Alloh meni yaxshi ko'radi, chunki....  ( 35113 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 B


siddiqa  05 Oktyabr 2009, 09:44:47

 :ms:

Qayd etilgan


Abdullоh  11 Oktyabr 2009, 02:37:21

Assalomu alaykum. Bu mavzuda anchadan beri post qoldirish niyatim bor edi. Alloh bu kunga va bu vaqtga nasib qilgan ekan.

Men gunohkor banda Allohga qanchalik gunoh ishlarni qilsam ham, baribir, mehribon zot, Alloh Taolo meni yaxshi ko'radi. Bu haqda tez-tez o'ylab, qilgan xatolarimni sarhisob qilsam, o'zimdan uyalib ketaman. Alloh menga shuncha ne'matni berib qo'yibdi-ku, men esa Uning uchun nima qildim, degan savolni bergim keladi. Javob topishim esa qiyin. Hayotimda bu narsaga ko'p shohid bo'lganman. Gimnaziyada o'qib yurgan paytlarimda ham biron qiyin vaziyatga tushib qolsam yoki qandaydir imtihonlar bo'lsa Allohga qandaydir ma'noda iltijo qilar edim. U Qodir zot esa ularning barchasini men uchun oson qilgan. Undan keyin turli Olimpiadalarda, Oliy o'quv yurtiga kirishda, xullas bularni sanasam, sanab adog'iga yeta olmayman. Allohning menga qilgan yaxshiliklarining cheki yo'q.

Allohim, mening marhamatingni darig' tutma! Qilgan gunohlarimni o'zing mag'firat ayla. Bilib-bilmay Senga isyon qilgan bo'lsam, O'zing avf et. O'zing bizlarni shayton alayhi la'naning fitnalaridan saqla. O'zing bizga bu dunyoda ham, ohiratda ham yaxshiliklar ato et. O'ylagan yaxshi niyatlarimizni o'zing amalga oshir. Omiyn!

Qayd etilgan


Muslimа  11 Oktyabr 2009, 05:33:27

Assalamu alaykum!
Mani fikrimcha, Alloh mani yaxshi ko'radi, yoki Alloh mani yomon ko'radi, deb aniq etib bo'lmasa kk. Chunki Alloh yaxshi bandalarini yomonlik bn ham sinashini, yoki yomon odamlaga ko'p yaxshiliklani berib qo'yganini ko'rishimiz mn.

 :as:

    Bir qori akani ma'ruzlarida hikoya aytilgandi, shu mavzuga oid.
Boyni qul bor ekan. Ibodatga berilgan, namozni vaqtida ado etadigan qul ekan. Bir kuni yarim kechada boy uyqusidan uyg'onib qarasa quli Tahajjudni tugatayotgan ekan. Namoz so'ngida duo qilibdi: "Ey Allohim, bilman Sen meni yaxshi ko'rasan, shu manga bo'lgan sevging haqqi hurmatidan mani gunohlarimni kechirgin, yo Rabbim!".
    Duoni eshitib boy hayron bo'libdi. Quli namozni tugatgach, quliga: "Sen mima sababdan unday duo qilyapsan, bu kabi duo qilishing noto'g'ri. Sen: "Allohim men Seni yaxshi ko'raman, meni Senga bo'lgan sevgim hurmati, mani gunohlarimni kechir!" deyishing kerak, sen qayerdan bilasan Alloh seni yaxshi ko'rishini?",-debdi. Shunda qul: "Ey hojam, agar Alloh meni yaxshi ko'rmaganida, kechasi turib o'ziga duo qilishlikni nasib qilarmidi?", deb javob qilgan ekan.

Alloh taolo suygan bandasiga iymon beradi,

Alloh subhanahu va taolo suygan bandasiga ibodat va duodan lazzat olish imkonini beradi.

Alloh subhanahu va taolo suygan bandasini bu hayoti dunyoda turli sinovlar bilan sinaydi!

Hammamizga Alloh taoloning suygan bandalari qatorida bo'lishlik nasib qilsin! Amin!

Qayd etilgan


Munira xonim  11 Oktyabr 2009, 10:42:14

Assalamu alaykum.
Alloh sizdan rozi bo'lsin,Muslima.
Naqadar ajoyib va haq fikrlar.
Alloh taolo, bizni sevgani uchun insonlardan qildi. Bizga AQL va eng ulug' ne'mat IYMON ne'matini nasib qildi.
Naqadar baxtki,Alloh bizni sevgani va unutmagani uchun bizni har xil musibatlar, sinovlar bilan siyladi.
Bu musibat va sinovlarga qilgan ozgina sabrimizga buyuk ajrlar berib, bizni gunohlarimizni kechiradi,InsahAlloh.
Biz har doim UNING rahmatidan umidvor va g'azabidan doimo ogoh holda yashashimiz lozim, deb o'ylayman.
Alloh bizga, har birimizga, hayrli oqibat va go'zal oxirat nasib qilsin.Amiyn.

Qayd etilgan


Ansora  13 Oktyabr 2009, 15:06:16

Hozirgi kunda dunyodagi insonlar, asosan yoshlar orasida o'z joniga qasd qilish juda ko'payib ketgani haqida statistikalar xabar bermoqda. Eng achinarlisi Musulmonlar orasida ham ko'paygan ekanligi. Buning bosh sabablaridan biri bolaning o'zini yolg'iz va sevgisiz his qilishi ekan.
İnson bolasi, bu foniy dunyoda bir narsaga bog'lanib, kimningdir sevgi, shafqatidan umidvor bo'lib yashasa hech qachon tushkunlikka tushmaydi. Bu sevgilarning eng a'losi Alloh sevgisidir.
İnson ekanmiz, boshimizga turfa hil kun keldi, kelyabdi, hali nimalar keladi Alloh biladi...Shunday ekan hozirgi yoshlarga Alloh sevgisini tushintirish muhim vazifalardan biri. Ularga yolg'iz emasliklarini, Rabbimizning bizga "Shoh tomirimizdan ham yaqin ekanligini" tushintirishimiz kerak.
Alloh meni yaxshi ko'radi, degan umid bilan yashagan bola hech qachon tushkunlikka tushmaydi, Rabbiga sig'inib duo qiladi. Huddi onasi tarafidan sevilgan boladay o'zini doimo shafqat va mehr ichida his qiladi. Ki Rabbimiz onalarimizdan ham ming bora bizga mehribon, shafqatli....

Qayd etilgan


Ansora  03 Noyabr 2009, 15:06:41

Singlim Jamilaxon, bu rasmni tushunmadim tog'risi...İbratli rasmlar sahifasida ham yana bu rasmani (hatto 2 marta) qo'yibsiz. Qiz muzqaymoqqa qaraaab turibdi, men hech narsa tushunmadim.....
Balki nima uchun bu rasmni bir necha joyga qo'yganingizni bizlarga tushintirib berarsiz......

Yoki bu sizning imzo suratingizmi?

Bir narsani hadeb insonlarga majburlab ko'rsataversang, insonlar undan sovub ketishadi....

Yoshingiz rostdan 13 dami? Agar rostdan ham shunday bo'lsa, menimcha yoshingizga mos surat qo'ying, juda go'zal suratlar bor forumdagi "Avatarlar", degan mavzuda ham.

Qayd etilgan


siddiqa  03 Noyabr 2009, 16:45:01

 :as:

kunlar sovigan edi yana isib ketdi Toshkentda ...........
rasmni ko'rib muzqaymoq yegisi kegan bolachaday o'tiribman ,anu ikkita rasmdagi odamlar ham ko'rinmidi muzqaymoq oldida :) :) :)

Qayd etilgan


registan  03 Noyabr 2009, 18:04:18

Alloh meni yaxshi ko'radi, chunki men ham uni yaxshi ko'raman. :)

Qayd etilgan


Munira xonim  03 Noyabr 2009, 22:24:08

Singlim Jamilaxon, bu rasmni tushunmadim tog'risi...İbratli rasmlar sahifasida ham yana bu rasmani (hatto 2 marta) qo'yibsiz. Qiz muzqaymoqqa qaraaab turibdi, men hech narsa tushunmadim.....
Balki nima uchun bu rasmni bir necha joyga qo'yganingizni bizlarga tushintirib berarsiz......

Yoki bu sizning imzo suratingizmi?

Bir narsani hadeb insonlarga majburlab ko'rsataversang, insonlar undan sovub ketishadi....

Yoshingiz rostdan 13 dami? Agar rostdan ham shunday bo'lsa, menimcha yoshingizga mos surat qo'ying, juda go'zal suratlar bor forumdagi "Avatarlar", degan mavzuda ham.


Assalamu alaykum.
Bu surat bu singlimizni imzolari ekan.
Shunga qayerda post qilsalar shu surat bilan birga bo'ladi...
Bu film hammani aqliga o'rnashib ulgurganining yana bir isboti...


Qayd etilgan


ziyoda_aliyeva  06 Noyabr 2009, 09:31:41

«Sevaman!» deysanu, etasan isyon,
Bu holing ajoyib, bo‘laman hayron.
Itoat qilgin-da, sevsang gar albat
 Sevgan suyganiga etar itoat.

Qayd etilgan