NIKOHNING BESHINCHI FOYDASI
Nafs mujodalasi va riyozati;
Oila huquqiga rioyat;
Xotinlarning o‘zgaruvchan fe’li va aziyatiga sabr;
Ularning islohi uchun g‘ayrat qilmok;
Ularni din yo‘liga irshod etmoq;
Ular uchun halol foyda ta’minotiga harakat qilmoq;
Bolalarni ta’lim-tarbiya bilan o‘stirmoq.
Mana bularning barchasi juda qimmatli, fazilatli amallardir.
Bularning barchasiga rioyat etishning fazilati ham ko‘p.
Rasululloh (s.a.v.) shunday deganlar:
«Adolatli sultonning bir kun adolat bilan ish tutishi yetmish yillik (nafl) ibodatdan ustundir».Yana shunday deganlar:
«Diqqat qilingiz! Barchangiz cho‘pon (boshliq)siz va har qaysingiz o‘z boshqaruvingizda bo‘lganlar uchun javobgarsiz». (Buxoriy va Muslim Abdulloh ibn Umardan (r.a.) rivoyat etganlar).
Ham o‘z nafsining hamda boshqalarning islohi bilan mashg‘ul bo‘lgan kishi faqat o‘z nafsining islohi bilan mashg‘ul bo‘lgan kabi emas.
Rasululloh (s.a.v.) marhamat qiladilar:
«Kishining o‘z oilasi uchun sarflagan narsasi sadaqadir. Shubhasizki, kishi xotinining og‘ziga solgan luqma tufayli savobga erishadi». (Buxoriy va Muslim Abdulloh ibn Mas’uddan (r.a) rivoyat qilishgan).