Boshqa safar o'z mashinasida 150 mil yo'l bosib, Yeyl (Yale) Universitetiga konferentsyaga borgan professor Viner qaytishda mashinada kelganini unutib, avtobusda uyga keladi. Ertasiga ertalab garajini xabar olib, uning bo'm-bo'shligini ko'rgach, politsya chaqirib, o'zi konferentsyada bo'lgan vaqtda mashinasini og'irlab ketishganini aytib, shikoyat qiladi.
Bir kuni universitet dam olish xonalaridan birida oldiga har xil qog'ozlar qo'yib o'tirgan professor ko'pchilikni hayratga solgancha qo'ozdan boshini ko'tarib nimanidir eslashga urinar, o'rnidan turib uyoq-buyoqqa yurar, yana joyiga qaytar, lekin hotirjam o'tirolmasdi. Keyingi gal o'rnidan turib yurishni boshlaganda, bu yerga kirgan bir talaba salomlashadi: "Hayrli kun janob Viner!". To'satdan professor to'xtab, talabaga tikilib qoladi. Keyin peshonasiga bir urib, "Viner, ha aynan shu so'z edi" deydiyu, joyiga yugurib, o'zi eslolmayotgan, navbatdagi savol bo'lmish familyasini yozgancha, hotirjam boshqotirmani yechishda davom etadi.