Sizga ravo ko'rilgan ma'ruzalar  ( 97398 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 ... 16 B


AbdulAziz  20 Oktyabr 2009, 08:42:09

HISSIYOT TO'LA ORZULAR VA TURMUSHDAGI IXTILOFLAR

Ali Tantoviy marhamat qiladilar:
"œAgar sen va birodarlaring er-xotin orasida ixtilofdan holi bo’ladigan juftlik hayotini xohlab turgan bo’lsalar, butun umrlari asal oyidek totli o’tishini xohlab turgan bo’lsalar, Romeo va Juliyettaning majlislaridek go’zal hayotni istasalar, Layli va Majnunning sevgisidek muhabbatda hayot kechirishlikni orzu qilib turgan bo’lsa, BU HARGIZ BO’LMAYDI va BO’LISHI HAM MUMKIN EMAS!

Muhabbat majlislari bema’ni gap-so’zdan boshqa narsa emas. Sen unga "œsevaman!" deysan, u ham senga "œmen ham sevaman" deydi. Ikki juft bu gapni qaytaraverib, hatto bu gapning ma’nosi ham qolmay, ikkalalri ham jim bo’lib qoladilar. Hayotning hammasi ba’zi yosh yigit-qizlar o’ylaganidek "œMen seni sevaman!"dan tashkil topishi mumkinmi? Agar Majnun ham Layliga uylangandan keyin faqatgina "œsevaman!" degan so’z bilan yashaganda edi, 1 oy o’tmay, ularda ham janjal paydo bo’lgan bo’lar edi. Uch oy o’tib esa qo’ni-qo’shnilar bularning urush-janjallarini quloqlari bilan eshitgan bo’lar edilar ham. Bir yil o’tib esa ularning ajralish haqidagi da’volari shar’iy mahkamada ko’rilgan bo’lardi ham.

Agar er va xotinlar  go’zal hissiyotlar maydoni bilan hayot kechiramiz deb maqsad qilsalar, bu hech qachon bo’lmaydi, bo’lsa ham qissalarda bo’lishi mumkin xolos. Hatto olimning ham uyi ixtilofdan holi emas. Hatto Yer yuzidagi uylarning eng saodatlisi Rasululloh SAVning uylari ham bu ixtilofdan holi bo’lmagan.

Hazrati Umar r.a.ning uylariga bir odam ayolidan shikoyat qilib keladi. U odam Hazrati Umarning xonadonlariga kelgach, u zotning ayollari baland ovozda gapirayotgani va hazrati Umarning jim turganlarini eshitadi. Erkaklarning eng bahodiri Umar r.a.ning uyidagi holatni ko’rib, haligi odam indamay keta boshladi. Hazrati Umar chiqib, undan nimaga kelganini so’radilar. Haligi odam ayolining xulqi xunukligi, itoatsizligidan shikoyat qilmoqchiligini, lekin amiralmo’mininning ham o’ziga o’xshashligini aytdi. Hazrati Umar bir kulib qo’ydilar-da, shunday dedilar: "œMening ustimdagi ko’p haqlari tufayli, men uning ishlariga sabr qilaman".

Ushbu ma’ruzani to’liq holatda eshitish:
Yorqinjon qori - Uylanmagan yigitlar .mp3 (11,4 Mb)

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Oktyabr 2009, 07:47:20

JENEVALIK "QISHLOQI"

Mashhur olim Ali Tantoviyning Yevropada yashaydigan qizlarini Misrda ba'zi "shaharlik" ayollar hijob o'ragani uchun masxara qilib so'rashgan ekan:
- Bu ro'dapolarni qayerdan oldingiz? Qaysi qishloqdansiz?
- Jeneva degan qishloqda yashayman.

Qayd etilgan


IXLOS  24 Oktyabr 2009, 15:42:54

BIR KUN MASJIDGA KELASAN!

Men uni yaxshi ko'rardim, iste'dodli o'z ishiga puxta edi. Kam gapirardi-yu, chertib-chertib gapirardi. Kelishgan edi, chiroyli kiyinardi. Birgina kamchiligi namoz o'qimas edi. Men uni dinga bo'lgan layoqatini uyg'otish maqsadida namoz xaqida ko'p gapirardim, biroq bir xil sababni ro'kach qilardi menga u "to'g'ri tushun men chiroyli kiyinishni yaxshi ko'raman uni ustiga ko'rgan bo'lsang yashil rangga mehrim bo'lakcha, yashil shimim bor uni shu qadar yaxshi ko'ramanki xotinimga xar kuni uni dazmollatib ko'chaga chiqaman. Namoz o'qisam shimimning dazmoli ketib qolishi mumkin". Qiziq baxona-yu, lekin men shu baxonani sabab o'rnida ko'rganman, chunki xar kun uchratsam yashil shim va qizil ko'ylak unga ancha yarashganini xis qilardim. Bir kuni yo'lim tushib Istanbulning katta masjidlaridan biriga kirdim ne ajabki mening tanishim jamoatning birinchi safida turgan edi bir umr shimining dazmoli buzilishidan cho'chib masjid xatlamagan tanishimni jamoatning birinchi safida turganini ko'rib boshida ajablandim, ammo keyin o'zimni bosib oldiga bordim. Xa baribir kelar ekansan-ku o'zingcha yashil shimingni ro'kach qilib "kelmayman" deb meni xoli jonimga qo'ymas eding. Men seni juda saviyali deb bilsamda aynan shu baxonangga xayratlanardim, qiziq odam saviyali bo'la turib shunday saviyasiz baxona topishi xam mumkinmi? degan savol ich-ichimni tirnar edi. Yashil shimingni deb bir umr masjidga kirmay o'tdin-a, lekin men seni bugun shu yerda ko'rib turibman baribir kelibsan-a. U indamasdi chunki tanishim yashil mato o'ralgan tobud ichida indamay yotar edi!!!

Har bir mo'minman degan insonning baribir masjidga kelishi bor, birinchi safda turishi bor, lekin insonni,
insonlar tomonidan olib kelgandan ko'ra u o'z istagi bilan kelgani Ollohga suyukliroqdir.
Sevgan rangda tobudda yotgandan ko'ra, Olloh sevgan bandalari to'planadigan masjidga kelib turing
aziz yurtdoshlar!!!

Hayrulla Hamidov.



Qayd etilgan


Abdulhafiz  28 Oktyabr 2009, 22:09:43

...Alloh s.t dunyoni suvga o'xshatadi. Bir kema har qancha katta bo'sayam, tagida suv bo'masa yurmaydi hech qachon. O'ngida, chapida, yonida tagida suv bo'ladi, keyin yuradi. Suv kemani qachon yurgizadi, qachon atrofida bo'lsa yurgizadi. Ichiga kirsa, kemayam cho'kadi kemani ichidagiyam cho'kadi.
Mayli sizni ham dunyo o'ngizda bo'lsin, chapingizda bo'lsin, tagingizda bo'lsin, har atrofizda bo'lsin, lekin qalbni ichiga kirmasin. Dunyoni muhabbati qalbni ichiga kirgandan keyin, o'ziziyam bola-chaqa hammasini cho'ktirvorasiz.
Dunyoni muhabbatini Allohni muhabbatidan afzal deb bilsangiz halokatga uchraysiz...
Yorqinjon qorining mol-dunyo haqidagi ma'ruzalaridan.

Qayd etilgan


AbdulAziz  17 Noyabr 2009, 08:52:57

HAYIT KUNI ARSHNI LARZAGA SOLGAN VOQEA

Janobi payg'ambar hayit namozini o'qib chiqayotganlarida ko'chani chekkasida yerga qarab yig'lab o'tirgan 4 yoshlardagi yetim bolani ko'rdilar. Boshqa bolalar tuyalarga minib, ota-onalari qo'llariga shirinlik tutgan kunda haligi bola g'amgin edi. Payg'ambar s.a.v. shu bolani oldiga bordilar va so'radilar:
- Nima uchun yig'laysan, ey bola?
- Men yetimman yo Rasululloh. Mening otam ham, onam ham, aka-opalarim ham yo'q.
Janob payg'ambar s.a.v. bag'irlariga bosib, peshonasini silab:
- Yoshlikda men ham yetimlikda o'sdim, katta bo'lgach qavmim meni sig'dirmay boshqa shaharga hijrat qildim, - dedilar. Yana boladan so'radilar:
- Sen ota-onalik, aka-ukalik bo'lishni hohlaysanmi?
- Albatta hohlayman. Men ham boshqa bolalarga o'xshab o'ynashni hohlayman.
Rasulluloh bolani qo'llaridan ushlab, uylariga olib bordilar va bolaga dedilar:
- Men Muhammad s.a.v. sening otang bo'lay. Oisha onang bo'lsin. Ali sening akang-u, Hasan-Husanlar ukang bo'lsin. Fotima sening opang bo'lsin.
Bola xursand bo'ldi. Yuvintirib, biroz narsa berib, qornilarini to'ydirgandan keyin bola aytdi:
- Mening ham bolalarga o'xshab ko'chaga chiqiqb o'ynagim kelayapti.
Rasululloh bolani qo'llaridan ushlab ko'chaga o'ynatgani olib chiqdilar. Boshqa bolalarni ko'rgan haligi norasida:
- Ey, otajon. Anavu bolalarni qarang, ularni ota-onalari tuyaga mindirib qo'yibdilar. Mening ham ota-onam bo'lganida tuyaga mindirardilar, - dedi.
Rasululloh muborak qo'llarini yerga qo'yib, tizzalari bilan yurib, yetim xursand o'lsin deb Madina ko'chalarida yelkalariga mindirib yurdilar. Bola yana atrofdagi bolachalarga qarab:
- Yo Rasululloh, anu bolalarning tuyalarining og'zida jilovi bor ekan. Mening tuyamning jilovi yo'q-ku! - dedi. Rasululloh muborak sallalarining peshini olib, og'zilaridan o'tkazib, yelakalridan oshirib, bolaga berdilar. U bo'lsa goh-gohida oyog'ini silkitib qo'yardi, jilovni tortardi. Ba'zi tuyalarning ovoz berib "aff-aff" dedydigan odati bor edi. Hali bola Payg'mbar s.a.v.ga:
- Ey, otajon, bularning tuyasini qarang, ovoz berib, "aff-aff" deydi. Nega meniki afflamaydi, - dedi. Shunda Jabroil amin a.s. kelib:
- Yo, habibulloh! Alloh sizdan rozi bo'ldi. Yetimni xursand qildingiz. Alloh subhanahu va taolo amr qildiki, "Jamiki ummatimni gunohini avf qil deya ikki bor "aff-aff" deng. Habibimiz s.a.v. ikki bor "avf-avf" deganlarida, hazrat Jabroil aytdilar:
- Ey, Muhammad s.a.v. uchinchi avfni aytmang. Arshi a'lo larzaga tushdi. Uchinchi avfni qiyomatga qoldiring...

Payg'ambarimiz Muhammad SAV hayotlari

Qayd etilgan


Abdullоh  18 Noyabr 2009, 00:17:31

Katta rahmat. juda ta'sirlanarli voqea ekan. Umuman olganda Payg'ambarimiz Muhammad  :sw: hayotlarining har bir onlari ta'sirli voqealardir!

Qayd etilgan


AbdulAziz  21 Noyabr 2009, 10:08:18

MUSO ALAYHISSALOMNING JANNATDAGI QO'SHNISI

... Bir kuni Muso alayhissalom Allohga nola qilib, mening jannatdagi qo`shilarim haqida xabar ber debdilar. Alloh taolo Muso (as)ning nolalarini qabul qilib bu dunyodayoq u kishining jannatdagi qo`shnilari haqida bildiribdi.
Birinchi qo‘shnilarini qidirib, bir mahallaga boribdilar. Bir qassob bor ekan. O`sha qassobning huzuriga borib, "Meni Alloh yo‘lida mehmon qiling" debdilar. Qassob qabul qilibdi va do`koniga olib kiribdi. Muso a.s. do`konda o`tirar, qassob esa unga parvo ham qilmasdi. Oxiri kech bo`lib, qassob savdonmi tugatdi. Bu yerda Muso a.s. taajjubda edilar: Nahotki, mening jannatdagi qo`shnim shu bo`lsa? Keyin haligi qassob Muso a.s. ni uyiga olib ketibdi. Uyga kirishibdi. Birozdan so`ng qassob qo`lida kichkinagina kosada go`shtmi, nimadir olib kepti-da, Muso a.s. ning oldilariga qo`ymasdan, burchakka borib, tepadagi savatdan qushmi, qandaydir maxluqni olib, unga chaynab beribdi. Muso a.s. tutoqib ketdilar:
— Birodar, men sizning uyingizga mehmon bo`lib kelsam-u, mehmonga hurmat shumi? Qandaydir maxluqqa luqma yedirgandan mehmonga yedirgan afzal emasmi? Hali ham do`konizda meni qabul qizdiz-u, menga qaramay o`zizi dunyo ishiz bilan shug`ullanaverdingiz. Allohning mehmoniga hurmat shumi?
Qassob biroz biroz hijolat bo`pti-da, izohlashga tushibdi:
— Birodarim, mendan aslo xafa bo`lmang, agar hali men do`konimda siz bilan ovora bo`lib go`shga qaramasam, ko`rdingiz kun juda ham issiq edi, go`sht achib qolishi, mening savdom harom bo`lishi mumkin edi. Odamlarga men sifatli va halol go`sht sotib tirikchilik qilaman. Siz bilan gaplashib qolib ketsam odamlar mendan ranjishi mumkin edi. Shuning uchun avvalo halol rizq topishga harakat qildim... Siz maxluqmi, qushmi deb ataganingiz aslida mening - onam. Qarib shu holda kichrayib qolganlar. Bir paytlar men ham shundayin kichkina, holsiz, majolsiz edim. Onam meni odam qildi. Endi nimaga men ham onam shunday muhtoj bo`lgan paytda unga qaramasligim kerak. Men ham yosh bola edim. Na yeyishni bilardim, na chaynashni... Shunda onam menga chaynab beradilar. Hozir men ham onamga chaynab berdim. Qarang ular meni duo qilyaptilar: "Jannatda Muso a.s. bilan birga bo`lgin deyaptilar"...
— Allohu akbar. Birodarim men o`sha Muso bo`laman. Onangizning duosi qabul bo`ldi. Mening jannatdagi qoshnim shundayin olijanob kishi ekanligidan faxrlanaman!..

Muso a.s. ikkinchi qo`shnilarini axtarib, bir mahallaga boribdilar. Odamlardan falonchi odam kim deb so`rasalar, hamma u odamdan ijirg`anarmish. Oxiri topibdilar. Borib ey falonchi debdilar. Uy egasi Muso alayhissalomga bir qarabdi-yu, eshikni yopib qo`yibdi. Muso a.s. "Ey birodar, meni Alloh yo`lida mehmon qiling" debdilar. Hali odam nochor uyiga taklif qilibdi. Ichkariga kiribdilar. O`tiribdilar. Haligi odam hadeb chiqarmish-da, qo`lida jun, nohush hid bilan kirib-chiqib yurardi. Muso a.s. hayron edilar: nahot jannatdagi qo`shnim shu bo`lsa? Oxiri tutoqib ketib so`rabdilar:
— Ey, birodar, men sizning uyingizga mehjmon bo`lib kelsam-u, siz o`zingizning ishingiz bilan mashg`ulsiz. Bir sassiq junni ko`tarib, kirasiz-chiqasiz... Mehmonga hurmat shumi?
— Birodarim, mayli, siz mehmon bo`lganiz uchun, bir sirni sizga oshkor qilaman. Yuring tashqariga chiqamiz.
Muso a.s. bilan hali uy egasi tashqariga chiqb, bir xonaga kirishdi. Xona o`ta nohush hidli, xona o`rtasida bir to`ng`iz turardi. Uy egasi asta sekin to`ng`zining oldiga bordi-da, to`ng`izni qashiy boshladi, oyoqlarini uqalay boshladi, unga taom tutdi. To`ng`izga judayam mehribonlik ko`rsatdi. Shunda uy egasi tushuntirdi:
— Birodarim, mana shu to`ng`iz holiga kelib qolgan maxluq aslida mening - otam. Alloh uni shu kuyga soldi. Lekin baribir u meni otam. Qachonlardir bizning ham qo`limizdan hech narsa kelmasdi. mana shu otam menga mehribonchilik qilgandi. Kasal bo`lganimizda bizning oyoqlarimizni uqalagan, doimo mehribonchilik ko`rsatgan edi. Uning badani doim qichishadi, shuning uchun men uning badanini qashiyman. Ana qarang, uning ko`zidan yosh oqmoqda. U meni duo qilyapti: Iloyim, jannatda Muso bilan qo`shni bo`lgin!!!"
Muso alayhissalaom hayratdan qotib qolibdilar va:
— Alloh o`zing buyuksan! Xushxabarlar bo`lsin, otangizning duolarini Allohim qabul qildi. Siz jannatda men bilan qo`shni bolasiz. Men Muso alayhissalom bo`laman...

PS. Kassetada eshitganman, qaysi qoriligini bilmadim...

Qayd etilgan


AbdulAziz  21 Noyabr 2009, 17:05:03

Imom Ahmad ibn Hanbalning "œMusnad" kitoblarida 40000 hadis jamlangan.

* * *

Alloh taolo dunyoda bandaning ehtiyoji uchun nima eng zarur bo’lsa, shuning narhini eng arzon qiladi. Bandaning hojati uchun eng kerak narsa — havodir. Undan keyingisi — suvdir.

* * *

Abbosiylar halifalaridan Horun ar-Rashidning ayoli Zubayda r.a. Makka va Madina orasiga soy qurdirgan. Saroyda qoriya ayollarga navbat bilan muttasil Qur’on xatm qildirgan.

* * *

Turk olimlaridan, so’nggi xalifalikning so’nggi qozisi Zohidi Kavsariy "œAl-Azhar" kutubxonasining barcha kitoblarini o’qib chiqqat ekan.

* * *

"œBayonul Qur’on" sohibi, hindistonlik buyuk olim Ashraf Ali Tahonaviy 1500 ga yaqin kitob yozgan.

Qayd etilgan


AbdulAziz  23 Noyabr 2009, 11:10:07

QALAM NEGA YOZMADI?

1500 ga yaqin kitob yozgan hindistonlik buyuk olim Ashraf Ali Tahonaviy "œBayonul Qur’on" deb nomlangan tafsirni yozayotgan paytlari ayollari u kishiga ish buyuribdi: "œqafasdagi qushga donini berib, so’ng madrasaga keting". (Shunday buyuk zotlarga ham ayollari ish buyurarkan)
Hazrat "œBayonul-Qur’on"ning xayolida ayollarining gapini esdan chiqarib, madrasaga ketaveribdilar.
Shu zotning shogirdlaridan Shafe’ Usmoniy aytadi:
"œAgar bir odamning 1500 ta kitob yozishiga kimki shubha qiladigan bo’lsa, unga ikki gunohkor ko’zim bilan ko’rganimni aytib beray: "œMen Tahonaviyning qalamini qo’li tegmagan holda kitobning ustida aylanib yotganini ko’rganman".
O’sha kuni tafsirni davom erttirmoqchi bo’lgan olimning qalami qimirlamabdi. Xarchand urinib, uni yurgizishga harakat qilmasin, qalam turgan joyida turaveribdi. Shunda Yaratganga "œYo, Allohim, men har doim yozishga o’tirganimda qalam o’zi yozishni boshlardi, mendan nima gunoh sodir bo’ldiki, bugun qalamim yozmayapti" deb nola qilibdilar. Shunda qush esga tushib, qalamni tashlagancha, uyga yugurib ketibdilar.
Uyga borib, qushga don berib kelganlaridan so’nggina qalam qimirlagan ekan. Qalam yozishni boshlagan joy esa "œNiso" surasidagi "œAyollaringiz bilan yaxshi muomalada bo’linglar!" degan oyat ekan.

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Noyabr 2009, 09:40:25

FOYDALI GAPNI HAM KAM GAPIR

Shafe’ Usmoniy hikoya qiladi:
"œBir kuni ustozim Husayn Asg’arning oldiga keldim. U kishi aytdilar: "œEy, Shafe’, mening oldimga kelganingda hindcha gaplashmaylik, undan ko’ra arabcha gaplashaylik". Men 10 yildan beri Devbandda ta’lim olaman-u, lekin hech arabcha gaplashmagan ekanman. Ustozimning ham arabcha gaplashganlarini avval hech ko’rmagan edim.
U kishidan so’radim: "œUstoz, men arabcha gaplashishni yaxshi bilmasam, hindcha gaplashaversak bo’lmaydimi?"
U kishi shunday javob berdilar: "œSenam arabchani yaxshi gapirolmaysan, men ham. Agar arabcha gaplashsak, foydasiz gaplarimiz ham kamroq bo’ladi"
Agar yaxshi gap ham ko’payib ketsa, biri ikkinchisi bilan aralashib, esda qolmaydi. Shunda men u kishing kayfiyati yaxshiligini bilib, u zotdan bir o’giz nasihat so’radim. U kishi:
- Uzoq safarga chiqqanmisan?
- Ha, chiqqanman.
- Men ham ko’p safar qildim. Bir kishi safar qilsa, ko’proq mablag’ni olib, o’sha shaharga borib, bozorlarni aylanadi va ko’p mollarni xarid qiladi. Oxiri esa puli kam qolib, ovqatga ham o’ylab ishlatadigan bo’ladi. Og’lim, biz ham uzoq safarga shu dunyo bozoriga keldik. Bizga berilgan moyana — umrning asosiy qismini bo’lar-bo’lmasga sarfladikmi, endi buyog’iga uning har soniyasini ham o’ylab ishlatgin!"

Qayd etilgan