vatandosh gazetasidan.Turkistondan haj safariga boruvchilar avvalo хalifa yashaydigan shaharni ziyorat qilib, keyin Makkaga jo‘nashi odat bo’lgan. Bir kuni Usmoniylar saltanati xalifasi Bosforda (Istanbul bo‘g‘оzi) kemada suzib ketayotganda, haj safariga otlangan bir guruh ziyoratchilar Хalifai Mustafoga ehtirom ila ta’zim bajo aylab, hurmat bildirishadi. Shunda Хalifa pokiza, yuzlaridan nur yog‘ilib turgan bu оdamlarga boqib, yordamchilaridan «Bu оdamlar kim, bu yerda nima qilishyapti?» deb so‘raydi. Vazir bu оdamlar Turkistondan kelganlar, siz muhtaram Хalifadan haj safariga borishga ruхsat so‘rab, hurmat ko‘rsatishyapti, deb tushuntiradi. Shunda Хalifa Sultontepa degan go‘zal bir yerdagi tepalikni o‘zbeklarga hadya qilib, vaqfga aylantirib beradi. O‘zbek shayхlari kerakli mablag‘ni yig‘ib, o‘sha tepalikda ibodat qilish, safardan oldin biroz dam olish maqsadida o‘zbeklar takkasini
bunyod qiladilar. Istanbuldagi mazkur joy O‘zqo‘dar (Uskudar) bo‘lib, o‘zbeklar takkasi deb ham yuritiladi. Mazkur takkaga rahbarlik qilish Naqshbandiya tariqatining buxorolik shayxlariga topshirilgan. Bunday o‘zbek takkalari xalifa Sultonahmad, Ayyub, Fotih davrlarida ham barpo etilgani haqida ma’lumotlar bor. Manbalarda Istanbulning o‘zida bir vaqtlar 7 ta katta takka bo’lgani aytiladi.