Ona o'gitlari  ( 6644 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


Muhammad Amin  14 Sentyabr 2009, 22:05:13

Husn shaydosi seni tashlab ketishi mumkin, qalb shaydosi esa sen bilan bir umrga birga yashaydi.

Oqil va sodiq er o’z rafiqasi uchun eng bebaho bezakdir.

Yengil hayot kechirishga odatlanib qolgan kishi o’z turmush o’rtog’iga ham bevafo va bemehr bo’ladi.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  14 Sentyabr 2009, 22:05:43

Qizim, modomiki, bir yigitni sevib turmush qurgan ekansan, bulbul kabi xushmaqom, shirin zabon va xushbo’y gul kabi muattar va nazokatli bo’lki, oqibatda sen shunday jozibador rafiqa bo’lsang, qaylig’ing gul oshig’i bulbul kabi bir umrga sening muhabbating bilan yashaydi.

Erga vafosizlik bilan uni tashlab ketgan ayol erning kuyasiga, xotinini qadrlamay tashlab ketgan er esa xotinining kuyasiga uchraydi.

Kurashda nomardga suyanma u seni tashlab ketadi.


Qayd etilgan


Muhammad Amin  14 Sentyabr 2009, 22:06:42

O’ziga umr yo’ldosh tanlashda go’zallik qidirgan emas, balki aql va odob izlagan yutadi.

Muhabbat chirog’iga ham yoqilg’I kerak. Bu yoqilg’i har ikki tomonning mehr bulog’idir.

Muhabbat niholi mehr bulog’idan suv ichib kamol topadi.

Teran, azim daryolar beshovqin oqanidek, dilida chuqur va qudratli muhabbati bor insonham sevgi haqida balandparvoz gaplarni kam qiladi. Lekin uning sevgisi sevgan kishisiga ko’rsatayotgaqn mehribonligida va zebo hulqi-atvorida namoyon bo’la boradi.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  14 Sentyabr 2009, 22:07:11

Er va xotinning bir-biriga bo’lgan xush fazilatlari oila qasrining mustahkamligidadir

Chin muhabbat bilan qalbi zebolik egizakdir.

Bir-biriga zahar sochayotgan er va xotin o’rtasida turgan odam ularga nisbatan ikki hissa ortiqroq zahar yutadi.

Chayon chaqqudek bo’lsa, ma’lum bir paytgacha azobini tortasan, lekin umr yo’ldoshining tili zahar bo’lsa, umr bo’yi.

Bir- biriga ko’ngilsiz er-xotinning turmushi qarg’a bilan gulning xayrixohligiga o’xshaydi.Ularning biri bahor-u yozni istasa, ikkinchisi qahraton qishni qumsaydi.


Qayd etilgan


Muhammad Amin  14 Sentyabr 2009, 22:07:34

Qandaydir ko’ngilsizlik ro’y bergan taqdirda er va xotinbu noxush xabarni bir-birlariga juda ehtiyotkorlik bilan yetkazishlari ular o’rtasidagi mehr-muhabbatdan nishona.

Dili bo’m-bo’sh kishining qasridan ko’ra, qalbi daryo insonning kulbasi yaxshi.

Muhabbatga o’xshab ko’ringan sarobning chin sevgidan farqi shundaki, u uzoqdan qancha chiroyli bo’lib tuyulmasin, yaqinlashgan sayin shuncha xunuklashadi.

Kaltabin ayol o’z husnini eri ustidan hukmronlik quroli qilib foydalanishga urinsa, vaqti kelib yoshlik husni ketadi, lekin er qalbini esa muhabbat hislarining nafrat tuyg’ulari egallashi mumkin.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  14 Sentyabr 2009, 22:08:04

Sevilgan ondan boshlab qiz bolaning bahori boshlanadi.

Asab kasalligining sababi ham, davosi ham ko’pincha bemorning o’z uyidan boshlanadi.

Agar umr yo’ldoshingni bir bor aldasang, o’zingni bir umr aldaysan.

Inson o’z uyida mavqega ega bo’lishi lozim. O’z xonadoniga kerak bo’lmagan kishiboshqalarga ham kerak emas.

Umr yo’ldoshing jaholat o’tida yonayotgan vaqtda u bilan adi-badi aytishma. Aks holda bu o’tga o’zing ham qo’shilib yonasan.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  14 Sentyabr 2009, 22:08:32

Agar umr yo’ldoshing ishdan so’ng uyga oshiqmas ekan,sen o’zingga va unga bo’lgan munosabatingga bir nazar sol.

Qizlarning boshini aylantirishni o’zlariga kasb etganmakkorlar ham bo’ladi. Ularning tuzoqlariga darhol laqmalar ilinadi.

Bevafoga ko’ngil berish va u bilan umr rishtasini bog’lash ixtiyoriy ravishda zaharli iloonning boshiga osilishdir.

Husni bo’lib, lekin qalb qo’ri bo’lmagan umr yo’ldoshi muz ustiga tushgan oy shu’lasiga o’xshaydi.

Odamovilik qilib odamlar bilan muloqatda bo’lmagan ekansan,hayotni bilmaysan, chunki hayot odamlar bilan barhayot.


Qayd etilgan


Muhammad Amin  14 Sentyabr 2009, 22:11:16

Agar er-xotin o’rtalarida shubha va ishonchsizlik tug’ilsa, xonadonga urush-janjal hamda uning ketidan baxtsizlik kiradi.

Asalini yaxshi ko’rib, arisini quvadigan, bolasini sevib , onasini turtkilaydigan ba’zi bir kelin-kuyovlar ham bo’ladiki, ularning turmushlari omonatdir.

Gul muattarlik kasb etgani kabi, kishining nihol singari brogan gulshanida qo’nib qolib, o’sib-ungani undan ham yaxshi.

Yaxshi qiz yaqinidagi qo’ni- qo’shnilaridan ortmaydi, deydilar. Chunki uning barcha ishlari qo’shnilariga ma’lum.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  14 Sentyabr 2009, 22:11:56

Oiladagi er bilan xotin o’rtasidagi munosabat ham tarozi kabi muvozanat taqazo etadi. Ulardan biri ikkinchisidan o’zini ustun qo’yishga urinsa, bu muvozanatga putur yetadi.

Sevish farz, sadoqat esa qarz.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  16 Sentyabr 2009, 06:24:16

Oilangizni yanada baxtli qilishning o’n qoidasi:

1. Hech qachon tortishmang!
2. O’z umr yo’ldoshingizni o’zgartirishga urinmang, balki unga moslashishga harakat qiling!
3. Bir-biringizni tanqid qilmang, yaxshilab o’ylab, so’ng gapiring!
4. Bir-biringizga doimo e’tiborli bo’ling!
5. Bir- biringizga chin dildan minnatdorchilik bildirib turing!
6. Doimo har bir masalaga ehtiyotkorlik bilan yondashing!
7. Bir-biringizdan doimo yaxshi tomonlarni qidiring!
8. Jahlingiz chiqqanda masala yechimini keyinga qoldiring va maqsadga erishish uchun to’g’ri yo’l tuting!
9. Oilaning or-nomusini hamma narsadan ustun qo’ying!
10. Oilaning jamiyat o’rtasidagi obro’-e’tibori uchun har bir oila a’zosi mas’uldir!

Qayd etilgan