Jamiyatda muslima ayol qizlarni ayanchlik ahvolda kurishimizga kim sababchi? Albatta erkaklar,erkaklarki uz majburyatini bajarmedigan,sunnatga amal qilmedigan latta erkaklar,hotinni qizlarini okahon deydigan da'yuslar
Da'yus- ahli ayolini nomahramlardan qizg'onmedigan,rashq qilmaydigan erkak
Hotini bozorda be ibo so`zlar,
Singlisi Dubayda jazmanin ko`zlar,
Kelini shim kiygan qalbingiz muzlar,
Qizg`anish neligin bilmas be yuzlar,
Qiyomatga beor qalbi ma`yuslar,
Ahli Ayolini sotgan dayuslar....
Namoz o`qimaydi hatto Momosi,
Massifda qo`shmachi katta holasi,
Yarim yalong`ochdir kichik bolasi,
Faqat dunyoga hos dardi nolasi,
Past qiymatli bozor qalbi ma`yuslar,
O`zin jahannamga otgan dayuslar...
Hotini yomon yursa parvosi yo`qdir,
Lug`atida faxsh va zinosi yo`qdir,
Iffat dep atalmish ziyosi yo`qdir,
Ahli mo`minlardek hayosi yo`qdir,
Sarg`aygan bir mozor qalbi ma`yuslar,
Do`zah sharpasini totgan dayuslar....
Nomi er atalgan bilan er emas,
Haqiqiy erkaklar ani er demas,
Amirlikga qatnar qizi basma bas,
Unga choyhonayu dollar bo`lsa bas,
Ko`z yoshi shoshqator qalbi ma`yuslar,
G`aflat komida dong qotgan dayuslar...
Yana choyxonada gapni dondirar,
Emish xotinchasi yo`qni yo`ndirar,
Xatto nalogchini gapga ko`ndirar,
Gah desa erini qo`lga qo`ndirar,
Asli yo`q zohir bor qalbi mayuslar,
Goxo erlikdan so`z qotgan dayuslar...
Qizi to`yda raqsga tushsa buralib,
Hatto kampirlar ham ketar uyalib,
U esa qistirar pulni suykalib,
Nigohlar hayvoniy qarashlar jolib,
Ahliga tikilsa begona ko`zlar,
Boshqa honimga gap otgan dayuslar...
Kelini engashib hovli supurar,
U esa so`rida nosin tupurar,
Mol dunyo, uyu-joy desa gupurar,
Ibodat mahali uyqun ep ko`rar,
Hijobdan qilar or qalbi ma`yuslar,
G`aflat dunyosiga botgan dayuslar....
Singil bog`da yursa yigitlar ila,
Ko`rib ko`rmaganga olar bir yo`la,
Tugab bitganida dahshat voqea,
Uyalmay qechqurun so`rar kim deya?..
Izlang arqon va dor qalbi ma`yuslar,
Ey voh pochchasirab? ketgan dayuslar...
Hotinni nexia eldek uchirar,
Ochiq elka uzra sochlar hilpirar,
Militciya tohtatsa tushar honimi,
Orqa o`rindiqda o`zi o`tirar,
Ish bitgach qosh qoqib, suziblar ko`zlar,
Bopladin hotin dep aytgan dayuslar...
Iymonsiz ishlarni yozib falak,
Ayollar ko`chada sochi chambarak,
Pul topish dardida jonlari halak,
Erkakmisan o`zi yoki hezalak,
Asli u bekadir sizchi raislar,
Hotinlar pulini eb yotgan dayuslar...
Hali qiyomat bor kelgaydur elib,
Bag`ringiz o`yibon, qalbingiz tilib,
Jannat darvozasi oldiga kelib,
Asli nomingizni olasiz bilib,
Eg`lagaysiz zor-zor qalbi ma`yuslar,
Jannatiy nomini sotgan DAYUSLAR!