Assalamu alaykum, aziz forumdoshlar!!!
Mana, Imlaahni takliflari, Mahdiyahni harakatlari va Abdulazizning jonkuyarliklari sabab Islom bo'limida "Bugun men yod olgan hadis" mavzusi ochildi. Bugundan e'tiboran har kuni bittadan hadisni joylab borishga harakat qilamiz, InshaAlloh. Siz ishtirokchilardan esa faqat va faqat bu mavzuga kirib hadisni o'qib, rahmat aytib chiqishlik emas, balki iloji boricha shu hadislarni daftarga ko'chirib, yod olib, hayotga tadbiq qilib, oila a'zolariga va boshqa birodarlariga yetkazishlik talab qilinadi. Bu forumda hadis bo'limlari juda ko'p, aslida bu mavzuga hojat ham yo'q edi. Lekin ishtirokchilarni ilm olishlari uchun rag'bat bo'lsin uchun, ularga qulaylik tug'dirish uchun bu mavzuni ochishga qasd qilindi. Endi sizlardan bizni niyatlarimizni yerda qoldirmasdan o'zingiz va oilangiz uchun, ikki dunyoyingizni obodligi uchun bu hayrli ishga qo'shilib, ilm olishga harakat qilishingizni umid qilib qolamiz. Bu mavzuni ochilishiga sabab bo'lgan ishtirokchilarimizdan Alloh rozi bo'lsin. Barchamizga ilm olishlikda va unga amal qilishlikda Mehribon va Rahmli Zot bo'lgan Alloh madadkor bo'lsin. Aamiyn!!!