamonlarda ikki kishi Olloh bormi, yo'qmi, deb o'zaro tortishib qolishibdi. Dindor kishi butun ilmini o'rtaga tashlasa ham qarshisidagi odamni iymonga keltira olmabdi. Bir kuni dinsiz kishi dindor kishini uyiga taklif qilibdi. İymonli kishi uyga yetib kelgandan keyin, uy egasi yo'lovchilik qanday o'tdi, deb so'rabdi. U bo'lsa, uydan chiqib endi yo'lga tushgan edim, birdan oldimda ot paydo bo'ldi, debdi. Meni ko'lning oldigacha olib kelib qo'ydi. Otdan tushib qarasam, bir qayiq turibdi. Qayiqqa o'tirishim bilan birdaniga qayiq harakatga keldi, meni sohilgacha olib kelib qo'ydi, men ham osongina seni uyingga kelib oldim, deb javob beribdi. İymonsiz kishi esa, sen menga ertak aytyabsanmi, qanday qilib narsalar o'zidan o'zi paydo bo'lsin, seni bu yerga olib kelsin, deb jahli chiqibdi. Dindor kishi esa, ana ko'rdingmi, debdi, men senga birgina men bilan bog'liq qisqa voqeani aytib berganimda, nima narsalar o'zidan o'zi qanaqasiga harakatga kelsin, deb jahil qilyabsan. O'zing o'yla, bu azim dunyo va undagi butun borliqlar qanday qilib o'zidan o'zi harakatga kelsin, demakki bularni harakatga keltirgan bir sohibi, yaratuvchisi muhaqqaq bor, deb javob bergan ekan.
Keyin yana bir narsa, dunyodagi hamma narsaning o’zidan o’zi paydo bo’lib qolganligi, fikrini himoya qilayotgan Prof-lardan biri so’zining orasida, Allah ashkına, Xudo haqqi, degandi. Bu ham uning kabi "œbechora" kishilarning qalblarining tamoman yopiq ekanligini ko’rsatadi.