Sizga ravo ko'rilgan ma'ruzalar  ( 97536 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 B


AbdulAziz  22 Fevral 2011, 13:52:11

TAHORAT SUVINING HIKMATI

Ashraf Ali Tahonaviy aytadilar:
“7 yoshimda murattab qori bo’lganman. Shundan so’ng otam meni ilm o’qitishga berdi. Dastlab “Zarur masalalar” degan kichik kitobni o’qidik. Unda shunday masala bor edi:
Bir pok odam tahorat qildi, tahoratidan tushgan suvlarni bir idishga to’pladi. Ariqda oqib yotgan suvda tahorat qilsa bo’ladi, lekin tahoratdan qolgan suvda tahorat qilib bo’lmaydi. Yana bir kishi ko’chadan terlab kelib, salqinlayman deb suvdan foydalandi. Undan qolgan suvda ham tahorat qilsa bo’ladi. Lekin tahorat qilingan suvda qayta tahorat qilib bo’lmaydi.
Shu masalani o’qiganimdan beri uning hikmatini o’ylardim. Tahorat qiluvchining badani toza edi-ku, nega undan qolgan suvni ishlatib bo’lmaydi?
Alloh taolo: “Men sizga bir ne’mat bersam, uni yashirmangiz” deydi. Keyinchalik, Xudoyi taolo menga go’zal darajalarni ato etdi. Tahorat qiluvchi bandaning tahorati suvi bilan qo’shilib, gunohlari ham yuvilib ketishini ko’zlarim bilan ko’rdim. Shuning uchun asli toza tahorat suvi bandaning gunohlari bilan qo’shilib, iflos suvga aylanarkan…”

Yorqinjon qori - XX asrning buyuk olimlari.mp3 (35,3 Mb)

Qayd etilgan


Abdulhafiz  26 Fevral 2011, 08:47:42

:as:
Muhammadtaqiy Usmoniy aytadilar:
Do'xtir Abdulhay(Bu kishi Tahonaviy r.a bilan hamsuhbat bo'lib yurgan ekanlar) bilan bir joyga ziyofatga bordik.
U kishi bilan judayam chiroyli nozu ne'matga to'la dasturxon ustida o'tiribmiz. Endi dasturxonga qo'l uzatmoqchi bo'lib turganimizda, do'xtir Abdulhay bizga aytdilar:
O'g'lim taomga qo'lingizni uzatishlaringdan oldin bir og'iz nasihat qilib beray, keyin olaverasizlar.
Uyga eshikdan kirib kelganimda, istiqbolimga birinchi bo'lib (ayolimdan oldin)bolalarim yugurib chiqadi, albatta ular mani ko'chadan biror narsa olib kelishimga ishqiboz. Bolalarim kelib qo'lini manga cho'zib "dadam meni ko'tararmikin" deb turganda, menam bolamga termuliib turamanda, ichimdan otalik mehr muhabbati jo'sh uradida aytadi:
"Ey do'xtir, ko'tar bu bolangni betidan o'pmiysanmi?!" deydi(hamma otadayam shu narsa bo'ladi).
Mehrli ko'zlarini jovdiratib menga qarab turgan bolamni ko'tarishni o'rniga, men avval mana bu narsalarni ko'nglimga keltiraman:
"Ey do'xtir deyman o'zimga o'zim! Bu bolang bir vaqtlar yo'q ediku, Xudo buni qayerdan berdi? Bu bolani berilishiga loyiqmiding o'zi san? Sen loyiq bo'masang ham Xudo berdi, demak buni Xudo fazli karamidan berdi".
Endi bu bolamni ko'tarishga qancha energiya sarflayman, bunga e'tibor jalb qilaman, bunga bir-ikki og'iz shirin so'zlar aytaman. Shu gapirgan gaplarim, aytgan so'zlarim, ko'targanimda ketgan energiyalarim hammasi habada bo'lib bekorga ketaveradimi?!

Allohni :jl: dunyoda insonni bir marta yetmish yil yashatib turib:
"Bandam yaxshilab yashashni o'rganib olsang, keyin yana bir bor yetmish yil keltiraman yashab oxirating uchunam ishlab ketasan " - degan va'dasi yo'q.
Shu oltmish yilmi, yetmish yilmi Alloh bergan umrni ichida yashab, dunyoyam qomasinu oxiratam obod bo'lib dunyodan ketishimiz kerak.
Boyadki, har bitta harakatimnii shunday qilishim kerakki, toki savobga ega bo'lib, dasturxonimga bir narsa qo'shilishi kerak, behuda dunyodan yashab ketavermasligim kerak.
Shu bolani ko'targanimgayam Xudodan umid qilamanki, savob berarmikin, niyatim mabodo buzilib qosa, shu ketgan quvvatlarim habada bo'p ketavermasin, dunyo g'arazida ko'tarib qo'ygan bo'may deb, avval bolaga qarab niyatimni to'g'rilayman:
"Payg'ambar s.a.v yosh bolalarni ko'rganlarida erkalab, qo'llariga olarkanlar" deb turib, keyin bolamni qo'limga olaman toinki, bolani ko'targanimgayam Xudo savob bersin deyman.

Xuddi shunday, mana sizni oldingizga shirin taom keltirib qo'yilibdi...


Davomi bor...

Qayd etilgan


Shoxruh Mirzo  27 Fevral 2011, 05:47:10

ALLOH taolo uch toifa insonni yaxshi ko'radi, bu uch toifani ichida yana shunday uch toifa kishilar borki ALLOH taolo bularni undan-da yaxshi ko'radi.

ALLOH taolo taqvodor insonni yaxshi ko'radi, agar bu inson, yosh bo'lib taqvodor bo'lsa ALLOH taologa eng mahbub bo'lgan banda hisoblanadi.

ALLOH taolo sahiy bandani yaxshi ko'radi, agar bu inson kambag'al bo'lib, sahiy bo'lsa, sahiylarni eng yaxshisi bo'ladi.

ALLOH taolo kamtar bandani yaxshi ko'radi. Agar bu inson, boy bo'lib turib, kamtar bo'lsa, kamtar insonlarni ichida eng yaxshisi hisoblanadi.


Abdulloh domla ma'ruzalaridan.

Qayd etilgan


siddiqa  28 Fevral 2011, 07:13:10

 :as:
Allohga yana sevimli bandalardan biri bu saharlarda istig'for aytguvchilar,salomni keng yoyguvchilar ,hamma uhlagan payti rukuda va sajdada bo'luvchilar ekan .

Qayd etilgan


AbdulAziz  28 Fevral 2011, 11:48:30

NAMOZINGIZ QABUL BO’LYAPTIMI?

Hindiston ulamolaridan Imdodullo Makkiy huzurlariga bir kishi kelib, shikoyat qilgan ekan:
- Necha yillardan beri namoz o’qiyman. Lekin namozim qabul bo’lyaptimi-yo’qmi, shuni bilmay, iztirobdaman"¦
Shunda Hazrat Imdodullo Makkiy bizlarni ham ko’nglimizni ko’taradigan javob bergan ekanlar:
- Ertalab bomdodni o’qiganmidingiz?
- Ha, o’qigandim.
- So’ng peshinni o’qidingizmi?
- Ha, o’qidim.
- Agar Alloh namozingizni qabul qilmaganida, sizga keyingi namozni o’qishga tavfiq bermasdi. Namozingiz davomiy bo’lyaptimi, demak, Alloh ibodatingizni qabul qilyapti. Agar qabul qilmaganida keyingi namozga yetkazmasdi"¦

Qayd etilgan


muxlisa  28 Fevral 2011, 12:10:29

Ma'ruzalar un raxmat.

judayam qattiq gapirilgan ekan namozni qazo qiluvchilar un..

shunaqa ma'ruzalardan ko'proq qo'yib borila.

Qayd etilgan


Abdulhafiz  01 Mart 2011, 06:49:57

Iqtibos
Xuddi shunday, mana sizni oldingizga shirin taom keltirib qo'yilibdi...
Davomi bor...

Davomi:

Mana sizni oldingizga shirin taomni keltirib qo'yipti.
Ovqatni prosta(o'rischa) o'zi ne'mat bo'ladi, xoh u achib ketgan bo'sayam. Buni qayerdan bilasiz, ochidan o'lib turgan odam "achigan ekan bu" deb o'tirmay yeyaveradi, ma'lum bo'ldiki achigan bo'sayam ovqatni o'zi alohida bitta ne'mat ekan.
O'sha achigan ovqat, mayli achiganmas bemazaroq ovqat turgan bo'sa, yonida bir shirin ovqat turgan bo'sa, qo'liz beixtiyor shirin ovqat tomonga cho'zilib ketaveradi. Ma'lum bo'ldiki, ovqatni shirinligi ovqatni ustidagi alohida ikkinchi ne'mat ekan.
Ovqatam bo'sayu ovqat shirinam bo'sa, lekin odamlarni ichida ovqat yeyishni ikki xil qismi:
xor bo'lib ovqat yeyish bor va azizlik bilan, hurmat, izzat bilan o'tirib ovqat yeyish bor.
Odamlar bor ota-onasiga aytmagan shirin so'zlarini, haromdan pul topgan boylarni oldida aytib patxalimli qilib, o'shani evaziga non yeb, dasturxonini obod qiladi, ularni ovqat yeyishini xor bo'lib ovqat yeyish deyiladi.
Odamlar bor qambag'al bo'sayam, o'zi haloldan topganini bola-chaqasi oldiga, ota-onasini oldiga "dadajon buni oling, onajon muni oling" deb opkep qo'yadi, bunday ovqat yeyishni hurmat bilan, izzat, obro' bilan ovqat yeyish deyiladi.
Ma'lum bo'ldiki, bir aziz odam mehmon qilib, yoki farzanding shirin-shakar ovqatlarni oldingga opkep qo'ydi, ovqatni yeb turganingda izzat bilaan, qimtinmasdan yeyishliging, ovqatni ustidagi alohida uchinchi ne'mat bo'ladi.

Ovqatam bo'sa, shirinam bo'sa, obro'yam izzatingam joyida o'tirib ovqat yeyapsan, lekin o'sha ovqatni talab qiladigan ishtaha yo'q, ishlab turgan oshqozon yo'q. Ovqatni borligiyam bir pul, shirinligiyam bir pul, atrofingda hamma mahliyo bo'p turgan farzandlaringam, obro' e'tibor bir pulga chiqib ketadi.
Demak ma'lum bo'ldiki, ovqat yeb turganingda oshqozoning ishlab, ovqat talab qip turgan ishtahangni borligi, ovqatni ustidagi to'rtinchi ne'mat bo'ladi.

Ovqatam bo'sa, shirinam bo'sa, obro'yam izzatingam joyida bo'sa, oshqozoningam ovqatni talab qip turgan bo'sayu, ammo eshigingni taqillatib bittasi: "Nomard qarzni qachon berasan" - deb turibdi. Izzat obro'lar, ishtahalar hammasi bir pul bo'p ketadi.
Demak ma'lum bo'ldiki, ovqat yeb turganingda sani ko'nglingni xira qiladigan g'amni, musibatni yo'qligi, ovqatni ustidagi beshinchi ne'mat.

Ovqatam bo'sa, shirinam bo'sa, izzatam bo'sa, ishtahayam o'rnida bo'sa yo birovdan qarzingam bo'masa, ammo o'zing yolg'iz o'tiriib ovqat yeyishdaqangi dunyoda musibat yo'q. O'zing yaxshi ko'rganlar, bola-chaqang, yaxshi ko'rgan do'stlaringni davrasida o'tirib ovqat yeyishing, ovqatani teppasidagi oltinchi ne'mat bo'ladi.

Ko'rdingizmi, agar siz ovqat yeb turganda "Bismillahir Rohmanir Rohim" deb qo'lingizni ovqatga cho'zsangizam Alloh s.t siz haqizda "Shu bandam ibodat qildi" - deb yozaveradi.
Ovqatni ustida Allohni shu ne'matlarini o'ylashga sekundlar vaqt ketadi, bir qancha sekundlarda Allohni ne'matlarini o'ylab qo'ysangiz, yesangiz hojatxonani huzurini ko'radigan ovqatlarizi, Alloh ibodatlarni majmuasi qip qo'yadi...

Yorqinjon qoridan

Qayd etilgan


Mutaallim-2010  01 Mart 2011, 16:02:51

-Taqvo shundayki, gunoh qilmaslik emas, gunoh qilmaslikka yaqin kelmaslik.

                                                   Al-u'jub
Al u'jub ''kerilish'' degan ma'no hosil bo'ladi.Misol:
Ro'parasida turgan odamdan inson albatta o'zini qaysidur tomoni bilan ustunman deb, hisoblaydi.Yani Bir odam chiroyliroq mashina minib kelsa, inson o'ylaydiki, ha seni mashinaang chiroylik bo'lsa ,zato meni kuchim ko'proq,deb o'zini keriltiradi.Yoki bironta boyni ko'rib,ha u boy bo'lsa, zato men rus tilini bilaman,deb kerilishlik, bu ''Al u'jub''riyo aralash kibr.  Aytingchi,ohirat g'amida yurgan inson bunday kasalga chalinishi yoinki o'zini kimligini bilgan,ruhi tarbiya olgan insonda bu mumkinmi?!


                                                   Abdulloh domla

Qayd etilgan


AbdulAziz  02 Mart 2011, 10:31:22

SAHROYINING SAMIMIYATI

Boburiy shohlardan Akbar katta mushoira tashkil etibdi. Shu mushoiraga bir sahroyi odam ham she’r yozib borsam Akbarshoh menga ham katta in’omlar beradi degan umidda qog’oz qoralab boribdi.
Mushoiraga kirayotgan shoirlarning she’rlarini Bosh vazir ko’rib, so’ng kiritarkan. Sahroyining she’rini ham ko’ribdi. She’rning vazn, qofiyasi bor-u, mazmuniga umuman berilmagan ekan. Yana  Akbarshoh madhida "œEshakning bolasi" degan ta’rif ham bor ekan. Shunda Vazir:
- Sen telbamisan? Shohga ham shunday deydimi? — desa, sahroyi dermish:
- Lekin qofiyasi zo’r kelgandi-da!
Shunda Vazir "œAkbar — eshakning bolasi" degan joyini "œAkbar — quruqlik va suvlikning podshosi" deya o’zgartirib, mushoiraga kiritibdi.
Akbarning she’riyatdan xabari bor, she’rni eshitib bo’lib so’rabdi:
- To’g’risini ayt, oldingi bir misra kimniki-yu, keyingi bir misra kimniki?
- Ana u yerda bir yaramas vaziringiz bor ekan. She’rimni o’zgartiribdi. Aslida men "œAkbar — eshakning bolasi" deb yozgan edim.
Akbar sahroyining samimiyligini ko’rib, unga in’om-ehson qilgan ekan.

Qayd etilgan


Lu`lu`  02 Mart 2011, 11:24:03

Hanafiy Fiqhi: Yerni ziroat etgan Abdulloh ibn Mas'ud (Alloh u kishidan rozi bo'lsin), sug'organ Alqama, hosilni o'rib olgan Ibrohiym An-Naxa'iy, bug'doyni boshoqdan ajratgan Hammad, tegirmondan o'tkazgan Abu Haniyfa, xamir qilgan Abu Yusuf, non qilgan Muhammad bo'lib qolgan barcha odamlar shu nondan iste'mol qilishmoqda
Facebook dagi Hanafiy Mazhabi ma`ruzasidan http://www.facebook.com/profile.php?id=100002078954970&sk=wall

Qayd etilgan