Tanishuv sahifasi  ( 133399 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 ... 22 B


mr Garib  04 Sentyabr 2008, 08:11:03

Uzbek ayoli 1873 yil Toshkent





Haq rizosin tilab, hijob tutgan qizlar
Xalqning emas, Holiq lutfin kutgan qizlar
Haq isqida nozin ichga yutgan qizlar
Pok qalbingiz chin ilohiy xislar tuysin
O’rangan oy yuzingizni Alloh suysin!

Yot nazardan qochib, parda tutib yuzga
Ibrat bo’lib behayo-yu qaro yuzga
Endi hatto tosh otsalar tegmas sizga,
Sizga zulm istaganlar o’zin tiysin
O’rangan oy yuzingizni Alloh suysin!

Bu ne fayzu karomatkim sirlarga boy,
Misli bulut arosida kulganday Oy
Or-hayoga burkanipti Oyday chiroy
Kiyim kiygan yalang’ochlar RASHKda KUYSIN!
O’rangan oy yuzingizni Alloh suysin!

Oriyatli oy yuzlarni to’sgan parda
Bir chiroyni tovlatti ming bir chiroyda
Yomon ko’zdan asrasin Alloh har joyda
Betavfiqlar mayli nima desa desin
O’rangan oy yuzingizni Alloh suysin!

Muhofaza etib o’zni yot nazardan
Besh mahramni qutqardingiz ahli nardan
Haq lutfiga sazovorsiz tong sahardan
Ochiq-sochiq yurganlar ham esin yig’sin
O’rangan oy yuzingizni Alloh suysin!

Dunyo-sinov, haq yo’lida sobit qoling
Hatarlardan eson-omon o’tib oling
Jannat uzra bunda poyondozlar soling
Alloh o’zi sizga chin baht ato qilsin
O’rangan oy yuzingizni Alloh suysin!

Qayd etilgan


mr Garib  04 Sentyabr 2008, 09:11:58

Jamiyatda muslima ayol qizlarni ayanchlik ahvolda kurishimizga kim sababchi? Albatta erkaklar,erkaklarki uz majburyatini bajarmedigan,sunnatga amal qilmedigan latta erkaklar,hotinni qizlarini okahon deydigan da'yuslar

Da'yus- ahli ayolini nomahramlardan qizg'onmedigan,rashq qilmaydigan erkak

Hotini bozorda be ibo so`zlar,
Singlisi Dubayda jazmanin ko`zlar,
Kelini shim kiygan qalbingiz muzlar,
Qizg`anish neligin bilmas be yuzlar,
Qiyomatga beor qalbi ma`yuslar,
Ahli Ayolini sotgan dayuslar....

Namoz o`qimaydi hatto Momosi,
Massifda qo`shmachi katta holasi,
Yarim yalong`ochdir kichik bolasi,
Faqat dunyoga hos dardi nolasi,
Past qiymatli bozor qalbi ma`yuslar,
O`zin jahannamga otgan dayuslar...

Hotini yomon yursa parvosi yo`qdir,
Lug`atida faxsh va zinosi yo`qdir,
Iffat dep atalmish ziyosi yo`qdir,
Ahli mo`minlardek hayosi yo`qdir,
Sarg`aygan bir mozor qalbi ma`yuslar,
Do`zah sharpasini totgan dayuslar....

Nomi er atalgan bilan er emas,
Haqiqiy erkaklar ani er demas,
Amirlikga qatnar qizi basma bas,
Unga choyhonayu dollar bo`lsa bas,
Ko`z yoshi shoshqator qalbi ma`yuslar,
G`aflat komida dong qotgan dayuslar...

Yana choyxonada gapni dondirar,
Emish xotinchasi yo`qni yo`ndirar,
Xatto nalogchini gapga ko`ndirar,
Gah desa erini qo`lga qo`ndirar,
Asli yo`q zohir bor qalbi mayuslar,
Goxo erlikdan so`z qotgan dayuslar...

Qizi to`yda raqsga tushsa buralib,
Hatto kampirlar ham ketar uyalib,
U esa qistirar pulni suykalib,
Nigohlar hayvoniy qarashlar jolib,
Ahliga tikilsa begona ko`zlar,
Boshqa honimga gap otgan dayuslar...

Kelini engashib hovli supurar,
U esa so`rida nosin tupurar,
Mol dunyo, uyu-joy desa gupurar,
Ibodat mahali uyqun ep ko`rar,
Hijobdan qilar or qalbi ma`yuslar,
G`aflat dunyosiga botgan dayuslar....

Singil bog`da yursa yigitlar ila,
Ko`rib ko`rmaganga olar bir yo`la,
Tugab bitganida dahshat voqea,
Uyalmay qechqurun so`rar kim deya?..
Izlang arqon va dor qalbi ma`yuslar,
Ey voh pochchasirab? ketgan dayuslar...

Hotinni nexia eldek uchirar,
Ochiq elka uzra sochlar hilpirar,
Militciya tohtatsa tushar honimi,
Orqa o`rindiqda o`zi o`tirar,
Ish bitgach qosh qoqib, suziblar ko`zlar,
Bopladin hotin dep aytgan dayuslar...

Iymonsiz ishlarni yozib falak,
Ayollar ko`chada sochi chambarak,
Pul topish dardida jonlari halak,
Erkakmisan o`zi yoki hezalak,
Asli u bekadir sizchi raislar,
Hotinlar pulini eb yotgan dayuslar...

Hali qiyomat bor kelgaydur elib,
Bag`ringiz o`yibon, qalbingiz tilib,
Jannat darvozasi oldiga kelib,
Asli nomingizni olasiz bilib,
Eg`lagaysiz zor-zor qalbi ma`yuslar,
Jannatiy nomini sotgan DAYUSLAR!





Qayd etilgan


Ulugbek-Uz  04 Sentyabr 2008, 10:24:18

mr Garib, postlarni joylashdan oldin forum qoidasi bilan tanishib oling!

Qayd etilgan


Mr.Twister  06 Sentyabr 2008, 16:19:50

FISh: Jo`rayev Erkin
e-mail: [email protected]

OFF: Iguzar a'zolariga salomlar,

Qayd etilgan


Abu Bakr  16 Sentyabr 2008, 11:37:13

Hammaga salom!

Yangi a'zoni kutib olinglar. :)

e-mail: [email protected]

Qayd etilgan


Hadija  16 Sentyabr 2008, 12:34:08

Hammaga salom!

Yangi a'zoni kutib olinglar. :)

e-mail: [email protected]
Hush kelibsiz, bu forumda bilganlarimizni boshqalarga o'rgatib, bilmaganlarimizni bilib olib iymonlashamiz degan umiddaman. :)

Qayd etilgan


Dilyora_UZ  16 Sentyabr 2008, 14:07:31

Hammaga salom

Qayd etilgan


azizaxon  03 Oktyabr 2008, 12:01:38

Assalomu Alaykum!!!
Yaxshimisizlar. Hammalaringni
o'tib ketgan bo'lsaxam  Iydi Ramazon  bilan xamda bugungi
Juma Ayyommi bilan Tabriklayman.
Olloh Qalblarimizni Iymon Nurlari ila To'ldirsin.

Qayd etilgan


Mr.Twister  03 Oktyabr 2008, 19:23:39

Voalaykum assalom Azizaxon. Qandaysiz men ham iguzardanman nickim Twister siznikichi

Qayd etilgan


Gokturk  09 Oktyabr 2008, 07:55:30

Selamun Aleyküm Kardeşler, Ben Türkiye'den katılıyorum ... Özbekistan dilinde bilmediğim için Türkiye dilinde yazıyorum, Türkiye'den Atayurdu'na selamlar getirdim ... Türkiye'den arkadaşlar var mı?

Qayd etilgan